ramziylik hosil qilib keladi.
Q adim gi ajdodiarim izning totem istik, anim istik, shom onlik,
magiya, hosildorlik va olov, suv kultlariga
ishonchi bilan bo g liq
m ifologik dunyoqarashi lirik q o ‘shiqlardagi a n ’anaviy ram ziy
obrazlarning genetik asosini tashkil qilgan. Lirik q o ‘shiqlarda intim -
erotik kayfiyatlami ifodalashda. asosan. poetik ram zlam ing xizmatini
alohida ta ’kidlash joiz.
Lirik qo‘shiqlardagi ramzlarda ifodalangan m a’no tovlanishlarini
aniqlam ay turib. q o ‘shiqning asl m azm u n -m o h iy atin i
tushunib
b o ‘lmaydi. Ularda o‘xshatishlar va sifatlashlar ham alohida o‘rin
tutadi. Binobarin. m a’shuqaning chehrasini — oyga, quyoshga, gulga;
k o ‘zini — yulduzga. qaddini — sarvga, sham shodga; sochini —
sunbulga, tunga; labini — g‘unchaga, la’lga; tishini inj-u maijonga
o ‘xshatish an ’ana tusiga kirgan.
Lirik qo‘shiqlarda m a’shuqaning ta'rif-u tavsifini,
boshqalarga
0
‘xsh am aslig in i, dilb arlig in i t a ’kidlash u c h u n sifatlash lard a n
foydalaniladi:
Xipcha belli sanamlar,
Ishqida yondiradi.
Tori tarang dutordek,
Yigitni toldiradi.
Q o ‘shikda go‘zal yorning xipcha belligini ta ’kidlash bilan uning
n ih o y a td a jo zib ado rligi va yo qim toyligiga u rg ‘u b erilm o q d a.
Qizlam ing iffatli va tortinchoqligi esa tori
tarang tortilgan dutorga
o ‘xshatilmoqda. Bunday dutorning ovozi jarangli boMganidek, xayoli
va tortinchoq qizlaming ovozasi ham elga taraladi. Ulam ing ko'nglini
topish oshiq uchun oson kechmaydi. Q o‘shiqda ana shu hayotiy
m antiqni ochib berishda sifatlash va o‘xshatishning bir-birini to ‘ldirib
kelishi qulay imkoniyat yaratgan.
0 ‘zbek xalq lirik qo‘shiqlarida istiora (m etafora), metonimiya,
m ubolag‘a, kichraytirish, jonlantirish kabi san ’atlardan
ham unumli
foydalanilgani kuzatiladi. U lar lirik q o ‘shiqlam ing g‘oyaviy-badiiy
asoslarini yoritishda m uhim aham iyat kasb etgan.
Xalq lirik qo'shiqlarida poetik m azm un ju da sodda va lo ‘nda
bayon etiladi. Bunga ko'pincha ulaming boshida, o ‘rtasida takrorlanib
keladigan bir qator so‘z, ibora va misralar yordam beradi. 0 ‘zbek
xalq q o ‘shiqlarida «Qizil guling qatma-qat», «Daryolaming ul yuzida»,
«Q oshingning qarosi», «H avodagi yulduzlar», «Y uqoridan m en
kelarman» kabi o ‘xshash va tayyor misralar ko‘p uchraydi. Bunday
an ’anaviy tayyor m isralar qo‘shiqning tez yaratilishi, yodlab olinishi
va tez tarqalishiga, she’r shaklining sodda bo‘lishiga olib keladi.
Ba’zi lirik q o ‘shiqlarda qahram onning ruhiy kechinmalari ijtimoiy
motivlar bilan teng q o ‘yilib ifoda etilgan. Ularda lirik qahram onning
ijtimoiy
tu zu m dan noroziligi, adolatsizlikka qarshi qalb isyoni, pul
va m ol-dunyo ilinjida nozik va noyob insoniy tuyg‘ulaming toptalishi,
q iz la rn in g q a r i c h o lla r g a , o ila a ’z o la rin in g n o c h o r lik d a n ,
q ashshoqlikdan q utulish ilinjida sevmagan kishisiga turm ushga
uzatilishidan shikoyati ju d a ta ’sirchan ifoda etiladi.
0 ‘zbek xalq lirik q o ‘shiqlari, kom pozitsion
tarkibi jih atid an ,
asosan, ikki xil shaklda yaratiladi:
a) mustaqil to ‘rtliklar shaklida;
Download
Do'stlaringiz bilan baham: