Choch va Eloq



Download 88,5 Kb.
bet1/4
Sana21.05.2022
Hajmi88,5 Kb.
#606425
  1   2   3   4
Bog'liq
Choch va Eloq


Choch va Eloq
Qadimgi Turonning ikkinchi yirik suv manbai hisoblangan Sirdaryoning o‘rta havzasida shakllangan Choch – qadimda O‘rta Osiyoning shimoli-sharqiy hududlaridagi yirik mulklardan biri bo‘lgan. Chirchiq va Ohangaron vohasidagi unumdor yerlarni o‘z ichiga olgan Toshkent vohasi uning markazi edi. Bu voha uch tomondan, shimoli-g‘arb, sharq va janub tomondan G‘arbiy Tyanshan, Chotqol va Qurama tog‘lari bilan o‘ralgan. Chochning tog‘lari turli qimmatbaho ma’danlarga boy bo‘lishi bilan birga chorvachilikning rivoji uchun ham qulay edi.Geografik jihatdan Choch Markaziy Osiyo xalqlarining savdo-iqtisodiy va madaniy-etnik chorrahasidagi qulay joyda joylashgan bo‘lib, bu hudud ziroatkor ellatlar va ko‘chmanchi qabilalar yashaydigan dashtlari yaqinidagi faol aloqalar zonasi edi. Ikkinchi tomondan, Chotqol, Qurama va Qoramozor tog‘laridan qazib olinadigan ma’danlarning, avvalo, qimmatbaho toshlarning ko‘pligi ham vohaga xos xususiyat edi. Chunonchi, oltin, kumush va feruza Chochning Sharq va Yevropa mamlakatlariga chiqazadigan asosiy xom ashyosi hisoblangan.Choch-Iloq vohasining qadimgi tarixiga nazar tashlaydigan bo‘lsak, bu yerda dastlabki ziroatkorlar taxminan bundan uch ming yil ilgari paydo bo‘ladi. Mil. avv. IX-VII asrlarda hozirgi Tuyabo‘g‘iz suv ombori o‘rnida ilk dehqonlarning manzilgohlari mavjud edi. Ularning moddiy madaniyati Burgulik (Burkanlik) soy bo‘yidan ilk marotaba aniqlanib, shu nom ostidagi madaniyat sifatida fanga kiritilgan.Ilk yozma manbalar Sirdaryo-Yaksart havzasini dehqonchilik aholisi va ko‘chmanchilar o‘rtasidagi chegara sifatida izohlaydi. Strabonning ma’lumot berishicha, Yaksart sug‘diylar va ko‘chmanchilarni ajratib turadi. Dionisiy Periget esa Sug‘diyona ortida Yaksart oqimi bo‘ylab saklar joylashganligi haqida yozadi.Mil. avv. I mingyillik Toshkent vohasidagi ko‘chmanchi aholi haqida ma’lumotlarga ega bo‘lsak-da, Ohangaron va Chirchiq vohalarida Burgulik madaniyati misolida o‘troqlashgan chorvadorlar maskanlari kuzatiladi. Bu madaniyatga oid turarjoylar yerto‘la va yarim yerto‘lalardan iborat bo‘lsa, moddiy madaniyat buyumlari qo‘lda ishlangan sopol idishlar, bronza mehnat qurollari, jangovar qurollar va taqinchoqlardan iborat. Ularning moddiy madaniyati g‘arbda Sirdaryoning chap qirg‘og‘i, sharqda Yettisuv, Oltoy va Sibirgacha bo‘lgan hududlardagi madaniyat bilan o‘xshashlik topadi.Burgulik madaniyatining so‘nggi bosqichida Toshkent vohasining janubi-g‘arbidagi yarim yerto‘lalar o‘rnida mustahkam qal’a va qal’a devorlariga ega bo‘lgan shahar qad ko‘taradi. Ushbu ko‘hna shaharning devorlari va minoralari kvadrat shaklidagi g‘ishtlar va paxsalardan bunyod etiladi. Ko‘hna shaharning rejaviy tuzilishi, mudofaa inshootlari uslublari va bu qatlamdan topilgan sopol buyumlar qadimgi dehqonchilik madaniyatining G‘arb antik me’morchilik an’analarini eslatadi. Bundan xulosa chiqargan Yu.F. Buryakov, ushbu ko‘hna shaharni manbalarda eslatilgan va mil. avv. IV-III asrlar qal’asi Yaksart orti Antioxiyasi bilan bog‘laydi.Yuqorida eslatganimizdek, antik davr mualliflari Yaksart-Sirdaryoni sug‘diylar va saklar o‘rtasidagi chegara sifatida tasvirlab, o‘troq sug‘diylardan farq qilgan holda, saklarning ko‘chmanchi turmush tarzida hayot kechirganligini ta’kidlaydilar.

Filanovich M.I. Toshkent: shaharning kelib chiqishi va rivojlanishi va shahar madaniyati. Toshkent, 1983 yil. 55-56-57.

Arxeologik ma’lumotlar natijalariga ko‘ra, ko‘chmanchi saklar o‘troqlashib, Burgulik madaniyatiga asos soladilar. Ammo, mil. avv. III asrga kelib, bu madaniyat qishloqlari bo‘shab qoladi. Chunki aynan mana shu davrda Yevroosiyo dashtlaridagi xalqlarning katta ko‘chishlari (migratsiya) bo‘lib o‘tadi va bu migratsiya jarayonlari O‘rta Osiyo hududlariga yangi qabilalarning kirib kelishiga sabab bo‘ladi.Yozma manbalar ma’lumotlariga ko‘ra, Sirdaryo-Yaksartning yuqori oqimi bo‘ylab Toshkent vohasiga qadimgi dunyoning kuchli uyushmalaridan biri bo‘lgan dahlar konfederatsiyasiga kiruvchi qabilalar guruhi kirib keladi. Bu konfederatsiyaga kiruvchi ayrim qabilalar Sirdaryoning quyi oqimlarida, Qadimgi Xorazm sivilizatsiyasi ta’sirida bo‘lmagani bois, mil. avv. IV-II asrlardayoq ular shahar madaniyatidan xabardor edilar. Tadqiqotchilarning fikricha, Toshkent vohasiga kirib kelgan ko‘chmanchilar to‘lqini Burgulik madaniyati qishloqlariga chek qo‘yadi. Shu bilan birgalikda, bu hududlarda ko‘p sonli aholining o‘z madaniyati dehqon-chorvachilik ko‘rinishidagi an’analari asosidagi o‘troqlashuv jarayonlari bo‘lib o‘tadi.Bu vohaga ilk shaharsozlikni Sirdaryo-Yaksartning quyi oqimlaridan chiqqan, o‘zlari bilan xom g‘isht va paxsa qurilishi an’analariga ega aholi olib keldi. Nisbatan qadimgi shaharlardan biri Sirdaryo-Yaksartdan 80 km uzoqlikda, uning o‘ng qirg‘og‘ida bunyod etilgan Qanqa shahridir. Ayrim tadqiqotchilar bu ko‘hna shaharni Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumanida deb hisoblaydilar. Hozirgi Toshkent shahri hududlarida ham mil. avv. II asrga kelib, shahar – manzilgohiga asos solinadi. Toshkent hududidagi halqa devorlar bilan o‘rab olingan Shoshtepa aynan mil. avv. II asrga oiddir.Xitoy manbalaridan “Katta Xan sulolasi tarixi” ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkent vohasi Yuni yoki Yuynichen nomi ostida tilga olinadi. Yosha (Yaksart) daryosi bo‘yidagi bu mulk yarim ko‘chmanchi Qang‘ ittifoqining beshta kichik mulki tarkibida bo‘lgan. Qang‘ tarkibida Yuni ko‘plab mustahkamlangan qishloqlari va shaharlari bo‘lgan urbanizatsiyalashgan mulklardan biri hisoblangan.Toshkent vohasining Qang‘ tarkibida bo‘lishi ichki iqtisodiy aloqalarning rivojlanishiga turtki bo‘lgan bo‘lsa, uning karvon savdo yo‘llari tutashgan joyda joylashganligi urbanizatsiya jarayonlarining rivoji uchun katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Bu yo‘l Xitoy va Sharqiy Turkistondan O‘rta Osiyo vohalari orqali Yaqin Sharq, Kavkaz, Janubiy va Sharqiy Yevropaga olib borgan. Ilk bosqichlarda asosiy trassalar O‘rta Osiyoning janubiy hududlarida shakllangan bo‘lsa-da, ayni vaqtda, o‘sha ilk shakllangan davrdan boshlaboq, savdo yo‘lining tarmoqlaridan biri Sirdaryo orqali o‘tgan. Bu yo‘llar madaniyatlar almashinuvi va iqtisodiy aloqalarda katta ahamiyatga ega bo‘lib, bu holatni Toshkent vohasidagi urbanizatsiya jarayonlarida ham kuzatishimiz mumkin.

Oʻrta Osiyo haqida qadimgi mualliflar (miloddan avvalgi VI asr - milodiy VI asr). Toshkent, 1940. 33-34-35-36.


YoshaYaksart vohasidagi Qanqa o‘rnida deb biladilar. Fikrimizcha, ikkinchi taxmin to‘g‘ri bo‘lishi mumkin. Chunki yozma manbalar ham bu davrga oid shu hududlardagi yagona shahar markazi haqida ma’lumotlar beradi. Aynan mil. avv. I asrdan boshlab, bu ko‘hna shahar kengayib boradi va Qovunchi madaniyati davriga kelib, maydoni 150 gektarga yetadi. Qanqa Baqtriya va Sug‘dning shaharlari kabi chunonchi, quyi va o‘rta Sirdaryo havzasidagi eng yirik shaharlardan biri edi.Ayrim tadqiqotchilar Qanhani Qang‘ hukmdorlarining qishki qarorgohi bo‘lgan deb hisoblaydilar. Xan sulolasi Xitoy solnomalari ma’lumot berishicha, “Qang‘ hukmdori Qanqaga tez-tez tashrif buyurishdan mamnun bo‘lgan”.Sosoniylar davri manbalarida Toshkent vohasi Choch (Chochiston) nomi bilan tilga olinadi. Bu voha ko‘p qirrali iqtisodiyot va urbanizatsiya jarayonlarining rivoji uchun qulay hudud hisoblangan. Shu bilan birga muhim savdo-iqtisodiy aloqalar va etnik ko‘chishlar chorrahasida joylashgan. Mintaqa tog‘lari turli foydali qazilmalar va ma’danlarga, avvalo, oltin va kumush hamda foydali minerallarga nihoyatda boy edi.Arxeolog M.I. Filanovich yozma va moddiy ma’lumotlarni qiyosiy o‘rganishi asosida mil. avv. I asr oxirlarida Toshkent o‘rnida shahar mavjud bo‘lganligi haqida xulosa chiqaradi. Uning fikricha, bu davrda shahar Mingo‘rik hududlaridan chiqib, ancha kengayadi. Poytaxt ko‘chishining asosiy sabablaridan biri – Buyuk ipak yo‘li asosiy tarmoqlaridan biri yo‘nalishining shimol tomonga o‘zgarishi hisoblanadi. Xitoy manbalarida hozirgi Toshkent o‘rnidagi shahar Shi nomi bilan tilga olinadi. Manbalardan ma’lumki, bu mulk kelib chiqishi mahalliy qabilalardan bo‘lgan zodagonlar tomonidan boshqarilgan.Shi dastavval Qang‘ tarkibiga kirgan bo‘lib, III-VI asrning boshlarida bu davlat kichik mulklarga bo‘linib ketgach, Shi-Choch uncha katta bo‘lmagan mustaqil davlatga aylanadi. Ammo, oradan ko‘p o‘tmasdan O‘rta Osiyo hududlarida ulkan davlatga asos solgan eftalitlar tomonidan bosib olinadi.Choch vohasining qadimgi ajralmas qismi va mulki Ohangaron vodiysidagi Iloq edi. Mustaqil siyosiy uyushma sifatida Iloq ilk o‘rta asrlar, ya’ni VII asrga oid manbalarda eslatiladi. 630 yilda Choch orqali o‘tgan Xitoy missioner-buddaviysi SyuanTSzyanning ma’lumot berishicha, Iloqda “o‘z harbiy guruhlariga ega bo‘lgan zodagonlar vakillari ko‘p, ular o‘zaro urushlar olib boradilar va asosan Turk xoqoniga bo‘ysunadilar”. Aftidan, aynan mana shu davrdan boshlab, Iloqdagi “hukmron dehqon”larning salohiyati iqtisodiy hayotda, birinchi galda, oltin va kumush konlariga safarbar etiladi. Ilk o‘rta asrlar Ohangaron vodiysida tog‘-kon ishlarining jadal rivojlanishi shaharsozlik madaniyatiga ham ta’sir etdi. Hududdagi mahalliy memorchilik ananalari sogdiy memoriy yechimlar bilan bog’laydi. Chovh so’g’diy va turkiy madaniyatlarning o’ziga xos sinkeretik mintaqasiga aylamadi

Yodgorlik.uz


Arxiv.uz
Xitoy manbalaridan “Katta Xan sulolasi tarixi” ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkent vohasi Yuni yoki Yuynichen nomi ostida tilga olinadi. Yosha (Yaksart) daryosi bo‘yidagi bu mulk yarim ko‘chmanchi Qang‘ ittifoqining beshta kichik mulki tarkibida bo‘lgan. Qang‘ tarkibida Yuni ko‘plab mustahkamlangan qishloqlari va shaharlari bo‘lgan urbanizatsiyalashgan mulklardan biri hisoblangan.Toshkent vohasining Qang‘ tarkibida bo‘lishi ichki iqtisodiy aloqalarning rivojlanishiga turtki bo‘lgan bo‘lsa, uning karvon savdo yo‘llari tutashgan joyda joylashganligi urbanizatsiya jarayonlarining rivoji uchun katta ahamiyatga ega bo‘ldi. Bu yo‘l Xitoy va Sharqiy Turkistondan O‘rta Osiyo vohalari orqali Yaqin Sharq, Kavkaz, Janubiy va Sharqiy Yevropaga olib borgan. Ilk bosqichlarda asosiy trassalar O‘rta Osiyoning janubiy hududlarida shakllangan bo‘lsa-da, ayni vaqtda, o‘sha ilk shakllangan davrdan boshlaboq, savdo yo‘lining tarmoqlaridan biri Sirdaryo orqali o‘tgan. Bu yo‘llar madaniyatlar almashinuvi va iqtisodiy aloqalarda katta ahamiyatga ega bo‘lib, bu holatni Toshkent vohasidagi urbanizatsiya jarayonlarida ham kuzatishimiz mumkin.Urbanizatsiyaning ilk bosqichlarida Yuni mulkining nisbatan yirik ilk shaharlari Qanqa, Shohruhiya kabilar bunyod etiladi. Yuni mulkining poytaxti Yuynichen shahrini ayrim tadqiqotchilar hozirgi Toshkent o‘rnida joylashtirsalar, ayrimlari YoshaYaksart vohasidagi Qanqa o‘rnida deb biladilar. Fikrimizcha, ikkinchi taxmin to‘g‘ri bo‘lishi mumkin. Chunki yozma manbalar ham bu davrga oid shu hududlardagi yagona shahar markazi haqida ma’lumotlar beradi. Aynan mil. avv. I asrdan boshlab, bu ko‘hna shahar kengayib boradi va Qovunchi madaniyati davriga kelib, maydoni 150 gektarga yetadi. Qanqa Baqtriya va Sug‘dning shaharlari kabi chunonchi, quyi va o‘rta Sirdaryo havzasidagi eng yirik shaharlardan biri edi.Ayrim tadqiqotchilar Qanhani Qang‘ hukmdorlarining qishki qarorgohi bo‘lgan deb hisoblaydilar. Xan sulolasi Xitoy solnomalari ma’lumot berishicha, “Qang‘ hukmdori Qanqaga tez-tez tashrif buyurishdan mamnun bo‘lgan”.Sosoniylar davri manbalarida Toshkent vohasi Choch (Chochiston) nomi bilan tilga olinadi. Bu voha ko‘p qirrali iqtisodiyot va urbanizatsiya jarayonlarining rivoji uchun qulay hudud hisoblangan. Shu bilan birga muhim savdo-iqtisodiy aloqalar va etnik ko‘chishlar chorrahasida joylashgan. Mintaqa tog‘lari turli foydali qazilmalar va ma’danlarga, avvalo, oltin va kumush hamda foydali minerallarga nihoyatda boy edi. Arxeolog M.I. Filanovich yozma va moddiy ma’lumotlarni qiyosiy o‘rganishi asosida mil. avv. I asr oxirlarida Toshkent o‘rnida shahar mavjud bo‘lganligi haqida xulosa chiqaradi. Uning fikricha bu davrda shahar Mingo‘rik hududlaridan chiqib, ancha kengayadi. Poytaxt ko‘chishining asosiy sabablaridan biri – Buyuk ipak yo‘li asosiy tarmoqlaridan biri yo‘nalishining shimol tomonga o‘zgarishi hisoblanadi. Xitoy manbalarida hozirgi Toshkent o‘rnidagi shahar Shi nomi bilan tilga olinadi. Manbalardan ma’lumki, bu mulk kelib chiqishi mahalliy qabilalardan bo‘lgan zodagonlar tomonidan boshqarilgan.

O’zbekiston milliy ensiklopediyasi.Davlat nashriyoti,2009.


Shi dastavval Qang‘ tarkibiga kirgan bo‘lib, III-VI asrning boshlarida bu davlat kichik mulklarga bo‘linib ketgach, Shi-Choch uncha katta bo‘lmagan mustaqil davlatga aylanadi. Ammo, oradan ko‘p o‘tmasdan O‘rta Osiyo hududlarida ulkan davlatga asos solgan eftalitlar tomonidan bosib olinadi.Choch vohasining qadimgi ajralmas qismi va mulki Ohangaron vodiysidagi Iloq edi. Mustaqil siyosiy uyushma sifatida Iloq ilk o‘rta asrlar, ya’ni VII asrga oid manbalarda eslatiladi. 630 yilda Choch orqali o‘tgan Xitoy missioner-buddaviysi SyuanTSzyanning ma’lumot berishicha, Iloqda “o‘z harbiy guruhlariga ega bo‘lgan zodagonlar vakillari ko‘p, ular o‘zaro urushlar olib boradilar va asosan Turk xoqoniga bo‘ysunadilar”. Aftidan, aynan mana shu davrdan boshlab, Iloqdagi “hukmron dehqon”larning salohiyati iqtisodiy hayotda, birinchi galda, oltin va kumush konlariga safarbar etiladi. Ilk o‘rta asrlar Ohangaron vodiysida tog‘-kon ishlarining jadal rivojlanishi shaharsozlik madaniyatiga ham ta’sir etdi.Ta’kidlash lozimki, ma’danlar qazib olishning keng ko‘lamda bo‘lishi Arab xalifaligi uchun ham muhim edi. Chunki arablar Movarounnahrni fath qilgach, VIII asrdayoq mulklardan markaziy hokimiyat foydasiga maxsus soliqlar joriy etilgan. Qizig‘i shundaki, ushbu mulklar orasida Choch-Iloq va uning kumush konlari alohida soliq to‘lovchi mulk sifatida ajratilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, Choch mulki 180 ming dirham soliq to‘lagan bo‘lsa, uning konlari uch marta ortiqcha, 607 ming dirhamgacha soliq to‘lagan.Asosiy konlar Ohangaron daryosi havzasida joylashgan bo‘lib, ulardagi qazilmalar Iloq tog‘-kon hunarmandchiligining asosini tashkil etgan.IX-X asrlarga oid arab geograflarining asarlarida Iloqning Chochdan mustaqil siyosiy viloyat bo‘lganligi nisbatan aniqroq kuzatiladi. Ammo, har ikkala viloyat ushbu manbalarda birgalikda, yagona tarixiy-madaniy va siyosiy uyushma sifatida eslatiladi. Bular orasida X asrning birinchi yarmida yashab o‘tgan yirik arab geograflaridan biri Istaxriyning ma’lumotlari ayniqsa, diqqatga sazovordir. Uning ta’kidlashicha, Movarounnahrda Choch va Iloq viloyatlari mavjud bo‘lib, har ikkala viloyatning hududi 2-3 kunlik yo‘l va “butun Movarounnahrda aholi soniga ko‘ra bu viloyatlarga teng keladigan viloyat yo‘q”. Istaxriy asarining arab tilidagi matnida berilishicha, “bu viloyatlarda qishloqlar, o‘zlashtirilgan yerlar va jome’ masjidlari (arablarda machitlar shaharlarning asosiy belgilari hisoblangan – M.M.) juda ko‘p va ular tekislikda joylashmagan, yaylovlari va chorvalari ham juda ko‘p. Chochda (arabchada – Shosh) Eloq darvozalari, devorlari rabotlari va qal’alari bo‘lgan shaharlar ko‘p, kanallar shaharlar ichidan oqib o‘tadi”.Istaxriy o‘z asarida har ikkala viloyatning umumiy chegaralarini berib, barcha shaharlarni sanab o‘tadi va Turkistonda Shoshdan katta viloyat yo‘qligini ta’kidlaydi. Uning yozishicha, “Shosh va Iloq qo‘shilgan bo‘lib, ular o‘rtasida hech qanday bo‘linish yo‘q. Qurilishlar, bog‘lar, bo‘stonlar Iloqdan to Choch vohasigacha (fors matnida) uzluksiz cho‘zilib boradi. Iloqda oltin va kumush konlari joylashgan”.Oradan yarim asr o‘tgach, bu mintaqani yaxshi bilgan yana bir arab geografi Abulqosim ibn Havqal Istaxriy ma’lumotlarini deyarli to‘liq takrorlaydi.

Istaxri. Kitob masalik al-mamalik. Bishkek, 2002. S. 24, 33-35.



Download 88,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish