Bug‘ mashinasidan foydalanish sohasining kengayishi Vaqtlar o‘tishi bilan konstruktor va ixtirochilar bug‘ mashinasidan boshqa sohalarda ham foydalanishga harakat qildilar.
Birinchi paroxod
Nihoyat, 1807-yilda amerikalik mexanik Robert Fulton bug‘ bilan harakatlanadigan eshkakli charxlari bo‘lgan birinchi paroxodni qurdi. Uzunligi 40,5 metr, eni 5,5 metrga yaqin bo‘lgan bu paroxod «Klermont» deb ataldi.
Paroxod sinovdan o‘tkaziladigan kuni juda ko‘p odam yig‘ildi. Ular tomoshaga kelishgan edi. Shu vaqtgacha foydalanilib kelingan yelkanli kemalar shamol bo‘lsagina suzar edi. R. Fulton yaratgan kema esa shamolga qarshi ham suza olganligini ko‘rgan tomoshabinlar hayratga tushdilar. Sinov paytida paroxod soatiga 8 km tezlik bilan suzdi.
Shu tariqa dengiz kemasozligi asta-sekin shamolga qaramlikdan xalos bo‘la bordi. Paroxodlar borgan sari takomillashtirilib borildi. Tez orada olamshumul voqea sodir bo‘ldi. Birinchi marta paroxod Atlantika okeanidan suzib o‘tib, 26 kunda Yevropadan Amerikaga yetib bordi.
Birinchi parovoz
O‘z vaqtida Xristofor Kolumb bu yerga yelkanli kemalarida 70 kunda yetib borgan edi. Bug‘mashinadan foydalanish kemasozlik bilan cheklanib qolmadi. 1814-yilda angliyalik konstruktor va ixtirochi Jorj Stefenson bug‘bilan harakatlanadigan birinchi parovozni yaratdi.
Parovoz temir izda sinab ko‘rilganida 8 ta vagonni tortgan holda soatiga 10 km. tezlik bilan yurdi.
Stefenson yaratgan birinchi transport vositasi – parovozni «Blyuxer», keyinchalik takomillashtirgan turini esa «Raketa» deb atadi.
Jahonda temiryo‘llar qurishning boshlanishi Temiryo‘llar qurish nima uchun zarur edi? Angliya portlariga qaram o‘lkalardan juda katta miqdorda xomashyo olib keltirila boshlandi.
Ularni mamlakatning turli shaharlarida qurilgan to‘qimachilik fabrikalariga qisqa muddatlarda va arzon narxlarda tashib berish, fabrikalarda. Ishlab chiqarilgan tayyor mahsulotlarni esa mamlakat portlariga xuddi shu tarzda yetkazib kelish zaruriyatga aylandi. Bu zaruriyat temiryo‘l qurilishiga olib keldi.
Nihoyat, 1825-yilda Jorj Stefenson ikkita shahar o‘rtasida dastlabki temiryo‘lni qurishga muvaffaq bo‘ldi. Oradan to‘rt yil o‘tgach u Angliyaning ikki mashhur shaharlari – Manchester va Liverpul orasida navbatdagi temiryo‘lni ham qurdi. Keyinroq, dastlabki xalqaro temiryo‘l qurildi. Bu yo‘l London shahrini Turkiyaning Istanbul shahri bilan bog‘ladi. Temiryo‘llar keyinchalik dunyoning boshqa mamlakatlarida ham qurila boshlandi.
Vagon – temiryo‘llarda yo‘lovchi va yuklarni tashishga mo‘ljallangan g‘ildirakli maxsus qurilma.
Konstruktor – mashina va inshootlarning loyihasini tuzuvchi mutaxassis.
Paroxod – bug‘ bilan ishlaydigan dvigatel (motor) o‘rnatilgan kema.
Parovoz – bug‘ bilan ishlaydigan dvigatel o‘rnatilgan va vagonlarni tortishga mo‘ljallangan mashina.