Chirchiq davlat pedagogika instituti


To‘rtlamchi (Antropogen) geologik davri



Download 29,42 Mb.
bet133/138
Sana30.12.2021
Hajmi29,42 Mb.
#94235
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   138
Bog'liq
geologiya-maruza-matni

To‘rtlamchi (Antropogen) geologik davri.

To‘rtlamchi davri kaynazoy erasining oxirgi, hozirgi zamonaviy davridir. Bu davri 1829 yilda belgiya geologi J.Denaye tomonidan tiklangan. Avvalgi paleogen va neogen davrilari mustaqil davrlar deb tasdiqlanmaganicha ular uchlamchi davr deb atalar edi. Shu davridan so‘ngi davrni to‘rtlamchi davr deb atashsh odat tusiga kirib qolgan edi. Endi esa, uchlamchi davr deb atalmaydigan bo‘lgandan so‘ng, to‘rtlamchi davri atamasi noqulayliklarni keltirib chiqarmoqda, shuning uchun «Antropogen» davrideb atashni 1922 yilda A.P.Pavlov taklif etdi. Bu davrnig ham o‘ziga yarasha boshqa davrlardan ajratib turuvchi voqea va hodisalari bor. Ular quyidagilardan iborat:



  1. boshqa geologik davrlarining odatdagidan tashqari qisqa muddat davrida (xozircha) davom etishi har xil ma’lumotlarga axamiyat beradigan bo‘lsak, bu davrning davom etib kelayotgan yili 3,3-0,7 mln. yilga to‘g‘ri keladi.

  2. Odamzotning paydo bo‘lishi va uning moddiy – madaniy dunyosining vujudga kelishi.

  3. Iqlim sharoitlari keskin va tez tez o‘zgarib turishi, ya’ni sovuq iqlim sharoiti bilan iliq va issiq iqlim sharoitlarining almashinib turishi. Modomiki, ayrim mintaqalarda iqlimning sovushi boshqa mintaqalarda esa bir epoxadan keyin ikkinchi epoxada iqlimning yana iliqlanishi kuzatildi. Ayniqsa sovuq iqlimning nam-iliq sharoitlariga o‘zgarishi va h.k.

  4. Planetar miqyosida bir marotaba emas, balki bir necha marotaba dunyo okeani yuzasining o‘zgarib turishi natijasida transgressiya va regressiya jarayonlarinig sodir bo‘lib turishi. To‘rtlamchi davri mobaynida ham okeanlar a dengiz ostida, hamda quruqliklar sharoitida to‘rtlamchi davr yotqiziqlarining yuzaga kelishi. Yer yuzi relefi yangi shakllarinigng yuzaga kelishi va h.k.

To‘rtlamchi davrning jinslari xam o‘ziga xos xususiyatlariga ega. Bu yotqiziqlarni quruqlik yuzasida ham, okean va dengiz tublarida ham uchrashi mumkin. to‘rtlamchi davr jinslari xozirgi kunlardayam paydo bo‘lib turishi hammaga ayon.

To‘rtlamchi davr yotqiziqlarining organik qoldiqlari va litologik tarkiblariga qarab to‘rtta bo‘limga: quyi to‘rtlamchi davr (Q1), o‘rta (Q2), yuqori (Q3) va xozirgi zamon (Q4) davrlariga bo‘lingan.

To‘rtlamchi davr yotqiziqlari ichida muzliklar yotqiziqlari keng tarqalagani uchun bu davrni muz davri ham deb ataladi. 6 – jalvalga qarang. Muz bosishiga, odamzot paydo bo‘lishiga ko‘ra hamada daryo yotqiziqlarining tarqalishiga (o‘rta Osiyo, jumladan O‘zbekiston hudularida) qarab mahalliy kenja qismlarga bo‘linadi: hozirgi zamon – golotsen (Q4), yuqori to‘rtlamchi – yuqori pleytotsen (Q3), o‘rta to‘rtlamchi - o‘rta pleystotsen (Q2) va quyi to‘rtlamchi - quyi pleystotsen (Q1).

To‘rtlamchi davr yotqiziqlar hosil bo‘lish sharoitlari va vaqtiga (ketma-ketligiga) qarab quyidagi kompleks guruxlarga ajratilgan (yozilishi tartibi yuqoridan ostga tomon):



  1. Sirdaryo kompleksi – shag‘al va qayroq toshlar va qumlar to‘plami.

  2. Mirchacho‘l kompleksi – konglomeratlar qumoq tuproqlar (suchlinkalar) va bo‘shak chaqiq jinslar.

  3. Toshkent kompleksi – soz tuproqlar (lyosslar), qumoq tuproqlar va konglomeratlar qatlami.

  4. Nanay kompleksi – soz tuproqlar, qumoq tuproqlar va konglomeratlar.

Yuqorida qayd etilgan to‘rt kompleks jinsalar ostida neogen jinslar joylashgan. To‘rtlamchi davr ikki bo‘limdan epoxadan iborat: Pleystotsen bo‘limi. Bbu bo‘lim 3 ta vaqt (zamonga)ga ajratilgan.

  1. Quyi pleystotsen - (Q1).

  2. O‘rta pleystotsen - (Q2).

  3. Yuqori pleystotsen - (Q3)

Golotsen bo‘limi yoki hozirgi zamon davri - (Q4).

To‘rtlamchi davr davomida Yer yuzida diqqatga sazovor bo‘lgan paleogeografik hodisalar bo‘lib o‘tgan. Shulardan eng muhimi sayyora miqyosida deyarli hamma materiklarda muzliklarning paydo bo‘lishi va muzlik o‘rtasidagi iliq iqlim sharoitlari tiklanishidir.

To‘rtlamchi davr iqlim sharoitining tez tez sovub turishi va muz qoplamlarining yuzaga kelishi sabablarini olimlar turlicha tushuntiradilar. Shulardan diqqatga to‘g‘rirog‘i Yugoslaviya olimi Milankovichning fikridir.uning fikricha iqlimning tez tez o‘zgarib turishi quyosh radiatsiyasining kuchiga ya’ni radiatsiyaning sustlanishi avval kuchayishiga bog‘liq ekan.

Bunga Yer orbitasining og‘ish burchagi elliptikasi va ekssentrisiteti xolatlari sabab bo‘ladi. Shunday ekan Yer sayyorasi va Quyosh oralig‘ining masofasi uzunligi o‘zgaradi, demak Yerning quyoshdan olayotgan issiqlik energiyasi ham o‘zgarib turadi. Mutaxassis olim Milankovich Quyosh radiatsiyasining to‘lqinlanib turishi diagrammasini tuzib bo‘lib shunday xulosaga keldiki, to‘rtlamchi davr davomida to‘rt marotaba G.I.Lazukov fikricha besh marotaba muzlik davri yuzaga kelib, 5 marotaba iqlim yana iliqlashgan.(6 – jadvalga va 79 – rasmga qarang).




79 rasm. Xumson qishlog‘ining Supaqri tepaligida olingan to‘rtlamchi davr yotqiziqlarining geologik kesimi.

79 rasmdagi Xumson qishlog‘ining Supaqri tepaligida olingan to‘rtlamchi davr yotqiziqlarining geologik kesimi ham olim milankoviyaning fikrin tasdiqlaydi. Kesimdagi 2,4,6 va 8 nchi qatlamlar muzliklar erishi natijasida yuzaga kelgan yupqa qatlamchalar yotqiziqlaridir. Soz tuproq qatlamlariga kelsak, bular Yer yuzidagi ko‘l botqoqlik, oqova suvlar va shamollarning geologik (Eol yotqiziqlari) faoliyatlariing maxsulotlaridir. Iqlimning iliq vaqtida hosil bo‘lgan muzliklar davridan qolgan qatlamlaring yupqaligi, muz qoplamlarining O‘zbekiston hududi sharoitida uncha mis qalin bo‘lmaganligidan darak beradi.

To‘rtlamchi davrda paydo bo‘lgan quruqlik yotqiziqlari qatorida allyuviy, prolyuviy, flyuvioglyatsial (79- rasm; 2,4, 6 va 8 raqamlardagi yotqiziqlar) va Eol (79 rasm; 1,3,5,7,9 raqamlardagi yotqiziqlar) yotqiziqlari keng tarqalgan, ularning qalinligi joylariga qarab 10-15 m., xatto 1500 m. gacha boradi.

Bu yotqiziqlar O‘zbekiston xududlarida xuddi mezazoy erasining yotqiziqlariga o‘xshash (80-rasm) mezazoy va paleozoy erasi yotqiziqlari ustida burchak va stratigrafik nomuvofiqlarni tashkil etib joylashgan (80-rasm).

80-rasmdagi stratigrafik sharoitlarni sharxlaydigan bo‘lsak, paleozoy erasining toshko‘mir davri oxaktoshlari ustiga mezazoy erasining bo‘r(k) davri yotqiziqlari gorizontal yoari gorizontal yo tekislikni tashkil etib joylashgan.

Toshko‘mir davri oxaktoshlarning joylashish burchagi 60 atrofida bu burchak nomuvofiqlikdir. Oxaktoshlardan so‘ng uni ustida perm yotqiziqlari bo‘lishi kerak edi. Stratigrafik ketma-ketlik chorvoq suv ombori atrofida yo‘q; lekin Xisor tog‘ tizmalarida esa mezazoy erasi yotqiziqlari to‘g‘ridan-to‘g‘ri perm davri jinslari ustida joylashgan. Modomiki, ugom, pskom, chimyon va ularning yon atrofidagi tog‘li xududlarda mezazoy erasi boshlanmasdan oldin perm davri yotqiziqlari nurash

80-rasm: Chorvoq suv omboridan olingan RІ, MІ va KІ eralaridan qolgan yotqiziqlarning geologik kesmi.





81-rasm Toshko‘mir (RІ erasi) va Q –to‘rtlamchi davr yotqiziqlari orasidagi burchak va stratigrafik nomuofiqliklar Xumson oromgoxi yonidan olingan kesim.

Jarayoniga yo‘liqib, nurab boshqa xududlarga tarqalib ketgan yoki shu joylardan perm davri yotqiziqlari umuman xosil bo‘lmagan degan xulosaga kelishi mumkin.

Mezazoy erasi davrlarining yotqiziqlari joylashish kerak edi. Buni o‘rniga rasmda ko‘rib turganimizdek o‘rta to‘rtlachidavrda paydo bo‘lgan allyuvial jinslari (hozirda ular konglomertalarga aylangan) – daryo yotqiziqlari joylashib olgan. Xuson va korjontoq tizimlarida ham permdavri yotqiziqlari ko‘rinmaydi, effuzv jinslardan tashqari. Yana bir geologik nuqton nazaridan qiziq xodislardan bir – mezazoy erasi davrlarining yotqiziqlari uman yo‘q.

Demak, to‘tlamchi davrning boshlaridayoq shutog‘ tizimlarida mezazoy erasining yotqiziqlari nurab, yuvilib tarqalib ketgan deyishga asos bor, zeraki, chorvoq suv ombori tevaraklarida mezazoy erasi yotqiziqlari mavjud.

Bunday xudosini faqat burchak va stratigrafik nomuvofiqligina emas, balki, eralar aro geologa stratigrafik hamda fizik-geografik nomuvofiklik xodisa deb atash mumkin bo‘ladi.


Download 29,42 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   138




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish