Chirchiq davlat pedagogika instituti "ijtimoiy fanlar" kafedrasi "tasdiqlayman"


-mavzu. Fuqarolik huquqiy munosabat obyektlari



Download 5,06 Kb.
Pdf ko'rish
bet38/109
Sana17.05.2023
Hajmi5,06 Kb.
#940203
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   109
Bog'liq
KURS ISHI

6-mavzu. Fuqarolik huquqiy munosabat obyektlari. 
Reja: 
1.
 
Fuqarolik huquqi obyektlari tushunchasi va turlari
2.
 
Ashyolar fuqarolik huquqining obyekti sifatida
3.
 
Mol-mulklar fuqarolik huquqining obyekti sifatida
4.
 
Pullar va qimmatli qog`ozlar – fuqarolik huquqining obyekti sifatida
5.
 
Nomoddiy ne'matlar tushunchasi va tarkibi 
6.
 
Intellektual faoliyat natijalari, xizmat va tijorat siri – fuqarolik 
huquqining obyekti sifatida 
7.
 
Ishlar va xizmatlar - fuqarolik huquqining
 
obyekti sifatida. 
 
1.Fuqarolik huquqi obyektlari tushunchasi va turlari 
Huquqiy munosabatlarning obyekti huquq subyektlarining harakatlari 
qaratilgan, huquq va majburiyatlar uning ustida belgilangan narsalardir. O`zbekiston 
Respublikasi FKning 81-moddasiga asosan fuqarolik huquqlarining obyektlari 
jumlasiga: 
–ashyolar; 
–mol-mulklar; 
–pullar va qimmatli qog`ozlar; 
–ishlar va xizmatlar; 
–intellektual faoliyat natijalari; 
–shaxsiy nomulkiy huquqlar kiradi. 
Umumiy holda, fuqarolik huquqining obyektlarini ikki turga, ya'ni moddiy va 
nomoddiy ne'matlarga bo`lish mumkin. 
Boshqacha aytganda, jismoniy va yuridik shaxslar foydalanishi va tasarruf 
etishini amalga oshira oladigan, erkin suratda olish, sotish huquqi va odob-axloq 
normalari bilan cheklanmagan yoki ta'qiqlanmagan har qanday moddiy narsalar va 
moddiy qiy-matliklar qadriyatlar boylik hisoblanib, fuqarolik huquqining obyekti 
bo`la oladi. 
2. Ashyolar – fuqarolik huquqining obyekti sifatida 
Fuqarolik huquqlarining obyektlaridan biri hisoblangan ashyolar muayyan 
moddiy qiymatga ega bo`lgan hamda iqtisodiy munosabatning predmeti bo`la 
oladigan narsalargina bo`lishi mumkin. 
Ashyolar xalq farovonligi uchun, respublika fuqarolarining moddiy va madaniy 
ehtiyojlarini qondirish uchun xizmat qiladi. Fuqarolik huquqida ashyolar jonli 
ashyolar ham, masalan, uy hayvonlari, jonsiz ashyolar ham, masalan, uyjoylar, ishlab 
chiqarish qurollari, asbob-uskunalar, kiyim-kechaklar va boshqa narsalar insonlarning 
yashashi uchun muhim ahamiyatga egadir. 


76 
Huquq subyektlarining muayyan ashyo to`g`risidagi, jumladan, ashyodan 
foydalanish tartibi va uni tasarruf etish usullari to`g`risidagi xatti-harakatlarini 
belgilaydigan huquq normalarining yig`indisiga ashyo haqidagi qoida deb aytiladi. 
Ashyolarning jamiyatdagi tayinlanishlariga qarab, ularning har qaysisi uchun turlicha 
huquqiy qoida, masalan, yerdan foydalanish qoidasi, korxonalardan foydalanish, 
ularni tasarruf etish kabi qoidalar belgilanadi. 
Fuqarolik huquqida ashyolar o`zlarining iqtisodiy tayinlanishlariga, shuningdek 
huquq normalarda aks ettirilgan jismiy va boshqa xususiyatlarga qarab bir necha 
turga bo`linadi (klassifikatsiya qilinadi). 
Ashyolarning muayyan xususiyatlari yuzasidan ham maxsus qoidalar 
belgilanishi mumkin. Masalan, o`zining xususiyatlari bo`yicha tevarak-atrofdagilar 
uchun xavf tug`diradigan ashyolar, ya'ni xavfli xossalarga ega ashyolar (portlovchi 
moddalar, qattiq ta'sir qiluvchi zahar kabilar) to`g`risida alohida qoidalar belgilangan 
(FKning 883-moddasi). Bunday ashyolarni erkin olish va sotishga yo`l qo`yilmaydi. 
Muomalada bo`lishga yo`l qo`yilmaydigan fuqarolik huquqlari obyektlarining turlari 
(muomaladan chiqarilgan obyektlar) qonunda to`g`ridanto`g`ri ko`rsatilgan bo`lishi 
kerak (masalan, O`zbekiston Respublikasi Mulkchilik to`g`risidagi qonunning 19-
moddasi 1-bandida ko`rsatilgan va O`zbekiston Respublikasining mutlaq mulki 
hisoblanuvchi obyektlar). Shuningdek, bunday turkumdagi ashyolar O`zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisining 1995 yil 31 avgustda qabul qilingan Alohida turdagi 
korxonalar va mol-mulklarni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishning 
ayrim masalalari to`g`risida68gi qarorida ham mustahkamlangan. 
Muayyan muomala ishtirokchilarigagina qarashli bo`la oladigan yoki 
muomalada bo`lishga maxsus ruxsatnoma bilan yo`l qo`yiladigan (muomalada 
harakatlanishi cheklangan obyektlar) fuqarolik huquqi obyektlari turli qonunlarda 
ko`rsatilgan tartibda belgilanadi (masalan, yopiq aksiyadorlik jamiyati aksiyalari fond 
birjasida erkin sotilishi mumkin emas, ov miltig`i faqat ruxsat olish va ro`yxatdan 
o`tish tartibida jismoniy shaxs egaligiga o`tishi mumkin va h.k.). Binobarin, qonun 
birinchi navbatda ashyolarni muomalada bo`lish xususiyatiga qarab farqlaydi. 
Fuqarolik muomalasidan chiqarilgan ashyolar fuqarolar va tashkilotlar egaligida 
bo`lishi mumkin emas. Yuqorida ko`rsatilganidek yer, yer osti boyliklari, suv va 
o`rmonlar davlatga xos mulk bo`lganligidan ular faqat foydalanishgagina berilishi 
mumkin. Fuqarolik muomalasidan chiqarilgan ashyolar fuqarolar va boshqa 
tashkilotlarga sotilishi mumkin emas. Bu ashyolar garovga qo`yilmaydi va 
kreditorlarning talablarini qondirish uchun ular hisobidan haq undirilmaydi. 
Agar fuqarolik muomalasidan chiqarilgan ashyo qonuniy asoslarga ko`ra 
fuqarolarning mulki bo`lib qolsa, ya'ni fuqarolarning tasarrufiga o`tsa, u holda fuqaro 
ushbu fuqarolik muomalasidan chiqarilgan ashyoni o`zidan begonalashtirish 
choralarini ko`rishi lozim. Masalan, general vafotidan so`ng uning o`g`liga, generalga 


77 
sovg`a qilingan pistolet meros bo`lib o`tadi. Bunda o`g`li fuqarolik muomalasidan 
chiqarilgan ashyoni qonuniy asoslarga qo`lga kiritdi. Shundan so`ng, u bu ashyo 
haqda tegishli harbiy bo`limga xabar beradi va vakolatli davlat organi pistoletning 
bahosini to`lab, uni merosxo`rdan sotib oladi. Fuqarolik muomalasidan chiqarilgan 
ashyolarga nisbatan mulk huquqi har doim davlatga tegishli bo`ladi. 
Ba'zi ashyolar xalq xo`jaligi uchun bo`lgan ahamiyati, davlat xavfsizligi nuqtai 
nazaridan yoxud boshqa asoslar bo`yicha faqat alohida ruxsat bo`yicha olinishi, 
sotilishi mumkin. Bunday narsa (ashyo)larning ro`yxati, shuningdek ularga ruxsat 
berish tartibi maxsus qonunlar bilan belgilanadi. Maxsus ruxsatlar bo`yicha olinishi 
mumkin bo`lgan narsalar jumlasiga: qurol va o`q-dorilar, portlovchi va radioaktiv 
moddalar, qattiq ta'sir qiladigan zaharlar, muhr va shtamplar kiradi. 
Valuta qimmatliklari: chet el valutasi (banknotlar, qog`oz pullar, tangachaqalar); 
chet el valutasi hisobida yozilgan to`lov hujjatlari (cheklar, veksellar, akkreditiv va 
boshqalar); bankning chet el valutasiga sotib olinadigan va shunday valutaga 
almashtirish huquqiga ega bo`lgan so`m hisobidagi to`lov hujjatlari (cheklar va 
boshqalar); har qanday shakl va holatdagi qimmatbaho metallar: oltin, kumush, 
platina guruhiga kiruvchi metallar (palladiy, iridiy, radiy, ruteniy va osmiy); xom va 
ishlangan shakldagi qimmatbaho tabiiy toshlar (olmos, gavhar, la'l, zumrad, saprif, 
marvarid va boshqalar) O`zbekiston Respublikasi qonunlarida belgilangan tartibda va 
doiralardagina oldi-sotdi predmeti bo`lishi mumkin. Mazkur qimmatbaho metal va 
toshlardan yasalgan zargarlik va boshqa maishiy buyumlar ham shunday 
buyumlarning siniq parchalari bundan mustasnodir. 
Fuqarolik muomalasidan chiqarilmagan ashyolar doirasi nihoyatda keng bo`lib, 
bular jumlasiga xilma-xil buyumlar kiradi. Ular quyidagicha tasniflanadi: 

Download 5,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish