21
7-shakl
Millimetrning yuzdan bir hissalarini hisoblash uchun noniusdan foydalaniladi.
Nonius barabanning konus qismi bo‘lib, teng 50 bo‘lakka bo‘lingan. Bo‘lish
intervalibarabanning konus qisminig diametriga bog‘liq. Mikrometrning barabani bir
vaqtda
ikki xil harakat, ya’ni o‘z o‘qi bo‘yicha aylanma va ilgarilanma harakat qiladi.
Baraban bir marta to‘la aylanganda o‘q bo‘ylab 0,5 mm ga suriladi.
Demak, baraban noniusning bir bo‘linmasiga burilganda0,5 mm ning 1:5 qismiga
yoki 0,01 mm ga suriladi. Bu miqdor mikrometrning o‘lchash aniqligini bildiradi.
Detalning o‘lchamlarinio‘lchash oldidan mikrometrni tekshirib ko‘rish
zarur.Buning uchun shpindel tovonga taqaladi. Bunda noniusning nolinchi shtrixi bilan
tana shkalasining nolinchi shtrixi bir-biriga to‘g‘ri kelishi kerak. Agar to‘g‘ri kelmasa, u
hol mikrometrning aniq emasligini ko‘rsatadi. Detallarni bunday mikrometrlar bilan
o‘lchashda olingan o‘lchamga ma’lum tuzatish kiritiladi.
Mikrometrlar quyidagicha ishlatiladi. Mikrometr bilan detalning biror o‘lchamini
o‘lchash uchun detal tovon bilan shpindelorasiga qo‘yilib,
shpindel detalga
yaqinlashguncha baraban bilanburiladi. So‘ngra baraban bilan detalni ortiqcha qisib
yubormaslik uchun shaqildoqdan foydalanamiz. Buning uchun shaqildoqning qalpog‘ini
aylantirib, detal tovon bilan shpindel orasiga qisiladi.Detal keragicha qisilgandan keyin
shaqildoq shpindelni aylantirishdan to‘xtaydi va qalpoq o‘zi
aylanib qarsillagan ovoz
chiqaradi.
Mikrometr shpindelini shu vaziyatda saqlab qolish uchun mahkamlovchi halqa
ishlatiladi.
22
Mikrometrning ko‘rsatishlari quyidagicha hisoblanadi.
Butun va yarim
millimetrlar mikrometrlar tanasidagi bo‘linmalarga qarab hisoblanadi.Millimetrning
yuzdan bir hissalarini hisoblash uchun tanadagi chiziqqa noniusning qaysi bir
bo‘linmasi to‘g‘ri kelganligi aniqlanadi.
O‘lchash natijalarinihisoblab chiqarish misolini ko‘rib chiqamiz. Noniusli
baraban mikrometr tanasidagi 15 mm dan bir oz o‘tgan va noniusning 37-bo‘linmasi
(8-shakl) tanadagi chiziq to‘g‘risida turibdi, deb faraz qilaylik. Demak, o‘lcham 15,37
mm bo‘ladi.
8-shakl
Mikrometrlar sanoatda 0-25mm dan 500-600 mm gacha o‘lchash chegarasi bilan
ishlab chiqariladi.Mikrometrlarda sandart bo‘yicha o‘lchash chegarasiga qarab 0,004
mm gacha xatolikka yo‘l qo‘yiladi.
Mikrometrik nutrometr.
Mikrometrik nutromer detallarning ichki o‘lchamlari va
teshiklarning diametrlarining o‘lchash va tekshirish uchun ishlatiladi.
Mikrometrik nutromer (9-shakl) o‘lchaydigan uchlik1, gilza2, tana 3, baraban 5,
mahkamlaydigan vint 4, mikrometrik vint 7 va mahkamlaydigan gayka 6 lardan iborat.
Tananing tashqi o‘qi bo‘ylab chiziq chizilgan bo‘lib, unga tik bo‘lgan yuqori va pastki
tomonida shtrixlar bor. Bu shtrixlar yordami bilan bir va yarim millimetrlar aniqlanadi.
O‘lchamning yuzdan bir hissalari barabandagi noniusdan hisoblab olinadi. Mikrometrik
nutromer noniusi mikrometr noniusining tuzilish prinsipiga asoslangan.
23
9-shakl
Mikrometrik nutromerlar sanoatda standartga asosan 50-75 mm dan 4000-10000
mm gacha o‘lchash imkoniyati beradigan qilib ishlabchiqariladi.
O‘lchash uchun asosiy kallak uzunligi etarli bo‘lmasa,
bunday hollarda
uzaytirgichlar ishlatiladi. Bu uzaytirgichlar nabor bilan ishlab chiqariladi va
mikrometrik nutromerning o‘lchash chegarasini kengaytiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: