Choch va Eloq


Qadimgi Chochdagi urbanistik jarayonlar



Download 88,5 Kb.
bet3/4
Sana21.05.2022
Hajmi88,5 Kb.
#606425
1   2   3   4
Bog'liq
Choch va Eloq

Qadimgi Chochdagi urbanistik jarayonlar. Tarixiy hodisalar va voqealarning tarixiy aniqligida, tarixiy-madaniy taraqqiyot bosqichlarida shunday jihatlar borki, ularni bir-biri bilan mantiqiy taqqoslash, qiyosiy solishtirish asosida o‘rganish, qo‘yilgan masalaga ko‘pgina oydinliklar kiritishi tadqiqotchilar tomonidan e’tirof etilgan. CHunonchi, O‘rta Osiyo umuman, dunyo tarixida ro‘y bergan urbanistik (shahar madaniyati va shaharsozlik) jarayonlar hususida turli davrlarda olib borilgan arxeologik tadqiqotlar natijalarini tahlil etish va qiyoslash bu jarayonlarni chuqur va har tomonlama ta’riflash imkonini beradi. Shuning uchun ham O‘rta Osiyo turli qadimgi tarixiy-madaniy viloyatlaridagi urbanistik jarayonlar tarixini haqiqiy manbalar -arxeologik va yozma manbalar asosida tahlil etish jamiyatda ro‘y bergan qadimgi tarixiy-madaniy jarayonlarni anglab etishda beqiyos ahamiyat kasb etadi. Choch vohasidagi urbanistik jarayonlar tarixi ham bundan mustasno emas.Fikrimizcha, tarix fanida urbanistik jarayonlarni tadqiq etishning nisbatan keng qamrovli bo‘lishi uchun davlatchilik taraqqiyoti bosqichlarini har tomonlama tadqiq etayotgan paytimizda, uning ajralmas qismi sifatida shaharlarga alohida e’tibor qaratishimiz lozim. Chunki shaharlar shakllanishi va rivojlanishining umumiy qonuniyatlari faqat butun jamiyat rivoji bilan bog‘liq bo‘lgan urbanistik jarayonlar tartibida aniqlanadi. Urbanistik munosabatlar rivojlanish jarayonida ayrim vazifalar o‘zgaradi, ayrimlari yo‘qoladi, ayrimlari murakkablashib, nisbatan yuqori darajaga ko‘tariladi.Qadimda, ayniqsa, O‘rta Osiyo musulmon Sharqida o‘zining tabiiy boyliklari bilan mashhur bo‘lgan, asosiy hududlarini Toshkent vohasi tashkil etgan qadimgi Choch o‘rta Sirdaryo havzasida joylashgan. Uch tomondan qorli “osmon tog‘lari” – Tyanshan, CHotqol va Qurama adirlari bilan o‘ralgan voha Sirdaryoning irmoqlari Chirchiq va Ohangarondan suv ichuvchi hosildor erlari va bog‘lari bilan shuhrat qozongan. Tog‘oldi hududlaridagi tog‘lar, adirlar, yaylovlar yil davomida haydama va yarim ko‘chmanchi chorvachilik uchun qulay sharoit yaratgan edi. CHotqol va Qurama tog‘laridagi foydali qazilmalar konlari oltin va qumush, mis va temir, qimmatbaho toshlariga boy bo‘lgan YAksart-Sirdaryo qadimdan vohalardagi o‘troq xalqlar va Buyuk dashtdagi ko‘chmanchi qabilalar o‘rtasidagi madaniy va etnik aloqalarda vositachi vazifasini o‘tagan. Choch ushbu aloqalarning eng faol zonasida joylashgan.
Arxeologik tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, so‘nggi bronza va ilk temir davridayoq Toshkent vohasida ko‘chmanchi chorvadorlar qo‘rg‘onlari bilan birgalikda, aholisi asosan dehqonchilik bilan shug‘ullangan qishloqlar ham paydo bo‘ladi. Oddiy sug‘orish usullaridan foydalangan bu aholining madaniyati dastlabki ochilgan qishloq nomi bilan Burgulik (Burkanlik) madaniyati deb yuritiladi.

https://shosh.uz/ilk-orta-asrlardagi-choch-taraqqiyoti
Hozirgi kunga kelib, Chirchiq va Ohangaron havzalarida ushbu madaniyatga oid 25 dan ziyod yodgorlik ochib o‘rganilgan Burgulik madaniyatining yirik qishloqlaridan biri Toshkentning janubi-g‘arbiy chekkasidagi Jun daryosi irmog‘i bo‘yida ochilgan Shoshtepa hisoblanib, bu erda ham sug‘orma dexqonchilik uchun qulay sharoit mavjud edi.Ko‘chmanchi chorvadorlar madaniyatlari tadqiqotchilarining ma’lumot berishlaricha, miloddan avvalgi VI-IV asrlarga kelib, iqtisodiy zonalarning kengayishi bilan bog‘liq va chorvachilik xo‘jaliklarida iqtisodiy foydaning tezroq rivojiga imkon yaratgan Markaziy Osiyoning Sharqiy rayonlaridagi katta demografik o‘sish – sak-usun qabilalari ittifoqining kuchayishiga, ular harakatlarining kengayishiga, ularning O‘rta Osiyo xalqlari bilan aloqalarining jadallashuviga sabab bo‘lgan edi.Antik davrga kelib, O‘rta Osiyoning katta hududlarini Aleksandr Makedonskiy bosib olishi va uning vafotidan so‘ng Salavkiylar davlatining paydo bo‘lishi munosabati bilan yirik siyosiy voqealar bo‘lib o‘tadi. Antik davr tarixchilari Sirdaryo-YAksartni o‘troq aholi va ko‘chmanchilar o‘rtasidagi chegara sifatida izohlaydilar. Xususan, Strabon ma’lumotlariga ko‘ra, “YAksart sug‘diylar va ko‘chmanchilarni ajratib turadi”.Vohaning janubi-g‘arbiy qismida, Toshkentdan 70 km uzoqlikda, Sirdaryoning qirg‘og‘ida uch qator himoya devorlari bilan o‘ralgan yirik ko‘hna shahar xarobalari ochib o‘rganilgan. Tarixiy-ilmiy adabiyotlarda bu ko‘hna shahar Qanqa nomi bilan mashhurdir. Ko‘hna shaharning eng qadimgi asosi – maydoni 6,5 gektar bo‘lgan qal’asi ellinistik dunyoda mashhur ellinistik harbiy qurilish uslublari asosida bunyod etilgan. Mustahkam qal’a devorlari tabiiy poydevor (fundament) ustiga to‘g‘ri burchakli xom g‘isht va paxsadan qad ko‘targan. Qanqaning rejaviy tuzilishi, himoya inshootlari miloddan avvalgi IV-III asr O‘rta Osiyoning Baqtriyadan Xorazmgacha bo‘lgan dehqonchilik madaniyatlarining ellinistik me’morchiligini eslatadi. Ammo, ellinistik an’analarning ta’siri Chochda uzoq cho‘zilmagan va mustahkam asoslarga ega emas edi. Miloddan avvalgi III asrning oxiri-II asrda iqlimning o‘zgarishi natijasida yirik daryolar va ko‘llar suvlarining kamayishi Osiyoning shimoliy va Sharqiy mintaqalarida yaylovlar uchun kurashlarning kuchayishiga va vohaga ko‘chmanchilar hamda YAksariyatning quyi oqimlaridagi o‘troq aholining kirib kelishiga olib keldi. Aholining katta guruhi o‘zlarining moddiy madaniyati bilan, fanda Qovunchi madaniyati deb nom olib, Toshkent vohasiga kirib keladi. Voha urbanistik jarayonlari bilan shug‘ullangan tadqiqotchilar Qovunchi madaniyati rivojini quyidagi uchta bosqichga ajratadilar:Qovunchi I-miloddan avvalgi II-milodiy I asr boshlari.

Muhammadkarimov A. Toshkentnom. Tarichiy-toponomnk lavxalar. Birinchi kit. Toshkent: Movarounnahr, 2004. 124-bet


https://uz.wikipedia.org/wiki/Iloq_(tarixiy_viloyat)



Download 88,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish