64
foydali maqsadlarni ko`zlaydigan, a'zolari bo`lmagan nodavlat notijorat tashkiloti
jamoat fondi hisoblanadi.
Jamoat fondiga uning muassislari(muassisi) yoki vasiyat qiluvchi tomonidan
o`tkazilgan mol-mulk fondning mulkidir. Fond muassislari(muassisi) yoki fond
vasiyatnoma bo`yicha tashkil etilganda vasiyatnomani ijro etuvchi fondning
majburiyatlari bo`yicha javob bermaydilar. Fond esa, o`z muassislari(muassisi) ning
yoki vasiyatnomani ijro etuvchining majburiyatlari uchun javob bermaydi. Jamoat
fondining mol-mulkidan o`z ustavida belgilangan maqsad va vazifalarni amalga
oshirish hamda ma'muriy xarajatlarni qoplash uchun foydalaniladi. Jamoat fondi
qonun hujjatlariga muvofiq, o`z ustavida nazarda tutilgan maqsadlarga to`g`ri
keladigan doirada tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanishga haqli. Jamoat fondlar
tijorat tashkilotlari ustav fondidagi(ustav kapitalidagi) ishtiroki qonun hujjatlarida
belgilangan tartibda amalga oshiriladi. Jamoat fondlari har yili o`z faoliyati
to`g`risida hisobot e'lon qilishi shart. Jamoat fondini boshqarish tartibi va uning
organlarini shakllantirish tartibi ustavi bilan belgilanadi.
Jamoat fond ustavida quyidagi ma'lumotlar bo`lishi kerak: Jamoat fondining
ustavida fondning nomi, uning joylashgan yeri (pochta manzili), jamoat fondi
faoliyatini
boshqarish
tartibi,
fond
organlarining
tuzilishi,vakolatlari
va
shakllantirilish tartibi, fond organlarining mansabdor shaxslarini tayinlash(saylash)
va ularni lavozimidan ozod qilish tartibi, fondning mol-mulkini shakllantirish
manbalari, fondning, uning vakolatxonalari hamda filiallarining mol-mulkini
boshqarish borasidagi huquq va majburiyatlari, fond vakolatxonalarini ochish va
filiallarni tashkil etish tartibi, fondni qayta tashkil etish va tugatish tartibi, fond
tugatilganida uning mol-mulkidan foydalanish tartibi, fondning ustaviga o`zgartirish
va qo`shimchalar kiritish tartibi kabi masalalar.
Jamoat fondining ustavida fondning belgilangan tartibda rqyxatdan o`tkazilgan
ramziy belgisining tavsifi, shuningdek qonun hujjatlariga zid bo`lmagan boshqa
qoidalar ham bo`lishi mumkin.
Jamoat fondlari asosan, FK va O`zbekiston Respublikasining Nodavlat notijorat
tashkilotlari to`g`risidagi qonuni bilan tartibga solinadi. Ushbu qonunlarning samarasi
sifatida bugungi kunda mamlakatimizda yuzlab jamoat fondlar, shu jumladan, xorijiy
mamlakatlarda joylashgan fondlarning filiallari yoki vakolatxonalari faoliyat
yuritmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: