1. Onglilik tamoyili. Chiroyli yozuvga o’rgatishda, o’quvchilarning husnixat malakalarini takomillashtirib borishda bu tamoyilga qat’iy rioya qilish muhimdir. Bu tamoyilga ko’ra o’quvchi harf shaklini qanday va qay tartibda yozishni bilishi, harfning qiyaligi, bo’yi va enini to’g’ri mo’ljallay olish lozim. harflarni harflarga ulashda qol uzmaslikka erishish nazarda tutiladi. Ruchka ushlashda ruchka uchi bilan barmoq oraligldagi masofa 1,5-2 sm bo’lishi e’tiborda tutiladi. Shuningdek, partada o’tirish qoidalariga (ko’z va daftar oralig’ining 30 sm, daftarning parta ustida ma’lum qiyalikda bo’lishiga, partada engashmasdan, boshni to’g’ri tutib, tirsaklarni partaga engil qo’yish, oyoqlarni parta ostiga to’g’ri qo’yish, ko’krak bilan parta oralig’i masofasining bir kaft sig’adigan masofada bo’lishi) amal qilishga ongli ravishda erishiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |