ALDEGID VA KETONLAR
1.Aldegidlardan (a) va aldegid bo’lmagan moddalardan (b) izomeri bo'lgan eng oddiy to'yingan bir asosli aldegidlarning tarkibidagi orbitallar sonini aniqlang
A) a-4; b-2 B) a-28; b-22
C)a-18; b-10 D) a-8; b-8
2.Kucherov usuli bo'yicha olinadigan аldegidning 0,6 molidagidek vodorod tutuvchi atsetonni yoqish uchun ketadigan ozon-kislorod aralashmasining (Mr=42) hajmini aniqlang.
A) 35,84 B) 95,57 C) 27,3 D) 32,3
3.Massasi 17,6 g bo'lgan noma’lum kislorod tutuvchi organik birikma oksidlanishi natijasida 24,0 g bir asosli karbon kislota hosil bo'ldi. Bu kislotaning mo'l miqdordagi natriy gidrokarbonat bilan ta'sirlashishi natijasida 8,96 litr (n.sh) ajraldi. Boshlang'ich birikmaning qanday massasida 192,64∙1022 ta orbital mavjud?
A) 8,8 D) 11,6 C) 14,4 D) 6
4.Hajmi 1,12 l (n.sh) bo’lgan birikmaning massasi 6,35 g bo'lib, uning tarkibida 37,7 % uglerod, 6,3 % vodorod va 56 % xlor bor. Bu birikmaning gidolizi natijasida tarkibida С, H, О bo'lgan brikma hosil bo'lib, qaytarilganda esa ikkilamchi spirt hosil bo'lgan. Birinchi va ikkinchi uglerod atomlari oksidlanish darajalari yig'indisini aniqlang.
A)-3 B) -2 C) +2 D)-l
5.Kislorodning massa ulushi 22,2 % bo’lgan tarmoqlangan zanjirli to'yingan bir asosli aldegidlar sonini aniqlang.
A) 1 B) 2 C) 3 D) 4
6.Uglerod soni oltitagacha bo'lgan aldegidlar-dan nechtasi Kucherov usulida olinmaydi?
A) 8 B)9 C)7 D) 6
7.Kucherov usulida olinmaydigan eng oddiy ketonning asosiy zanjiridagi uglerod atomlari oksidlanish darajalari yig'indisini aniqlang.
A)-8 B)-6 C) -5 D) -4
8. Qaysi yo'l bilan etilendan atsetaldegid olish mumkin?
1)palladiy xlorid katalizatorligida oksidlab;
2)degidrogenlash va simob tuzlari katalizatorligida gidratlash;
3)konsentrlangan sulfat kislota ishtirokida (t>140°C) gidratlash va oksidlash;
A)2,3 B) 2 C) 1,2,3 D) 1, 3
9. Vodorodning massa ulushi 10 % bo'lgan uglevodorodga yetarli miqdorda vodorod xlorid ta'sir ettirilishidan olingan В modda o’yuvchi kaliyning suvli eritmasi bilan ishlandi. Bunda hosil bo'lgan С moddani aniqlang.
A) propanal B) moy aldegidi
C) atseton D) butanon
10. Vodorodning massa ulushi 2,97 % bo'lgan dibromalkanlarning gidrolizidan necha xil modda olish mumkin?
A)4 B) 5 C) 7 D) 8
11.Quyidagi reaksiyada X moddaning faol metallar bilan ta'sirlashishi ma'lum bo’lsa, uning 3 ta molekulasida nechta elektron borligini aniqlang. buten-2 → X →butanon
A) 126 B) 90 C) 124 D) 102
12. С4Н8Сl2 tarkibli tarmoqlanmagan zanjirli birikma natriy gidroksidning suvli eritmasi bilan qizdirilganda olingan organik birikma mis (II) gidroksid bilan oksidlanganda C4H8O2 tarkibli birikmaga aylandi. Boshlan-g'ich birlkmadagi ikkinchi va uchinchi uglerod atomlari oksidlanish darajalari yig'in-disini aniqlang.
A)-2 B)0 C) -4 D)-l
13.Quyidagi sxema asosida X va У modda molekulyar massalari nisbatini aniqlang.
Propanal → X → У→ Atseton
A) 2,825 B) 2,334 C) 1,225 D) 2, 216
14.Quyidagi sxema asosida A, B, D moddalardagi vodorod soni uglerod sonidan necha marta katta ekanligini aniqlang.
A → В → Dimetilketon → D → A
A)A-2; B-1,33; D-2,66
B)A-1,33; B-2,66; D-1,66
C)A-1,33; B-2; D-1,66
D)A-2; B-2,66; D-1,66
15.Massasi 20 kg bo'lgan 20 % li atsetaldegidni ikki bosqichda (reaksiya unumi 80% dan) olish uchun kerak bo'ladigan, tarkibida 20 % qo'shimcha moddalar tutuvchi kalsiy karbid massasini aniqlang. (kg)
A) 9,088 B) 7,27 C) 11,36 D) 14,2
15.Massasi 1,16 g allil spirtidagi vodorod soniga teng sondagi noma'lum spirt molekulasidagi orbitallar soni 260,064∙1022 dona. Ushbu spirtning nechta izomerini aldegid va ketonlarni qaytarib olib bo'lmaydi.
A) 8 B) 7 C) 3 D) 1
16. Rangsiz, havodan biroz yengil, deyarli umuman hidsiz A gaz palladiy va mis xlorid ishtirokida kislorod bilan oksidlanib В modda hosil qildi. В modda qizdirilgan nikel katalizatori ishtirokida vodorod bilan qizdirilganda narkotik xususiyatga ega bo'lgan С modda hosil bo’ldi. В modda mis (II) gidroksid bilan kislotali xossaga ega bo'lgan D modda hosil qiladi. А, В, C, D moddalar tarkibidagi uglerod atomlari oksidlanish darajalari yig'indisini aniqlang.
A) -6; -4; -2; 0 B) -4; -2; -4; 0
C) -4; -2; -2; -1 D) -4; -6; 0; -4
17. A modda kumush ko'zgu reaksiyasiga kirishib B moddani hosil qiladi. В modda konsentrlangan sulfat kislota ishtirokida metanol bilan ta'sirlashib xushbo'y hidli С moddani hosil qiladi. С modda yondirilganda hosil bo'ladigan karbonat angidrid miqdori В modda yondirilganida hosil bo’ladigan karbonat angidrid miqdoridan 1,5 marta ko'p.
A, В va С moddalar tarkibidagi uglerod atomlari o’rtacha oksidlanish darajalari yig'indisini aniqlang.
4)-1/3 B)-4/3 C)-8/3 D)-5/3
18. Uchta idishda atsetaldegid, geksen-1 va toluol bo’lib, quyidagi moddalardan qaysi biri har uchala modda bilan ham bir xil sifat reaksiya beradi?
А) Вr2(Н2О) B) Cu(OH)2
C) Ag2O (NH4OH) D) KMnO4
19.Kumush oksidning ammiakdagi eritmasi bilan oksidlanganda 2,16 g kumush hosil qiladigan aldegid massasiga teng massadagi mezitilen yondirilganda hosil bo’lgan karbonat angidrid molekulasidagi elektronlar soni 437,052 ∙1021 dona bo'lsa, aldegidni aniqlang.
A)formaldegid B) atsetaldegid
C) propion aldegid D) moy aldegidi
20. Atsetaldegid va propion aldegididan iborat 1,46 g aralashma mo'l miqdordagi kumush oksidining ammiakli eritmasi ta'sirida 6,48 g cho’kma hosil qilgan. Boshlang'ich aldegidlar massa ulushlarini aniqlang.
A) 0,333; 0,667 B) 0,603; 0,397
C) 0,667; 0,333 D) 0,452; 0,548
21.Propanol-1 va noma'lum aldegiddan iborat 1,17 g aralashma 5,8 g kumush oksidning ammiakli eritmasi bilan qizdirildi. Bunda reaksiyaga kirishmay qolgan oksid 2,87 g kumush xlorid hosil qiladi. Boshlang'ich aralashmadagi moddalar mol nisbati 1:3 bo'lsa, ushbu aldegidning 0,3 molidan hosil bo'ladigan suv massasini aniqlang.
A) 5,4 B) 10,8 C) 16,2 D) 21,6
22.Etanol va noma'lum aldegiddan iborat 18,2 g aralashma 92,8 g kumush oksidning ammiakli eritmasi bilan qizdirildi. Bunda reaksiyaga kirishmay qolgan oksid 28,7 g kumush xlorid hosil qiladi. Boshlang'ich aralashmadagi moddalar mol nisbati 2:3 bo'lsa, ushbu aldegidning 0,3 molidan hosil bo'ladigan karbonat angidrid hajmini aniqlang.
A) 6,72 B) 13,44 C) 20,16 D) 26,88
23. Formaldegid va vodoroddan iborat vodorodga nisbatan zichligi 4,5 bo'lgan aralashma nikel katalizatori ustidan o’tkazilgandan keyin 0°C ga sovutilganda vodorodga nisbatan zichligi 3 bo'lib qoldi. Reaksiya unummi (%) aniqlang.
A) 40 B) 50 C)60 D) 80
24.Formaldegid va vodoroddan iborat vodorodga nisbatan zichligi 3,8 bo'lgan aralashma nikel katalizatori ustidan o'tkazilgandan keyin 0°C ga sovutilganda vodorodga nisbatan zichligi 1,4375 bo'lib qoldi. Reaksiya unumini (%) aniqlang.
A) 70 B) 50 C) 90 D) 80
25.Formaldegid va vodoroddan iborat aralashma qizdirilgan nikel katalizatori ustidan o'tkazilib 0°C ga sovutilganda 60 % unum bilan hosil bo'lgan aralashmaning zichligi 0,268 bo'ldi. Boshlang'ich aralashmadagi formaldegidning hajmiy ulushi qancha bo'lgan?
A) 0,2 B) 0,25 C) 0,4 D) 0,6
26.Massasi 14,4 g bo'lgan bir atomli to'yingan spirtning oksiddlanishi natijasida 1:2:3 mol nisbatda 15,92 g bir atomli spirt, aldegid va bir atomli kislota hosil bo'ldi. Ushbu spirt tarkibidagi uglerod atomlari oksidlanish darajalari yig'indisini
aniqlang.
A) -3 В) -4 С) -6 D) -8
27.Massasi 25,9 g bo'lgan bir atomli to'yingan spirtning oksidlanishi natijasida 1:2:4 mol nisbatda 28,5 g bir atomli spirt, aldegid va bir atomli kislota hosil bo’ldi. Ushbu spirtning qanday massasidagi atomlar soni 1,806∙1023 dona bo’ladi.
A) 1,48 B) 2,22 C) 2,96 D) 3,7
28. To’yingan bir atomli A spirtning oksidlanishi natijasida 1:2:3 mol nisbatdagi bir atomli to'yingan spirt, aldegid va to'yingan bir atomli karbon kislotadan iborat 26 g aralashma hosil bo'ldi. Ushbu aralashmaga mo'l miqdorda natriy gidrokarbonat qo'shilganda 2,688 l (n.sh) gaz ajraldi. A spirtning nechta izomeri ushbu holatga mos tushadi.
A)17 B) 12 C) 8 D)10
29. To’yingan bir atomli A spirtning oksidlanishi natijasida 2:3:1 mol nisbatdagi bir atomli to'yingan spirt, aldegid va to'yingan bir atomli karbon kislotadan iborat 13,4 g aralashma hosil bo'ldi. Ushbu aralashmaga mo'l miqdorda natriy gidrokarbonat qo'shilganda 560 ml (n.sh) gaz ajraldi. A spirtning nechta izomeri ushbu holatga tushadi?
A)4 B) 5 C) 8 D) 3
30.Formaldegid, sirka kislota va chumoli kislotadan iborat 1,82 g aralashma 18,9 ml 6 % li (p=l,06 g/ml) natriy gidroksid bilan to'liq ta'sirlashadi. Hosil bo’lgan aralashma kumush oksidning ammiakli eritmasi bilan ta’sirlashishi natijasida 8,64 g cho'kma hosil bo’ladi. Boshlang'ich aralashmadagi moddalar nisbatini aniqlang.
A)l:2:l B) 1:1:2 C)l:2:3 D) 2:1:1
31.Formaldegid, sirka kislota va chumoli kislotadan iborat 2,33 g aralashma 7 ml 8,4 % li (p=l,07 g/ml) kaliy gidroksid
ta'sirlashadi. Hosil bo'lgan aralashma oksidning ammiakli eritmasi bilan ta’sirlashishi natijasida 9,72 g cho'kma hosil
bo'ladi. Boshlang’ich aralashmadagi moddalar mol nisbatini aniqlang.
A) 4:3:3 B) 3:1:2 C) 1:4:5 D) 4:5:1
32. Formaldegid, metilatsetat va chumoli kislotadan iborat 2,7 g aralashma 18,4 ml 11,2 % li (p=1,09 g/ml) kaliy gidroksid bilan to’liq ta'sirlashadi. Hosil bo'lgan aralashma kumush oksidning ammiakli eritmasi bilan ta sirlashishi natijasida 8,64 g cho'kma hosil bo'ladi. Boshlang'ich aralashmadagi moddalar mol nisbatini aniqlang.
A) 1:3:2 B) 2:2:1 C) 1:2:2 D) 2:3:1
33.Beshta molekulasida 110 ta orbital bo'lgan ketonning gidroksilamin bilan ta'sirlashishidan olingan moddaning 4 molekulasida nechta bog' hosil qilishda qatnashmagan orbital bor?
A) 12 B) 10 C)16 D) 20
34.Aldegid va ketonlar qaysi modda bilan ta’sirlashganda oksimlar hosil qiladi?
A) HCN B) NaHSO3
C)NH2OH D)Cu(OH)2
35.Chumoli aldegidining ammiak bilan ta'sirlashishi natijasida olingan moddaning qanday massasi 0,2 mol palmitondagidek atom tutadi?
A) 167,49 B) 145,46
C) 132,34 D) 119,63
36. Aldegid va ketonlarning qanaqa hosilalari lakrimatorlar hisoblanadi?
A)oksimlari
B)halqali vakillari
C)a-galogenli hosilalari
D)bisulfit birikmalari
37.Atirgul hidini eslatuvchi hushbo'y hidli aldegidlar tarkibidagi uglerod atomlari soni nechta bo'ladi ?
A) 6-7 B) 8-9 C)9-10 D) 10-12
38. 22 g bir atomli to’yingan spirtning oksidlanishi natijasida olingan moddaga kumush oksidining ammiakdagi eritmasi ta’sir ettirilganda 54 g cho'kma hosil bo'ldi. Necha xil spirt ushbu holatga to'g'ri kelishini ko’rsating.
A) 8 B) 4 C) 5 D) 3
39. 18 g spirtni oksidlab olingan aldegid mis (II) gidroksid bilan reaksiyasi natijasida 43,2 g qizil cho'kma hosil bo'lsa, kislota massasini aniqlang.
A) 14,8 B) 11,1 C) 17,4 D) 22,2
40.Aldegidning mis (II) gidroksid bilan reaksiyasi natijasida 43,2 g qizil cho'kma hosil bo'ldi. Shu aldegid qaytarilganda spirt hosil bo'ldi. Spirtning 4 ta molekulasi 48 ta sp3 gibridlangan orbital bo'lsa, aldegid oksidlanganda hosil bo'lgan karbon kislota massasini aniqlang.
A) 18 B) 26,4 C) 22,2 D) 17,4
41.A modda oksidlanganda propanal, В modda oksidlanganda keton hosil bo’lsa, A va В moddalar molekulalararo degidratlani-shidan qanday moddalar hosil bo'lmaydi?
1)СН3СН2ОСН2СН3;
2)СН3СН2СН2OСН2СН2СН3
3)СН3СН(СН3)ОСН(СН3)СН3
4)СН3СН2СН2ОСН2СН3
5)СН3СН(СН3)ОСН2СН2СН3
6)СН3СН(СН3)ОСН2СН3
А) 2, 4, 5 В) 1, 4, 6 4
С) 1, 3, 6 D)2, 3, 5
42.Aldegid teng miqdorda ikki idishga ajratildi. Birinchi idishdagi aldegidning mis (II) gidroksid bilan reaksiyasi natijasida 28,8 g qizil cho'kma hosil bo'ldi. Ikkinchi idishdagi aldegid qaytarilganda 12 g spirt hosil bo'lgan bo’lsa, spirt(lar) formulasini aniqlang.
1)CH3(CH2)2CH2OH;
2) CH3CH2CH(CH3)OH;
3)CH3CH2CH2OH;
4) СН3СН(СН3)СН2ОН;
5) СН3СН(СН3)ОН;
A) 1, 2, 4 В) 1,4 С) 3,5 D) 1
43. 200 ml (p=0,87 g/ml) atseton olish uchun necha gramm kalsiy atsetat qizdirilishi kerak?
A) 474 B) 237 C) 158 D) 382
44. Aldegid va ketonlarga vodorod ta'sir ettirib qaysi spirtlarni olib bo'lmaydi?
1)2-metil propanol-2; 2)2-metil propanol-1; 3)3-metil butanol-2; 4)2-metil butanol-2; 5)butanol-1
A) 1,2,4 B) 2, 3, 5 C) 2,3 D) 1, 4
45. Qandaydir aldegidning 21,2 g miqdori qaytarilishidan olingan spirtning sirka kislotasi bilan reaksiyasidan (sulfat kislota ishtirokida) 30 g murakkab efir olindi. Aldegidni aniqlang.
A) etanal B) benzanal
C) pentanal D) geksanal
46.Massasi 15,4 g bo'lgan aldegid yangi tayyorlangan mis (II) gidroksidning 98 g massasi bilan ta'sirlashganda 74,4 g cho'kma hosil bo'ldi. Aldegidni aniqlang.
A) formaldegid B) atsetaldegid
C) propion aldegid D) moy aldegid
47. Massasi 16,24 g bo'lgan aldegid yangi tayyorlangan mis (II) gidroksidning 78,4 g massasi bilan ta'sirlashganda 59,52 g cho'kma hosil bo'ldi. Aldegidni aniqlang.
A) formaldegid B) atsetaldegid
C) propion aldegid D) moy aldegid
48. Massasi 9 g bo'lgan aldegid yangi tayyorlangan mis (II) gidroksidning 88,2 g massasi bilan ta'sirlashganda 67,2 g cho'kma hosil bo'ldi. Aldegidni aniqlang.
A) formaldegid B) atsetaldegid
C) propion aldegid D) moy aldegid
49.Aldegid teng miqdorda ikki idishga ajratildi. Birinchi idishdagi aldegidning mis (II) gidroksid bilan reaksiyasi natijasida 43,2 g qizil cho'kma hosil bo'ldi. Ikkinchi idishdagi aldegid qaytarilganda 18 g spirt hosil bo'ldi. Birinchi va ikkinchi idishdagi hosil bo'lgan organik mahsulot o'zaro ta'sirlashganda hosil bo'ladigan modda massasini aniqlang.
A) 34,8 B) 26,1 C) 17,4 D) 43,5
50. 26,5 g noma'lum aldegid qaytarildi va olingan spirt sirka kislota bilan sulfat kislota ishtirokida reaksiyaga kirishganda 80 % unum bilan 30 g murakkab efir olindi. Aldegiddagi uglerodlar sonini aniqlang.
A) 7 B) 4 C) 6 D) 5
51. Benzolga ozon ta'sir ettirilganda olingan moddaga suv ta'sir ettirilganda hosil bo'ladigan moddaning sistematik nomi qanday?
A) etanal aldegidi B) etandial
C) 2-aminopropan kislota D) etandiol
52. Qaysi reaktiv yordamida atseton, geksanal va geksin-l ni bir-biridan farqlash mumkin?
A) Br2(H2O) B)Cu(OH)2
C)Ag2O (NH4OH) D) КМnО4 (H2O)
53. Massasi 2,82 g bo’lgan chumoli aldegid, sirka aldegidi va propion kislota aralashmasi qaytarilganda 896 ml (n.sh) vodorod sarflandi. Hosil bo'lgan spirtlar va kislotani to'liq oksidlanganda 2464 ml karbonat angidrid ajraldi. Dastlabki aralashmadagi moddalarning hajmiy ilushini (%) aniqlang.
A) 50; 16,67; 33,33 B) 50; 20; 30
C) 50; 36,67; 13,33 D) 50; 25; 25
54.Massasi 1,78 g bo’lgan chumoli aldegid, sirka aldegidi va propion kislota aralashmasi qaytarilganda 672 ml (n.sh) vodorod sarflandi. Hosil bo'lgan spirtlar va kislotani to’liq oksidlanganda 1568 ml karbonat angidrid ajraldi. Dastlabki aralashmadagi moddalarning mol ulushini (%) aniqlang.
A)50; 16,67; 33,33 B) 50; 20; 30
C) 50; 36,67; 13,33 D) 50; 25; 25
55.Massasi 4,6 g bo'lgan chumoli aldegid, sirka aldegidi va propion kislota aralashmasi qaytarilganda 1568 ml (n.sh) vodorod sarflandi. Hosil bo'lgan spirtlar va kislotani to'liq oksidlanganda 4032 ml karbonat angidrid ajraldi. Dastlabki aralashmadagi moddalarning mol ulushini (%) aniqlang.
A) 50; 16,67; 33,33 B) 50; 20; 30
C)50; 36,67; 13,33 D) 50; 25; 25
56.Massasi 2,38 g bo'lgan chumoli aldegid, sirka aldegidi va sirka kislota aralashmasi qaytarilganda 672 ml (n.sh) vodorod sarflandi. Hosil bo'lgan spirtlar va kislotani to'liq oksidlanganda 2016 ml karbonat angidrid ajraldi. Dastlabki aralashmadagi moddalarning mol ulushini (%) aniqlang.
A) 50; 16,67; 33,33 B) 50; 20;30
C) 50; 36,67; 13,33 D) 20; 40; 40
57. Tarozining bir pallasiga 2 mol atseton, ikkinchi pallasiga 1 mol aldegid qo'yildi. Aldegid qaytarilganda tarozi muvozanatga kelsa, aldegid formulasini aniqlang.
A) C4H9CHO B) C7H15CHO
С) С5Н11СНО D) С6Н13СНО
58.Tarozining bir pallasiga 0,51 mol qattiq spirt, ikkinchi pallasiga 0,7 mol aldegid qo'yildi. Aldegid qaytarilganda tarozi muvozanatga kelsa, aldegid formulasini aniqlang.
A) C4H9CHO B) C7H15CHO
С) С5Н11СНО D) С6Н13СНО
59. Ikki xil spirtdan iborat 0,5 mol aralashma oksidlanganda 24,8 g aldegid va ketonlar aralashmasi hosil bo'ldi. Dastlabki aralashma massasini aniqlang.
A) 25,8 B) 27,5 C) 26,8 D) 23,8
60. Geksogen deb ataluvchi kuchli portlovchi modda qanday olinadi?
A)fenolformaldegid smolasini qizdirib
B)urotropinga kalsiy xlor ta'sir ettirib
C)chumoli aldegidni suvda eritib
D)geksametilentetraaminga nitrat kislota ta'sir ettirib .
61.Aldegid va ketonlarning bir asosli to'yingan vakillarining umumiy formulasidan kelib chiqqan holatda ulardagi orbitallar soni qanday ifodalanadi ?
A) 6n+2 B) 2n+2 C) 3n+3 D) 6n+4
62.Levulin aldegidning qanday massasi yetarli miqdordagi kumush oksidining ammiakli eritmasi bilan reaksiyaga kirishganda hosil bo'lgan kumush ajratib oil nib 74 g 80 % ii nitrat kislotaga ta'sir ettirilganda hosil bo'lgan eritmadagi tuz va kislota massa ulushi teng bo'ladi?
A) 10 B)16 C) 20 D) 24
63.Kislorodning massasi vodorod massasidan 9,6 g ga ko'p bo’lgan akroleinning bir qismi bromli suvni rangsizlantirdi. Qolgan qismi esa oksidlandi. Bunda hosil bo'lgan moddalar massasi teng bo'lgan bo'lsa, hosil bo’lgan bromli mahsulot massasini aniqlang.
A) 43,2 B) 129,6 C) 172,8 D) 14
64.Etanol sulfat kislota ishtirokida kaliy dixromat bilan aldegidga qadar oksidlandi. Ushbu reaksiyadagi oksidlovchi va qaytaruvchining ekvivalent massasini (g/mol) aniqlang.
A) 49; 46 B) 98; 23
C) 147; 46 D) 49; 23
65.Massa ulushlari teng bo’lgan metanol
va etanol aralashmasi kislorod bilan aralashtirilib maydalangan mis to’r ustidan o'tkazilganda hosil bo'lgan moddalar mo’l miqdordagi kumush oksidning ammiakdagi eritmasi bilan ta'sirlashganda 13,4 g cho'kma hosil bo'ldi. Boshlang'ich spirtlar aralashmasining massasini aniqlang.
A) 1,47 B) 1,57 C) 2,45 D) 2,34
66.Massa ulushlari teng bo’lgan methanol va etanol aralashmasi kislorod bilan aralashtirilib maydalangan mis to’r ustidan o'tkazilganda hosil bo’lgan moddalar mo'l miqdordagi kumush oksidning ammiakdagi eritmasi bilan ta’sirlashganda 84,24 g cho'kma hosil bo'ldi. Boshlang’ich spirtlar aralashmasining massasini aniqlang.
A) 14,72 B) 15,7 C) 24,5 D)23,45
67. 3,36 l (n.sh) to'yingan bir atomli spirt va aldegidning 2:1 mol nisbatdagi aralashmasi kislorod bilan aralashtirildi va mis to'r orqali o'tkazildi. Olingan modda(lar) tarkibidagi kislorodning massa ulushi 36,36 % bo'lsa, boshlang'ich aralashma massasini aniqlang. (boshlang'ich birikmalar bir xil sondagi uglerod tutadi)
A) 5,2 B)6,8 C)3,5 D) 2,8
68. 5,6 l (n.sh) to'yingan bir atomli spirt va aldegidning 1:3 mol nisbatdagi aralashmasi kislorod bilan aralashtirildi va mis to'r orqali o’tkazildi. Olingan modda(lar) tarkibidagi kislorodning massa ulushi 53,33 % bo'lsa, boshlang'ich aralashma massasini aniqlang. (boshlang'ich birikmalar bir xil sondagi uglerod tutadi)
A) 5,2 B) 6,8 C) 6,25 D) 7,625
69. 3,36 l (n.sh) to’yingan bir atomli spirt va aldegidning 2:3 mol nisbatdagi aralashmasi kislorod bilan aralashtirildi va mis to’r orqali o'tkazildi. Olingan modda(lar) tarkibidagi kislorodning massa ulushi 27,57 % bo'lsa, boshlang’ich aralashma massasini aniqlang. (boshlang'ich birikmalar bir xil sondagi uglerod tutadi)
A) 5,24 B) 6,84 C) 7,52 D) 8,82
70.Dixloretan izomerlari aralashmasi ishqorning spirtli eritmasi bilan qizdirildi. Ajralgan gaz kumush oksidning ammiakli eritmasidan o’tkazilganda 9,6 g cho'kma tushdi. Xuddi shunday miqdordagi aralashmaga ishqorning suvli eritmasi ta'sir ettirib, olingan mahsulotni kumush oksidning ammiakli eritmasidan o’tkazilganda 6,48 g cho'kma tushdi. bastlabki aralashmadagi izomerlarning mol ulushini (%) aniqlang.
A) 0,25; 0,75 B) 0,5; 0.5
C) 0,45; 0,55 D) 0,4; 0,6
71.Dixloretan izomerlari aralashmasi ishqorning spirtli eritmasi bilan qizdirildi. Ajralgan gaz kumush oksidning ammiakli eritmasidan o'tkazilganda 12 g cho'kma tushdi. Xuddi shunday miqdordagi aralashmaga ishqorning suvli eritmasi ta'sir ettirib, olingan mahsulotni kumush oksidning ammiakli eritmasidan o'tkazilganda 4,32 g cho'kma tushdi. Dastlabki aralashmadagi izomerlarning mol ulushini (%) aniqlang.
A) 0,25; 0,75 B) 0,5; 0,5
C) 0,45; 0,55 D) 0,4; 0,6
72.Propanning dixlorli hosilalarining 0,2 mol aralashmasi teng ikki qismga bo'lindi. Birinchi qismiga ishqorning spirtli eritmasi, ikkinchi qismiga ishqorning suvli eritmasi ta'sir ettirildi. Har ikkala qismiga kumush oksidning ammiakli eritmasi ta'sir ettirildi. Birinchi qismidan 8,82 g, ikkinchi qismidan esa 2,16 g cho'kma tushdi. Ishqorning suvli eritmasi ta'sir ettirilganda hosil bo'lgan aralashmaga natriy ta'sir ettirilganda 1568 ml (n.sh) gaz ajralganligi malum bo'lsa, boshlang’ich moddalarning mol nisbatini aniqlang.
A) 1:1:1:1 B) 1:2:1:2
C) 1:2:3:4 D)1:2:3:2
73. Propanning dixlorli hosilalarining 0,16 mol aralashmasi teng ikki qismga bo'lindi. Birinchi qismiga ishqorning spirtli eritmasi, ikkinchi qismiga ishqorning suvli eritmasi ta'sir ettirildi. Har ikkala qismiga kumush oksidning ammiakli eritmasi ta'sir ettirildi. Birinchi qismidan 8,82 g, ikkinchi qismidan esa 4,32 g cho’kma ushdi. Ishqorning suvli eritmasi ta'sir ettirilganda hosil bo'lgan aralashmaga natriy ta'sir ettirilganda 96 ml (n.sh) gaz ajralganligi ma'lum bo'lsa, boshlang'ich moddalarning mol nisbatini aniqlang.
A)1:1:1:1 B) 1:2:1:2
C) 1:2:3:4 D) 1:2:3:2
74. Propanning dixlorli hosilalarining 0,18 mol aralashmasi teng ikki qismga bo'lindi. Birinchi qismiga ishqorning spirtli eritmasi, ikkinchi qismiga ishqorning suvli eritmasi ta'sir ettirildi. Har ikkala qismiga kumush oksidning ammiakli eritmasi ta’sir ettirildi. Birinchi qismidan 17,64 g, ikkinchi qismidan esa 6,48 g cho'kma tushdi. Ishqorning suvli eritmasi ta'sir ettirilganda hosil bo'lgan aralashmaga natriy ta'sir ettirilganda 1568 ml (n.sh) gaz ajralganligi ma'lum bo'lsa, boshlang'ich moddalarning mol nisbatini aniqlang.
A)l:l:l:l B) 1:2:1:2
C) 1:2:3:4 D) 1:2:3:2
75.Alkanning 12 g uglerod tutuvchi dixlorli hosilasi ishqorning suvli eritmasi bilan ta'sirlashganda hosil bo'ladigan keton massasini aniqlang.
A)17,2 B) 14,4 C) 20 D) 11,6
76.Sirka kislotaning xlorangidridiga 66,3 gramm kadmiyli organik birikma ta'sir ettirilganda metiletilketondan 21,6 g hosil bo'ldi. Metall-organik birikmadagi galogenning massa
ulushini (%) aniqlang.
A) 36,2 B) 20,11 C)11,87 D) 47,38
Do'stlaringiz bilan baham: |