Lyudvig van Betxoven (1770–1827) edi. U 22 yoshidan
boshlab Venada yashadi. Dahshatli kasallik
oqibatida qiynalgan va butunlay eshitmay
qolgan Betxoven taslim bo‘lmadi. U kasallikka
qarshi kurashgan yillari ta’sirining qudrati va
go‘zalligi bilan kishilarni hayratga soladigan
asarlar yaratdi.
«Fantaziya yo‘lida sonata» («Oydin») – kompozitorning baxtsiz
muhabbati haqidagi asar. «Qahramonona» simfoniyasi esa XVIII asr
oxirida Fransiyada yuz bergan inqilobiy voqealar ruhi bilan yo‘g‘-
rilgan.
Simfoniya dastlab Bonapartga bag‘ishlangan edi. U o‘zini im-
perator deb e’lon qilganidan so‘ng kompozitor asarini uning nomi
bilan bog‘lamadi va «Qahramonnoma» degan yangi nom berdi.