44
1798-yilda
Misrga qilingan yurish Napoleonni siyosiy hokimiyatni
egallashga chorladi.
1799-yil 9-noyabr davlat to‘ntarishi.
Direktoriya
hokimiyati xalq
orasida obro‘ga ega emasdi, «yangi boylar»
ham Direktoriyani yoq-
tirishmas edi. Gazetalar «Kuchli hokimiyat o‘rnatish!» talabini bosh
sahifalarida yorita boshladi. Shunday
sharoitda hokimiyatga qarshi
fitna uyushtirildi. Fitnachilar Misrdan qaytgan Napoleondan asosiy
kuch sifatida
foydalanishga qaror qildilar, Bonapart ham bunga rozilik
bildirdi. Yig‘ilish o‘tkazayotgan Oqsoqollar
kengashi va Beshyuzlar
kengashi yirik qo‘shin tomonidan o‘rab olindi. Qo‘rqib ketgan
Oqsoqollar kengashi taklif qilingan idora usuli –
Konsullikni darhol
tasdiqlashdi. Beshyuzlar kengashi ham bu qarorni tasdiqladi. Kon-
sullik uch kishidan iborat ijroiya hokimiyati bo‘lib, ulardan har biri
«Fransuz Respublikasining konsuli» unvoniga ega bo‘ldilar.
Saylangan
uch konsuldan biri Napoleon Bonapart edi.
Konsullar respublikaga sadoqat to‘g‘risida qasamyod qabul qil-
dilar.
Do'stlaringiz bilan baham: