Musiqa.
Nemis kompozitori
Iogann Sebas-
tyan Bax
(1685–1750) hayot davrida mashhur
emasdi. Uning asarlari odamlarga o‘ta jiddiy
tuyulardi, cherkov esa Xudodan qo‘rqish
ohanglarining yetarli emasligi uchun uning mu-
siqalarini yoqtirmas edi. Hatto, Baxning o‘g‘il-
lari ham otasining ijodini umidsiz, eskirib qol-
gan deb hisoblashardi. Ularga meros bo‘lib qol-
gan Bax qo‘lyozmalarining ancha qismini yo‘-
qotib yuborishgan.
Baxning xor, solistlar va orkestr uchun
yozilgan ulkan asari – «Matto bayon etgan
buyuk musibat» havoriy, ya’ni Iso Masihning
shogirdi Matto hikoya qilib bergan Iso uqu-
batlarini, his-hayajonini ifodalaydi.
Injil afsonasini Bax odamlarni qutqarish
uchun o‘zini qurbon qilgan qahramon haqidagi
xalq dramasi sifatida bayon qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |