Organik dunyosi.
Hozirgi zamonaviy o‘simliklar olami eopleystotsen epoxasidayoq shakllanib bo‘lgan edi. Issiq iqlimga moslashgan o‘simliklar turlari asta-sekin kamaya borgan yoki o‘zining arealini qisqartirgan, muta’dil va sovuq iqlimga ko‘nikma hosil qilgan o‘simliklar ko‘payib boradi. O‘simliklarning o‘rmon xillari ham kamayganligi ma’lum, o‘t-o‘lanlar maydonlari kengaygan, tundra va artika sharoitiga mos o‘simliklar aralashib shimoliy yarim sharda xukumronlik qilaboshladilar.
Ayrim mevali daraxtlar – ayniqsa yopiq urug‘liklar xillari neogen davridayoq paydo bo‘lib, to‘rtlamchi davrga kelib, muta’dil va iliq, mintaqalarda barq urib rivojlanadilar. Jumladan, yovvoyi anor, bexi, anjir, nok, olma, tog‘ olchalari, do‘lana xillari, uzumning ko‘p xillari va x.k.lar keng maydonlarga tarqala boshladilar.
Ana shu mevali daraxtlarning barchasi Xisor tog‘arida shu kunlarda ham o‘sib turganligini kamina ekspeditsiya ishlari bilan shug‘ullanib yurganida o‘z ko‘zi bilan ko‘rib zavqlangan ham. Dengiz suv xavzalarida mollyuskalar forminiferalar ostrakoda va diatomit suv osti o‘simliklari keng tarqaladi.
Quruqlik sharoitlarida sut emizuvchi xayvonlardan fil zotlari, buІilar, tuyalar, mamontlar junli karkidonlar, xanjar tishli yo‘lbarslar, g‘orda yashovchi ayiqlar ko‘payabordi; mamontlar, xanjar tishli yo‘lbarslar, g‘or ayiqlari qirilib ketdi. Janubiy mintaqalarda esa, fillar ot zotlari, eshak va bizonlar soni ko‘paydi. Cho‘l va adir xududlarida fillarning avlodlari – trogonteriylar, bizon va sayg‘oqlar, yovvoyi tuyalar ko‘payib bordi. Ayniqsa kiyik va og‘ular, arxarlar, yovvoyi xo‘kizlar, tulki va bo‘rilar, chiya bo‘rilar va boshqalar yashab hozirgi kunlarda ham mavjuddirlar. Avstraliya qit’asida ham o‘ziga xos hayvonat olami paydo bo‘lib, ular ichida hozir ham kenguru, katta kaltakesaklar ayiqlar, qora va oq junli tulkilar, morj va tyulenlar yashamoqdalar. Pingvinlar soni va avlodlari ham ko‘paydi.
Inson zotlariga kelsak avvaliga Avstralopiteklar, keyinroq pitekantroplar, sinantroplar, neandertaleslar, neantroplar, gamo xabilslar va nixoyat zamonaviy inson-odamlar paydo bo‘ldi.
Neandertaleslar olovni kashf etdilar, ular jamoa bo‘lib ovchilik bilan hayot kechirdilar, ularning skelet qoldiqlari 200-170 to 35-30 ming yillar avval hosil bo‘lgan jinslar orasida topilgan.
Izlanish ma’lumotlariga ko‘ra, neoantroplar 45-50 ming yil burun yashab o‘tganlar, ular toshdan yasalgan bolta va bolg‘alar yasashni va ichiga ushlash uchun sop o‘rnatishni (toshni burg‘ulab teshganlar) o‘rnatishga aqli yetgan. Tosh qoyalariga xayvonlarning suratini chizishni bilganlar. Taxminan 10 ming yillarcha burun geotsen epoxasida hozirgi –zamonaviy odamlar avlodlari xukumronlik qilaboshladilar.
82-Rasm. Qadimgi hayvonlar
Shunday qilib, Yer yuzida bizning haqiqiy avlodlarimiz yuzaga kelgandan so‘ng mezolit epoxasida ular ovqilish uchun kamalak va uning o‘qini, neolit epoxasida esa tekislangan qurollar yasashni o‘rganib oldilar. Sopol idishlarni tayyorladilar, chorvadorlik va dexqonchilik ishlarini boshladilar. Yaqin 8-10 ming yillar burun metallurgiya soxasiga ham qo‘l urib bronza, temir, oltin va kumush, mis, rux va qo‘rg‘oshin hamda har xil bo‘yoq xillarini ishlab chiqarishni bilib oldilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |