456
narsalarni anglatib turadi. Bizda kundan-kun o‘sayotgan ingichka san’at, ayniqsa, so‘ng
vaqtlarda juda ajib va go‘zal tovushlar bermoqda, ya’ni, birinchidan, u o‘z ijodi uchun
xalqdan va xalq adabiyotidan ruh va oziq olmoqda; ikkinchidan,
quruq shaklchilik
o‘yinlaridan qutulib bormoqda; uchinchidan, mamlakatning keng quchog‘ida yashovchi
turli-tuman xalqlarning san’atlarini u xalqlarning biri-biriga ko‘rsatish yo‘li bilan
internatsional tarbiya jihatidan katta ijobiy ro‘l o‘ynamoqda.
Butunittifoq Xalq Komissarlari Soveti qoshida,
shu bilan birga, milliy
respublikalarning Xalq Komissarlar Sovetlari oldida san’at ishlariga qarayturg‘an alohida
qo‘mita tuzilgandan keyin haligi uchinchi jihat, ya’ni millatlarning san’atlarini ularning
bir-birlariga ko‘rsatishga alohida ahamiyat berila boshladi. Bu yo‘lda Butunittifoq Xalq
Komissarlari Soveti qoshidag‘i San’at qo‘mitasining tashabbusi, ayniqsa, maxtarlikdir.
Yaqindag‘ina Maskovda bo‘lub o‘tkan Qozog‘iston san’ati o‘n kunligi*, Qozog‘iston
cholg‘i tiyotrining Maskovdagi muvaffaqiyatlari, cholg‘i tiyotrining tomoshalariga
…butun partiya va hukumat rahbarlarining kelib turishi, qozoq san’ati arboblarining oliy
nishonlar bilan mukofotlanishi – bular hammasi yuqorida aytilgan vaziyatni tasvirlaydi.
Qozog‘iston o‘n kunligidan burun Maskovga Ukraina o‘pera
tiyotri kelib, katta
muvaffaqiyatlar bilan Ukraina sovet san’atining yutuqlarini ko‘rsatib ketgan edi. Maskov
akademik badiiy tiyotrining bu yoz ichi Ukraina sovetlar respublikasining markazi
bo‘lgan Kiyev shahriga borib, tomoshalar berishi bu yil har yilgidek oddiy gastrolchilik
shaklidan chiqib, katta bir to‘y-tomoshaga aylanayotir. Tiyotrning
kelishiga bir oydan
ko‘prak vaqt bor bo‘lsa ham, sovetlar Ukrainasining yangi va go‘zal markazi Badiiy
tiyotrni yaxshi qarshilash uchun jiddiy hozirliklarga kirishgan edi. 1937 yilda Maskovda
O‘zbekiston va Armaniston san’atlarining o‘n kunliklari belgilangan.
Mana shunday go‘zal va katta tashabbuslar chog‘ida Ukraina davlat kopellasi
(cholg‘i to‘dasi)ning Toshkentga kelib konsertlar berishi juda vaqtida bo‘lgan va unumli
bir ishdir. Bu konsertlarni tashkil etgan Qizil qo‘shun uyi mudirligidir.
Bir
zamonlar Polsha hukumdorlari, undan keyin Rusiya chorligi* tomonidan, yana bir
tomondan – o‘z boylari va mulkdorlari tomonidan har taraflama jabr-zulm ko‘rib kelgan
Ukraina xalqining shu uzun qulliq yillari orasida yaratgan adabiyoti, kuylari, cholg‘isi
juda boydir. Maskovda katta muvaffaqiyat bilan ko‘rsatilgan ikki cholg‘ili asar asosan
xalq ijodi ustiga qurilg‘an narsalar edi. U asarlarning Ukrainaning o‘zidagi muvaffaqiyati
yana ham kattadir.
457
Shahrimizga kelgan kopella o‘sha keng va boy cholg‘i san’atining bir shaklini, bir
bo‘lagini ko‘rsatadi. To‘dada eng ko‘p va asosiy asbob «bandura»* (mandolin shaklida
bir asbob)dir.
Faqat buning ovozi nozik, ta’sirli va yoqimlidir. To‘dada banduradan
boshqa asboblar ham bor (childirma, chang, tsimboli va boshqalar). Bandura bilan birga
tub ro‘lni mukammal xor, cholg‘i va yolg‘iz ashulalar o‘ynaydi, xor, cholg‘i va yolg‘iz
ashulalarning hammasi muzika bilimining talabiga ko‘ra yaxshilab ishlangan. Shu uchun
xorlarning ovozi bir xilda va to‘ldiruchi emas: har xil tovush beradi. To‘dada yaxshi
ovozli ashulachilar bor. Programmadagi kuylarning hammasi deyarlik xalq kuylari.
Orada «Vinochok» atalgan uch kuyli sho‘x, quvnoq o‘yin maqomlari bor. Bular butun
tomosha zalini harakatga keltiradilar. Kuylar orasida Ukraina
kuylaridan boshqa rus
kuylari ham bor. (Qizil qo‘shunda aytilaturg‘an «Priamur» qo‘shig‘i.) Ukrainaning
mashhur tarixiy qahramoni «Mamlyuk»ning qo‘shug‘i tomoshachini eski zamonlarga,
Ukrainaning poplar (mulkdorlar) qo‘l
ostida ezilgan davrlariga, olib ketadi. Bunday
mungli, g‘amli kuylar programning boshig‘a qo‘yulg‘an. Program sekin-sekin quvnoq
kuylarga o‘tadi.
Biz qo‘shni sovet respublikalari xalqlarining san’atlari bilan ko‘prak
tanishuv
kerakligini tegishli uyushmalar esiga solib o‘tamiz.
Maqola «Qizil O‘zbekiston» gazetasining 1936 yil 8 iyun sonida «Cho‘lpon»
imzosi bilan bosilgan. Keyin «Adabiyot nadir» maqolalar to‘plamida qayta chop etilgan.
«Qizil O‘zbekiston» gazetasi asosida nashrga tayyorlandi.
«Yaqindagina Maskovda bo‘lib o‘tgan Qozog‘iston san’ati o‘n kunligi…» –
mazkur o‘n kunlik o‘zbek san’ati dekadasidan bir yil avval (1937 yil may) 1936 yil 17 –
26 may kunlari Moskvada bo‘lib o‘tgan.
Rusiya chorligi – podsho Rossiyasi demoqchi.
Bandura – ukrain xalq cholg‘u asbobi. Banduraning kashf etilishi XIV – XV
asrlarga borib taqaladi. Tuzilishiga ko‘ra u ruslarning «gusli»si va bizdagi changni
eslatadi, barmoq bilan chertiladi.