Collegium humanum varshava menejment universiteti andijon filiali psixologiya



Download 3,95 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/470
Sana18.02.2022
Hajmi3,95 Mb.
#451826
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   470
Bog'liq
PSIXOLOGIYA O`UM - 2021 Varshava

Shakllanish omillari 
Tabiiy 
muhit 
Ijtimoiy 
muhit 
Faoliyat 
Shaxs 
Individual-psixologik taraf 
Dunyoqarash tarafi 
Ijtimoiy-psixologik taraf 
Ма‘naviy qiyofa 
Ahloqiy qiyofa 
Dunyoqarash 
Ijtimoiy
mayllar 
Ijtimoiy holatlar 
Ijtimoiy rollar 
Boshqa odamlarga 
nisbatan munosabat 
Psixik hosilalar 
Psixik holatlar 
Psixik xossalar 
Psixik jarayonlar 


75 
o‗rganiladi. Bunda ushbu konsepsiyalar nuqtai nazaridan inson organizmiga psixik 
faoliyatning qandaydir «sig‗imi» sifatida o‗rin ajratiladi. Bunday fikrlarni bizlar 
ko‗proq psixik hodisalarning diniy kelib chiqishini e‘tirof etuvchi mualliflar 
ishlarida uchratamiz. 
Biologik konsepsiyalarda psixik nisbat organizm taraqqiyotidan keyin sodir 
bo‗ladigan hodisaning chiziqli funksiyasi sifatida o‗rganiladi. Bu konsepsiyalarga 
asosan, inson xossalari va holatlari, psixik jarayonlarning barcha xususiyatlari 
biologik tuzilishning xususiyatlari bilan belgilanadi, ularning taraqqiyoti esa 
biologik qonunlarga bo‗ysunadi. Ko‗p hollarda bu konsepsiyalarda psixik 
taraqqiyotni tushuntirib berishda asosiy biogenetik qonun – rekapitulyasiya qonuni 
qo‗llaniladi, bu qonunga ko‗ra, individ taraqqiyoti o‗zi tegishli bo‗lgan tur 
evolyusiyasining asosiy ko‗rinishlarida amalga oshiriladi. Ushbu e‘tirofning 
ifodalanishi ruhiyatning tabiatda mustaqil hodisa sifatida mavjud bo‗lmasligi, 
barcha ruhiy hodisalarni biologik (fiziologik) tushunchalar yordamida ta‘riflash 
yoki tushuntirish mumkinligi haqidagi fikr hisoblanadi. Bunday nuqtai nazarning 
fiziologlar o‗rtasida juda keng tarqalganligini alohida ta‘kidlab o‗tish zarur. 
Masalan, I.P. Pavlov ushbu nuqtai nazarning tarafdori edi. 
Bir qator ijtimoiy konsepsiyalar mavjud bo‗lib, ular ham rekapitulyasiya 
g‗oyasidan kelib chiqadi, lekin bunda u o‗zgacha tarzda namoyon bo‗ladi. Ushbu 
konsepsiyalarda individning konspektiv shaklda psixik rivojlanishi jamiyat tarixiy 
rivojlanishi, avvalambor, ma‘naviy hayot, madaniyatning taraqqiyoti jarayonining 
asosiy bosqichlarini amalga oshirishi o‗z tasdig‗ini topgan. 
SHunga o‗xshash konsepsiyalarning mohiyatini V. SHtern yanada yorqin 
tarzda ifodalagan. U taklif etgan ta‘limotda rekapitulyasiya tamoyili ham 
hayvonlar psixikasi evolyusiyasini, ham jamiyat ma‘naviyatining taraqqiyoti 
tarixini qamrab oladi. Uning yozishicha: «Inson individi go‗daklik davrining 
birinchi oylarida tuban hissiyotlarning ustunligi holatidagi anglanmagan refleksli 
va impulsli mavjudligi bilan sut emizuvchi bosqichini egallaydi; ikkinchi yarim 
yillikda tutish va har tomonlama taqlid qilish faoliyatini rivojlantirib, yuqori sut 
emizuvchi – maymun darajasiga etadi, va ikki yoshda gavdani tik tutib yurish va 
nutqni egallagandan so‗ng oddiy insoniy holatga erishadi. O‗yin va ertaklarning 
birinchi besh yilligida u ibtidoiy halqlar bosqichida turadi. So‗ngra maktabga 
o‗qishga kirish, ijtimoiy bir butunlikka ma‘lum majburiyatlar bilan shiddatli tarzda 
kirib boradi, - bu insonning davlat va iqtisodiy tashkilotlarga ega bo‗lgan 
madaniyatga a‘zo bo‗lishining ontogenetik taqqoslanishidir. Maktab davrining 
birinchi yillarida ko‗hna va qadimgi olamning oddiy mazmuni bola ruhiga o‗ta 
mutanosibdir, o‗rta maktab yillarida diniy madaniyatga berilish qirralari kuzatiladi, 
faqat etuklik davrida YAngi davr madaniyati holatiga mos keluvchi ma‘naviy


76 
darajalarga erishiladi»
14

Lekin, fikrimizcha, bunday o‗xshashliklar keltirilganida, har bir jamiyatda 
tarixiy rivojlanib, har bir ijtimoiy-tarixiy tuzilmada o‗ziga xos bo‗lgan ta‘lim va 
tarbiya tizimini hisobga olish zarur. Bunda odamlarning har bir avlodi jamiyatning 
ma‘lum bir rivojlanish bosqichiga to‗g‗ri kelib, o‗sha bosqichda tarkib topgan 
ijtimoiy munosabatlarga kirishadi. SHuning uchun insonga o‗z taraqqiyotida bosib 
o‗tilgan tarixiy bosqichlarni qisqartirilgan ko‗rinishda takrorlab o‗tirish shart emas. 
Odamning ma‘lum biologik tur vakili sifatida dunyoga kelishini hech kim 
tomonidan inkor etilmaydi. SHu bilan birga, inson ma‘lum ijtimoiy muhitda 
tug‗ilgani uchun faqat biologik ob‘ekt sifatida emas, balki, ma‘lum jamiyat vakili 
sifatida ham rivojlanadi. Bu kabi ikki qarash doimiy ravishda o‗zaro ta‘sirda 
bo‗lganliklaridan psixologiya uchun o‗zaro aloqalarining xususiyatini aniqlash 
muhimdir. 
Odamning psixik taraqqiyoti qonuniyatlari ustida olib borilgan ko‗p sonli 
tadqiqotlar individ psixik taraqqiyotining boshlang‗ich sharti uning biologik 
rivojlanishi, deb hisoblash imkonini beradi. Individ ruhiy taraqqiyotining asosi 
bo‗lgan ma‘lum biologik xossalar va fiziologik mexanizmlar to‗plami bilan 
dunyoga keladi. Lekin bu shartlar odam insonlar jamiyati sharoitida mavjud 
bo‗lgandagina amalga oshishi mumkin. 
Inson ruhiy taraqqiyotidagi biologik va ijtimoiy nisbatning o‗zaro faoliyati va 
o‗zaro ta‘siri muammosini ko‗rib chiqib, odam tuzilishining uch darajasini ajratish 
mumkin, bular: biologik daraja, ijtimoiy daraja va ruhiy darajalardir. SHunday 
qilib, shuni ko‗zda tutish lozimki, gap uchlikdagi: «biologik – ruhiy – ijtimoiy» 
o‗zaro ta‘sirlashuv haqida ketadi. Boshqacha aytganda, shaxs tuzilishidagi
biologik – ruhiy – ijtimoiylik uzluksiz birlikni tashkil etadi. 
Mashhur rossiyalik ruhshunos B.F. Lomov, shaxs shakllanishi muammosini 
tadqiq qilib, shaxsdagi biologik va ijtimoiy nisbatning barcha murakkabligi va turli 
mohiyatliligini ochib berishga harakat qildi. Uning bu muammoga qarashlari 
quyidagi asosiy fikrlarga borib taqaladi. Birinchidan, individ taraqqiyotini tadqiqi 
etib, alohida ruhiy vazifalar va holatlar tahlili bilan chegaralanib bo‗lmaydi. 
Barcha ruhiy vazifalar shaxs shakllanishi va taraqqiyoti ma‘nosida ko‗rib chiqilishi 
lozim. SHu munosabat bilan biologik va ijtimoiy nisbat muammosi organizm va 
shaxs nisbati muammomi sifatida namoyon bo‗ladi. Ikkinchidan, shuni nazarda 
tutish lozimki, bu tushunchalardan biri biologik fanlar doirasida, ikkinchisi esa 
ijtimoiy fanlar doirasida shakllangan. Lekin ikkovi ham odamga ham Homo 
sapiens turining vakili sifatida, ham jamiyat a‘zosi sifatida munosabatda bo‗ladi. 
SHu bilan birga, bu tushunchalarning har birida inson xususiyatlarining turli 
14
Штерн В. Основы генетики человека. М., 1965. Б.113. 


77 

Download 3,95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   470




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish