Yangi davrda ham shakllangan, hamma ko‘nikib qolgan, an’a-
naviy tartiblarni ideallashtirish Sharq sivilizatsiyasining muhim ji-
hati bo‘lib qoldi. Aynan shu jihat bir tomondan, ko‘plab tashqi
bosqinlar sharoitida sivilizatsiyaning asoslarini saqlab qolish imko-
nini bergan bo‘lsa, boshqa tomondan, uning rivojlanish sur’atlarini
sekinlashtirdi, fan va texnika sohasidagi yangiliklarni tatbiq etish-
ga, ijtimoiy hayot va ishlab chiqarishni tashkil qilishning yangi
usullarini joriy qilishga to‘sqinlik qildi.
Ekstensiv
– rivojlanishda sifat o‘zgarishlariga emas, faqat son jihatdan ko‘-
payishga va tezkor natijalarga yo‘naltirilgan o‘sish.
1. Xitoy-konfutsiylik sivilizatsiyasining o‘ziga xos tomonlari nimalardan iborat edi?
2. Yaponiya sivilizatsiyasining o‘ziga xos tomonlari nimalardan iborat edi?
3. Hind sivilizatsiyasining boshqalardan farqli tomonlari nimalardan iborat edi?
4. Islom sivilizatsiyasining boshqalardan farqli tomonlari nimalardan iborat edi?
Do'stlaringiz bilan baham: |