Iloq tarixiy viloyat.
Iloq tarixiy viloyat. Toshkent viloyatining jan. qismida. Ohangaron daryosi (13-asr boshlariga qadar I. deb atalgan) havzasida boʻlgan. Qad. dehqonchilik va konchilik mintaqalaridan. Mil. 5-asrdan mustaqil davlat sifatida maʼlum. I. hukmdorlari "Iloq deh-qonlari" unvoni bilan yuritilib, katta iktisodiy va siyosiy mavqega ega boʻlgan. 6—7-asrlarda ZZ/oshga qoʻshilgan. 9—10-asrlarda 17 shahar boʻlgan. Aholisi dehq-onchilik, chorvachilik, keng koʻlamda maʼdan qazish va hunarmandchilik bilan shugʻullangan. I. aholisi jangovarligi va erksevarligi bilan mashhur boʻlgan. I.da davlat zarbxonasi boʻlgan. 10-asr oxirlarida I. Qoraxoniylar davlati tarkibiga kirgan. Moʻgʻullar istilosidan soʻng I. yerlari jaloyirlar kabilasi tasarrufiga oʻtgan. I. nomi 14-asr dan manbalarda uchramaydi. Poytaxti Tunkat sh. boʻlgan.
Iloq zarbxonasi – Iloqda tanga pul zarb qilish uchun Tunkat shahrida qurilgan korxona (8-asr). Iloq konlaridan oltin va kumushning ko‘p qazib chiqarilishi tanga zarb qilinadigan maxsus korxona tashkil qilish zaruratini tug‘dirgan. Iloqda 8–9-asrlarda «Ma’dan ush-Shosh» zarbxonasida ko‘plab kumush dirhamlar zarb etilgan. Tangalarda sof kumushning ko‘pligi sababli Iloq tangalari 9-asrda boshqa mamlakatlarga ham tarqalgan. Arxeologik qazishlarda shimolda Shvetsiya va Norvegiyadan tortib janubda Armanistongacha bo‘lgan hududda Iloq tangalari xazinalari topilgan. Tarixiy manbalarga ko‘ra, 10-asrda Movarounnahrda davlat zarbxonalari faqat Samarqandda va Iloqning poytaxti Tunkatdagina bo‘lgan. Iloq zarbxonasida pullar mahalliy muomalalar uchun misdan, umumdavlat xazinasi uchun qimmatbaho metallardan zarb qilingan. Iloq zarbxonasida chiqarilgan oxirgi tangalar 11-asrning 2-yarmiga oid. Shosh yoki Choch viloyati ko‘rilayotgan davrda (IX-XIII-asrlar) charm va charmdan qilingan buyumlar ishlab chiqarishi bilan mashhur bo‘lgan. Buni avvalo uning ko‘chmanchi qabilalar bilan qo‘shni bo‘lganligi taqazo etgan. Shosh chetga ot terisidan ishlangan baland egarlar, o‘qdonlar, chodirlar va chorvador turklar keltiradigan ishlanmagan charmlarni ko‘plab miqdorda chiqargan. Ayniqsa, manbalarda Shoshda tayyorlanadigan kamonlar – “Kamoni Shoshiy” tashqi mamlakatlarda juda mashhur bo‘lgan. Bundan tashqari, Shosh viloyatidan chet mamlakatlarga va qo‘shni viloyatlarga jundan to‘qilgan choponlar, joynamozlar, yelkapo‘shlar, g‘alla, temir ignalar, turklarga yuboriladigan qog‘ozlar va temir qaychilar chiqarilgan. Arab geograflari Iloq viloyatini Shosh viloyatiga qarashli, ba’zan esa o‘ziga mustaqil deb bilganlar va uni Shosh bilan Farg‘ona o‘rtasida joylashganligini yozadilar. Iloq viloyatiga Ohangaron daryosi vodiysining deyarli barchasi va Chirchiq daryosi chap qirg‘og‘ining bir qismi kirgan. Iloq dehqoni X asrda somoniylar davlatidagi eng quvvatli zodagonlardan biri hisoblangan. X asrda Iloq okrugining kumush, qo‘rg‘oshin konlari Afg‘onistonning mashhur Panjxir konlaridan qolishmas edi, desa bo‘lad.
Oʻrta Osiyo haqida qadimgi mualliflar (miloddan avvalgi VI asr - milodiy VI asr). Toshkent, 1940. S. 23.
Do'stlaringiz bilan baham: |