Chirchiq davlat pedagogika universiteti “tasviriy san’at va dizayn” kafedrasi


II.BOB. LANDSHAFT DIZAYNINING O‘QUVCHILAR TASAVVURINI OSHIRISHIDAGI O‘RNI (“HUMO QUSHI” HAYKALI)



Download 7,14 Mb.
bet8/16
Sana28.06.2023
Hajmi7,14 Mb.
#953454
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16
Bog'liq
Xasanov Javlon BMI

II.BOB. LANDSHAFT DIZAYNINING O‘QUVCHILAR TASAVVURINI OSHIRISHIDAGI O‘RNI (“HUMO QUSHI” HAYKALI)
2.1. Landshaft dizayni orqali o‘quvchilarni ijodiy qobiliyatini shakllantirish
Semurgʻ — sharq xalqlari ogʻzaki poetik ijodidagi afsonaviy qush obrazi; osmonda uchish, uzoq manzilni yaqin qilish haqidagi asriy orzu — umidlarning ramziy ifodasi. Dastlab, Eron mifologiyasida paydo boʻlgan. “Avesto” — da “senemurg” shaklida ishlatilgan. Semurgʻ oʻzbek xalq ertak va afsonalarida ijobiy qahramonning doʻsti, himoyachisi, hamrohi, uni “etti zulmat ichi”dan olib chiquvchi fantastik qush sifatida gavdalanadi. Turkiy xalqlarda Semurgʻning Humo, Anqo, Davlat qushi, Baxt qushi, Marqumomo, Kuntubulgʻon, Bulbuligoʻyo va boshqa variantlari bor. Semurgʻ obrazi “Qahramon”, “Oynai jahonnamo”, “Rustam”, “Kenja botir” kabi ertaklarda keng tasvirlangan. Bu obraz yozma adabiyotda ham uchraydi (mas, Navoiyning “Lison ut-tayr” asari va boshqalar). Semurgʻ haqidagi afsonalar asosida Hamid Olimjon “Parizod va Bunyod” asarini yozgan. Ularda afsonaviy obraz shartli vosita sifatida mualliflarga qadimgi oʻtmishdagi real voqelik haqida fikr yuritish imkonini beradi. Oʻzbekfilm kinostudiyasi “Semurgʻ” filmini yaratgan (1974). Semurgʻning Humo varianti Oʻzbekiston Davlat gerbiga asos qilib olingan, shuningdek, Toshkentdagi “Turkiston” saroyi oldida uning ramziy monumenti oʻrnatilgan.
Qushlarning hukmdori bo‘lgan Semurg‘ qushi, bilim daraxtining shoxlarida yashar va hamma narsani bilar ekan. Qushlar Semurg‘ga ishonishar va kun kelib ularni qutqaradi deb bilishar ekan. Har safar Qushlar dunyosida hamma narsa tizginidan chiqib, ahvol yomonlashgan payt ular Semurg‘ni kutishar ekan. Nimadir bo‘libdiyu Semurg‘ g‘oyib bo‘libdi, qushlar esa havotirga tushib qolishibdi. Umidsizlikka tushib o‘tirishgan bir payt, uzoq o‘lkadna uchub kelgan qush, Semurg‘ning patini keltiribdi. Semurg‘ning bor ekanligini tushunga qushlar to‘planib, uning huzuriga borib undan yordam so‘rashga qaror qilishibdi. Lekin Semurg‘ning makoni bulutlardan ham yuqorida joylashgan Kaft tog‘ida joylashgan ekan. U yerga yetib borish uchun 7 ta tubsiz vodiydan o‘tish kerak ekan. Qushlar birgalashib samoga ko‘tarilishibdi. Ko‘plari charchashibdi, yiqilib jarlikka qulaganlar bor ekan ichlarida. Bu ahvolni ko‘rib ba’zi qushlar orqaga qaytishni ma’qul ko‘ribdi. Ulardan eng birinchisi bulbul ekan, gulga bo‘lgan ishqi uni ortga chorlabdi. To‘tiqush ikkinchi bo‘libdi, chiroyli husni jamolini bahona qilib, shuning uchun uni hamma qafasda saqlar ekan. Burgut esa yuksaklardagi podshoxligidan voz kecha olmabdi. Boyqush bo‘lsa o‘zining vayronalarini sog‘inibdi, Baliqchi qush botqog‘ini. 7 tubsiz vodiy uzra uchib borisharkan, sonlari bir bir kamayib boraveribdi. Va nihoyat 5 vodiydan o‘tib bo‘lishganda 6’chi vodiy “hayronlik” va oxirgi vodiy “yo‘q bo‘lish”da aksar qushlar so‘nggi umidlarini ham yo‘qotishibdi. Kaft tog‘larining etagiga yetib borishganda faqatgina 30 ta qush qolibdi. Semurg‘ning inini topishganda, “Semurg‘” bu “30 qush” degani ekan. Ularning har biri Semurg‘ ekan. Semurg‘ga yetishish yo‘lida “hayronlik” va “yo‘q bo‘lish” vodiylaridan ham uchib o‘tib, qaytadan tug‘ilish uchun o‘z kulimizda yonmaguncha, Semurg‘ga aylanishni niyat qilmaguncha, botqoqlikda, qafasda yoki vayronada yashashdan qutula olmaymiz
Fariduddin Attor dostonining 17-maqolasida o‘qiymiz: “Qaqnus – Hindistonda uchraydigan bir qush. Uzun tumshug‘i bor. Unda naydagidek teshiklar ko‘p. Har teshikdan alohida sado chiqadi. Ming yilcha yashaydi. Qachon o‘lishi unga oldindan ayon bo‘ladi. Umri poyoniga yetayotganini sezgach, bir joyga xas-xashak, cho‘p-o‘tin yig‘adi. Keyin o‘zi yiqqan shu xirmon ustiga chiqib, jonidan ayrilayotgani qasdiga shunday dard-fig‘on chekadiki, buni eshitgan barcha parranda-yu darranda atrofiga yig‘iladi. Bu noladan ta’sirlanib, ko‘plari bu dunyodan voz kechib yuboradi, bir qanchasi shu yerdayoq jon taslim qiladi, ayrimlari behush bo‘lib yiqiladi. So‘ng qaqnus qanotlarini silkitishga tushadi. Shunda birdan o‘t chiqib ketadi. Bu olov xirmonga tutashib, katta gulxanga aylanadi. Bu otashda qaqnusning o‘zi ham yonib ketadi. Xirmon cho‘g‘, cho‘g‘ esa kul bo‘lib qoladi. Kul soviganidan keyin esa kutilmaganda uning ichidan bir jo‘ja chiqib keladi. Qaqnusning jufti yo‘q edi, nasli yo‘q edi, tanho yashab o‘tgan edi. Kuyib, kulbo‘lganidan keyin o‘rniga qaqnusbacha paydo bo‘ldi.
Hudud ushbu hikoyatni so‘zlar ekan, nasihatga o‘tadi: “Ajaldan hech kim qochib qutula olmaydi. Bundan qutulishga hech bir hiyla-yu tadbir kor qilmaydi. Bu dunyoda hech kim o‘limdan mosuvo emas. Shuning uchun hayotda non izlash kerak. Biroq non izlash zahmati juda og‘ir” (Shayx Fariduddin Attor. Mantiq ut-tayr (Qush tili). Forsiydan Jamol Kamol tarjimasi.
Ushbu hikoyat orqali muallif kamida uch g‘oyani ifodalaydi. Birinchisi: o‘lim – haq, undan hech kim qochib qutula olmaydi, shuning uchun undan qo‘rqmaslik kerak. Ikkinchisi: o‘limdan keyin qayta tirilish bor (bu g‘oya kuldan qaqnusbacha chiqishi orqali ifodalangan). Uchinchisi: tiriklikda non izlash kerak. Bu yerda non ramziy ma’noga ega. Ya’ni: tiriklik chog‘i o‘limga tayyorgarlik ko‘rish, oxirat uchun zaxira yig‘ish lozim. Qaqnus ham umrini bekor o‘tkazmadi – xas-xashak, cho‘p-o‘tin yig‘di. Xirmon kuydi. Unda o‘zi ham yondi. Kul paydo bo‘ldi. Kuldan yangi qaqnus chiqdi. Hayot to‘xtab qolmadi.
Dostonda qaqnus qissasi – bir savolga javobni hayotiy misol bilan isbotlash uchun keltirilgan besh hikoyatning biri, xolos. Qolgan to‘rt hikoyatda o‘lim bilan bog‘liq mushohada davom ettiriladi. “Bir bolaning otasi tobuti oldiga tushib yig‘lagani” hikoyatida dunyoga kelgan har inson tirikligida o‘z boshiga o‘zi tuproq sochishi, chunki bu dunyodan kishi, baribir, bo‘m-bo‘sh qo‘l bilan ketajagi; “Naychidan ahvol so‘rashgani” hikoyatida bir umr nay puflab o‘tgani bilan u ham yerostiga kirishi, bu dunyoni hamma – ko‘kka o‘q otgan mergan ham, jahonni qo‘lida tutgan shoh ham tark etishi, go‘r avvalgi manzil ekani; “Isoning ariqdan suv ichgani” hikoyatida Iso alayhissalomning bir ariqdan totli suv ichgani, keyin shu ariqdan bir kishi ko‘zasini suvga to‘ldirib, payg‘ambar alayhissalomga tutgani, ichib ko‘rsa, ko‘zadagi suv taxir ekani, hayron qolib turganida ko‘za tilga kirib: “Men bir paytlar odam edim, keyin o‘lim topdim, shuning achchig‘i hamon ketgani yo‘q, mendan ko‘za yasashdi, suvi taxir bo‘ldi” degani, shunga ko‘ra Hudhud qushga “Sen o‘zingni yo‘qotibsan, joning chiqmasidan burun o‘zingni izla, top, o‘lganingdan keyin uni topa olmaysan”, deb nasihat qilgani; “Buqrot hakimning aytganlari” hikoyatida esa mashhur hakim o‘lim to‘shagida yotganida undan shogirdi qayerda dafn etishlarini so‘ragani, alloma “Men uzun umrimda o‘zimni topmadim. O‘tganimdan keyin sen uni topa olarmiding? Shuning uchun meni qayerda dafn etishingning hech ahamiyati yo‘q” degani haqida so‘z yuritilib, xulosa qilinadi: “Bu hayotning o‘zi – ranj, o‘lim – yana bir ranj. Shu ikki ranj orasida sen o‘zingga ganj izla. Ganj esa – simurg‘, boshqa hamma narsa – ranj. Shunday ekan, umrni zoye ketkazmay, simurg‘ni izlash kerak”.
Navoiy bolaligidayoq “Mantiq ut-tayr”ni to‘liq yodlab olgan edi. Shuning uchun Attor dostonidagi qaqnus timsoli ta’sirini “Lison ut-tayr” dangina qidirish bir tomonlamalik bo‘lur edi. Binobarin, “Farhod va Shirin” da ham qaqnus timsoliga duch kelamiz: dostonning xamsanavis ustozlar vasfidagi 6-bobida shoir Dehlaviyni dastlab “to‘ti” deb ta’riflaydi. So‘ng ruju’ san’ati asosida (bu san’at shartiga binoan, oldin bir fikr aytilib, keyin inkor etiladi va pirovardida undan ham kuchliroq fikr keltiriladi) o‘z ta’rifidan ikki marta “tonib”, avvaliga uni bulbulga qiyoslaydi, sal o‘tmay bu fikridan ham qaytadi: “Dema bulbul, de oni qaqnusi zor, / Topib lahnidin oning qaqnus ozor. Navoiy salafini madh etib deydiki, “agar qaqnus yuz nola chekib, jonini kuydirsa, Dehlaviy ming nola o‘qi bilan dillarni tikadi, ammo sen ularni o‘q emas, har birini chaqmoqdek chaqnagan oh deb bilki, ular bir sakraganda (ya’ni chaqnaganda) Yer ostidagi baliqdan to osmondagi Oygacha yetadi, bu chaqmoqdan chiqqan o‘t faqat o‘zining emas, hatto olamning xirmonini ham kuydirib yuboradi!”
“Sab’ai sayyor” dostonining 14-bobida esa Dilorom chalgan musiqa ta’sirida xud-bexudona turfa-turfa ovozlar chiqarayotgan shoh Bahrom qaqnusga o‘xshatiladi. Shoir yozadiki, qaqnus – behad xushovoz qush va uning tumshug‘idagi 360 teshikdan 360 xil ovoz va ohang chiqadi; aslida musiqa ohanglari qaqnus ovozidan olingan... Oshiq shoh ham qaqnusning yo‘lini tutib, o‘z ohanglari bilan olamga o‘t solgudek bo‘lar edi. Navoiy Dilorom va Bahromni dastlab jo‘rovoz kuylayotgan tovus va qaqnusga, so‘ng yana ruju’ vositasida bulbul va qaqnusga o‘xshatadi.
Navoiyning har ikki dostonidagi qaqnusga oid tasvirlarda “Mantiq ut-tayr” ta’siri seziladi.
Endi “Lison ut-tayr”ga qaytsak. Dostonda Attorga javob qismi tugab, lirik qahramonning o‘z dardi bayoniga o‘tishi uchun badiiy halqa vazifasini o‘tagan 174-bob bor. Hikoya qilinishicha, Hindistonda qaqnus degan bir ajoyib qush bo‘lar emish. U boshqa qushlarga o‘xshamas, qushning har pati bir boshqa rangda tovlanar ekan. Tumshug‘ida juda ko‘p teshiklar bo‘lib, ularning har biridan bo‘lak bir navo yangrar, agar u kuylagudek bo‘lsa, eshitganlar hushdan ketar ekan. Qaqnusning jufti ham, farzandi ham bo‘lmas, bu dunyodan yakka-yu yolg‘iz yashab o‘tar ekan. U daraxt tepasida sayrab o‘tirganida Fisog‘urs (Fisog‘urs – miloddan avvalgi 571–497-yillarda yashagan mashhur yunon allomasi Pifagorning sharqona nomi) o‘tib ketayotib, tasodifan bu afsonaviy qushni eshitib qolibdi va qaqnus navosidagi xilma-xil ohang-u sadolardan musiqa fanini yaratgan ekan. Demak, “Farhangi zaboni tojikiy” dagi “qaqnus” so‘zining yunoncha ekaniga oid qayd ham bekorga emas ekan. Rus manbalarida “feniks” yoxud “foynik” deb ataladigan bu qush haqida G‘arb adabiyotida bir-biriga o‘xshagan-o‘xshamagan ko‘p-ko‘p rivoyat mavjud
G‘arbona talqinlarni qo‘ya turaylikda, yuzni sharqona – navoiyona talqinlar sari buraylik...
Qaqnus haqida chala bilimga ega bo‘lish ko‘p xatolarga yo‘l ochadi. Bir maqolada Navro‘z qaqnusga o‘xshatiladi: “Navro‘z... Afsonaviy qaqnus qushga o‘xshatging keladi uni.
Boya hikoya qilganimizdek, qaqnus umri adosida necha yil zahmat chekib ho‘l-u quruq yiqqan xirmoni ustida shu qadar hazin ohanglar ila nola tortib kuylar ekanki, uni eshitgan jamiki qushlar-u hayvonlar uning atrofiga to‘planib kelar, ba’zilari hatto kuy ta’sirida jon ham taslim qilarmish.
Navoiy Shayx Fariduddin Attorni avvalgi qaqnusga o‘xshatadi: u ham qaqnus kabi navo chekdi, uning mungli navosidan qancha darranda-yu parranda o‘sha xirmon-u uning egasi kabi kul bo‘ldi. Endi navbat kuldan chiqqan qaqnusbachaga keldi. Bu qaqnusbacha – Foniy, ya’ni Navoiyning o‘zi! U ham kuldan o‘tda kuymas jonzot – samandardek chiqib, avvalgi qushdek umr bo‘yi bisot jamladi, hayoti poyonida tumshug‘idan yuz xil navo chiqarib, Yaratganning yashirin sirlaridan kuyladi, bu kuyidan o‘ziga ham, xirmoniga ham, hatto boshqalarga ham o‘t qo‘ydi.
Foniyning umr poyonida kuylagan, xirmoni, o‘zi va boshqalarga o‘t qo‘ygan navosi – “Lison ut-tayr” edi! Shoir o‘zini Fariduddin Attorning o‘g‘li deya ta’riflaydi. Ammo darhol o‘z ta’rifidan go‘yo “himoyalanadi” ham. Chunki, axir, Attordek avliyoga o‘zni teng qo‘yish qandoq bo‘ladi? Attorni shohi oliysifat, o‘zini esa qul hisoblash ma’qulroq emasmikan: “Men demonkim, ul – atodur, men – o‘g‘ul, Ul – shahi oliysifot, men – banda, qul”. Bu – kamtarona bir ta’rif. Zero, shoir bundan keyingi baytlarda ustozni yana bevosita “otam” deb ataydi. “Chunki, deydi u, hech kim barcha olamga o‘t solgan Attordan menchalik so‘z topmadi, men qush tilidan shu’lalar chiqarib, ham o‘zim kul bo‘lishni bilib oldim va ham el kul bo‘lishni (mendan) o‘rgandi”.
Kimning boshiga qoʻnsa yoki soyasi tushsa, u kishi eng baxtli boʻladi, davlat va saltanatga erishadi, deb eʼtiqod qilingan afsonaviy qush; baxt qushi, davlat qushi.
Humo — ezgulik, yaxshilik, bunyodkorlik, poklik, halollik, adolat, mehru oqibat, rahm-shafqat, umid va orzularning abadiyatga daxldor timsolidir. U yuksak parvozini boshladi. Buni esa butun dunyo ko‘rmoqda, kuzatmoqda. Jo‘shqin voqelikning mazmun-mohiyati aynan ana shunda.


Download 7,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish