ALISHER NAVOIYNING “Majolis un- nafois” asarini o`rganish - REJA:
- Kirish
- Asosiy qism
- Alisher Navoiyning “Majolis un- nafois” tazkirasining yaratilishi
- Asarning tarkibiy qismi
- Tazkiradagi majlislarning badiiy talqini
- III Xulosa
Alisher Navoiyning “Majolis un- nafois” asari - She‘riyat mulkining sultoni, benazir iste‘dod sohibi, o‘zbek mumtoz adabiyotiga o‘zining ijodi bilan munosib hissa qo‘shgan Mir Alisher Navoiy hazratlarining biz yosh avlodga meros qilib qoldirgan oltinga teng asarlarini o‘qib, o‘rganmog‘imiz har birimiz uchun ham qarz, ham farzdir. Uning nomi va merosi Gomer va Dante, Rudakiy va Firdavsiy, Nizomiy va Shota Rustaveli, Sa‘diy va Jomiy, Shekspir va Balzak, Pushkin va Tolstoy, Rabindranat Tagor va Lu Sin kabi ulkan so‘z san‘atkorlarining nomi va merosidek o`lmasdir.
Navoiy butun faoliyati va ijodini insonning baxt-saodati uchun kurashga, xalqning osoyishtaligiga, obodonchilik ishlariga, ilm-fan, san‘at va adabiyot taraqqiyotiga bag‘ishladi. Shoir: ―Umidim uldurki va hayolimg‘a andoq kelurki, so‘zim martabasi avjdan quyi enmagay va bu yozgan asarlarimning tantanasi a‘lo darajadan o‘zga yerni yoqtirmag‘ay‖, degan edi. Ma‘lumki, Alisher Navoiy butun mamlakat bo‘ylab madaniy hayotni kuzatib borgan, adabiyot va fanni, san‘at va umuman ijodiy ishni rivojlantirishga qo‘ldan kelgancha harakat qilgan. Xuddi shu ma‘noda uning ―Majolis un-nafois‖ nomli tazkirasi alohida ahamiyatga molikdir. Navoiy ―Majolis un-nafois‖ tazkirasini birinchi marta 1491 yilda tuzdi. U, ―”Majolis un-nafois”ning ilmiy-tanqidiy matnini tuzgan Suyima G‘aniyeva ta‘kidlaganidek, ―”Majolis un-nafois”ga juda ko‘p yangilik va qo‘shimchalar kiritib, 1497-1498 yillarda uning ikkinchi, qayta ishlangan nusxasini yaratdi. Ayrim biografik noaniqliklarni bartaraf qildi. ―”Majolis un-nafois” tazkirachilikda yangi va juda qimmatli asar sifatida vujudga keldi hamda o‘zbek tazkirachiligiga asos bo‘ldi. - Navoiy butun faoliyati va ijodini insonning baxt-saodati uchun kurashga, xalqning osoyishtaligiga, obodonchilik ishlariga, ilm-fan, san‘at va adabiyot taraqqiyotiga bag‘ishladi. Shoir: ―Umidim uldurki va hayolimg‘a andoq kelurki, so‘zim martabasi avjdan quyi enmagay va bu yozgan asarlarimning tantanasi a‘lo darajadan o‘zga yerni yoqtirmag‘ay‖, degan edi. Ma‘lumki, Alisher Navoiy butun mamlakat bo‘ylab madaniy hayotni kuzatib borgan, adabiyot va fanni, san‘at va umuman ijodiy ishni rivojlantirishga qo‘ldan kelgancha harakat qilgan. Xuddi shu ma‘noda uning ―Majolis un-nafois‖ nomli tazkirasi alohida ahamiyatga molikdir. Navoiy ―Majolis un-nafois‖ tazkirasini birinchi marta 1491 yilda tuzdi. U, ―”Majolis un-nafois”ning ilmiy-tanqidiy matnini tuzgan Suyima G‘aniyeva ta‘kidlaganidek, ―”Majolis un-nafois”ga juda ko‘p yangilik va qo‘shimchalar kiritib, 1497-1498 yillarda uning ikkinchi, qayta ishlangan nusxasini yaratdi. Ayrim biografik noaniqliklarni bartaraf qildi. ―”Majolis un-nafois” tazkirachilikda yangi va juda qimmatli asar sifatida vujudga keldi hamda o‘zbek tazkirachiligiga asos bo‘ldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |