Ko‘lagada qolg‘onlar to‘g‘risida.
— «Qizil O‘zbekiston» gazetasining 1935 yil
10 may soyaida bosilgan.
Vitt
— V. Vitt 20-yillardan Hamza nomli teatrda rejissyorlik qilgan. Keyincha
formalistikda ayblangan, uning postanovkalaridan g‘oyaviy kamchiliklar qidirib topilgan.
Sanjar o‘rtoq
— Sanjar Siddiq (1902—1938), o‘zbek tarjimoni va jurnalisti,
tarjimashunoslik muammolarini tadqiq qilgan olim. Lope de Vega, L. Tolstoy, N. Gogol,
Ubayd Zokoniy kabi yozuvchilarning asarlarini o‘zbek tiliga o‘girgan.
Hanri Barbyus
(1873—1935) — frantsuz adibi, qator she’riy to‘plamlar va
romanlar muallifi. Maqolada tilga olingan mashhur «O‘t» romani 1916 yilda yozilgan.
Buyuk o‘rtoq
— Buyuk Karimov (1906—1945) folklorshunos olim.
Mirzakalon o‘rtoq
— taniqli o‘zbek yozuvchisi Mirzakalon Ismoiliy (1908—
1975). Cho‘lpon Mirzakalon Ismoiliy tarjimasida 1933 yilda chop etilgan Tolstoyning
447
«Tirilish» romanini nazarda tutmoqda. Bundan tashqari M. Ismoiliy «Anna Karenina»
(L. Tolstoy), «So‘na» (E. Voynovich), «Choliqushi» (Rashod Nuri Guntekin), «Inson
taqdiri» (M. Sholoxov) kabi qator durdona asarlarni o‘zbek kitobxoniga yetkazgan.
3.2.64.
Ashulaga Ishqiboz (1935)
Yaqindag‘ina Avstriyadan Galle degan bir yozuvchi xotin kelib,
jumhuriyatimizning hol-ahvoli bilan tanishib ketgan edi. O‘zbekiston sovet yozuvchilari
soyuzi uning sharafiga kichkina bir majlis qurdi. Chet eldan kelgan ayol mehmonni
hurmatlashga, tabiiy, ko‘prak xotin-qizlar kelgan edilar. Shular orasida O‘zbek davlat
muzika tiyotrining kollektivi bilan birga u tiyotrning sevimli artistkasi Halima Nosir qizi*
ham bor edi.
Majlis raisi o‘rtoq Javod Obidov boshqa o‘ktabr ayollari qatorida Halimaga ham
so‘z berdi.
O‘zining sho‘x ashulalari bilan xalq muhabbatini jalb etgan Halima majlisda,
izdihom oldida yaxshi gapira olmasa, bunga nima deya olasiz? Hech nima! So‘zlash
san’ati boshqa, kuylash san’ati boshqa!
Halimaning soddagina qilib so‘zlagan bir necha og‘iz so‘zidan biz shuni angladikki,
bizning boshqa hamma san’atkorlarimiz, ayniqsa, ayollardan chiqqan san’atkorlarimiz
singari u ham tamoman buyuk o‘ktabrning bergan mevasi. Yana o‘sha qisqa so‘zlardan
bilamizki, uning oilasi ham eskidan san’at sevguchi, san’atga oshno bir oila. Onasi
yoshligidan cholg‘u chalib, ashula aytishni yaxshi ko‘rgan. Birinchi opasi cholg‘uni
biladi. Ikkinchi opasi bir necha yil sahnada xizmat qilg‘an. Faqat, hech shubha yo‘qki,
inqilobning fayzli qo‘llari tegmasa, Halima bukun ko‘rib turganimiz talantli, boshqa ko‘p
noyob talantlarimiz singari to‘rt devor orasida qolib zabun bo‘lardi.
Uning tarbiya yo‘li uncha uzun emas: Toshkentdagi xotinlar namuna maktabining
6-sinfidan chiqib, Bokudagi Ozarbayjon tiyotr texnikumiga kiradi* va uch yildan so‘ng
uni bitirib chiqadi.
Birinchi o‘ynagan ro‘li «Talabalar o‘yini» nomlik komediyada Qamar xonim (bu
asar tarjuma asarlardan, inqilobdan burun rus sahnalarida ko‘p o‘ynalardi), so‘nggi ro‘li
«Gulsara»* tragediyasida Gulsara. Ammo bu «birinchi» bilan «so‘nginchi» orasidagi
448
masofa juda uzun. Bu san’atkorning hayoti qanday alvon va qiziq bo‘lganini ko‘rsatadi.
Cholg‘u sahnasiga o‘tkuncha dram sahnasida ellikdan ortiq asarga aralashganini Halima
o‘zi gapiradi. Dramda o‘zining eng sevgan ro‘llari ham bor: marhum Ja’far Jabborli
(ozarbayjonli)ning to‘ng‘uch asari desa bo‘laturg‘an «Oydin»da Gultakin ro‘li. Bu ro‘lni
juda yaxshi ko‘rgan. Dram sahnasida uning bir o‘ziga uch Qumrini o‘ynashga to‘g‘ri
kelgan.
Halimada san’atni ingichka tushunishlik bor. Uning Gultakin ro‘liga bo‘lgan
muhabbatidan o‘sha tushunishning darajasini bilish mumkin, chunki mohir dram
yozuvchi bo‘lgan Ja’far Jabborli «Oydin»ni faqat Oydinbek bilan Gultakin xonim uchun
yozgan deyish mumkin. Butun voqea bir hovuch qilinib, nihoyat darajada siqib keltirilgan
u san’atkorona asarda (Ja’farning so‘nggi asarlariga nisbatan emas, umuman, dram asari
bo‘lush jihatidan ancha san’atkorona bo‘lgan «Oydin»da) har qanday talantli artistka
uchun o‘z kuchini istaganicha ko‘rsata olish, bundan tashqari, butun qalbini asar
qahramonining qalbig‘a quyib yuborib, shu bilan juda samimiy bir qahramon yaratish
imkoni bor. Halima buni yaxshi ko‘ra bilgan.
Dram tiyotrlarimiz (Akademik dram, Andijon davlat tiyotri)da turli-tuman ro‘llarni
o‘ynab o‘zini iqtidorli artistka sifati bilan ko‘rsatgandan keyin Halima butunlay cholg‘u
tiyotriga o‘tib ketadi. Ovozi juda baland, o‘zi ashulaga usta bo‘lganidan keyin bu
o‘tishdan tabiiyroq nima bor? O‘zi ham: «Ashulani sevishim meni dramdan cholg‘ug‘a
olib keldi», – deydi.
Dramda o‘ynagan katta-katta ro‘llari bilan («Turondod»da Turondod, «Qarol»da
Klariche (Nozlik kelin), «Hujum»da Hujumxon (Tursun O‘roz o‘g‘li), «Ikki
kommunist»da* Dilbar). Biz unda bir necha yaxshi xislatlarni ko‘ramiz: mimika boyligi,
sahnada o‘zini erkin tutushlik, balki bir daraja sho‘xlik, til ravonligi, so‘zlarni to‘g‘ri
berish va o‘tkur ovoz vositasi bilan so‘zni tomoshachiga yetkizish. Kamchilik jihatini
olganda – ro‘lni chuqur ishlamaslik, jiddiy qahramonlarning yengilligi va sho‘xligi
bo‘rtdirilgani holda, ularning og‘ir va fojialik tomonlariga qunt qilmasliq… O‘zi:
«Xarakter ro‘llar bilan sevguchi-sevilguchi ro‘llarni yaxshi ko‘raman», – deydi.
Tixonovich* «Ikki boyg‘a bir qarol»ning komediya ekanini juda yaxshi bilardi; asarning
bu jihatini u juda bo‘rtdirib berdi, ozgina bir fojialik va og‘ir joy bo‘lsa (Klariche ro‘lida
shunday joylar bor), uni mumkun qadar chetlatishga yoki rangini suyuqlatishg‘a harakat
449
qildi. Agar shunday qilmasa, Halima Klaricheni o‘ynay olmas edi. Hatto «Halima»da
ham (ayniqsa, «Gulsara»da!) Halimaning ezilib, xafa bo‘lub fojia o‘ynab yotganini
ko‘rsam ko‘pda ishonolmayman. Ammo «Arshin mol olon»da Halima Uzairbek
erkasining xuddi o‘zi (yana xafalikka berilmagan joylarda).
Halima endi butunlay cholg‘uniki bo‘ldi. Cholg‘u tiyotrida ham «Gulsara» singari
jiddiy tragediyalar qo‘yulib turar ekan, bizning boyag‘i fikrlarimiz o‘z kuchini saqlaydi.
Cholg‘u tiyotrida, tabiiy, birinchi o‘runni ovoz oladi. Xuddi shu ovoz masalasi bizda
yechilmagan bir muammo bo‘lub turadi. Eski ma’nidagi ovoz ustozlari, ovoz
texnikasining katta ustalari (To‘ychi aka*, Hoji Abdulaziz*, Domla Halim* va hokazolar)
o‘zlarida bo‘lgan butun texnikani bergan vaqtlarida ham bu kunning talabini tugal
qondirarmidilar? To‘g‘ridan-to‘g‘ri aytmoq kerakki, yo‘q! Biz bukungina emas, ertani
ham o‘ylashga majburmiz. Bizning ulug‘ mamlakatimiz va buyuk xalqimiz ertaga
bukundan ham kuchlirak, hakimrak va baxtliroq bo‘ladi, demak, talabi ham shunga ko‘ra
oshadi. Biz ovoz muammosini yechmasdan ilojimiz yo‘q. Halima o‘zi ham shuni
tushungan. Kuzda Maskovga o‘qug‘ali ketadi. O‘zining bu kungi kuchli ovozining
davrimiz talablariga to‘la javob berolmasligiga Halima iqror. Bir qancha G‘arb patefon
lappaklarini to‘plab olib, shularni tinglaydi, tinglatadi va shular to‘g‘risida allanimalar
demakchi bo‘ladi. Demak, u axtaradi, izlaydi, izlanadi. O‘z ustozlarimizning ovoz
texnikasidan ham ko‘z yummasdan G‘arb texnikasini yaxshi o‘zlashtirish, madaniy va
ishlangan ovozga ega bo‘lush har bir ovozli yigitimiz va qizimizning vazifasi bo‘lushi
kerak.
Maqola «Guliston» jurnalining 1935 yil 7-sonida «Cho‘lpon» imzosi bilan e’lon
qilingan. Keyin «Adabiyot nadir» maqolalar to‘plamida qayta nashr etilgan. «Guliston»
jurnali asosida nashrga tayyorlandi.
Halima Nosir qizi (1914 – 2003) – mashhur o‘zbek opera xonandasi, Boku teatr
texnikumi (1924 – 1927), Moskva o‘zbek opera studiyasi (1934 – 1937)da ta’lim olgan.
SSSR xalq artisti. Aqjunus, Karmen, Layli, Majnun, Gulsara, Zaynab, Maysara
Do'stlaringiz bilan baham: |