Chirchiq davlat pedagogika instituti "ijtimoiy fanlar" kafedrasi "tasdiqlayman"



Download 5,06 Kb.
Pdf ko'rish
bet37/109
Sana17.05.2023
Hajmi5,06 Kb.
#940203
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   109
Bog'liq
KURS ISHI

2.
 
Davlat organi fuqarolik muomalasida o`z nomidan harakat qiladi. Masalan, 
O`zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Ishlar boshqarmasining do`konlardan idora 
jihozlarini sotib olishi. Bunda faqat Oliy Majlisga biriktirilgan mol-mulkka nisbatan 
huquq va majburiyatlar yuzaga keladi. Davlat ba'zi hollarda subyekt sifatida o`zining 
mansabdor shaxslari yoki organlari tomonidan yetkazilgan mulkiy zararni to`lashda 
javobgar bo`ladi (masalan, dastlabki tergov, tergov, prokuratura, sud organlarining 
mansabdor shaxslari fuqarolarga nisbatan qilgan g`ayriqonuniy harakatlari natijasida 
ular yetkazilgan zarar uchun javobgar bo`ladilar). O`zbekiston Respublikasi FKning 


73 
15-moddasida aytilganidek, davlat organi yoki ushbu organlar mansabdor 
shaxslarining g`ayriqonuniy harakatlari (harakatsizligi), shu jumladan davlat organi 
tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq bo`lmagan hujjat chiqarilishi natijasida 
fuqaroga yoki yuridik shaxsga yetkazilgan zarar davlat tomonidan to`lanishi kerak.
 
3.
 
O`zbekiston 
Respublikasi 
– 
mamlakatning 
tashqi 
oborotida 
fuqarolikhuquqiy munosabatlarning ishtirokchisi 
O`zbekiston davlati tashqi oborotda ham mustaqil huquq subyekti sifatida 
ishtirok etadi. 
O`zbekiston Respublikasi o`ziga mulk huquqi asosida tegishli bo`lgan 
obyektlardan xorijiy davlatlar, ularning yuridik va jismoniy shaxslari, xalqaro 
tashkilotlar bilan o`zaro foydali hamkorlik o`rnatishda, bunday hamkorlikni 
rivojlantirishda barcha amaliy harakatlarni ro`yobga chiqarish uchun foydalanadi. 
O`zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi 
davlat organi bo`lib, respublikaning barcha tashqi iqtisodiy aloqalarni koordinatsiya 
qiladi, tartibga soladi, nazorat qiladi va boshqaradi. O`zbekiston Respublikasi 
hududidan tashqari va xorijda Respublika nomidan barcha tashqi iqtisodiy masalalar 
bo`yicha 
uning 
manfaatlarini 
ko`zlab 
harakat 
qilish 
birga 
O`zbekiston 
Respublikasining xalqaro shartnomalaridan kelib chiqadigan majburiyatlarni ham o`z 
zimmasiga oladi. Agentlik o`zining faoliyatini bevosita O`zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasi rahbarligida amalga oshiradi. Agentlik yagona tashqi iqtisodiy 
siyosat yuritish va uni rejalashtirish strategiyasini shakllantirish uchun umumdavlat 
manfaatlarini ham tashqi bozorda ta'minlash, xorijiy mamlakatlar bilan bo`ladigan 
iqtisodiy, ilmiy, texnikaviy, savdo, sport, sayyohlik va boshqa munosabatlarni 
rivojlantirish, bu sohada boshqaruvni takomillashtirish va tashqi iqtisodiy faoliyat 
ishtirokchilarining samarali ishlashi uchun zarur bo`lgan sharoitlarni ta'minlash 
maqsadida tuzilgan. 
O`zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo 
vazirligi, Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida 
vazirlikning vakolatlarini olgan boshqarmalar, ular qoshida tuzilgan xo`jalik 
hisobidagi tijorat tuzilmalari, filiallari, respublika hududidami yoki xorijiy 
mamlakatlar hududida bo`lishidan qat'i nazar, xorijiy mamlakatlarda joylashgan 
vakolatxonalari, respublikaning xo`jalik hisobidan tashqi iqtisodiy va tashqi savdo 
birlashmalari, firmalari, tijorat-reklama markazi, transport vakolatxonasi va boshqa 
yuridik shaxs huquqiga ega bo`lgan tashkilotlar vazirlik tizimini tashkil qiladi. 
Qoraqalpog`iston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo 
vazirligi o`zining butun faoliyatini O`zbekiston Respublikasining yagona iqtisodiy 
siyosatiga muvofiq va O`zbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, 
investitsiyalar va savdo vazirligi rahbarligida amalga oshiradi. Boshqarmalar 


74 
mahalliy davlat hokimiyati organlari bilan tashqi iqtisodiy aloqalar sohasida 
mushtarak ish olib boradilar. 
Vazirlik o`z tarmog`idagi xo`jalik hisobida ish olib borayotgan va boshqa tashqi 
iqtisodiy tashkilotlarning majburiyatlari bo`yicha bu tashqi iqtisodiy tashkilotlar esa 
agentlikning majburiyatlari bo`yicha javobgar bo`lmaydilar. 
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi O`zbekiston 
Respublikasining 
xorijiy 
mamlakatlar 
bilan 
bo`ladigan 
barcha 
iqtisodiy 
munosabatlarida asosiy rol o`ynaydi va Respublika nomidan ish olib boradi. Vazirlik 
o`zining ish faoliyatida Tashqi ishlar vazirligi, Markaziy bank bilan uzviy hamkorlik 
qiladi. Tashqi Ishlar vazirligi tizimida xalqaro shartnomalar bo`limi bo`lib, u 
respublika hukumatining barcha shartnomalarini ishlab chiqishda vazirlik bilan 
hamkorlik qiladi. Shuningdek iqtisodiy aloqalarga tegishli shartnomalarni amalga 
oshirish uchun uning nusxalarini Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo 
vazirligiga yuboradi. 
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri respublika 
hukumatining vakolatiga muvofiq xorijiy mamlakatlar bilan, ularning yuridik va 
jismoniy shaxslari bilan tuziladigan xalqaro shartnomalarini imzolashi, xalqaro 
anjumanlarda uning nomidan vakil bo`lib ishtirok etishi mumkin. O`zbekiston 
Respublikasining yuridik shaxslari va fuqarolarining qonuniy huquq hamda 
manfaatlarini ta'minlash, tashqi iqtisodiy sohada bevosita o`zaro foydali aloqalarni 
o`rnatish maqsadida xorijiy davlatlar, xalqaro tashkilotlar huzurida O`zbekiston 
Respublikasining savdo yoki o`zga vakolatxonalari ta'sis etiladi. Bu vakolatxonalar 
o`z faoliyatida O`zbekiston Respublikasi Qonunlariga, o`zlari to`g`risidagi Nizomga, 
shuningdek O`zbekiston Respublikasi hamda vakolatxona joylashgan davlatlar 
ishtirokchi bo`lgan xalqaro shartnomalarga amal qiladi. Chet eldagi vakolatxonalar 
to`g`risidagi Nizom O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 
tasdiqlanadi. 
FKning 80-moddasiga binoan Davlat o`zi tuzgan yuridik shaxs majburiyatlari 
yuzasidan javobgar bo`lmaydi (qonunda nazarda tutilgan hollardan tashqari). Davlat 
majburiyati yuzasidan yuridik shaxs ham javobgar bo`lmaydi. Ushbu qoidalar davlat 
tuzgan shartnoma asosida yuridik shaxsning majburiyatlari bo`yicha o`z zimmasiga 
kafillik olgan (kafolat bergan) yoki mazkur yuridik shaxs davlatning majburiyatlari 
bo`yicha o`z zimmasiga kafillik olgan (kafolat bergan) hollarga taalluqli emas. 


75 

Download 5,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish