Foydali qazilmalari.
Paleogen davri yotqiziqlarida juda muxum foydali qazilma boyliklar joylashgan. Masalan, ekvatorial chegara atroflarida yirik boksit konlari xosil bo‘lgan: Avttraliyaning york yarim olrolida, Gvineyada, Yamayka, Surinamada va Goyanada. Chetmamlakatlarda qazib olinayotgan alyuminiy xomashyolarining 95 % zaxiralari shu yerlarda joylashgan. Oligetsen epoxasida xosil bo‘lgan marganes konlari Qoradengiz yonidagi nikopol, Kavkaz, G‘arbiy Afrikada (Moanda) joylashgan.
Eron, Iroq, Venesuela va Afg‘onistondagi yirik neft konlarining yoshi paleogen davriga to‘gri keladi. Saxalindagi, Yaponiyadagi (Xokkaydo va Kyusyu ko‘mir konlari), Xitoydagi (Fushun) ko‘mir xavzalari xam paleogenda davrida bo‘lgan.
Germaniya, Aqsh (Shim.Dakota) va boshqa mamlakatlardagi qo‘ng‘ir ko‘mir konlari paleogen davri bilan bog‘liq. Marokko, Aljir, Tunis fosforit konlari paleogen yoshidadir.
Paleogen davrida sof oltingugurt konlari xam hosil bo‘lgan. Ular ronda Meksika qo‘ltig‘ida, boliviya Argentina, Chilida uchraydi. Juda katta boy zaxiraga ega bo‘lgan, simob koni ispaniyada (Almaden siomb koni) ma’lum. Shunday simob koni Italiya, Yugoslaviyada ham bor. AQSh dagi (Vayoming shtatida) ulkan uran koni paleogen davrida hosil bo‘lgan. Paleogen davri bilan bog‘liq mis koni chilida vыa boliviyada, mis va molebden konlari Peruda joylashgan.chukontka yarim ororlidan topilgan va xozirgi kunlardla ham qazib olinayotgan oltin va kumush zaxiradari paleogen davri vulqonlar bilan uzviy bog‘liqdir. Paleogen davri yoshidagi qo‘rg‘oshin-rux konlari uzoq sharqdagi Daalnegorskda, molebden volframm koni Kavkazda (Tirnouz) uchraydi.
Yuqoridagilardan tashqari paleogen davrida granit konlari ham hosil bo‘lgan. Ular Meksikadan topilgan (Sonora granit koni) rgant magmatik tanalari bilan uzviy bog‘liq.
Neogen geologik davri va uning paleogeografiyasi.
Neogen geologik davri 25 mln. yil burun boshlangan, 0,7-1 mln. yil avval tugagan. Davom etgan yili 24 mln. bu davr 1853 yilda Avstraaliya geolgi M.Gernes tomonidan tiklangan. Neogen dari:
Miotsen – ya’ni quyi neogen epoxasi.
Pliotsen – ya’ni yuqori neogen epoxalariga ajratilgan.
Organik dunyosi.
Neogen davri davomida yashagan ulkan fauna va foloralar asta sekin hozirgi zamon xayvonot va o‘simlik dunyosi zotlariga yaqinlasha borgan. Quruqlik sharoitiga yashagan neognen davri xayvonlari hozirgi zamonda yashamoqdalar.
Neogen geologik davrida ham hamon ikki tabaqali va qorinoyoqli molyuskalar dengiz suv havzalarida yashaganlar. Bular orasida eng ko‘p tarqalgan avlodlari (64 rasm): ostrea, turritella, klamus; sho‘r suv havzalarida maktra, kardium; gastrapodalar – seritium, troxus xamda rif xosil qiluvchi mshankalar. Yuqoridagilardan tashqari suv havzalarida baliqlar xili va soni yana ko‘paygan, xar xil igna tanlilar, marjonlar rivojlandi. Sut emuzuvchilardan kitlarnin soni va zotlari ko‘paygan.
Yer yuzasida yashaydigan sut emizuvchilardan vahshiy hoyvonlar, xartumlilar va tuyoqlilar keng tarqal boshladi.
Miotsen epoxasida qadimiy ayiq zotlari, antilopalar, yovvoyi ho‘kizlar, jirafa, fillar. qo‘y va echkilar paydo bo‘lib yashay boshladilar.
Miotsennning oxirlarida va pliotsen epoxasida sayyoramizda ilk odamsimon maymunlar, gippopotamlar, bug‘ular va ilk ot zotlari paydo bo‘ldi. Pliotsenning ikkinchi yarmidan boshlab fillarning zoti va soni ham ko‘paydi, mastodonlar xanjar tishli arslonlar paydo bo‘ldi.
Shu epoxaning eng tarixumul voqeasi odamzot paydo bo‘ldi.
Miotsen epoxasida xozirgi ekvatorial va mo‘tadil iqlim mintaqalarida tropik va subtropik o‘simliklar turi saqlanib qolgan. Pliotsen epoxasida cho‘l va o‘rmon cho‘l mintaqlarida nina bargli daraxtlar xukmronglikni egalladilar.
Neogen davrida umumiy tavsif.
Neogen davrida burmalanish tektonik xakatlari eng avjuga ko‘tarilgan vaqt hisoblangan, hamda epiplatforma orogenez xarakatlari ham keng tus ola boshlagan. Yer po‘stining platforma viloyatlarida tog‘ paydo qilish tektonik xarakatlarining neogen davrda ham ko‘tarilish xodisasi yuz berdi. Alp burmalanish jarayoni O‘rta yer dengizi geosinklinal rivojlanish xarakatini so‘ndirdi. Bu hodisa quyidagi tog‘lik o‘lkalarda sodir bo‘ldi: Andaluziya tog‘larida, pireney va shimoliy Atlas tog‘larida, Alpda, Apennin va karpat tog‘larida, Dinor tog‘larida, Gresiya tog‘larida, Qrim, Kavkaz va Kavkaz orti tog‘lik o‘lkalarda, Kichik Osiyoda, Elbrus, Zagroe va Kopetdog‘da.
Alp burmalanish xarakatlari tins okeani mintaqasida xam o‘z ta’sir kuchini ko‘rsatib o‘tdi. Bu mintaqalarga: Koryak tog‘lik o‘lkalari, Kamchatka, Saxalin, Kuril orollari, Yaponiya flippin, sharqiy endoneziya, yangi zelandiya tog‘lari kiradi.
Paleogen davrining taxminan o‘rtalaridan boshlab Afrika qit’asining sharq qismida juda kuchli va daxshatli tektonik xarakatlar, jumladan katastrofik yer silkinishlari sodir bo‘lgan edi, bu voqea va hodisalar neogen davrining boshlarida ham davom etaverdi. Tektonik xaraktlar shu darajada kuchli va vahimali bo‘lganki, xosil bo‘lgan darzliklar va yoriqliklarning uzunligi (67 rasmga razm soling) bir qancha yuz va hatto bir qancha ming km ga cho‘zilagan va ketma ket shunday masofalarga cho‘zilib ulanib ketgan ikkinchi, uchinchi va h.k. darzlik hududlari meridian yo‘nalishi bo‘ylab xarakatlangan. Darzliklarning va yoriqliklarning kengliklari xam bir necha o‘n, bir necha yuz km larni tashkil etib, chuqurlilari ham bir necha o‘n va yuz km ga borib yetgan. Shunday darzliklar va yoriqliklarning o‘rni (izi) 68 rasmda ham yaqqol ko‘zga tashlanib turibdi.
Shunday darzlik yoriqlikning eng kattalaridan biri va diqqatga sazovor bo‘lgan va muhim paleogeografik ahamiyatga sanalgani Afrika qit’asining shimoli shimoli sharqi va arabiston yarim orolining g‘arb chegaralari orasida hosil bo‘lgan Yer yuzasi yorig‘idir. Hozir bu tektonik darzlikldar uzundan uzun chuqur jarsimon Graben strukturasi o‘rnida hozirgi qizil deniz havzasi yuzaga kelgan, demak taxminan 18-22 mln. yil burun sayyoramizning markazida qizil dengiz paydo bo‘ldi.
Neogen davrining ikkinchi yarmida Yer yuzasmidagi barcha materiklarning tashqi ko‘rinishlari va chegaralari hozirgi zamonaviy ko‘rinishlarga yaqinlashdi. Shimoliy yarim sharda shimoliy Amerika, Grenlandiya, Yevro Osiyo janubiy yarim sharda esa Janubiy Amerika, Afrika yonida madakaskar , Arabiston yarim oroli, Xindiston va Avsraliyalar yaqqol ko‘zga tashlandi.
78 rasm. Neogen davri
Tetis dengizi esa butunay chekinib bo‘ldi. O‘rnida materiklarning chuqurliklarida kichik ko‘llar va lagunalar paydo bo‘ldi. Antarktika muzliklari regressiya jarayoni natijaschida yanada kengayib bordi. Shimoliy yarim sharda yuqori va o‘rta kengliklar xududlarida iqlim sharoiti sovushi tufayli organik dunyosi ham o‘zgardi. Tetis dengizining g‘arb taraflari gibraltar xududlarida okean bilan qo‘shiladi.
Pliotsen epoxasida (akchachil asrida) Kaspiy qora dengiz va O‘rta Yer dengizlarining tashqi ko‘rinishi ularning hozirgi zamonaviy ko‘rinishiga yaqinroq bo‘lgan.
Neogen davrida zabardast tog‘lar tizimi yuzaga keladi – ya’ni yosharadi. Zagros, Kopetdag, Paropamiz, Pomir, Xindiqush, Qoraqurum, Ximolay tizmalari shular jumlasidandir.
Janubiy Amerika qit’asidagi geosinklinal viloyatlarida And tog‘ tizmalari yana ko‘tarilib balandlashadi, bunga asosiy sabab juda kuchli vulqon jarayonlarining maxsulotlari to‘plamidir. Xuddi shu vaqtda And tizmalari aro tog‘ etaklari oralarida chuqur bukilmalar paydo bo‘lib, ular kontenental va dengiz malass yotqiziqlari bilan to‘la boshlaydi. Oligotsen epoxasida boshlangan iqlimning sovushi oqibatida keyingi epoxalarda ham davom etib, pliotsen epoxasida global miqyosida suv havzalarining xarorati yanada pasayadi, natijada shimoliy va janubiy mintaqalarda kremniyli cho‘kindi yortqiziqlarining xosil bo‘lishi avj oladi. Zeroki bunday iqlim sharoitlarida diatomitli suv osti o‘simliklari rivojlanishiga qulay biologik sharoitlar tug‘iladi, karbonat cho‘kindilari yotqiziqlarining paydo bo‘lishi uchun bunday iqlim sharoiti to‘sqinldik qiladi. Neogen davrining yana bir ajablanarli xodisalaridan biri – miotsen epoxasida Dunyo okeanining yuzasi payib borpadi, chunki okeanlarning obissal ufqlari (chuqurliklari) kengayib va chuqrlashib ketadi, rift viloyatlarida ham shunday sharoitlar sodir bo‘ladi. Okean tubi botiqliklarining xajmi kattalashadi. Xuddi shu epoxalarda O‘rta Yer dengizi, Qora dengiz va Qizil dengizlarning xavzalari ham chuqurlashadi. Ayrim jaylari 2,5-3,5 km gacha chuqurlashdi. Suv havzalarining oldingi tevarq va keng qirg‘oq chegaralari quruqlikka aylanib, yangi paleoreleflar yuzaga keladi. Tinch okeanining chetlarida, Aleut, Kuril, Yaponiya va Indoneziya do‘g‘a(yoysimon burchaklarida) larida Xamda chuqur tarnovsimon (nov chuqurliklari) xududlarida juda faol vulqon jarayonlari sodir bo‘ldi. Yuqorida qayd etilgan barcha orollar va arxepelaglar maydoni vulqon maxsulotlari hisobidan kengayib bordi va balandlashdi. Kuruqlik maydonlari kattalashdi va shu hodisalar tufayli, ularning relef tuzilishi ham keskin o‘zgarishga olib keldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |