Chizma geometriya va muhandislik grafika



Download 4,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/8
Sana26.04.2023
Hajmi4,36 Mb.
#931905
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
19 Amaliy mashg’ulot Detalning ishchi chizmasi Ishchi chizmaga qo’yiladigan

Mikrometrik glubinomer
(chuqurlik o‘lchagich). Mikrometrik glubinomer (10-
shakl)bilan detallarning ichki qismlaridagi chuqurliklari, teshiklari va boshqa 
elementlarining o‘lchamlari olinadi.Bu asbobning tuzilishi va ishlash prinsipi hamda 
olingan o‘lchamlarni hisoblashi mikrometrdan hech qanday farq qilmaydi.


24 
10-shakl 
Mikrometrik glubinomer poperechina 5, baraban 3, tana 4, baraban kallagi 2, 
o‘lchash sterjeni 6 va shaqildoqdan tuzilgan. 
Mikrometrik glubinomer bilan detalning o‘lchamini olish uchun uning 
poperechinasining o‘lchash tekisligi detalga taqalib turishi kerak.Mikrometrik 
glubinomer sanoatda 0 dan 100 mm gacha ishlab chiqariladi. 
Universal burchak o‘lchagich.
Universal burchak o‘lchagich detallarning tashqi va 
ichki burchaklarini o‘lchash va tekshirish, shuningdek, rejalash uchun ishlatiladi. 
Universal burchak o‘lchagichlar noniusli va noniussiz qilibtayyorlanadi. 11-shaklda UN 
tipidagi noniusli universal burchak o‘lchagich ko‘rsatilgan. Bu universal burchak 
o‘lchagichda graduslarga bo‘lingan yoy 1 da nonius 2, biriktiruvchi 4 orqali plastinka 5 
ga mahkamlangan. Bu plastinka tutqich 7 orqali uchburchaklik 9 ga biriktirilgan. 
Uchburchaklikka esa chizg‘ich 6 tutqich 8 orqali mahkamlangan. 


25 
11-shakl 
Burchak o‘lchagichning o‘lchashzvenolarini turli vaziyatlarga qo‘yish yo‘li bilan 
0° dan 320° gacha bo‘lgan burchaklarni o‘lchash mumkin. 
Burchaklarni 
o‘lchashda o‘lchamlar yoyidagi shkaladan va noniusdan 
foydalaniladi. Graduslar shkaladan, minutlar esa noniusdan hisoblab olinadi.Noniusning 
hisoblash qiymati 2 minutga teng. Yo‘l qo‘yiladigan xatoliklar standart bo‘yicha 5 
minutdan oshmasligi kerak.
Rezba mikrometri.
Detallarning rezbali qismlarini o‘lchash uchun rezba 
mikrometrlari ishlatiladi.(12-shakl). Bu mikrometrlarning ishlashi va hisoblash 
prinsiplari oddiy mikrometrlardan hech qanday farq qilmaydi. Rezba mikrometrining 
farqi shuki,oddiy mikrometrningshpindeliga vatovoniga almashtiriladigan vstavkalar 
(12-shakl, a va b). Bu mikrometrlar bilan metrik va dyumli rezbalarning o‘rta 
diametrlarini o‘lchash mumkin. 


26 
12-shakl. 
DETALLARNI ODDIY ASBOBLAR BILAN O‘LCHASH 
Oddiy o‘lchash asboblari bilan detallarni o‘lchashdagi ayrim usullarini quyida 
ko‘rib chiqamiz. Oddiy o‘lchash asboblariga masshtabli chizg‘ich, kronsirkul, 
nutromer,shtangensirkullar va shunga o‘xshash asboblar kiradi.
CHiziqli o‘lchamlarni o‘lchash. Detallarning to‘g‘ri chiziqli o‘lchamlari masshtabli 
chizg‘ich va uchburchakliklarlar yordamida o‘lchanadi.13-shaklda detalning balandligi 
va chuqurligini o‘lchash usuli ko‘rsatilgan. Detalning balandligini masshtabli 
chizg‘ichda o‘lchash uchun uni plitaga,o‘quv sharoitida esa tekis stol ustiga qo‘yiladi.
Detallarning chiziqli o‘lchamlarinimasshtabli chizg‘ich bilan bevosita o‘lchash 
mumkin bo‘lmagan hollarda uchburchakliklardan foydalaniladi.(14-shakl). Detallarning 
chiziqli o‘lchamlarini masshtabli chizg‘ichdan tashqari, shtangensirkul bilan ham 
o‘lchash mumkin. 
Devorning qalinligini o‘lchash
. Detal devorining qalinliklari masshtabli chizg‘ich, 
kronsirkul va shtangensirkullar bilan o‘lchanadi.


27 
13-shakl. 
Detal devorining qalinligini bevosita o‘lchash mumkin bo‘lmagan hollarda 
masshtabli chizg‘ich va kronsirkuldan foydalaniladi.(14-shakl). Buning uchun 
kronsirkul oyoqchalaridan biri detalning ichiga kirgiziladi va devor ichki yuzasining 
biror nuqtasiga qo‘yilib, ikkinchi oyoqchasi esa devorning tashqi yuziga tik qo‘yilgan 
masshtabli chizg‘ichning biror bo‘linmasiga qo‘yiladi. Kronsirkulning oyoqchalari 
oralig‘idagi masofa shunday bo‘lishi kerakki, uning oyoqchalarini kengaytirmasdan 
detaldan olish mumkin bo‘lsin. 
Devorning qalinligi kronsirkul oyoqchalari oralig‘idagi masofadan masshtabli 
chizg‘ichda belgilangan miqdorni ayirish bilan aniqlanadi, ya’ni
X=a-b, bu devorning qalinligi, mm hisobida; 
a-kronsirkul oyoqchalari orasidag masofa, mm hisobida; 
b-masshtabli chizg‘ichda belgilangan miqdor, mm hisobida. 

Download 4,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish