mehnat qo‘shiqlari xalq o ‘rtasida «H o‘p q o ‘shiqlari», «Maydalar»,
«Xo‘p maydalar» yoki «Maydagul» deb yuritiladi. U lam i o ‘rilgan
donni xirmon qilib yanchayotganda, mungli baland ovoz bilan cho‘zib
ijro qiladilar. Bu xil qo‘shiqlarda dehqonning yoz bo‘yi qilgan og‘ir
m ehnati natijasida yetishtirilgan hosilni tezroq yanchib olish istagi
bayon etiladi. Poxolidan ayrilgan don dehqon uchun, poxoli esa ish
hayvoni uchun qishki ozuqa ekanligi alohida ta'kidlanadi.
Ish hayvoni
tez va sifatli ishlashga da'vat etiladi.
Yanchiq qo‘shiqlari galagov tashkil qilingan maxsus m aydonda
kuylanadi. Shuning uchun yanchiq q o ‘shiqlarida «galagov» so‘zi
ko‘p uchraydi:
Mayda dedim, xolp deding, m ayda-yo mayda,
H o‘pga maylim yo‘q deding, m ayda-yo mayda,
Galagovga qo‘shganda,
ho m ayda-yo mayda,
Ko‘rgiligim ko‘p deding, m ayda-yo mayda.
Galagov maydonida doni ajratilmagan bug‘doy doira shaklida
yoyib qo‘yiladi va doira markaziga yo‘g‘on yo‘g‘och ustun o ‘m atilib,
unga bir necha ishchi hayvonlar: ot, h o ‘kiz, eshak kabilar bir-biriga
yonm a-yon m atab
bog‘lanadi. M ana shu m atalib bog‘langan
hayvonlar to ‘dasi gaiagov deyiladi. G alagovga do nni b ir tekis
yanchishi
uchun tu t, qayrag‘och kabi q attiq daraxt shoxlaridan
to ‘qilgan chokar bog‘!ab q o ‘yilgan.
Yanchiq qo‘shiqlarining mavzu doirasi chegaralanm agan. U larda
dehqonning og‘ir hayoti tasviri, qiyin m ehnat sharoiti, h o ‘kizi bilan
dardlashishi, unga iltijo va d o ‘q -p o ‘pisa qilishi
motivlari bilan birga
ishqiy iztiroblari, lirik ruhiyati bayoni ham o ‘z ifodasini topadi.
H atto ayrim yanchiq q o ‘shiqlari sho‘x va hajviy ruhda yaratilganligi
bilan diqqatni tortadi.
Hajviy nihdagi yanchiq q o ‘shiqlarida k o ‘pincha « 0 ‘roqda yo‘q.
m ashoqda yo‘q, lekin xirm onda hozir» b o ‘ladigan, tayyor oshga
bakovul, tekinxo‘r boy va am aldorlar keskin tanqid qilinadi.
M ayda q o ‘shiqlarida ko‘pin cha Bobo D ehqon, X o‘jayi X izr
obraziga murojaat motivi uchraydi. C hunki 0 ‘rta
Osiyo aholisi
o ‘rtasida dehqonchilik va hosildorlik piri sifatida Bobo D ehqon
kultiga yoki Xo‘jayi Xizrga sig‘inishgan. Bobo D ehqon yoki X o‘jayi
Xizr ayni sahar chog‘ida ko‘tarilgan xirm onlar boshida paydo b o ‘lib,
unga qut-baraka bag‘ishlarmish. Shu tasaw ur-tu shu nch alar asosida
dehqonlar hamisha barvaqt turib ish boshlashga, o ‘z ishiga m ehr va
vijdonan yondashishga odatlanishgan.
M ayda-m ayda morisin,
mayda-yo mayda,
D on som onidan arisin, mayda-yo mayda.
Ayni sahar bo‘Iganda, mayda-yo mayda,
Bobo D ehqon dorisin, mayda-yo mayda.
M ayda q o ‘shiqlarining yaratilishi aytuvchining badihago'ylik
iqtidoriga bog‘Iiq. U iarda dehqonning rang-barang tuyg‘ulari o kz
ifodasini topgan.
M ayda q o ‘shiqlari barm oq vaznining 7,8 va b a’zan 10 hijoli
tizim ida yaratiladi ham da ko‘pincha 4 -3 ,3-4-3; 2-2-3; 4 -4 kabi
shakllarda turoq lan gan b o ‘ladi. U ning
har bir misrasi yoki ikki
misrasidan so‘ng «mayda-yo mayday» birikmasi muttasil takrorlanib
keladiki, shunga qarab yanchiq q o ‘shiqlari yaqqol ko‘zga tashlanib
tu rad i. U shbu b irik m anin g takrorlanib kelishi to ‘rtlik shaklida
yaratilgan yanchiq qo'shiqlari bandlari ritmidagi izchillikni to ‘la
saqlashga xizm at qiladi.
M a y d a q o ‘s h iq la r i b a d iiy a ti b o s h q a m e h n a t q o ‘s h iq la ri
badiiyatidan nisbatan ustundir. Ular poetik ishlov berilganligi, badiiy
tili, g o ‘zal tashbehlarga,
nozik istiora va ranizlarga, epitet ham da
m ubolag‘alarga boyligi bilan ajralib turadi.
G ‘allani o ‘rish va yanchish ishlari texnika yordamida amalga
oshirila boshlangach, mayda q o ‘shiqlari ham asta-sekin unutilib
borm oqda.
Download
Do'stlaringiz bilan baham: