440
sira chiqmaydi. Chol juda qarig‘anidan miyasi aynib, aljirab qolg‘an.
Uning shu
xususiyatini Isomov taqlid qilib bo‘lmaslik darajada to‘la go‘zal va to‘g‘ri beradi.
Past rutbali Buxoro amaldorlaridan oqsoqol tipini bizning sahnamiz to‘la ma’nosi
bilan Isomov orqali ko‘rgan bo‘lsa kerak. («Arslon» piyesasida.) Isomovning u
oqsoqolini inqilobdan burung‘i hamma oqsoqollarning tipik bir namoyondasi qilib
olganimizda ham yutqizmaymiz. Haqiqatda biz «Arslon»da to‘la
bir oqsoqol tipini
ko‘ramiz.
«Na’rangni tort, Xitoy»da qayiqchi cholni o‘ynaydi. Men u asarni ustoz
Meyerxo‘ld tiyotrida ham ko‘rganman. Shuncha ko‘b massali ko‘rinishlarda Isomovning
qayiqchisi o‘zini ajratib ko‘rsata oladi.
Xullas, sahnamizda epizodik va xarakter ro‘llar yetarlik darajada ko‘p, G‘ulom
Isomov shu uchun mijoziga bob kelgan ro‘llarga boy (usta Marayim – «Rustam»da*;
Marayim tajang – «Yondiramiz»da*; Markiz de Furlen Popoli – «Musofirxona
bekasi»da*; Pochta boshlig‘i – «Tergovchi»da; Kozimbek – «Tarix»da*, Mister Gavker
– «Shodlik ko‘chasi»da*).
Yaxshi tiyotrlar yolg‘iz «katta» ro‘llarda o‘ynovchi akto‘rlar bilangina yashamaydi,
ayniqsa, bizning buyuk elimizda!.. G‘arbda san’atkor taqdir etilmak uchun mutlaqo
«yulduz» bo‘lishi kerak yo go‘zal xotin… Bizda esa
har kimning quvvati va qudrati,
iste’dod va hunariga yarasha joy va hurmat ta’min etilgan. U hurmatga sazovorlar orasida
Isomov va uning qatoridag‘i san’atkorlar ham yaxshi va qiziqarli o‘run olganlar.
Epizodik deb atalgan ro‘llarda sahnaga bir nafas chiqib ko‘rinib, yana qaytish bilan
butun piyesaga jon berib yuboradurg‘an ustalarni biz taqdim etamiz.
Maqola «Mash’ala» jurnalining 1934 yil 4-sonida «Cho‘lpon» imzosi bilan
bosilgan. Keyin «Adabiyot nadir» maqolalar to‘plamida qayta nashr etilgan.
«Mash’ala» jurnali asosida nashrga tayyorlandi.
«Mushtumzo‘r» – Cho‘lpon pesasi. 1928 yili sahna yuzini ko‘rgan.
«Rustam» – U.Ismoilov asari. 1926 yili sahna yuzini ko‘rgan. Aniq bo‘lmagan
ma’lumotlarga qaraganda, Cho‘lpon «Rustam» dramasining
maydonga kelishida faol
ishtirok etgan.
441
«Yondiramiz» – K.Yashin asari. 1932 yili sahna yuzini ko‘rgan.
«Musofirxona bekasi» – K.Goldoni asari. 1934 yili sahna yuzini ko‘rgan.
«Tarix»da – Ziyo Said va Nazir Safarovning «Tarix tilga kirdi» dramasi nazarda
tutilmoqda.
«Shodlik ko‘chasi» – N.Zarxi asari. 1933 yili sahna yuzini ko‘rgan.
Do'stlaringiz bilan baham: