Oqmachitni qaytarib olishga harakatlar Oqmachit muhim strategik ahamiyatga ega qal’a edi. Shu sababli Qo‘qon xoni undan osonlikcha voz kecha olmas edi. Shu maqsadda 1853-yilning avgustidayoq uni ruslardan qaytarib olish maqsadida Toshkentning beklarbegi Shodmonxo‘ja yetti ming kishilik qo‘shini bilan Oqmachitga qarab yurdi. 24-avgust kuni Sirdaryo bo‘yida ikki o‘rtada jang bo‘lib o‘tdi va ruslarning tinimsiz o‘q yomg‘iri ostida Shodmonxo‘ja chekinishga majbur bo‘ldi. Shunday qilib Oqmachitni qaytarib olishdagi ilk harakat muvaffaqiyatsiz yakunlandi.
1853-yilning dekabr oyida qo‘qonliklar ikkinchi marta Oqmachitni qaytarib olishga urinib ko‘rdi. 13 ming kishilik qo‘shin qal’adagi ruslarning kam sonli ekanidan foydalanib uni qamal qildi. Ammo bu safar ham ular qal’ani qo‘lga ololmadi. Qal’a qo‘mondoni podpolkovnik M.V.Ogarev ushbu muvaffaqiyati uchun 4-darajadagi Avliyo Georgiy ordeni (Georgiy lentasi) bilan taqdirlandi.
Oqibat Oqmachit qal’asining egallanishi Qo‘qon uchun katta yo‘qotish edi. Shuningdek, Oqmachit O‘rta Osiyo ichidagi dastlabki ruslar tomonidan egallangan yirik shahar edi. Oqmachit ruslar tomonidan egallangach, uning nomi qal’ani egallagan Perovskiy nomi bilan Perovskiy qal’asi deb o‘zgartirildi.
Oqmachit Rossiyaning yangi janubiy chegaralarini belgilab bergan muhim nuqta bo‘ldi. U keyingi yurishlar uchun O‘rta Osiyo eshiklarini ruslarga ochib berdi. 1853-yilgi Qrim urushi ruslarning Markaziy Osiyoni egallash maqsadini kechroqqa qoldirishga majbur qilib turdi. 1864-yildan qayta boshlangan Turkiston yurishi 1867-yilda Turkiston general-gubernatorligining tuzilishi bilan yangi fazaga kirdi.
1.Turkistonning Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi to’rt bosqichda ro’y berdi. I bosqich- 1847-1864-yillar bo’lib, bu davrda chorizm armiyasi 1847-yili Sirdaryoning quyi oqimini bosib oldi.1853 yilda Qo’qon xonligining Oqmasjid qal'asi bosib olindi va uning o’rnida Pero’vsk istehkomi qurildi. 1864 yilda chor qo’shinilari Pishpek va To’qmoqni bosib oldi.IIbosqich- 1865 yildan boshlanib, 1868 yilga qadar davom etadi. 1865 yilda Toshkent., 1866 yilda Xojand, O’ratepa, Jizzax, 1968 yilda Samarqand va Kattaqo’rg'on shaharlari bosib olindi.IIIbosqich-1873 yili fevralidan to 1879 yit avgust oyigacha davom etadi. 1873 yili Xiva, 1876 yil Namangan bosib olindi. Biroq Go’ktepa qal'asini qamal qilayotganida chor qo’shinilari mag'lubiyatga uchradi..IV bosqich-1880 yil oxiridan to 1885 yilga qadar davom etadi. 1881 yilda Go’ktepa (Ashxobod) qal'asi bosib olindi, 1885 yilda esa ingliz ofitserlari qo’mondonlik qilgan afg'on otryadlari tor-mor etildi 1859 yilda Aleksandr II Qo’qon xonligini bosib olish tog'risida qaror qabul qildi. Qo’qon xonligining hali 1853-yildayoq bosib olingan sobiq Oqmasjid qal'asi bo’lmish «Perovskiy istehkomi» hujumning tayanch manziliga aylandi. Qo’qonliklar qahramonlarcha mudofaa qilishiga qaramasdan, Oqsuv, Peshtepa va Chordevor qal'alari ham bosib olindi.1864 yil iyun oyida Turkiston shahri, oktyabrda Chimkent shahri bosib olindi. 1864 yil oktyabrda general Chernyaev Toshkent shahrini egallash maqsadida xujum boshladi. Toshkent axolisiga yordamga lashkarboshi Mulla Alimqul Qo’qondan etib keldi va shahar mudofaasini tashkil etishga kirishdi. Shahar mudofaachilari bu xujumni qaytardi va chor qo’shinilari Chimkentga chekinishga majbur bo’ldi. Bu og'ir mag'lubiyat chorizmni to’xtatib qololmadi. 1865 yilning bahoridan general Chernyaev Toshkentga qarshi yangi xujum xarakatlarini boshlab yubordi.Podsho Aleksandr II 1867 yil 14 iyulda Turkiston general-gubernatoriligi va Turkiston harbiy okrugini tuzish tog'risida Farmon berdi. General-gubernator va okrug qomondoni etib general-ad'yutant Fon Kaufman tayinlandi. Unga keng vakolat berilib harbiy-ma'muriy, moliyaviy-iqtisodiy, fuqarolik ishlarini mustaqil xal qilish xuquqlari berilgan edi, shu boisdan u «Yarim podshoh» deb atalardi. Bu tadbir Chor Rossiyasining O’rta Osiyoni bosib olish yo’lidagi harakatida yangi bosqich bo’ldi.Fon Kaufman o’ziga berilgan vakolatlardan foydalangan holda, Buxoro amirligining taqdirini hal qilishga kirishdi. 1868 yil Buxoro amiri qo’shinilari bilan chorizm qo’shinilari o’rtasida Choponota tepaligida jang bo’ldi. Bu xujumga Turkiston general-gubernatori Kaufmanning shaxsan o’zi boshchilik qildi va Samarqand egallandi. Turkiston general-gubernatori K.P.Kaufman Qo’qon xonligidan bosib olingan erlarni Rossiya tarkibiga kiritilganligini rasmiy qonunlashtirib olish maqsadida polkovnik Shaufusni Xudoyorxon huzuriga yubordi va xon 1868 yil uni qabul qilib, shartnomaga muhr bosdi. Unga ko’ra, rus savdogarlariga katta imtiyozlar berildi. Xonlik tashqi olamdan uzib tashlandi va Rossiyaning siyosiy qaramligiga tushib qoldi. Qo’qon xonligi bosib olinishiga qarshi katta g'alayon yuz berdi. Bu qo’zg'olon 1873-1876 yillarda bo’lib o’tib, unga Abdurahmon oftobachi va Po’latxon rahbarlik qilgan. Podsho armiyasining toplari bilan yakson qilingan xalq harakati qonga botirildi. Birgina Andijonning to’pga tutilishi natijasida yigirma mingga yaqin kishi halok bo’ldi. Qo’qon xonligi tugatilib, uning o’rnida Farg'ona viloyati tuzildi va Turkiston general-gubernatorligiga qSshib olindi. Viloyatga general Skobelev gubernator etib tayinlandi. Qo’qon xonligining aholisi uch million so’m tovon to’lashga majbur qilind.