Mavzu: Sobiq sho`rolar saltanati davrida o`zbek milliy madaniyatidagi ziddiyatlar.
Rеjа:
XVI аsr bоshlаridаn XIX аsrning birinchi yarmigаchа bo’lgаn dаvrdа Mаrkаziy Оsiyodаgi ijtimоiy-mаdаniy hаyot.
Chоr Rоssiyasi istilоsi vа uning milliy mаdаniyatgа bo’lgаn munоsаbаti.
Turkistоndа jаdidchilik hаrаkаtining vujudgа kеlа bоrishi vа uning milliy mаdаniyatimiz rivоjidа tutgаn o’rni.
Shurо xоkimiyati yillаridа o’zbеk milliy mаdаniyati vа uning rivоjlаnishidаgi ziddiyatlаr.
XV asrlar oxirlariga kelib temuriyzodalarning o`zaro taxt talashishlari Xuroson va Movarounnaxr ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga salbiy ta‘sir ko`rsatdi. Siyosiy tanglik avj olib, madaniy hayot izdan chiqdi. Dehqonchilik, savdo-sotiq , boshqa hududlar bilan bo`ladigan madaniy aloqalarga putur yetdi.
Movaraunnaxr mayda hokimliklarga bo`linib qoldi. Temuriyzodalar hokimiyatni qo`lga kiritish uchun Dashti Qipchoqda hukmronlik qilayotgan ko`chmanchi o`zbek va mug`ul xonlariga murojaat qila boshlaydilar .
Iqtisodiy va siyosiy tanglik ko`pdan beri Movarounnaxrga ko`z olaytirib turgan ko`chmanchi o`zbek xonlari, dastlab, Abulxayrxonga, so`ngra, uning nabirasi Muhammad Shayboniyxonga qo`l keldi. Abulxayrxon temuriyzoda Abusaidga Samarqand tojini qo`lga kiritishga yordam bergan bo`lsa "Muhammad Shayboniyxon Sulton Ali Mirzoga yordam berish bahonasida uni qatl ettirib, Samarqand taxtini egallaydi va Bobur Mirzo kuchlarini mag`lub etib "Movarounnxrning yagona hukmdori bo`lib oladi. 1507 yili Hirot taxtini egallab, yirik Shayboniylar imperiyasiga asos soladi.
Muhammad Shayboniyxon o`z davlatini mustahkamlab olgach mamlakatning iqtisodiy hayotini yaxshilashga uni ichidan mustahkamlashga qaratilgan bir qator islohotlar o`tkazadi. "Dehqonchilikning rivojlanishiga yordam beruvchi yer to`g`risida, vaqf masalalari bo`yicha bir qator chora-tadbirlarni amalga oshiradi.
O`zaro taxt talashishlar natijasida tinch joylarni izlab o`z yerlarini tashlab ketgan kishilarning qarovsiz yerlarini masjidlar, madrasalarga vaqf mulki sifatida beradi. 1502 yilda Zarafshon vohasida qaqrab va qarovsiz yotgan yerlarda dehqonchilikni rivojlantirish maqsadida Ko`xak /Zarafshon/ daryosiga suv ayirg`ich va ko`prik qurdiradi.
Mamlakatning ichki birligini mustahkamlash uchun 1507 yilda barcha hududiy hukmdorlar zarb qildirayotgan pullarni bekor qilib, pul islohotini amalga oshiradi. Bu esa savdo-sotiqning rivojlanishiga, mamlakat siyosiy -iqtisodiy mavqeining oshuviga yordam beradi.
Bu davrda, to`qimachilik, kulolchilik, duradgorlik, metalga ishlov berish, qog`oz va mato ishlab chiqarish taraqqiy etadi. Shuningdek, xalq amaliy san‘atining yog`och, tosh metall uymakorligi, kandakorlik, naqqoshlik, hattotlik yuksaladi. Samarqandda yuqori sifatli qog`oz ishlab chiqarish yanada yuksaladi. Ipak qog`ozi deb ataluvchi oliy nav qog`ozlari asosan ipak paxtadan aralashtirib tayyorlangan. Samarqandlik usta Miribrohim "Sultoniy" va "Miribrohimiy" nomli qog`ozlarni ishlab chiqarish bilan mashhur bo`lgan.
Samarqand qog`ozlarining keng ko`lamda ishlab chiqarilishi kitobat san‘atining taraqqiy etishiga, o`z navbatida Movarounnaxrning ko`pgina madaniy jihatdan yuksalgan shaharlaridagi madrasalar qoshida hamda boy-badavlat kishilar tomonidan tashkil etilgan kutubxonalarning ko`payishiga olib keladi. Bu kutubxonalarda nodir qo`lyozmalar bilan birga tarix, tilshunoslik, adabiyot, geografiya, falsafa, mantiq, fiqhshunoslik, ritorika, tibbiyot, matematika, astranomiya kabi ko`plab fan sohalariga oid kitoblar to`plangan.
XVI asrdan boshlab Shayboniy hukmdorlar, ayniqsa, Abdullaxon soniy savdo-sotiqning rivojlanishiga alohida e‘tibor beradilar. Hindisiton, Xitoy, Eron, Rusiya va boshqa davlatlar bilan savdo-sotiq aloqalari rivojlanadi. Movarounnaxrda ishlab chiqarilgan to`qimachilik buyumlari, ayniqsa, ip va ipak gazlamalar, kimxob gilam, metal buyumlar, savdo-sotiqning asosiy manbai hisoblangan.
Shaybaniylar davri madaniyatining rivojiga bevosita sulola vakillarining o`zlari sezilarli ta‘sir ko`rsatadilar. Chunki sulolaning Muhammad Shayboniy, Ubaydullaxon, Rustam Sulton, Abdulazizxon, Abdullaxon soniy va boshqa hukmdorlarining o`zlari o`ta o`qimishli kishilar bo`lishib, hatto she‘riyatda qalam tebratganlar. Tarixiy ma‘lumotlarda berilishicha, Ubaydullaxon musiqa asboblarida kuy chalishning ustasi, nozik husnixat sohibi bo`lgan. Shu boisdan Abdulazizxon va Abdullaxonlar o`z davrining yetuk kutubxonalarini tashkil etganlar. Kutubxonalar qoshida qo`lyozma asarlaridan nusxa ko`chirish, eskilarini ta‘mirlovchi hattotlar va ustalar faoliyat ko`rsatganlar.
Bu davr madaniyatining asosiy hususiyati - diniy mafkuraning davlat mafkurasiga aylanganligidir. Shu boisdan diniy mafkurachilarni tayyorlovchi diniy madrasalar faoliyatiga alohida e‘tibor bilan qaralgan. Movarounnaxrning ko`pgina shaharlarida /masalan, Buxoro. Samarqand, Toshkent va boshqa shaharlarida /yangi madrasalar bunyod etiladi. Mazkur madrasalarda nafaqat sof geologik fanlar o`qitilgan, balki ahloqshunoslik, tilshunoslik, adabiyotshunoslikka oid, tarix, matematika, astronomiyaga oid fanlar ham o`qitilgan. Taxt tepasiga kelgan hukmdorlar izdan chiqib borayotgan ma‘naviy hayotni qaytadan izga solish, ma‘naviy tanazzulning oldini olish maqadida o`sha davrda juda katta obro`ga ega bo`lgan shayxlarning yordamiga suyanishga majbur bo`ladilar. O`z navbatida shayxlar mamlakatning siyosiy hayotiga bevosita o`z ta‘sirini ko`rsata boshlaydilar. Masalan, Juybor qishlog`ilik mashhur shayxlar shayboniylar davrida ham, ashtarxoniylar davrida ham jamiyatning ma‘naviy hayotini o`z qo`llariga oladilar.
XVI asrdan boshlab madaniy taraqqiyot, ilm-fan, adabiyot va san‘atning rivoji nafaqat umumjahon, balki mintaqa darajasidan ham pastga tusha boshlaganligi ko`zga tashlanadi. Dinning ma‘naviy hayotga ko`rsatadigan ta‘siri natijasida madaniyat milliy mahdudlik qobig`iga o`rala boshlaydi. Natijada Markaziy Osiyo xalqlari madaniyatining ta‘sir doirasi toraya boradi.
Shuningdek bu davr madaniy taraqqiyotining susayishiga eng avvalo Shayboniylarning qisqa muddatli bo`lsa-da, uzaro taxt talashishlari ham ta‘sir ko`rsatadi. Hatijada XVI asrdan boshlab Movarounnaxr va Xuroson hududlarida faoliyat ko`rsatayotgan ko`pgina olimlar, shoirlar, san‘atkorlarning tinch joylarni izlab Eron va mo`‘tadil siyosat yurgizayotgan boburiylar huzuri - Hindistonga yo`l oladilar. Faqatgina Abdullaxon soniy davriga kelib Movarounnaxr madaniy hayotida ijobiy o`zgarishlar ro`y bera boshlaydi. Osoyishta hayot boshlanganligi bilan birga, Boburiylar davlati bilan Movarounnaxr o`rtasida madaniy aloqalarning yo`lga qo`yilishi bu rivojlanishning asosiy sabablaridan edi. Natijada boburiylar huzuriga ketib qolgan, lekin hali o`z ona vatanlaridan butkul ko`ngil uza olmagan shoirlar, olimlar va san‘atkorlar yana Movarounnaxrga qaytib kela boshlaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |