Chоr Rоssiyasi istilоsi dаvri hamda sho’ro hokimiyati yillarida o’zbеk xаlqi mаdаniyatidagi ziddiyatlar



Download 113 Kb.
bet6/6
Sana18.04.2022
Hajmi113 Kb.
#559998
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Chоr Rоssiyasi istilоsi dаvri hamda sho’ro hokimiyati yillarida o’zbеk xаlqi mаdаniyatidagi ziddiyatlar

Birinchidan, bu davr madaniy siyosatida madaniyat masalalarini o`rganishda faqat moddiyunchilik pozitsiyasi (materialistik yondoshuv) metodologik asos sifatida qaralib, faqat bir tomonlama o`rganish g`oyasi kuchayib ketdi;
Ikkinchidai, har qanday madaniy merosni o`rganishda o`zining sinfiylik, partiyaviylik, xalqchillik va baynalmilallik me‘yorlarini dasturamallik darajasiga olib chiqish zarurligi avj oldirildi;
Uchinchidan, butun madaniy jarayon va madaniy meros uchun kurashchan ateistik qarashlar nuqtai nazari tarixiy zaruriyatga aylantirildi.
Bu tuzumga xos madaniy siyosatning ana shunday printsipial asoslari tufayli bugun madaniy jarayon kommunistik mafkuraning yakkahukmronchilikka xos zulm xalqumiga tortib borardi. Madaniy jarayonda ana shunday munosabatlarning paydo bo`lishiga asos solgan sho`rolar davri siyosatidagi bunday qarashlar nafaqat o`zbek milliy madaniyati uchun, qolaversa, butun tarix, kishilik jamiyati oldidagi eng katta xato edi.
1917 yil to'ntarishning so'ng Markaziy Osiyodagi 3 ta (Buxoro amirligi, Xiva xonligi, Qo'qon xonligi) davlat o'rnida yangi yo'nalishdagi mafkuraga asoslangan Respublikalar, ya`ni Turkiston Muxtor Jumhuriyati (sobiq Turkiston ASSR), Buxoro Xalq Respublikasi, Xiva Xalq Respublikasi tashkil topdi.
Yangi sho'ro hukumati avvalgi ta`lim tizimi. o'quv-tarbiyaviy ishlarni isloh qilish,
Xalq maorifi tizimining yangi shaklini joriy etish yuzasidan bir qator vazifasilarni belgilab berdi.
Bunday tadbirlarni amalga oshirish Turkistonda Xalq Komissarlari Sovetining 1918 yil 14 maydagi dekreti asosida boshlandi. Xalq maorifi tizimini tasdiq etish Respublika Xalq maorifi Komissarligia va uning mahalliy Sovetlar huzuridagi bo'limlariga yuklandi. O'quvchilarga ilm-fanning zarur asoslari bilan bir qatorda, mehnat ko'nikmalarini ham bera oladigan yagona sho'ro «Mehrat maktabi» xalq maorifi uchun asosiy negiz qilib olindi.
Sobiq Turkiston ASSRda yangi tipdagi xalq maorifi tizimini tashkil etishda hukumat RSFSR Xalq Komissarlari Sovetining «Cherkovni davlatdan va maktabni cherkovdan ajratish to'g`risida» gi 1918 yil 20 yanvardagi dekretida qabul qilindi.
1918 yilning avgustida esa Turkiston Respublikasining Markaziy Ijro Komiteti maktablarda o'quvchilarni o'z ona tilida o'qitishga o'tish to'g`risida dekret chiqardiki, bu o'lka xalqlari milliy madaniyatlari istiqboli uchun hal qiluvchi ahamiyat kasb etdi.
1918 yil noyabr oyida Halq maorifi kengashlari o'quv yurtlarini, ularning turlarini hisobga olgan, ro'yxatdan o'tkazdilar va shu asosda yangi maktablar ochish hamda ularni joylashtirish ehtiyojlari to'g`risidagi takliflarni ishlab chiqdilar. Mazkur tadbir har o'lkada maorif ishini tartibiga solishda muhim rol` o'ynaydi. Masalan, «Mehnat maktablari» deb atalgan maktablari ochilib, ularda o'quvchilarning mehnat tarbiyasiga, maktabda politexnika ta`limini amalga oshirishga katta e`tibor berildi. O'lkada mehnatkashlar ommasi madadiga suyangan holda yangi tipdagi maktablar vujudga kela boshladi.
Mahalliy aholidan milliy o'qituvchilar tayyorlash, milliy o'qituvchilar tayyorlash, milliy darsliklar nashr qilish, Sho'ro hokimiyati mafkurasiga asoslangan ta`lim-tarbiyaviy jarayonni amalga oshiish ishlari yuzasin bir qator tadbirlar belgilandi.
Sho'ro xukukmati halq maorifiga doir tadbirlarni amalga oshirar ekan, o'qituvchilar tayyorlashga ko'proq e`tibor berdi.
O'lkada umumiy ta`lim maktablarini tashkil etish bilan bir vaqtda o'rta, maxsus o'rta va oliy o'quv yurtlari ham ochila boshladi.1918 yildan 1920 yilgacha bo'lgan vaqt ichida Turkistonda bir necha maxsus o'quv yurtilari shu jumladan,Turkiston sharqshunoslik instituti,Timiryazev nomidagi bilim yurti Toshkentda o'zbek, qirg`iz va boshqa turkiy xalqlarning xotin-qizlari uchun bilim yurtlar va Samarqandda o'zbek bilim yurti tashkil etildi.1921 yilda ximiya-farmokogiya instituti, konservatoriya va 6 ta qishloq xo'jalik texnikumi ishga tushdi. Bular orasida 1918 yil 21 aprelda Toshkentda ochilgan Turkiston xalq universiteti alohida ahamiyatga ega bo'ldi.Bu universitet sho'ro maktabining oliy, o'rta va boshlang`ich bosqichlarini birlashtirgan o'ziga xos o'quv yurti edi. Uning sosial-iqtisod, adabiyot-falsafa, tabiyot,matematika, texnika va qishloq xo'jalik fakul`tetlari yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash bilan shug`ullandi.
20-yillar boshida ta`lim sohasida joriy etilgan «kompleks progmmalar», «Dal`tonplan», «brigada-laboratoriya metodi» deb atalmish boshqa xil uslublar shular jumlasidandir.
To'ntarishning dastlabki kunlaridan boshlaboq mamlakatda bir tomonlama madaniy inqilobning amalga oshirilishiga alohida ahamiyat berildi. Ayniqsa, xalq maorifini rivojlantirish va har bir millatning o'z ona tilida birlashgan mehnat politexnik maktablarini ochish hamda ta`limni ijtimoiy foydali mehnat bilan bog`lash, o'qituvchi xodimlar tayyorlash, maktab darsliklari, o'quv qo'llanmalarini yaratish borasidagi ishlar maorif tizimini va ta`lim-tarbiya jarayonini yaxshilashga go'yo zamin hozirlamoqchi bo'lindi.
Bu davrga kelib maktablarda o'quv-tarbiya ishlari mazmuni tuzumning maqsadi asosida o'zgardi
Respublikani iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy tomonidan ko'tarish uchun bolalar va o'smirlar umumiy ta`lim berishni tezroq amalga oshirish hamda kattalar orasida yangi yo'sindagi savodsizlikni tugatish davlat ahamiyatiga molik tezlikda hal etilishi lozim bo'lgan vazifalaridan biriga aylandi. Shuning uchun ham 1930 yil 14 avgustda sobiq SSR Ittifoqi Markaziy Ijroiya Komiteti va Xalq Komissarlari Soveti tomonidan «Umumiy majburiy boshlang`ich ta`lim haqida» qaror qabul qilindi. Qarorda ta`kidlanishicha;
I. 8-10 yoshigacha bo'lgan bolalar 2-bosqich maktabining to'liq kursini o'tishi amalga oshirilsin;
II. 11 yoshidan 15 yoshgacha bo'lgan bolalarni majburiy o'qitish joriy qilinsin;
III. Sanoat shaharlarida, fabrika-zavod joylashgan rayonlarda va ishchi posyolka-larida bolalarning etti yillik maktab hajmida umumiy majburiy ta`lim olishi keng tadbiq etilishi ko'rsatilgan edi.
Sobiq VKP(b) Markaziy Komitetining «Boshlang`ich va o'rta maktablar hayotida» gi 1931 yil 5 sentyabr` qarori umumiy ta`lim maktablari hayotida yangi tarixiy davrni belgilab berdi.
Ayniqsa, ta`lim nazariyasining muhim masalalaridan o'quv jarayonining barcha tarmoqlarida o'quvchilarning aqliy faoliyatini kengaytirish maqsadida ta`limda nazariyaning amaliyot bilan hamkorlikda olib borilishini ta`minlashga, o'quvchilarning yosh xususiyatlarini hisobga olish va ularga shaxsiy tarzda yondoshishga, ta`limga qo'yiladigan didaktik talablarga e`tibor kuchaytirildi.Anton Semyonovich Makarenko 1888 yilning 13 martida Xar`kov gubernasining Belopole shaharda ishchi oilasida tug`ildi.Makarenkolar oilasi o'z davrida ilg`or, madaniyatli oila edi. Otasi Semyon Grigor`evich sof vijdonli, rostgo'y, mehnatsevar kishi edi.
Yosh Anton o'qishni juda erta, 5 yoshdayoq o'rganib oldi..A.S.Makarenko shahar bilim yurtini bitirigandan keyin, bir yillik pedagogika kursiga kirib, uni tamomlab chiqdi va 1905 yilda xalq o'qituvchisi unvonini olib, temir yo'l maktabiga o'qituvchi qilib tayinlandi..A.S.Makarenko bu maktabda olti yil ishlaydi.U o'z bilimi, talanti va jo'shqin faoliyati bilan boshqa o'qituvchilardan ajralib turar edi. A.S.Makarenko o'z bilimini yanada oshirish maqsadida, 1914 yilda Poltavdagi o'qituvchilik institutiga kirib, uni 1917 yilda oltin medal` bilan tamomlaydi. 1917/1918 o'quv yilda kryukovodagi oliy boshlang`ich maktabga inspektor (mudir) qilib taylanadi va pedagoglik ishiga zo'r qiziqish bilan kirishadi.
U bir necha pedagoglik va publisistik asarlar yozdi. Uning «Pedagogik poema», «Minoradagi bayroqlar», «O'ttizinchi yillar marshi», «Ota-onalar kitobi», «Bolalar tarbiyasi to'g`risidagi leksiyalar», «Ta`lim-tarbiya tajribasidan ba`zi xulosalar» kabi asarlari uni o'ziga xos tarbiya maktabi yaratgan pedagog va adib sifatida tanitgan.«Pedagogik poema» bolalar jamoasi hayotini realistik asosda har tomonlama keng tasvirlab bergan asardir.
A.S.Makarenko pedagogika fanlari sohasida mavjud meroslardan tanqidiy foydalandi. Eski pedagogika kitoblarda: pedagog bolani sevib, unga ehtiyotlik va g`amxo'rlik bilan qarashi kerak;bolag qattiq gapirma, u buziladi:har qanday gunoh qilsa ham ehtiyotlik bilan muomala qil; oyna sindirar ekan, eshik bo'yar ekan, mayli qilsin, pedagog esa bunga ehtiyotlik bilan qarasin, - degan fikr targ`ib qilinar edi
Shuni aytish kerakki, A.S.Makarenko tomonidan yaratilgan pedagogik sistemada qator kamchiliklar ham bor. A.S.Makarenko asarlarida aqliy tarbiya, didaktika, o'qitishning metodi va mazmuni, maktab darsning forma va sistemasi, jismoniy tarbiya hamda maktab, bolalar va o'smirlar,yoshlar tashkilotlarining rollari ma`lum bir tizimda berilmagan.
Vasiliy Aleksandrovich Suxomlinskiy 1918 yilning 28 oktyabrda Ukrainaning Kirovograd viloyatidagi Pavlish qishlog`ida dehqon oilasida dunyoga keldi.
1939yil V.A. Suxomlinskiy instutni muvaffaqiyatli tugatdi va Onufrovkada rayon markazidagi o'rta maktabga til va adabiyot o'qituvchisi qilib tayinlandi. Bu erda u endi o'z fani bo'yicha yuqori sinflarda dars bera boshladi.
«Har bir bola o'ziga xos dunyo bo'lib, bir-birga mutlaqo o'shamaydigan, noyobdir,»- deb yozadi u kundaligida.Bu fikrni hamma biladi,lekin amliy ishda bilganlarga amal qilish hammaning qo'lidan kelavermaydi.Buning uchun tarbiyachi alohida xususiyatga ega bo'lishi kerak.
Bu xususda Suxomlinskiy yon daftaridan quyidagilarni o'qiymiz.«Menning hayotim-da eng muhim bo'lgan narsa nima edi? Deyishsa hech ikkilanmasdan bolalarga bo'lgan mehr-muhabbat deb javob berar edim». Suxomlinskiy o'zining qalb haroratini, butun hayotini bolalaga, ularning tarbiyasiga bag`ishladi. Uning o'zi bu haqida «Tarbiya bu dastavval o'qituvchi bilan o'quvchi o'rtasida o'rnatilgan doimiy ma`naviy aloqadir»,-deb Agar o'quvchining ma`naviy dunyosini, ongini shaklantirmoqchi ekansiz, tarbiyachi sifatida unga yaqin turing, shundagina uning qalbiga, ma`naviy dunyosiga ta`sir eta olasiz, degan edi.
Tarbiyaning hamma tomonlari-aqliy, jismoniy mehnat, estetik fazilatlari bolalar ning ma`naviy dunyosiga ta`sir etish kerk. Dunyoda inson shaxsidek murakkab va boy narsa yo'q. Uni har tomonlama rivojlantirish, axloqiy takomillashtirish tarbiyaning maqsadga erishish yo'li odamning o'zi kabi murakkabdir deb ta`kidlaydi u.
Axloqiy tarbiya yosh avlodda mustahkam axloqiy ishonch, xulqiy malakalarni hosil qilish, ijtimoiy taraqqiyot va ahloq prinsiplarining qaror topishi uchun kurashuvchilarni tayyorlashi kerak.
Umuman olganda, V.A. Suxomlinskiyning tarbiyashunoslik faoliyatini o'rganish, o'zbek tarbiyachilar ahlini rus tarbiyachiligi bilan tanishtirib xalqlar tarbiya uslublarini qiyosiy o'rganishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Ma`lumki, sobiq Sovet dalati mazmuni, sharoiti va o'ziga xosligi jihatidan bir-biridan farq qiladigan davrlarni bosib o'tdi. Binobarin davr talabi bilan uning o'z oliga qo'ygan vazifalari ham o'zgarib turdi.lekin uning asosiy maqsadi mamlakat mudofa qudratini, moddiy-texnika bazasini, iqtisodi, madaniyati maorifini rivojlantirishdan iborat bo'ldi.
Tarixdan ma`lumki, Sovet davlati, xalqi o'z boshidan kechirgan og`ir davrlardan biri II-jahon urushi yillaridir. O'sha davrda mamlakatimiz yoshlarini yuqori axloq malaklari ruhida, birdamlik ruhida tarbiyalash avj olib ketdi. Bu tarixiy sharoit taqozosi edi. Urush davrida o'qituvchilar sonini ko'paytirishga alohida e`tibor berildi. Xullas, urush yillarida maorif ko'z ko'rib, quloq eshitmaganlik darajasidagi ishlarni amalga oshirdi. Yoshlarni har qanday qiyinchilikka bardosh bera oladigan irodali qilib tarbiyaladi. Natijada bola tarbiyasi har qachongiga nisbatan namunali yo'lga qo'yildi hamda urush davri maorifi, maktablari, undagi ta`lim-tarbiya jarayoni tarixda qchmas bir sahifa sifatida iz qoldirdi.
Sho’rolar Markaziy Osiyoning tabiiy boyliklari Pyotr I davridan beri rus mulkdorlarini kiziqtirib kelardi. Pyotr I ning o’zi Markaziy Osiyoni zabt etish, bu o’lkadagi qazilma boyliklarga, dexdonchiliq maxsulotlariga egalik qilish maqsadida, maxalliy xalqning tilini, dinini, madaniyatini puxta o’rgangan kishilarni u yerlarga yuborib, ulardan josus sifatida foydalanish rejasini ishlab chiqdi.
Anashu rejani amalga oshirishuchun 1724—1725 yillarda podshoning o’zi tashkil qilgan va asosan fiziqamatematika yo’nalishidagi fanlar akademiyasi krshida 1735 yildan boshlab gumanitar yo’nalish ham faoliyat boshladi. Bu yo’nalishda quproq. sharqshunoslikka e’tibor qaratildi. Shuning uchun ham sharqtiunoslik yo’nalishini chuqur biladigan va boshqara oladigan Zigfrid Bayyerni Germaniyadan taklif qilib, birinchi akademik qilib sayladi. 1732 yilda bir qancha sharq. tillarining bilimdoni Ge­orgiy Yaqovlevich Ker Leypsigdan Peterburgga taklif q;ilindi. U bilan tashqi ishlar vazirligi urtasida rus yoshlaridan bir qanchasini sharq. tillariga uqitib berish uchun shartnomatuzildi. Shunday q.ilib, sharqshunoslarni uqitishga asos solindi.
Bayyer va Ker sharq. qulyozmalarini urganishga ham katta e’tibor berdi. Shved Stralenberg tomonidan Tobolskda (uzini Azbakevich deb tanishtirgan) buxorolik tanishi orqali Abulgoziy Baxrdirxonning «Shajarai turk» asari qulga kiritiladi va bu asarni Bayyer lotin tiliga, Ker bilan hamkorlikda nemis tiliga tarjima q,il ad i.
Bu davrda Markaziy Osiyoda xonliklar urtasida ^zaro kurashlar kuchayib borar, Rus imperiyasi bu kurashlardan josuslar orqali doimo xabardor bulib turardi.
Nixryat, fursat yetgach, XIX asrning 50-yillaridan bosh­lab Markaziy Osiyo yerlariga yurish boshlanib, 70-yillarda tamoman zabt etildi. Shunday q.ilib, Turkiston Rus bosqini ostida qrldi.
Bu davrda maxalliy axrlini tutqunlikda tutish uchun uning tilini amaliy jix.atdan bilish extiyoji tugildi. Ana shu amaliy extiyojni q.ondirish maq.sadida bir q.ator asar^lar maydonga keldi.
Adabiyotlar


  1. Abduhamid Nurmomnov “O’bek tilshunosligi tarixi” Toshkent “o’zbekiston”2002.

  2. Y . Abdullayev “Birinchi o’zbek alifbosi” O’zbekiston adabiyoti va san’ati gazetasi, 1991-y.

  3. Polvonov E. D.

Download 113 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish