Tengi yo‘q ijodkor, she‘riyat ahlining buyuk homiysi Alisher Navoiyning ―Majolis un-nafois‖ tazkirasi o‘zbek tazkirachiligining asosi bo‘lib, hozirgi davrgacha bu asar o‘z qadr-qimmatini yo‘qotganicha yo‘q. Zero zamondoshlarigagina emas, ko‘proq kelajak avlodlarga yetkazilishi ko‘zda tutilgan qimmatli va saboq bo‘larli gaplar shoirning ushbu kitobida aytilgan. Humomiddin o‘g‘li Xondamirning fasih tili bilan aytganda: ―Oliy hazrat nasr fanini o‘zlashtirishda taraqqiyning eng yuqori pog‘onasiga va avjning eng yuksak darajasiga ko‘tarilgan edi…Oliy hazratning nasriy asarlaridan biri-turkiy tilda yozilgan ―Majolis un-nafois‖ dir. - Tengi yo‘q ijodkor, she‘riyat ahlining buyuk homiysi Alisher Navoiyning ―Majolis un-nafois‖ tazkirasi o‘zbek tazkirachiligining asosi bo‘lib, hozirgi davrgacha bu asar o‘z qadr-qimmatini yo‘qotganicha yo‘q. Zero zamondoshlarigagina emas, ko‘proq kelajak avlodlarga yetkazilishi ko‘zda tutilgan qimmatli va saboq bo‘larli gaplar shoirning ushbu kitobida aytilgan. Humomiddin o‘g‘li Xondamirning fasih tili bilan aytganda: ―Oliy hazrat nasr fanini o‘zlashtirishda taraqqiyning eng yuqori pog‘onasiga va avjning eng yuksak darajasiga ko‘tarilgan edi…Oliy hazratning nasriy asarlaridan biri-turkiy tilda yozilgan ―Majolis un-nafois‖ dir.
- ―Majolis un-nafois‖ tazkirachilikda yangi va juda qimmatli asar sifatida vujudga keldi hamda o‘zbek tazkirachiligiga asos bo‘ldi. Bu tazkiraning ko‘zga tashlanadigan birinchi jihati shundaki, Navoiy unga o‘zi yashab turgan davrdagi ma‘lum shoirlar va shoir bo‘lishga harakat qilgan qalam ahllarini kiritishni asosiy maqsad qilib qo‘ygan. Tazkira boshqa xalqlar adabiyotlaridagi tazkirachilikning bundan keyingi taraqqiyotiga chuqur ta‘sir ko‘rsatdi, ―Majolis‖ dan keyin paydo bo‘lgan tazkiralarning mualliflari asarlarini asosan o‘z davrlaridan kelib chiqib tuza boshladilar. Navoiy tazkirasining eng muhim xususiyatlaridan yana biri u asosan o‘zbek va tojik adabiyotlari tarixiga doir asar, bunda biz har bir shoirning hayoti va ijodiga tegishli oz-oz bo‘lsa ham, lekin muhim ma‘lumotlarni olamiz. Mana shu jihatlari bilan ―Majolis un-nafois‖ yozilganidan oz fursat o‘tmay Sharq mamlakatlarining shoirlari, tarixchilari, olimlari diqqatini ko‘p marttalab o‘ziga jalb eta boshlagan edi. XVI asrning o‘zida ―Majolis un-nafois‖ ning fors tiliga 5 martta tarjima qilinganligi Movaraunnahr, Eron va Turkiyada tazkiraga zo‘r qiziqish bilan qaralganidan dalolat beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |