Chirchiq davlat pedagogika universiteti matematika va informatika fakulteti matematika va informatika



Download 295,68 Kb.
bet1/14
Sana27.05.2023
Hajmi295,68 Kb.
#944531
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Axatova Flora Kurs ishi




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA`LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
CHIRCHIQ DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI
MATEMATIKA VA INFORMATIKA FAKULTETI
MATEMATIKA VA INFORMATIKA yo’nalishi
2-kurs 21/6 - guruh Talabasi
Axatova Flora Raxmiddin qizining
Dasturlash tillari fanidan
Pythonda satrlar va shart operatorlari” Mavzusidagi
KURS ISHI
Bajardi : Axatova F.
Tekshirdi : Abduraimov J.

Toshkent-2023

MUNDARIJA


KIRISH 3
ASOSIY QISM 6
Python dasturlash tili va uning imkoniyatkari 6
Pythonda satrlari haqida ma’lumotlar 8
Satrlar ustida aniqlangan amallar haqida 10
Satrlar bilan ishlash 11
Satr ostilarini olish 12
Ord va len funksiyalar 13
Satrdan izlash 13
Satrlarni ajratish 14
Satrlar bilash ishlashning asosiy metodlari 14
Satrdan qidirish 17
Satrlarni almashtirish 17
Satr ostilariga ajratish 18
Satrlarni birlashtirish 19
Formatlash 19
O’rin almashtirish 20
format() metodisiz formatlash 22
if - operatori 23
XULOSA 26
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 27
ILOVA 28


KIRISH


Bugungi kunda oliy oʻquv yurtlari oldida ilm-fan va maʼnaviyat, nazariya hamda amaliyotni, taʼlim va tarbiyani uygʻunlashtirish masalasi koʻndalang turibdi. Murakkab globallashuv davrida milliy urf-odatlar, anʼana hamda qadriyatlarni saqlab qolish, millat va xalq oldidagi masʼuliyat hamda milliy manfaatlarni himoya qilish har qachongidan ham dolzarb boʻlib bormoqda. Universitetimiz ahil jamoasi, salohiyatli professor-oʻqituvchilari shu ezgu maqsadga erishish, taʼlimda sifat masalasini koʻtarish, kredit tizimini joriy etish jarayonini takomillashtirish yoʻnalishida bilim, tajriba va imkoniyatlarini safarbar qilmoqda.
Global pandemiya sharoitida dunyo mamlakatlari, jumladan, Oʻzbekiston ham ustuvor tarmoqlar shart-sharoitining oʻzgarishi, ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarning raqamlashuvi, barcha sohaga sunʼiy intellektning joriy etilishi bilan bogʻliq murakkab davrni boshidan kechirmoqda.
Prezidenti-mizning ikki muhim tashabbusi — “elektron hukumat” va milliy dasturchilar haqidagi oʻz vaqtida amalga oshirilgan hayotbaxsh gʻoyalarining samarali natijalari haqida alohida toʻxtalib oʻtmoqchimiz.
Davlatimiz rahbarining 2017-yil 7-fevraldagi “Oʻzbekiston Respublikasini yana-da rivojlantirish boʻyicha Harakatlar strategiyasi toʻgʻrisida”gi Farmonining davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirishga yoʻnaltirilgan birinchi yoʻnalishida demokratik islohotlarni chuqurlashtirish hamda mamlakatimizni modernizatsiya qilishda “Elektron hukumat” tizimini takomil-lashtirish, davlat xizmatlari sifati va samarasini oshirish vazifasi ham koʻrsatib oʻtilgan.
Maʼlumki, 2017-yildan boshlab, “Elektron hukumat” tizimi jamiyat hamda davlat hayotida yana-da dolzarblik kasb eta boshladi. Bu tizimni yoʻlga qoʻyishdan asosiy maqsad: aholi va tijoratga hukumat tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlarni optimallashtirish; saylovchilarning davlatni boshqarish hamda rahbarlik jarayonidagi ishtiroki darajasini oshirish; fuqarolarning oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish imkoniyatlarini kengaytirish; fuqarolarning texnologik taʼminlanganligini koʻtarish; davlat boshqaruvida sarf-xarajatlarni kamaytirish, siyosiy tizimning samaradorligini oshirish va raqobatbardoshlikni taʼminlashdan iborat.
Ushbu masalalarning yechilishi esa davlat hokimiyati hamda boshqaruvi organlari samaradorligini yuksaltirib, ularga bogʻliq sarf-xarajatlarni kamaytiribgina qolmasdan, jamiyat bilan hukumat oʻrtasidagi oʻzaro munosabatlarni tubdan yaxshilaydi. Bu, oʻz navbatida, jamiyatning modernizatsiyalashuvi va davlatning xalq oldidagi masʼuliyatini yuqori pogʻonaga koʻtarish demakdir.
Uzoqni koʻzlagan holda, 2020-yil 28-aprelda “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Prezident qarori qabul qilindi. “Elektron hukumat” doirasida 1,3 trillion soʻmlik 104 ta loyiha, iqtisodiyotning real sektorida 5,3 trillion soʻmlik 87 ta loyiha, telekommunikatsiyalar borasida 15,1 trillion soʻmlik 35 ta, agrar sohada 24 ta, IT parklar boʻyicha 18 ta loyiha amalga oshirilishi belgilangan.
Yurtboshimizning yana bir tashabbusiga binoan, mamlakatimizda “Bir million dasturchi” loyihasi amalga oshirilmoqda. Bugungi kunda uning doirasida mashgʻulotlar uzbekcoders.uz oʻquv portali orqali olib borilmoqda. Unda eng mashhur toʻrtta talabgor mutaxassislik boʻyicha bepul videokurslar oʻzbek tilida subtitrlar bilan taqdim etilgan, jumladan, maʼlumotlarni tahlil qilish, “android” ilovalarni, veb-ilovalarni va dasturiy taʼminotlarni ishlab chiqish koʻzda tutilgan.
“Bir million dasturchi” loyihasi ZiyoNET taʼlim portali, Uzmobile mobil aloqa operatori hamda Uzonline internet-provayderlarining bepul xizmatlariga kiritildi. Raqamli texnologiyalar oʻquv markazlarida ushbu loyiha doirasida dasturlash koʻnikmalariga oʻqitish joriy etilmoqda.
Vazirlar Mahkamasi Rayosati majlisining 2020-yil 8-maydagi 53-son bayoniga muvofiq, uzbekcoders.uz portali orqali oliy oʻquv yurtlari talabalari hamda umumtaʼlim maktablari yuqori sinf oʻquvchilarini axborot texnologiyalari sohasida oʻqitishni tashkil etishning asosiy koʻrsatkichlari tasdiqlandi.
Oliy oʻquv yurtlari talabalarini axborot texnologiyalari sohasida uzbekcoders.uz portali orqali 2020/2021 oʻquv yilida 44 ta oliy taʼlim muassasasining 54 mingdan ortiq talabalari oʻqitilishi rejalashtirilgan. Yangi oʻquv yilidan boshlab oliy va oʻrta maxsus taʼlim muassasalarida tegishli yoʻnalishlarning mutaxassislik fanlari hamda umumtaʼlim maktablarining informatika fani dasturlariga “Bir million dasturchi” loyihasi doirasidagi dasturlash yoʻnalishlari mavzularini kiritish boʻyicha ishlar olib borilmoqda.
Ochigʻi, tan olish kerak, bugungi kunda raqamli iqtisodiyot, “elektron hukumat” xizmatlariga talab kundan-kunga oshib bormoqda. Lekin hozir 780 tur davlat xizmatidan bor-yoʻgʻi 185 tasidan elektron portal orqali foydalanish imkoniyati mavjud. Aksariyat tashkilotlarda ish jarayonini raqamlashtirish faqat hujjat almashinuvini elektronlashtirish bilan cheklanib qolmoqda. Shu bois “Elektron oʻqitish dasturi” orqali oʻqib, diplom olgan dasturchilarni davlat va xoʻjalik muassasalariga IT mutaxassis sifatida ishga olish rejalashtirilgan. Ular tashkilotlarning barcha ish faoliyatini anʼanaviy elektron formatdan raqamli koʻrinishga oʻtkazishga masʼul boʻladi.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan barcha hududda raqamli texnologiyalar boʻyicha kamida 100 ta oʻquv markazi ochish rejalashtirilmoqda. Bu dargohlarda dasturlash asoslari, elektron savdo hamda grafikli dizayn kabi yoʻnalishlar boʻyicha qisqa muddatli oʻquv kurslari ham tashkil etiladi.

ASOSIY QISM


Download 295,68 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish