Chirchiq davlat pedagogika instituti "ijtimoiy fanlar" kafedrasi "tasdiqlayman"


 Ishlar va xizmatlar – fuqarolik huquqining obyekti sifatida



Download 5,06 Kb.
Pdf ko'rish
bet45/109
Sana17.05.2023
Hajmi5,06 Kb.
#940203
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   109
Bog'liq
KURS ISHI

7. Ishlar va xizmatlar – fuqarolik huquqining obyekti sifatida 
Ko`rsatiladigan xizmatlar va bajariladigan ishlar ham fuqarolik huquqining 
obyektlari bo`lishi mumkin. Ma'lumki, fuqarolar va tashkilotlar o`zlariga qonun yoki 
o`zaro tuzilgan shartnomalar bo`yicha yuklatilgan xizmatlarni yoxud ishlarni amalga 
oshiradilar. Masalan, pudrat shartnomasiga muvofiq xilma-xil kiyimlar, uy-ro`zg`or 
ashyolari va boshqa narsalarni tayyorlaydilar, ta'mirlaydilar. Qurilishga oid pudrat 
shartnomasiga binoan turar joy qurilishi va boshqa qurilish ishlari amalga oshiriladi. 
Omonat shartnomasi bo`yicha mulklar omonatda saqlanadi. Topshiriq shartnomasi 
yuzasidan fuqaro va tashkilotlarning turli topshiriqlari amalga oshiriladi. Vositachilik 
shartnomasi bo`yicha fuqarolarning buyumlari sotish uchun qabul qilinadi va sotiladi, 
jamoa xo`jaliklari a'zolaridan ortiqcha qishloq xo`jalik mahsulotlari ham sotish uchun 
qabul qilinib, keyinchalik vositachilik asoslarida sotiladi va hokazo. 
Ishlarning natijasi moddiy ko`rinishda bo`ladi. Xizmat ko`rsatish tufayli, 
masalan, repititorlik xizmati tufayli ilmma'rifat o`quvchiga singdiriladi, sayyohlik 
xizmati tufayli – sayyohlarga tegishli xizmat ko`rsatiladi. Xizmatlarning natijasi 
odatda, g`oyaviy, nomoddiy ko`rinishda bo`ladi. 


88 
7-mavzu. Bitimlar. 
Reja: 
1.
Bitimlar tushunchasi va turlari
2.
Bitimlarning muddatlari va shartli bitimlar
3.
Bitim shakllari
4.
Bitimning haqiqiy sanalish shartlari
5.
Nizoli bitimlarning turlari va ularning haqiqiy sanalmasligi oqibatlari
 
1.Bitimlar tushunchasi va turlari 
Bitimlar deb fuqarolar va yuridik shaxslarning fuqarolik huquq va belgilash, 
o`zgartirish va bekor qilishga qaratilgan harakatlarga aytiladi (FKning 101-moddasi). 
Har qanday bitim shaxslarning erki-irodasi bilan bog`liq bo`lib, muayyan oqibat 
tug`dirishga qaratiladi. Bitimda fuqaro va tashkilotlarning ma'lum moddiy hamda 
madaniy ehtiyojlarini qondirishga qaratilgan erklari ifodalanadi. Bitim shaxslarning 
erki bilan bog`liq bo`lgan, ularning irodasidan kelib harakat bo`lganligi tufayli 
bitimda ifodalangan erk izhor qilinishi, ya'ni boshqa shaxslarga bildirilishi lozim. 
Bitim tuzish natijasida muayyan huquqiy oqibat tug`dirish uchun bitim shaxslar 
bitimda o`z erklarini ifodalashdan tashqari muayyan harakatni qilishlari lozim 
bo`ladi. Bu harakat shart qilingan ishni bajarishga, ma'lum mulkni topshirishga yoki 
ma'lum pulni to`lashga qaratilgan bo`lishi mumkin. Fuqarolik huquqlari va 
majburiyatlarini vujudga keltirish, o`zgartirish yoki qilishga qaratilgan holatlar 
sifatida yuridik fakt tarkibiga kiradigan bitimlar boshqa yuridik faktlardan farq qiladi. 
Masalan, yuridik fakt hisoblangan hodisa shaxslarning erkidan tashqari vujudga 
kelsa, bitimlar faqat shaxslarning erki bilangina tuziladi. 
Bitimlar tushunchasi uchun quyidagi shartlar muhimdir: a) bitim tuzuvchi shaxs 
fuqarolik huquqining subyekti hisoblanadi; b) muayyan bitimni tuzuvchi shaxsda bu 
bitimni tuzish erki bo`lishi va bu ma'lum huquqiy oqibatlar tug`dirishga qaratilgan 
bo`lishi lozim; v) shaxsning erki muayyan yuridik fakt hisoblangan harakatda 
o`zining ifodasini topishi, ya'ni ma'lum shaklda izhor qilingan bo`lishi kerak. 
Fuqarolik huquqi fanida bitimlar o`zlarining belgilari bo`yicha quyidagi bo`linadi 
(klassifikatsiya qilinadi): 
1. Bitim tuzuvchilarning erklari ifoda etilishiga qarab bitimlar bir tomonlama 
yoki ko`p tomonlama bitimlarga bo`linadi. Bir tomonlama bitimdan faqat bir 
tomonninggina erki ifodalanadi, huquq va majburiyat faqat bir tomonning irodasi 
bo`yichagina vujudga keladi, o`zgaradi yoki bekor bo`ladi. Bir tomonlama bitimlarga 
misol qilib, vasiyat, merosdan voz kechish, ishonch qog`ozi berish, vakolat olmasdan 
vakillik qilgan shaxsning harakatlarini vakolat beruvchi ma'qullashini ko`rsatsa 
bo`ladi. Bir tomonlama bitim uni tuzgan shaxs uchun majburiyatlar keltirib chiqaradi. 


89 
Ikki tomonlama bitimlar har ikki tomonning erkiga muvofiq tuziladi. bitimlar – 
shartnomalardir. Ikki tomonlama bitimga misol qilib, oldi-sotdi, mulk ijarasi, sug`urta 
va boshqa shartnomalarni ko`rsatsak bo`ladi. Ko`p tomonlama bitimlarda uch va 
undan ortiq shaxslarning erklari tuziladi. Ko`p tomonlama bitimga misol qilib, oddiy 
shirkat (birgalikdagi faoliyat) shartnomasini ko`rsatsak bo`ladi. Ko`p tomonlama 
bitimlar ham ikki tomonlama bitimlar singari o`zaro kelishuv, ya'ni shartnomadir. 
Xulosa qilib aytganda, har qanday shartnoma bitim hisoblansa ham, har bitim 
shartnoma bo`la olmaydi. Aksariyat bitimlar shartnoma hisoblanishi mumkin. 
2. Bitimlar muqobil ijroning bo`lish-bo`lmasligiga qarab haq baravariga va 
tuziladigan bitimlarga bo`linadi. Haq baravariga tuziladigan bitimlar bo`yicha 
tomonlardan har biri qarshi foydasiga muayyan bir mulkni topshirish, pul to`lash, 
ishni bajarish, bironta xizmat ko`rsatish singari harakatlarni qilish majburiyatini 
oladi. Haq baravariga tuziladigan bitimlarga qarshi (muqobil) ijro nazarda tutiladigan 
bitimlar oldi-sotdi, ayirboshlash, pudrat, sug`urta kabi birmuncha shartnomalardir, 
chunki ularda tomonlardan har biri qarshi tomon faoydasiga bironta harakat qiladi. 
Masalan, sotuvchi pul evaziga ma'lum mulkni topshiradi. Tekin, ya'ni haq to`lanmay 
tuziladigan bitimlar asosida tomonlardan birigina ikkinchi tomon foydasiga biron-bir 
harakat qilish majburiyatini oladi. Bu yerda qarshi (muqobil) ijro yo`q. Masalan, 
hadya, foizsiz qarz, mulkdan tekin foydalanish (ssuda) to`g`risidagi shartnomalarni 
ko`rsatish mumkin. 
3. Bitimlar qay paytdan e'tiboran tuzilgan deb hisoblanishiga ko`ra real 
bitimlarga bo`linadi. Konsensual bitim deb huquq va majburiyatlarni o`zaro kelishish 
va bunday kelishuvni lozim tartibda rasmiylashtirish paytda vujudga keltiradigan 
bitimga aytaladi. Mulk ijarasi, mahsulot yetkazib berish, pudrat, kontraktatsiya 
singari shartnomalar konsensual bitim hisoblanadi. 
Real bitim deb o`zaro kelishuvga muvofiq ashyolar yoki pulni topshirish huquq 
va majburiyatni vujudga keltiradigan bitimga aytiladi. Real bitimlarga misol qilib, 
qarz, omonat, yuk tashish shartnomalarini ko`rsatsa bo`ladi. 

Download 5,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish