3.Turkiston aholisining 5 foizini tashkil etuvchi rus mustamlakachilari qo’liga hosildor erlarning 60 foizi berib qo’yilgan edi.Turkistonni paxta xom ashyosi etishtiradigan bazaga aylantirish Rossiya agrar siyosatining bosh maqsadi deb belgilandi.Rossiya Turkistonni qisqa muddatda o’z sanoati uchun xom ashyo manbaiga aylantirdi. 1885-1915 yillar davomida paxta maydoni 13 barobarga o’sdi. O’lka Rossiyaning asosiy paxta bazasiga aylandi.Rus toqimachilik sanoati Turkiston paxtachiligining rivoji tufayli jahon bozorida mustahkam marrani egalladi. 1900 yilda Turkiston paxtasi rus sanoati ehtiyojining 25% ni tashkil qilib, bu raqam yil sayin oshib bordi va 1913 yilga kelib 50% ga oshdi.Xonliklar davrida davlat mulki hisoblangan katta er maydonlari Rossiya davlat xazinasiga tegishii deb e'lon qilindi. Vaqf mulklari ham asta-sekin davlat ixtiyoriga olindi.Rossiya imperiyasi Turkiston xalqini ma'naviy-madaniy jihatdan tutqunlikka solish, uzoqqa mo’ljallangan manfaatiga bo’ysundirish siyosatini yuritdi. Uning mohiyati, mazmuni mahalliy xalqni uning milliy, tarixiy ildizlaridan uzib tashlash, xalqning ma'naviy, madaniy, tarixiy merosini yo’q qilish, ruslashtirishdan iborat edi.1884-yilda Toshkentda dastlabki «rus-tuzem maktabi» ochildi. Sunday maktablarda rus va ozbek muallimlari dars mashg'ulotlarini o’tadigan bo’ldi. Maqsad o’zbek yoshlariga rus tilini o’rgatish va rus turmush tarzini singdirish edi. Bu maktablarning ochilishi ham aslida o’lkada ruslashtirish siyosatini amalga oshirishning muhim belgilardan edi.
Chor mustamlakachilari o’lkaning er osti va er usti boyliklarini ko’proq o’zlashtirish maqsadida Turkistonning tabiiy va geografik dunyosini tekshirishga alohida e'tibor berdilar. Ana shu maqsad yo’lida ko’plab rus olimlari-rus zoologi va sayyohi N.A.Severtsev, geografik olim P.P.Semyonov-Tyanshanskiy, geolog va geograf I.V.Mushketov, tabiatshunos olim V.V.Dokuchaev o’lkada ilmiy tadqiqot ishlari olib bordilar. 1867 yilda Toshkentda meteorologik stantsiya ochildi. U o’lka iqlimini o’rganish bilan shug'ullandi. 1870 yilda Toshkentda kutubxona tashkil qilindi. 1874 yilda observatoriya ochildi. 1870 yil O’rta Osiyo olimlari jamiyati tuzildi.Rossiya Turkistonni o’z mustamlakasiga aylantirgach, uning siyosiy, iqtisodiy, ma'naviy-madaniy zulmi kuchayib bordi. Chorizmning mustamlakachilik zulmiga qarshi xalqning noro’ziligi oshib bordi, isyon va qozg'olonlar ko’tarishga sabab bo’ldi.1880-1883 yillarda Ho’jand, O’ratepa, Namangan, Osh va Chustda ko’tarilgan qo’zg'olonlar bunga misol bo’la oladi. Manbalarda 1885-1892 yillarda Farg'ona viloyatida xalqning 205 marta siyosiy chiqishlari qayd etilgan. Qo’zg'olonlarning harakatlantiruvchi kuchi dehqonlar, shahar hunarmand-kosiblari, kambag'allar bo’ldi. Bu harakatlarda vatanparvar ruhoniylar, milliy g'ururini yo’qotmagan boy zamindorlar ham ishtirok etdilarnaz1892 yilning yozida Turkiston markazi Toshkentda rus mustamlakachilarini talvasaga solgan va tarixga «Vabo isyoni» yoki «Toshotar voqeasi» sifatida kirgan qo’zg'olon bo’ldi. lyun oyida Toshkentda vabo tarqaldi. Shahar ma'muriyati shoshilinch choralar ko’rdi. Vabo kasali bilan o’lganlarni shahar ichkarisidagi 12 ta qabristonga ko’mish man etildi, shahar tashqarisida 4 ta yangi qabriston ochiladi, deb e'lon qilindi. Shahardan chiqish va kirish nazorat ostiga olindi. Shaharda vabo kasaliga chalinganlar yo’q qilinar ekan, degan mish-mishlar tarqaldi. Mustamlaka ma'muriyati tibbiyot ardan tog'ri bo’lgan bu tadbirlar haqida aholi o’rtasida tushuntirish ishlari olib bormadi, musulmonchilik odatlari, marosim, qonun-qoidalarini hisobga olmadi. Va'da qilingan 4 ta yangi qabriston o’rniga faqat bittasi ochildi. Boshqa kasallik bilan o’lganlarni shahar ichkarisidagi qabristonlarga ko’mish ishlarini rasmiylashtirish ham cho’zilib ketdi. Odamlar noiloj vafot etganlarni eski qabristonlarga olib borib ko’mishga majbur bo’ldi. Politsiya bundaylarni topib hibsga ola boshladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |