NITROBIRIKMALAR VA AMINLAR
1. Massasi 10 g bo'lgan benzol, fenol va anilin aralashmasi orqali 2,59 g cho'kma tushgunicha xlorovodorod o’tkazildi. Cho'kma filtrlanib, filtrat natriy gidroksid-ning suvli eritmasi bilan qayta ishlandi. Bunda hosil bo'lgan yuqori qatlam ajratib olingach, uning massasi 4,7 g ga kamaydi. Boshlang'ich aralashmadagi benzol massa ulushini aniqlang.
A)47 B) 18,6 C) 34,4 D) 39,6
2. Hajmi 50 l bo’lgan karbonat angidrid , metilamin va dimetilamindan iborat aralashmaga 60 l vodorod bromid qo’shildi. Shundan keyin hosil bo’lgan gaz aralash-masining neonga nisbatan zichligi 3,31 bo'lib qoldi.Hosil bo'lgan qattiq aralashma qizdiril-ganda olingan gaz aralashmasining havoga nisbatan zichligi 2,0115 bo'lib qoldi. Boshlang'ich aralashmadagi metilaminning massa ulushini aniqlang.
A) 20 B) 40 C) 31,79 D) 13,02
3.Hajmi 20 l bo'lgan karbonot angidrid, metilamin va dimetilamindan iborat aralashmaga 22 l vodorod bromid qo'shildi. Shundan keyin hosil bo'lgan gaz aralash-masining neonga nisbatan zichligi 3,31 bo'lib qoldi.Hosil bo'lgan qattiq aralashma qizdiril-ganda olingan gaz aralashmasining geliyga nisbatan zichligi 14,875 bo'lib qoldi. Boshlang'ich aralashmadagi metilaminning hajmiy ulushini aniqlang.
A) 20 B) 40 С) 31 D) 13,02
4. Vodorodning massa ulushi 15,06 % bo'lgan aminlarning necha foizi uchlamchi amin hisoblanadi?
A) 12,5 B) 25 C) 37,5 D) 20
5. Uglerodning massa ulushi 85,71 % bo'lgan uglevodorodga qaysi moddalarni ta'sir ettirish orqali uning aminobirikmasini olish mumkin?
A)vodorod xlorid va ammiak B)ammiak
C)suv va ammiak D)kislorod va azot
6.Kristal A modda suvda eriydi, kumush nitrat bilan oq suzmasimon cho'kma hosil qiladi. Natriy gidroksid ta'sirida rangsiz moysimon, suvda kam eriydigan suyuqlik В moddani hosil qiladi. Bromli suv ta'sirida В modda oq cho'kma-C ni hosil qiladi. A, В va С moddani aniqlang.
A)A-C6H5CH2Cl; B- C6H5CH3;
С- С6Н5(Вr)3СН3
B)A-С6H5NH3Cl; В- С6Н5NН2;
С- С6H5(Вr)3NН2
C)A-C6H5NH3Cl; В- С6Н5С1;
С- С6Н5(Вr)3Сl
D) A-C6H5NH3Cl; В- C6H5NH2;
С - C6H5NBr2
7. Massasi 100 g bo'lgan propandan ikki bosqichda 60 g izopropilamin olindi. Agar ikkinchi reaksiya unumi 80 % ekanligi ma’lum bo'lsa, birinchi reaksiya unumini aniqlang.
A) 50 B) 56 С) 60 D) 64
8. Benzoldan ikki bosqichda olingan anilin massasi boshlang'ich benzol massasining 70 % ini tashkil qiladi. Ikki bosqichning ham unumi bir xil ekanligi ma'lum bo'lsa, reaksiya unumini aniqlang.
А)66,6 B) 83,3 C) 76,61 D) 72,2
9.Quyidagi reaksiyani amalga oshirish uchun qaysi moddalardan foydalanish mumkin ?
C2H8NCl →C2H7N→C2H8N2O3
A)vodorod va azot (IV) oksid
B)o'yuvchi kaliy va nitrat kislota
C)o’yuvchi natriy va azot (IV) oksid
D) vodorod va nitrat kislota
10. Uchta idishda uch xil modda-etilamin, butilamin va anilin mavjud. Hech qanday reaksiya o'tkazmasdan ularni qanday farqlash mumkin?
A)rangi va hidi bo'yicha
B)rangi va suvda eruvchanligi bo'yicha
C)agregat holati va hidi bo'yicha
D) agregat holati va suvda eruvchanligi bo'yicha
11.Uchta idishda uch xil suyuqlik: anilin, geksan va moy kislota mavjud. Qaysi moddalar yordamida ularni farqlash mumkin?
A)natriy gidroksid va bromli suv
B)natriy gidroksid va xlorid kislota
C)natriy gidrokarbonat va bromli suv
D) natriy gidrokarbonat va xlorid kislota
12.Uchta idishda uch xil eritma bor: fenilammoniy xlorid, etilamin va etanol. Ushbu idishlarga lakmus tushirilganda qanday rangga kirishini aniqlang.
A)qizil, ko'k, binafsha
B)binafsha, ko'k, binafsha
C)ko'k, ko'k, qizil
D) binafsha, binafsha, binafsha
13.C8H9O2N tarkibli A modda rux bilan xlorid kislotali muhitda qaytarilib C8H12NCl hosil qildi. A modda kaliy permanganatning suvli eritmasi bilnn oksidlanganda esa C7H4KO4N tarkibli moddani hosil qildi. A modda FeBr3 ishtirokida bromlanganda faqat bir xil monobromli hosila hosil bo’lgan bo’lsa, A moddadagi yon zanjir uglerodlarining oksidlanish darachalari yig’indisini aniqlang.
A)-3 B) -4 C)-5 D)-6
14. Vodorod xloridning qanday hajmi dimetilamin va etilaminning 22,5 g aralashmasi bilan ta’sirlashadi?
A) 5,6 B) 11,2 C)9,55 D) 10,08
15.Massasi 26 g bo'lgan benzolning bromlanishidan (reaksiya unumi 75 %) olingan gaz modda massasi 30 g etilamin eritmasi bilan ta'sirlashishi ma'lum bo'lsa, etilaminning massa ulushini aniqlang.
A) 37,5 B) 50 C) 90 D) 30
16. Massasi 100 g bo'lgan anilin, benzol va fenoldan iborat aralashma orqali quruq vodorod xlorid oqimi o'tkazildi. Bunda 51,8 g cho'kma hosil bo'ldi. Filtratga bromli suv bilan ishlov berilganda 19,9 g cho'kma hosil bo'ldi. Boshlang'ich aralashmadagi benzol massa ulushini aniqlang.
A) 57,2 B) 37,2 C) 53,4 D) 32,5
17. Fenol va anilinning benzoldagi eritmasining 18 ml (p=lg/ml) hajmi ishqor eritmasi bilan ishlov berilganda eritma massasi 3,6 g ga kamaydi. Cho'kma ajratib olingach qolgan eritmaga xlorid kislota bilan ishlov berilganda uning massasi 5,4 g ga kamaydi. Boshlang'ich aralashmadagi benzol massa ulushini aniqlang.
A) 40 B) 50 C) 30 D) 20
18. Benzol, fenol va anilindan iborat aralashmaning 1/4 qismi 16 ml 18,25 % li (p=1,25 g/ml) xlorid kislota bilan ta'sirlasha oladi. Xuddi shunday aralashmaning 1/2 qismi bromli bilan qayta ishlanganda 99,1 g cho'kma tushgan. Boshlang'ich aralash-madagi benzol massasi xlorid kislota bilan ta'sirlashmagan fenol va bromli suv
bilan ta'sirlashmagan anilin massalari yig'in-disiga teng. Boshlang'ich aralashma massasini aniqlang.
A)93,3 B) 88,4 C)76,6 D)73,2
19. Massasi 36,8 g bo'lgan aromatik uglevodorodning nitrolanishidan olingan mononitrohosila temir bilan kislotali muhitda 60% unum bilan qaytarildi. Bunda ajralgan modda konsentrlangan sulfat kislotaning 14,04 g natriy xlorid bilan bilan ta'sirlashishi natijasida olingan modda bilan to'la reaksiya-ga kirisha oladi. Xuddi shunday uglevodorod yondirilganda olingan gaz kaliy gidroksid eritmasi orqali o’tkazilganda hosil bo'lgan tuzlar massa ulushlari tengligi ma'lum bo'lsa, 85 % unum bilan hosil bo'lgan potash massasini aniqlang.
A) 100 B) 138 C) 69 D) 50
20. Karbonat angidrid va metilamindan iborat 35 l aralashmaga 25 l vodorod bromid qo'shilganda hosil bo’lgan aralashmaning havoga nisbatan zichligi 1,942 bo’lib qoldi. Boshlang’ich aralashmadagi gazlarning hajmiy ulushlarini aniqlang.
A) 57,9; 42,9 B)52,4; 47,6
С) 63,4; 36,6 D) 61,2; 38,8
21.O'zaro izomer bo'lgan ikki moddaning biri anilin gomologi, ikkinchisi esa piridin gomologidir. Piridin gomologidagi azotning massa ulushi 13,08 %. Ushbu aralashmaning ma'lum miqdori 0,95 l (16,5°C va normal bosimda) vodorod xloridni yoki 320 g 4 % li bromli suvni rangsizlantira oladi. Boshlang'ich aralashmadagi moddalarning massa ulushlarini aniqlang.
A) 66,7; 33,3 B) 60; 40
C) 50; 50 D) 75; 25
22. Bamberger usuli-...
A)to'yingan uglevodorodlarni nitrolab nitrobirikmalar olish usuli
B)aromatik birikmalarga nitrolovchi aralashma ta'sirida nitrobirikmalar olish
C)aminlarni oksidlab uchlamchi nitrobirikmalar olish.
D)aminokislotalarni qaytarib aminlar olish
23.Bu modda portlovchi modda sifatida yaxshi ma’lum. U faqat detonatsiyadan portlaydi. Tutaydigan alanga berib, portlamasdan yonadi. Qaysi modda haqida gap borayotganini aniqlang.
A) nitrobenzol B) 2,4,6-tribromanilin
C) trotil D) pikrin kislota
24.Anilinning bromli hosilasi tarkibidagi bromning massa ulushi 72,727 % bo'lsa, ushbu birikmadagi sp2-s va sp3-s bog'lar sonini aniqlang.
A) 2+0 B)2+2 C)4+2 D) 4+3
25. 43,16 g fenilammoniy xlorid eritmasi va bromli suv orasidagi reaksiya oxirigacha olib borildi. Reaksion aralashmadagi 2, 4, 6-tribromanilinni to'la ajratib olish uchun 8 % li (p=1,092 g/ml) natriy ishqor eritmasidan 18,31 ml sarflandi. Fenilammoniy xloridning massa ulushini hisoblang.
A) 0,03 B) 0,12 C) 0,041 D) 0,01
26. Nitrobirikmalarni aniqlang.
1) nitroetan; 2) trinitrotoluol;
3) pikrin kislota; 4) nitrosellyuloza;
5) nitroglitserin; 6) etilnitrat
A) 2, 4, 5 B) 3, 5, 6 C) 4, 5, 6 D) 1, 2, 3
27. Kalsiy oksiddan besh bosqichda 41,85 g anilin olindi. Agar birinchi bosqichda reak-siya unumi 80 %, ikkinchida 75 %, uchinchida 95 %, to'rtinchida 100 %, beshinchida 90 % bo’lsa, 10 % qo'shimchasi bo'lgan so'ndirilmagan ohakdan qancha gramm talab etiladi.
A) 54,6 B) 147,5 C) 163,8 D) 43,1
28. Aromatik birlamchi aminning sulfat kislota bilan ta'sirlashishi natijasida olingan modda tarkibida oltingugurtning massa ulushi 15,6 % ga teng bo'lsa, boshlang'ich amin tarkibidagi orbitallar sonini aniqlang.
A) 41 B) 44 C)36 D) 38
29. Anilin, fenol, sirka kislota va etil spirtidan iborat 47,9 g aralashmaga mo'l miqdorda bromli suv qo'shilganda 99,2 g cho'kma tushdi. Xuddi shunday aralashmani neytrallash uchun sarf langan 40 g natriy gidroksid eritmasida suv massasi ishqor massasidan 16 g ga ko’p. Shunday aralash-maga natriy metali ta’sir ettirilganda hosil bo’lgan gaz modda yonishidan 5,4 g suv hosil bo'ladi. Boshlang’ich aralashmadagi anilin massasini aniqlang.
A) 9,3 B) 13,95 C) 18,6 D) 23,25
30.Anilin, fenol, sirka kislota va etil spirtidan iborat 44,6 g aralashmaga mo’l miqdorda bromli suv qo'shilganda 99,1 g cho’kma tushdi. Xuddi shunday aralashmani neytrallash uchun sarf langan 50 g natriy gidroksid eritmasida suv massasi ishqor massasidan 26 g ga ko’p. Shunday aralash-maga natriy metali ta’sir ettirilganda hosil bo'lgan gaz modda yonishidan 3,6 g suv hosil bo'ladi. Boshlang'ich aralashmadagi anilin massasini aniqlang.
A) 9,3 B) 13,95 C) 18,6 D) 23,25
31.Anilin, fenol, sirka kislota va etil spirtidan iborat 57,3 g aralashmaga mo'l miqdorda bromli suv qo'shilganda 165,2 g cho'kma tushdi. Xuddi shunday aralashmani neytral-lash uchun sarf langan 60 g natriy gidroksid eritmasida suv massasi ishqor massasidan 36 g ga ko'p. Shunday aralashmaga natriy metali ta'sir ettirilganda hosil bo'lgan gaz modda yonishidan 3,6 g suv hosil bo’ladi. Boshlan-g'ich aralashmadagi anilin massasini aniqlang.
A) 9,3 B) 37,2 C) 18,6 D) 27,9 .
32.Propilamin quyidagi moddalarning qaysilari bilan ta'sirlashadi?
1) mis (II) gidroksid; 2) chumoli kislota;
3) benzol; 4) butan; 5) vodorod xlorid; 6) kislorod
A) 2, 5, 6 B) 2, 6 С) 1, 3, 4 D) 5, 6
33. Xlorbenzol, fenol va nitrobenzoldan 37,2 g anilin olindi. Anilinning 30 % i xlorben-zoldan olingan. Nitrobenzol 10,92 g benzol-dan olinganligi ma'lum bo'lsa, boshlang'ich aralashmadagi fenol va nitrobenzol massasini aniqlang.
A) 13,63; 9,84 B) 13,63; 9,23
С)13,16; 17,22 D) 7,05; 9,84
34. Massasi 160 g bo'lgan metilammoniy sul-fat va dimetilammoniy sulfat tutuvchi eritma-ga mo'l miqdordagi bariy gidroksid qo'shil-ganda hosil bo'lgan gaz aralashma-sining metanga nisbatan zichligi 2,229 bo'lib, 8,388 g cho'kma tushdi. Boshlang'ich aralashma-dagi moddalarning massa ulushlarim aniqlang.
A) 3,096; 1,716 B) 4,024; 3,416
C)1,935; 1,072 D) 2,515; 2,135
Do'stlaringiz bilan baham: |