O‘rta asrlarda Binkat Ma’lumki, qadimgi Shosh qulay geografik o‘rni, go‘zal tabiati, tabiiy boyliklari, er-suv, o‘simliklar olami va hayvonot dunyosi bilan o‘ta qadim zamondan boshlab hamma davr kishilarining e’tiborini o‘ziga jalb qilib kelgan. Shu bois hududda kishilikning ibtidoiy, qadimgi va o‘rta asrlariga mansub yodgorliklari ancha keng tarqalgan.Vohadan qadimgi Parak — Chirchiq va Ohangaron daryolari oqib o‘tib, Sirdaryoga, ya’ni — Sayxun daryosiga borib kuyiladi. Mazkur joy daryolar, serunum tuproqli erlar tufayli vohaning ko‘p joylarida ilk qishloqlar vujudga kelib, ular asta sekin, shaharlarga aylana borganlar. Bularning eng yiriklari Shoshtepa ilk shahar harobasi, Mingo‘rikdagi qadimgi Toshkent, Oqtepa — ilk o‘rta asr qasri va nihoyat, Binkat-o‘rta asrlardagi Toshkent shahridir. SHak-shubhasiz vohadagi hamma qadimgi va o‘rta asr qishloq va shaharlarining aksariyati tabiiy yoki sun’iy suv manbalari yaqinida vujudga kelgan va rivoj topgan. CHunonchi Shoshtepa Jo‘nariq bo‘yida, Mingo‘rik Solar bo‘yida, Oqtepa qasri va nihoyat Binkat o‘rta asrlardagi Toshkent [U istokov drevney kulturы Tashkenta. Tashkent: Fan. 1982. S. 91-129; 171-172] esa Parak-CHirchik daryosidan suv oluvchi Bo‘zsuv anhorining Qaykovus kanalidan chiqarilgan tarmoq ariqlardan keladigan suv bilan ta’minlangan.Ammo Binkat — o‘rta asrlardagi Toshkent kal’asi va shahristoni esa yirik sug‘orish tarmoqlaridan bir oz uzoqroq va balandlikda bo‘lgan. Ayniqsa uning arki hozirgi CHorsu bozori hududida bo‘lib, kamida bozorning er sathidan 10-15 metr balandda joylashgan bo‘lsa kerak. Somoniylar davrida Shosh va Usurshonada YAhyo binni Asad va undan keyin uning avlodlari hukmronlik qilganlar. Bu davrda dastavval Shoshning loyqa bosib, suvsizlikdan qurib qolgan sug‘orish tarmoqlari qayta tiklangan.Tarixchi Tabariyning xabariga ko‘ra, bu ishni amalga oshirish uchun xalifa Mu’tasim (833-842 yillarda hokimlik qilgan) xazinadan ikki million dirham mablag‘ ajratilgan. Natijada xalqning fidokorona qilgan mehnatlari tufayli vayron bo‘lgan Shosh qishloq va shaharlarining bir qismi qayta tiklangan. Viloyatning markaziy shahri hisoblangan qadimgi Toshkent ham bu davrda Salor suvi sohilidagi o‘zining qadimgi o‘rni Ming o‘rikdan 4-5 kilometr shimoli-g‘arbga tomon siljib, Bo‘zsuv va undan bosh olgan Kalkovuz (Kaykovus), Jarariq va Ko‘kcha kanallari bilan V-V1 asrlardayoq sug‘orilib obod etilgan joyda yangidan qad ko‘targan. Bu yangi joyda qayta barpo etilgan Shosh viloyatining bosh shahri o‘rta asr arab mualliflari va geograflarining asarlarida «Binkat» nomi bilan tilga olinadi. Mahmud Koshg‘ariy esa uni «Tarkan» degan nomini ham keltiradi. V.V.Bartold Shoshning IX-XII asrdagi poytaxti Binkat hozirgi Toshkentning o‘rnida bo‘lgan degan fikrni birinchi bo‘lib aytgan edi. Toshkent shahrining topografiyasini o‘rgangan M.E.Masson esa, Binkat Toshkentning aynan hozirgi «Eski shahar» deb atalgan qismiga to‘g‘ri keladi, deb hisoblagan.
Муҳаммаджонов А.Р . Қадимги Тошкент … 40-42; 66-67 – бетлар
Yuqoriga suv chiqarishning shaduf tizimi Xindistonda «densli» nomi bilan tarqalgan. Shuningdek, Hindistonda «rati»deb yuritiladiganlari ham keng tarqalgan bo‘lib, bular Misr «atue»siga o‘xshashdir.Shunday qilib, Sharqda suvni yuqoriga ko‘tarish tizimining xilma-xil usullari kashf etilgan va kundalik hayotda keng foydalanilgan.O‘rta Osiyo, Xususan O‘zbekistonda suvni yuqoriga chiqarishning o‘ziga xos charxpalak, kaynama to‘g‘on va tutash idishlar usulidan keng foydalanilgan.Yahyo G‘ulomovning «Xorazmning sug‘orilish tarixi» degan kitobida Xorazmda kanal va ariqlardan dalalarga suv chikarishning eng oddiy usullari «sepma», «depma» va «nova»lar hakida anchagina ma’lumotlar bor.Bundan tashqari O‘rta Osiyoda sug‘oriladigan erlarga suv chiqarishning juda ko‘p usullari bo‘lgan.Shuni ta’kidlash joizki, Binkat qal’asi shaharning eng baland qismida shaharning Registon maydonidan kamida 10-15 metr balandlikda, shahriston esa undan pastroq sathda joylashgan bo‘lsa kerak. Eng pastda esa ichki va tashqi rabotlar o‘rin olgan.Binkat shahrining rabotlari va atrofidagi erlar xonadonlar, ekin maydonlari Bo‘zsuv kanalidan suv olgan Kaykovus, Zog‘ariq, Solar, Qorasuv, Jo‘n, Darxon, CHovli, Anhor, Ko‘kcha, Jarariq, Xo‘japarxon, Tezariq, Qayirma, Damachchi, Tarnovboshi, Labzak, Registon, Qichqiriq (Kichikqo‘riq), Oqqo‘rg‘on, Darvozakent va boshqa ariq va kanallar suvidan foydalanganlar.Binkat qal’asi va shahriston bozor maydoni, ariq va kanallar sathidan balandda joylashganligi uchun kal’a ostidan oqib o‘tadigan Registon arig‘idan suv chiqarishning imkoni bo‘lmagan.Ammo o‘z vaqtida Binkat qal’asi va shahriston suv bilan to‘la ta’minlangan edi.Savol tug‘iladi, suv ark va shahristonga qaerdan chiqqan. Bu muammo ko‘pdan beri arxeologlar dikqatini o‘ziga jalb qilib kelgan. Ammo bu muammoning echimi hal bo‘lmay kelar edi. Bu muammo bizning ham diqqat e’tiborimizni o‘ziga jalb qilib kelardi.1968 yilning qish va ilk bahor oylarida Toshkent arxeologik ekspeditsiyasining G‘.Dadaboev, O‘.Alimov va A.Kabirov ishtirokidagi kichik guruhi Toshkent shahri va uning atroflaridagi Zog‘ariq, Hasanboy, Qichqiriq, Kaykovus, Xo‘japarxon, Jarariq, CHuqursoy (Qoraqamish), Damachchi kabi irrigatsiya tarmoqlari va shaxobchalari bo‘ylab joylashgan Xo‘jand tepa, Zakat tepa, Sir-kechar ota, CHingiztepa, SHoxnishintepa (SHarshin tepa), Quloqchin tepa, CHig‘atoy, Sag‘bon oqtepasi, Beltepa, Bo‘ston tepa va Mo‘g‘uldarxon tepa kabi arxeologik yodgorliklarda qazuv-qidiruv ishlari olib borilgan edi.Qidiruv-qazuv ishlari davrida biz Eski jo‘va bozori hududida ikki er osti suv inshooti qoldig‘iga duch keldik. Bu inshootlarning biri bozorning shimolida hozirgi Sharq restorani yaqinida, ikkinchisi esa «Ko‘kaldosh» madrasasining orqa tomonidagi tepalikning g‘arbiy yon bag‘rida bo‘lib, hozir u erda bozor militsiya bo‘limining idorasi joylashgan.
Toshkent: Oʻqituvchi, 1959. 258-275 - betlar; Kabirov A. Jahon tarixi. Toshkent: “Ukituvchi”, 2001, 48-bet
Muhammadkarimov A. Toshkentnom. Tarichiy-toponomnk lavxalar. Birinchi kit. Toshkent: Movarounnahr, 2004. 124-be
Foydalanilgan adabiyotlar
1. Filanovich M.I. Toshkent: shaharning kelib chiqishi va rivojlanishi va shahar madaniyati. Toshkent, 1983 yil. 55-56-57.
2. Oʻrta Osiyo haqida qadimgi mualliflar (miloddan avvalgi VI asr - milodiy VI asr). Toshkent, 1940. 33-34-35-36.
3. Yodgorlik.uz Arxiv.uz
4.O’zbekiston milliy ensiklopediyasi.Davlat nashriyoti,2009.
5. Istaxri. Kitob masalik al-mamalik. Bishkek, 2002. S. 24, 33-35.
6. Oʻrta Osiyo haqida qadimgi mualliflar (miloddan avvalgi VI asr - milodiy VI asr). Toshkent, 1940. S. 23.
7. https://shosh.uz/ilk-orta-asrlardagi-choch-taraqqiyoti
Do'stlaringiz bilan baham: |