Chizma geometriya va muhandislik grafika



Download 4,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/8
Sana26.04.2023
Hajmi4,36 Mb.
#931905
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
19 Amaliy mashg’ulot Detalning ishchi chizmasi Ishchi chizmaga qo’yiladigan

bo‘linma qiymat 
deyiladi. Ko‘pincha,universal o‘lchash asboblarining shkalasidagi bir bo‘linmaning 
qiymati, odatda, 1mm ga teng bo‘ladi. 
O‘lchash 
asbobining 
aniqligi, 
uning 
qanchalik 
to‘g‘ri 
ko‘rsatish 
darajasinibildiradi. 
Asbobning aniqligi detalni o‘lchash vaqtida yuz berish ehtimoli bo‘lgan eng katta 
xatoni ko‘rsatuvchi son bilan ta’riflanadi. Masalan, shtangensirkullar sanoatda 0,02; 
0,05 va 0,1mm gacha aniqlik bilan o‘lchaydigan qilib ishlabchiqariladi. 


16 
Detalni o‘lchash natijasida olingan o‘lcham bilan uning haqiqiy o‘lchami 
orasidagi ayirma 
o‘lchash xatoligi
deyiladi.
O‘lchash asbobining shkalasida detalni o‘lchash natijasida aniqlangan son 
o‘lchash aniqligi deb ataladi. Bu esa o‘lchovchining asbob shkalasidan, ayniqsa, 
bo‘linma qiymatining o‘nlik va yuzlik hissalarini to‘g‘ri aniqlay bilishiga bog‘liq.
O‘lchash vositalarining turiga qarab , o‘lchash usuli asosan ikki xil bo‘ladi. 
1.
Absolyut o‘lchash usuli
. Bu usulda o‘lchangan miqdorning qiymati 
bevosita o‘lchash asbobining shkalasidan aniqlanadi. Bunga detalni masshtabli 
chizg‘ich,shtangensirkul, mikrometr va burchak o‘lchagich bilan o‘lchash misol bo‘ladi. 
2.
Nisbiy o‘lchash usuli
. Bu usulda miqdor algebraik hisoblash yo‘li bilan 
oldindan belgilangan o‘lchamdan qanchalik chetga chiqqanligi aniqlanadi. Har xil 
indikatorlar, optimetrlar,juda sezgir va aniq asboblar nisbiy o‘lchash asboblariga kiradi. 
O‘LCHASH ASBOBLARI 
Masshtabli chizg‘ich
.Detallarni to‘g‘ri chiziqli o‘lchamlarini, ikki teshik orasidagi 
masofa va boshqa uzunliklarni o‘lchash uchun ishlatiladi. (1-shakl) Masshtabli 
chizg‘ich chiziqlar bilan millimetrlarga bo‘lingan bo‘ladi. Masshtabli chizg‘ich bilan 
0,5 mm gacha aniqlik bilan o‘lchash mumkin. Sanoatda bu chizg‘ichning uzunligi 150, 
300, 500 va 1000mm qilib ishlab chiqariladi. Masshtabli chizg‘ichlar po‘latdan 
tayyorlanadi. SHuning uchun po‘lat chizg‘ich deb ham ataladi. 
1-shakl 
Kronsirkul va nutromerlar. 
Bu o‘lchash asboblari detallarning to‘g‘ri chiziqli 
o‘lchamlari , tashqi va ichki diametri va boshqa o‘lchamlarini olish uchun ishlatiladi. 
Kronsirkul (2-shakl, a va b) bilan detallarning tashqi o‘lchamlari , nutromer 
(2shakl,b) bilan esa ichki o‘lchamlari o‘lchanadi. Kronsirkul va nutromer bitta o‘qqa 
biriktirilgan ikkita oyoqchadan iborat bo‘lib, po‘latdan yasaladi. Detal yasalgandan 


17 
keyin uning o‘lchamini hisoblash uchun kronsirkul yoki nutromerning bir oyog‘i 
masshtab chizg‘ichinig chetiga tiralib qo‘yiladi (2-shakl, g). Kronsirkul va nutromer 
bilan 0,5 mm gacha aniqlikda o‘chash mumkin.
Ruletka
. Ruletka to‘g‘ri chiziqli katta o‘lchamlarni va aylana uzunligini o‘lchash 
uchun ishlatiladi. Ruletkalar uzunligi 1, 2, 5, 10, 15, 20 metrli qilib ishlab 
chiqariladi.Uzunligi 10 metrgacha bo‘lgan ruletkalarning tasmasi millimetrlarga, 
uzunligi 10 metrdan 25 metrgacha bo‘lgan ruletkalar esa santimetrlarga bo‘lingan 
bo‘ladi. Sanoatda ruletkalarning har xil konstruksiyalari ishlab chiqariladi. 3-shaklda 
uzunligi 1 metr bo‘lgan ruletka ko‘rsatilgan.Ruletkalar bilan 0,5 mm gacha aniqlik bilan 
o‘lchash mumkin. 
2-shakl 
SHtangensirkul.
SHtangensirkul detallarning tashqi va ichki to‘g‘ri chiziqli 
o‘lchamlarini, diametrlarini va chuqurliklarini o‘lchash uchun ishlatiladi. Sanoatda 
shtangensirkullar 0,1; 0,05 va 0,02 mm gacha aniqlikda ishlab chiqariladi. 4-shaklda 
0,1 mm gacha aniqlik bilan o‘lchash mumkin bo‘lgan shtangensirkul ko‘rsatilgan. Bu 
shtangensirkulda bo‘linmalarga bo‘lingan shtanga 3 ramka 1ning ichiga joylashtirilgan. 
Ramka shtangada erkin yurishi mumkin va xohlagan vaziyatda mahkamlovchi vint 2 
bilan mahkamlab qo‘yiladi. SHtanganing orqa tomonidan ariqcha bilan ichiga 
detallarning chuqurligini o‘lchaydigan chuqurlik o‘lchash chizg‘ich4 (5) joylashtirilgan. 
SHtanga bilan ramkaning chap tomonida ikkitadan yuqorigi va pastki jag‘lar qilingan: 
yuqorigi jag‘lar detalning ichki o‘lchamlari, pastki jag‘lar bilan tashqi o‘lchamlarini 
o‘lchashga mo‘ljallangan.


18 
3-shakl 
SHtangensirkul bilan olingan o‘lchamning butun sonlari shtanga bo‘linmalariga 
qarab hisoblanadi. O‘lchamdagi millimetr hissalarini hisoblash uchun nonius 4 xizmat 
qiladi.Nonius ramkada joylashgan bo‘lib, teng qismlarga bo‘lingan shkaladan 
iborat.SHtangensirkullarda o‘lchash aniqligi asosan noniusga bog‘liq va shkala o‘lchov 
birligining noniusi bo‘linishsoniga nisbatan 1:n bilan aniqlanadi. SHtanga shkalasining 
o‘lchov birligi shtangensirkullarning hamma konstruksiyalarida 1 mm ga 
teng,noniusdagi bo‘linmalar qiymati esa turlicha bo‘ladi. Masalan, 4-shakldagi 
shtangensirkulning noniusida 10bo‘linma bor. Demak, o‘lchash aniqligi 1 : 10, ya’ni 0,1 
mm bo‘ladi.
4-shakl 
Noniusning (5-shakl) uzunligi 19 mm ga teng bo‘lib, 10 ta teng qismga bo‘lingan. 
Demak, noniusning har bir bo‘limi 1,90 mm ga teng, ya’ni shtanganing ikki millimetrli 
bo‘linmasidan 0,1mm ga kichik. SHtangensirkul jag‘lari bir-biriga zich tegibturganda 
noniusning nol bo‘linmasi bilan shtanganing 0 bo‘linmasi, noniusning oxirgi bo‘linmasi 
bilan shtanganing 19-bo‘linmasi bir-biriga to‘g‘ri keladi(5-shakl) va noniusning qolgan 
bo‘linmalari bu vaqtda hech bir bo‘linmasiga to‘g‘ri kelmaydi. 


19 
5-shakl 
SHtangatsirkulda o‘lchamlar quyidagicha aniqlanadi. YUqorida aytilganidek
detaldan olingan o‘lchamdagi butun sonlar shtanga shkalasidan qarab hisoblanadi. Agar 
noniusning nol bo‘linmasi bilan shkalaning biror bo‘linmasi to‘g‘ri kelsa, u holda 
shtanganing to‘g‘ri kelgan bo‘linmasi detalning o‘lchamibo‘ladi.Agar noniusning 
nolbo‘linmasi shtanganing bo‘linmasiga to‘g‘ri kelmasa, shtangadan noniusning nol 
bo‘linmasigacha bo‘lgan butun son olinadiva noniusbilan shtanganing qaysi 
bo‘linmalari bir-biriga to‘g‘ri kelgani topiladi (6-shakl). Noniusning to‘g‘ri kelgan 
bo‘linmasi millimetrning o‘ndan bir qiymatini ko‘rsatadi. 
Masalan,noniusning 4 soni shtanganing biror bo‘linmasiga to‘g‘ri kelsa- “o‘ndan 
4 mm” deb o‘qiladi. 


20 
6-shakl 

Download 4,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish