7-Tajriba ishi. Tenzometrik datchiklarni ko’prikli sxema asosida tavsiflarini o’rganish



Download 417,23 Kb.
bet1/3
Sana11.06.2022
Hajmi417,23 Kb.
#654113
  1   2   3
Bog'liq
7-tajriba 8fb9c6686830b4a90a29dee467af6b2a

7-Tajriba ishi. Tenzometrik datchiklarni ko’prikli sxema asosida tavsiflarini o’rganish.



Ishdan maqasad: virtual stendlarda tenzometrik datchiklarni ko`prikli sxema asosida tavsiflarini o`rganish.
Nazariy ma`lumotlar
T exnologik jarayonlarda mashina va mexanizmlarning alohida qismlariga ta’sir qiladigan kuchlar va bu kuchlar ta’sirida vujudga keladigan deformatsiyalarni (cho‘zilish, qisilish, bukilish vahokazo) o‘lchash uchun ko‘pincha tenzometrik o‘lchagichlar qo‘llaniladi. Bunday o‘lchash o‘tkazgich yoki yarim o‘tkazgich simlar aktiv qarshiligining deformatsiya natijasida o‘zgarish samaraciga asoslanadi. Bu samara tenzosezuvchanlik deb ataladi. Tenzometrik o‘lchagichlarning tenzosezuvchanlik koeffitsienti bilan xarakterlanadi

l
, (7.1)
Bu yerda - qarshilikning
nisbiy o‘zgarishi; - cho‘zilish yoki qisilishning nisbiy o‘zgarishi; l - tenzo o‘lchagichning deformatsiyagacha bo‘lgan uzunligi; ∆l - tenzoo‘lchagichning deformatsiya natijasida cho‘zilishi, R - tenzoo‘lchagichning deformatsiyagacha bo‘lgan aktiv qarshiligi; ∆R - tenzoo‘lchagich qarshiligining deformatsiya natijasida o‘zgarishi.
Hozirgi vaqtda juda ingichka sim, folga va yarim o‘tkazgich materiallardan tayyorlangan tenzometrik o‘lchagichlar texnikada keng qo‘llanilmoqda Simdan yasalgan tenzo o‘lchagichning tuzilishi, mashina va mexanizmning tekshirilishi lozim bo‘lgan qismiga o‘rnatilish sxemasi va tavsifi 20-rasm, a, b, v larda ko‘rsatilgan. Undagi tenzo o‘tkazgich diametri 0,02...0.05 mmgacha bo‘lgan ingichka zig zag shakliga ega bo‘lgan sim bo‘lagidan tuzilgan va yupqa qog‘oz yoki plyonka orasiga olinib, yelim bilan yopishtirilgan bo‘ladi. Bunday tenzoo‘lchagich statik yoki dinamik deformatsiyasi o‘lchanishi kerak bo‘lgan mashina va mexanizmning tekshirilishi kerak bo‘lgan qismiga yelimlab mustahkam yopishtiriladi. Bunda sim zigzaglarining uzun tomoni l mashina va mexanizmning deformatsiyasi o‘lchanishi kerak bo‘lgan qismiga ta’sir qiladigan kuch f yo‘nalishiga mos yo‘nalgan bo‘lishi kerak (20-rasm, a). Shunda kuch yo‘nalishi bo‘yicha vujudga kelgan deformatsiya (cho‘zilish, qisilish) tenzo o‘lchagich simining uzunligi l ni ham o‘zgartiradi. Natijada simning ko‘ndalang kesimi S va solishtirma qarshiligi ham o‘zgaradi. Agar simning cho‘zilgunga qadar bo‘lgan qarshiligi
(7.2)
bo‘lsa, cho‘zilgandan keyingi qarshiligi R + ∆ R bo‘ladi.
Amalda tenzo o‘lchagich qarshiligining o‘zgarishi ∆R muvozatlanadigan ko‘prik sxema yordamida o‘lchanadi (20-rasm, a, b).
Simli tenzo o‘lchagichlar ko‘pincha konstanta n yoki ni xromdan tayyorlanadi. Chunki bu simlarning solishtirma qarshiligi katta, qarshilik o‘zgarishiga haroratning ta’siri juda kam bo‘ladi.
Simli tenzo o‘lchagichlarning xarakterli o‘lchamlari: nominal qarshiligi R = (50 — 400) Om; simning kuch yo‘nalishi bo‘yicha uzunligi I =(15 — 45) mm; eni b = 7—-10 mm; sezuvchanlik koeffitsienti
, (7.3)
Massasi juda ham kichik bo‘ladi.
So‘nggi paytlarda texnikada yarim o‘tkazgichli tenzo o‘lchagichlar keng qo‘llanila boshlandi. Bunday tenzo o‘lchagichlar asosan germaniy yoki kremniy plastinalaridan tayyorlanadi. Plastinalar yupqa qog‘oz yoki plyonka orasiga olinib, elimlanadi va tekshirilishi kerak bo‘lgan mashina qismiga yelim bilan mustahkam yopishtiriladi.
Afzalliklari: tenzosezuvchanlik koeffitsienti sim yoki folganikiga nisbatan 60 marta katta, plastinaning aktiv uzunligi 3—10 mm. Tashqi muhit harorati —160 + 300°C gacha o‘zgarganda ham normal ishlayveradi. Nisbiy deformatsiya + 01% o‘zgarganda ham tavsifining to‘g‘ri chiziqliligi saqlanadi.
Kamchiliklari: plastinalarning elastikligi kam, bir turdagi tenzo o‘lchagichlarning tavsiflari har xil va to‘g‘ri chiziqli emas.

Download 417,23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish