Mazkur bobda python dasturlash tili tarkibida satrli ma’lumotlar va ularni qayta ishlash algoritmlari yoritilgan. Satrlar bo‘yicha nazariy ma’lumotlar va amaliy dasturiy ta’minotlar keltirib o‘tilgan. Satr turi bu dasturlash texnologiyasining asosiy turlaridan hisoblanadi, bunda barcha ma’lumotlar string turi asosida qayta ishlanish mumkin. Dasturlash aoslarida satr turi bilan ishlash bu fanning asosiy maqsadi hisoblanadi. Tashkilot va muassasalarning axborotlarini qayta ishlash vaqtida uning tarkibida asosan satr turlari bilan ishlashga to‘g‘ri keladi. Bu bobda satrlar ustida satrning uzunligi, satrni nusxalash, satrni kerakli joyga o‘rnatish kabi bir qator vazifalar keng qarab o‘tilgan.Boshqa ko'plab mashhur dasturlash tillari singari, Python-dagi satrlar unicode belgilarni ifodalovchi bayt massivlaridir. Biroq, Pythonda belgilar ma'lumotlar turi mavjud emas, bitta belgi oddiygina uzunligi 1 bo'lgan qatordir. Kvadrat qavslar qator elementlariga kirish uchun ishlatilishi mumkin. Satrlarning uzunligini aniqlash, satrlarni nusxalash, satrlarni kerakli joyga o‘rnatish kabi amallarni bajarish uchun Python dasturlash tilida satrlarni belgilar massivi sifatida ishlatish imkoniyati mavjud. Pythonda satrlar bittalik va ikkitalik qo`shtirno`lar orqali beriladi. Satrlardan foydalanish va ular ustida amallar bajarish uchun albatta oldin ularni shakllantirish kerak. Satr turiga mansub bo‘lmagan o‘zgaruvchilarni str() funksiyasi orqali satr turiga aylantiriladi. Satrlar, belgilar massivi bo‘lganligi sababli uning elementlariga indeks bo‘yicha murojaat qilinadi. Satrlarni shakllantirish uchun quyidagi dasturlarga etibor bering. Dasturlash texnologiyalarida shunday holatlar bo‘ladiki, bunda sonli ma’lumotlar va satrli ma’lumotlarni bir biriga almashtirish kerak bo‘ladi. Bunday almashtirishlarni int(), float() va str() funksiyalari amalga oshiradi. int(), float() va str() funksiyalarni ishlash jarayoni quyidagi dasturda keltirilgan. Satrli ma’lumotlar bo‘yicha python dasturlash tilida bir qancha amallar aniqlangan. Bu amallarni ishlash jarayoni va ulardan foydalanishni qarab o‘tamiz. s1+s2S1 va s2 satrlarni bir biriga ulaydi s1*s2S1 satr ma’lumotlarini ikki marta bir biriga ulaydi s1[n:m] s1[n:m:x] s1 in s2 max(s1) S1 satr elementlarini n-dan boshlab m- gacha ajratib oladi S1 satr elementlarini n-dan boshlab m- gacha x tasini ajratib oladi S2 satr tarkibida s1 satr borligini aniqlaydi S1 satr tarkibida eng katta kodga ega elementni aniqlaydi min(s1)S1 satr tarkibida eng kichik kodga ega elementni aniqlaydi len(s1)S1 satr elementlar uzunligi ya’ni sonini aniqlaydi. Python dasturlash tilida satr turi va ulardan foydalanish usullari va tamoyillarini qarab o‘tamiz. Satr turi bu belgilardan tashkil topgan ma’lumotlar majmuasi hisoblanadi. Satrlarning uzunligini aniqlash, satrlarni nusxalash, satrlarni kerakli joyga o‘rnatish kabi amallarni bajarish uchun Python dasturlash tilida keng imkoniyatlar mavjud. Python dasturlash tilida satrlar ham boshqa turlar kabi oldin dastur tarkibida e’lon qilinishi ta’lab etilmaydi. Python dasturlash tilida ixtiyoriy tur ma’lumotlaridan foydalanish va ular ustida amallar bajarish mimkin, dasturlash muhitida boshqa turlar kabi satrli turlar ham mavjud. Python dasturlash tilida satrlarni belgilar massivi sifatida ishlatish imkoniyati mavjud. Ta’rif: Alohida nom bilan saqlanuvchi bir nechta belgilardan tashkil topgan belgilar majmuasi satr deyiladi. 134 Satrlarni belgilar massivi sifatida qarab ular ustida amallar bajarish mumkin. Python dasturlash tilida satrlar nol(‘\0’) terminatori bilan tugaydi. Nol terminatori bilan tugaydigan satrlar ASCIIZ –satrlari deyiladi. Satrlardan foydalanish va ular ustida amallar bajarish uchun albatta oldin ularni shakllantirish kerak. Satr turiga mansub bo‘lmagan o‘zgaruvchilarni str() funksiyasi orqali satr turiga aylantiriladi.