yuzaga kelishida xalq ertaklari m anba bo‘lgan, o ‘z navbatida esa.
do ston lar zam inida tarixiy q o ‘shiq janri paydo b o ‘lgan.
Fanda ancha
zam o nlardan beri maqol naqlning yakuniy xulosasi, axloqiy aforizm
tarzida yuzaga kelganligi haqida gapiriladi. A.A.Potebnya shu fikrni
q o ‘llasa, F .I. Buslaev kichik janrlar ertak zamirida paydo bo‘lgan
degan fikrni olg‘a suradi. U m aqol va topishm oqlar «xalq donoligi»
n am unalari sifatida ertakdan o ‘sib va ajralib chiqqan, deb hisoblaydi.
D astlab paydo b o ‘lgan jan rlard an yangi paydo b o ‘lganlari tuzilishi
(strukturasi)ga xos bir qato r um um iy belgilarni, poetik elementlami
(lirik q o ‘shiqlarda ramziylik kabi), she’riy vaznni va boshqa shunday
belgilarni o ‘zlashtirib oladi. Janrlar kelib
chiqishini ifodalovchi bu
tadrijiy y o ‘l ularning o ‘zaro bog‘langanligini ko‘rsatadi. Folklor
tarixida shunday hodisalar h am borki, yangidan paydo bo‘lgan janr
o ‘zining yuzaga kelishiga m anba b o ‘lgan qadimiy jan r tarkibi va
poetikasiga ta ’sir ko‘rsatishi, hatto uning so‘nishiga sabab bo‘lishi
m um kin. C hunonchi, tarixiy q o ‘shiq doston jan ri zam irida yuzaga
kelgan b o ‘lsa-da, asta-sekin uning so‘nishiga ta ’sir ko‘rsatdi;
b) bir jartrga mansub asarning boshqa bir janrdagi asar tarkibida
uchrashi.
Folklor janrlarining o ‘zaro ta ’siriga xos yana bir shakli bir
janrga m ansub asarning boshqa bir janrdagi asar tarkibida uchrashi
hodisasidir. C hunonchi, m aqolni dostonda, ertakda va qo‘shiqda
uch ratish m um kin, u ham m a joyda ham
asar qahram onlari axloqini
boshqarib, aforistik yakunga olib boradi. Talay ertaklarda qahram on
aq l-u farosatini sinash sharti sifatida topishm oqlar uchrasa, dostonlar
tark ib id a yig‘i va yo‘qlovlardan ayrim nam unalar, hatto yozma
adabiyotga xos ja n r-g ‘azal h am uchrashi tabiiy. «K untug‘mish»
d o sto nining Ergash Jum anbulbul o ‘g‘li varianti tarkibida yozma
adabiyotga xos jan r — muxammasning uchrashi doston tuzilishi hamda
poetikasini birm uncha boyitgan.
c) bir asarning bir necha ja n r tarkibida uchrashi.
Janrlam ing uzoq
m u d d a t davom ida mavjudligi ularning o ‘zaro q o ‘shiluviga yoxud
b iro r asarning biridan ikkinchisiga o ‘tishiga yo‘l ochadi. C hunonchi,
aslida yo‘qlov nam unasi b o ‘lgan tubandagi to ‘rtlik alia janriga o‘tgan:
N ido qildim ,
nido qildim , alia,
Seni yo‘qdan bino qildim , alia.
Bu y o 'lda d o ‘st-u dushm anga, alia,
0 ‘zim ni oshino qildim , alia.
T o ‘rtlikning ja n rd a n janrga ko‘chishi sababi shundaki, yo‘qlov
tarkibida u judolik iztirobini ifodalagan b o ‘lsa, allada bu m otiv
farzandsizlik alami m azm unini kasb etgan holda o ‘zaro ham ohang
mohiyatga egaligidir. T o‘y yor-yorlari
va allalarining m otam yor-
yorlari va allalariga o ‘tishi ham b o ‘yga etgan qizu o ‘g‘il yoki
kichkintoyni ulug‘lash motivining yetakchiligi zamirida yuz bergan.
2.
Janrlar tarixiy taqdiridagi mushtaraklik 0 ‘zbek folklori janrlari
birdaniga va bir vaqtda yuzaga kelmagan, albatta. Folklom ing eng
qadimiy janrlari asotir (mif). afsona, so‘z magiyasi asosidagi xalq
qo'shiqlari (badik, kinna, burey-burey, afsun, olqish, qarg‘ish),
shuningdek, «Sust xotin», «Choy momo» singari mavsumiy m arosim
qo‘shiqlari bo‘lsa, ulardan
keyingi bosqichda ertak, m aqol, doston
va topishm oqlar, yana keyinroq esa latifa, xalq dramasi, askiya,
tarixiy qo‘shiq paydo bo‘lgan. Tarixan ana shu taxlitda shakllangan
o ‘zbek folklorining janriy tizim i o ‘z taraqqiyoti davomida rivojlandi:
takomillashdi, boyidi va hatto ayrim janrlari so‘nish
jarayonlarini
ham kechdi va kechayotir. Shu asosda folklor taraqqiyotining turli
bosqichlari turlicha janrlar tarkibiga ega bo‘ldi. Natijada ayrim janrlar
so‘nib, folklor taraqqiyotining boshqa bosqichidagi jan r bilan o ‘zaro
munosabatga kirisha olmaydi. C hunonchi, badik yoki «Sust xotin»
janrlari allaqachon so‘nib ketganligidan hozirgi biror ja n r bilan
munosabatga kirisholmaydi.
XVI — XVII asrlarda yozma adabiyotning folklorga ta ’siri sezilarli
b o ‘la boshladi. Buning oqibatida ertaklarda reallik (hayotiylik)
kuchaya bordi va XX asrga kelib, xalq ijodida ertak yaratish a n ’anasi
butunlay to ‘xtadi, aksincha yozma adabiyotda adabiy ertak janri
qaror topayotir. Bulaming barchasi folklor taraqqiyotiga xos um um iy
qonuniyatlar zamirida kechdi.
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
1. «Folklor» istilohi nim ani anglatadi?
2. Folkloming paydo b o ‘lishi omillari nim ada?
3. Folklorda m uallif masalasi qanday?
4. Folklorda an ’ana va novatorlik qanday zuhur etadi?
5. Folklorda variant va versiya mohiyati nim alarda ko‘rinadi?
6. Folklorshunoslik qanday tarkibiy qism lardan tarkib topadi?
7. 0 ‘zbek folklori namunalarini yozib olish va kitobat qilish qachon
va kim tom onidan boshlangan?
8. Folklorning dastlabki nam unalari
qaysi yozma m anbalarda
bizgacha yetib keldi?
9. Folklor nam unalarini yozib olishda qadimgi dunyo sayyohlari
va tarixchilari qanday rol o ‘ynadilar?
10.M .Zam axshariyning folklorshunoslikka oid qanaqa xizmatlari
bor?
11.Folklorizm nim a? U yozma adabiyot vakillari ijodida qanaqa
shakllarda nam oyon b o ‘lgan?
12. 0 ‘zbek xalq ijodiyoti nam unalarini ilmiy maqsadlarda yozib
olish qachon boshlanagan va bu jarayon qanaqa xususiyatlarga ega?
13. A nim izm va totem izm deganda nim ani tushunasiz?
14. Qadimgi qahram onlik eposlaridan qaysilarini bilasiz?
15. Feodalizm davri o ‘zbek folklorida qaysi janrlar paydo bo‘ldi
va bu davr folklorining o ‘ziga xos xususiyatlari nim alarda ko‘rinadi?
16. XIX asrning ikkinchi yarmi va XX asr boshlarida o ‘zbek
folklori qaysi jihatlariga ko‘ra alohida bosqichni tashkil etadi?
17. S ho‘ro davri o ‘zbek folklori qay darajada rivoj topdi?
18. Jstiqlol davri o ‘zbek folklori qanday taraqqiy topmoqda?
19. 0 ‘zbek folklorining yaxlit tizim sifatidagi mohiyati nimada?
20. Tubandagi
Download
Do'stlaringiz bilan baham: