63
Ma’rifat asri musiqa san’atiga
ulkan hissa
qo‘shgan yana bir shaxs
Volfgang Amadey
Motsart
(1756–1791) edi.
U Avstriyaning qadimiy go‘zal
shaharchasi
Zalsburgda dunyoga keldi.
Zamondoshlari Motsartni o‘z davrining
haqiqiy mo‘jizasi deyishgan.
Uning hayoti
qisqa, qashshoqlik, xo‘rlik va yolg‘izlikka to‘la
bo‘lsa ham,
unda quvonch va buyuk muhabbat, baxt va ijodga intilish
ustun edi.
U 3 yoshidan boshlab musiqani o‘rgana
boshladi, 4 yoshida o‘zi-
ning birinchi konsertini yozdi, 12 yoshida
yozgan operasining prem-
yerasi Milan teatrida qo‘yildi, 14 yoshida Motsart Italiyadagi eng
obro‘li musiqa akademiyasining akademigi bo‘ldi. Hayotining so‘nggi
o‘n yilini Motsart Venada o‘tkazdi. Kompozitorning «Figaroning uy-
lanishi» operasi uni juda mashhur qildi.
Operaning kuylari hamma
yerda: ko‘chalarda, maydonlarda,
oshxonalarda jaranglaydi, uni,
hatto ko‘cha musiqachilari ham ijro etardilar.
Kompozitorning so‘nggi asari – «Rekviyem» (
requem
– motam
kuyi, orom) cherkovlarda marhumlarning xotirasiga bag‘ishlab ijro
etilardi. Bu hayot va o‘lim haqidagi,
insonning bu dunyodagi
qismati haqidagi asar. Uning birinchi ijrosigacha yashash Motsartga
nasib etmadi.
O‘zini
buyuk kompozitor Motsartning
vorisi deb hisoblagan kishi
Do'stlaringiz bilan baham: