III-BOB. TAJRIBA-SINOV ISHLARINI TASHKIL QILISH VA NATIJALAR TAHLILI
3.1 Tajriba sinov ishlarini tashkil qilish va natijalar tahlili.
Pedagogik tajribada majmuaviy usullar bo‘lib, ular vositasida metodik hodisalar kuzatildi, suhbat, anketa savollari o‘tkazildi, o‘quv holatlariga ko‘ra o‘qish-o‘rganish ishlari boshqarildi. Shu bilan birga, pedagogik tajribada ilmiy tadqiqotning maqsadi, vazifalari amalga oshirildi, ishchi farazning yaroqliligi sinab ko‘riladi, metodik hodisaning mohiyatini tahlil qilishga oid materiallar to‘plandi, ta’limning samaradorligini oshirishga oid o‘zgaruvchan miqdorlar qayd etildi. Pedagogik tajribaning yuqorida keltirilgan xususiyatlariga asoslanib, ushbu yakunlovchi bobda Umumta’lim maktablarida chizmachilik darslarida Landshaft dizayni orqali o‘quvchilarni ijodiy qobiliyatini shakllantirish hamda landshaft dizaynidagi xatoliklar ustida ishlashni o‘rgatish qanchalik ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatib berdi.
Tajriba inson faoliyatining barcha sohalarida eng ko‘p qo‘llanadigan qomusiy tushunchalardan biridir. Ammo bu tushunchaning pedagogik, shuningdek, metodik mohiyatini tahlil qilish dolzarb masalalardan hisoblanadi. Ayniqsa, grafikaviy fanlarni o‘qitishda samaradorlik tushunchasining mazmuni, hajmi va uning pedagogik jihatlarini asoslash jamiyat taraqqiyotida yetakchi hisoblangan fan va texnika rivojlanishining asosiy omillaridan biri bo‘ladi.
Chizmachilik fanini o‘qitishda ta’limning samaradorligi ko‘p omilli didaktik hodisa bo‘lib, uning quyidagicha nuqtai nazarlari mavjud:
Ta’limga ko‘p xarajat sarf qilish hamda ko‘p vaqtni ajratish yo‘li bilan samaradorlikni oshirish. Bu samaradorlikning fiziologik omilidir. Har qanday mavzu, o‘quv predmetini o‘zlashtirishga ortiqcha kuch, energiya sarflash boshqa o‘quv predmetlarini o‘zlashtirish uchun kuch, energiya tanqisligini keltirib chiqaradi. Binobarin, bir o‘quv predmetiga ortiqcha kuch, energiya sarflash, o‘quvchidagi mavjud imkoniyatlarni optimal ishlatish talablariga zid bo‘lib, oxir oqibatda ayrim o‘quv predmetlarini o‘qitishda me’yorning buzilishiga olib keladi;
Ta’limning o‘rni, shart-sharoitlarini o‘zgartirish gigiyenik omil bo‘lib, u maktab, sinfning jihozlanishi, ortiqcha sarf-xarajatlar bilan bog‘langan;
Ta’limning foydaliligini, uning kelajak uchun ahamiyatini anglash ijtimoiy-psixologik omil sanaladi. O‘qish-o‘rganishning ahamiyatini anglagan, aniq kasbni egallash zarurligini tushungan o‘quvchi ta’limda ham yuqori ko‘rsatkichlarga erishadi. Bulardan ayon bo‘ladiki, ta’limning samaradorligi ko‘p omilli pedagogik hodisa bo‘lib, uni kompleks tahlil qilish yo‘li bilan istalgan natijaga erishish mumkin. Biz ta’lim davriyligi prinsipiga rioya qilib, grafika ta’limining samaradorligini oshirish omillarini belgilaymiz.
Ta’limning samaradorligi ta’lim jarayoniga nisbatan tahlil qilinadi. Agar samaradorlik ta’lim jarayonida qaralsa, ta’limning sifati o‘quvchilarning o‘rganish va bilish faoliyati jihatidan o‘rganiladi. Samaradorlik va sifat o‘zaro bog‘liq hodisalardir. Ularning oldingisi (samaradorlik) keyingisi (sifat)ning oqibati chizmalarda amal qiladi. Binobarin, ta’lim jarayoni samarali tashkil etilganda o‘quvchilarning bilimi, malakasi, ijodiy faoliyat tajribasi sifat jihatidan rivojlanadi. Sifat samaradorlikning oqibati bo‘lgani tufayli o‘quvchida tarkib topadi.
Adabiyotlarda o‘zlashtirishning mukammalligi, bilimlarni tatbiq qila olish, tezkorlik, tanqidiy yondashuv, biluv faolligi, topshiriq, muammolarni bajarish sur’ati kabilar to‘liq o‘zlashtirish sifatlari chizmaida qaraladi.
O‘zlashtirilgan mavzuga oid matnni qisqartirib (asosiy bog‘lanishlarni umumlashtirib) yoki kengaytirib (matn mazmuniga o‘z munosabatlarini bildirib) so‘zlay olish to‘liq o‘zlashtirishning etakchi belgilaridan biri sanaladi.
Tajriba-sinov ishlarini amaliy mashg‘ulotlarda uni oldiga qo‘yilgan umumta’lim maqsadlardan quyidagilarni ajratish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |