Chirchiq davlat pedagogika instituti "ijtimoiy fanlar" kafedrasi "tasdiqlayman"


Intellektual faoliyat natijalari, xizmat va tijorat siri – fuqarolik



Download 5,06 Kb.
Pdf ko'rish
bet44/109
Sana17.05.2023
Hajmi5,06 Kb.
#940203
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   109
Bog'liq
KURS ISHI

6. Intellektual faoliyat natijalari, xizmat va tijorat siri – fuqarolik 
huquqining obyekti sifatida 
Fuqarolik huquqlarining obyekti sifatida intellektual faoliyat natijalari, xizmat 
va tijorat siri nomoddiy ne'matlarning tarkibiy qismi hisoblanadi. Ma'lumki, 
insonning intellektual faoliyat mahsullari, ularning yaratish jarayoni va o`z 
xususiyatlari bo`yicha odatdagi ashyolardan farq qiladi. Shuning uchun ular fuqarolik 
huquqiy munosabatlarida o`ziga xos obyekt sifatida qaraladi. 
Intellektual faoliyat ijodiy faoliyat hisoblanadi. Bu ko`p hollarda aqliy mehnat 
kishilari – yozuvchilar, shoirlar, rassomlar, olimlar, injener-texnik xodim va 
boshqalar faoliyatining mahsullaridir. Bu mahsullar fuqarolik qonunlari bilan 
qo`riqlanishi uchun quyidagi shartlarga javob berishi kerak: 
-
haqiqatda ijod mahsuli bo`lishi, ya'ni original (o`ziga xos) bo`lishi; 
-
betakror bo`lishi; 
-
biron-bir obyektiv shaklda ifoda etilishi. 
Bu mahsullarning ko`pchiligi g`oyaviy-nomoddiy ko`rinishda bo`ladi. Shu ham 
ularga nisbatan odatdagi ashyolarga, moddiy obyektga nisbatan qo`llaniladigan 
huquq me'yorlarini qo`llab bo`lmaydi. 
O`zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlari intellektual faoliyatning 
quyidagi natijalarini farqlaydi: 


86 
– ixtiro, foydali model, sanoat namunalari; 
– seleksiya yutuqlari; 
– mualliflik va turdosh huquqlar obyektlari – fan, adabiyot, san'at asarlari, 
audivizual asarlar, radio eshittirishlar va televizion ko`rsatuvlari, asarlar ijrolari, 
EHM uchun yaratilgan dasturlar va ma'lumot bazalari; 
– integral mikrosxemalar toplogiyalari. 
Insonning ijodiy tafakkuri bu obyektlar doirasini tinmay kengaytirib Umumiy 
qoida bo`yicha yuridik shaxsning individuallashtirish vositalari, va yuridik 
shaxslarning mahsulot va xizmatlari ham intellektual faoliyat natijalariga 
tenglashtiriladi (FKning 97-moddasi, 1-qismi). Individuallashtirish vositalari (firma 
nomi, tovar va xizmat belgilari, tovar kelib chiqqan joy nomi) turdosh mahsulot va 
xizmatlarning boshqalaridan farqlash, ularni bir-birlari bilan chalkashtirib 
yubormaslikka xizmat qiladi. 
FKning 97-moddasiga asosan intellektual faoliyat natijalari va ularga 
tenglashtirilgan individuallashtirish vositalariga nisbatan fuqaroning yoki yuridik 
shaxsning mutlaq huquqi e'tirof etiladi, tan olinadi. Buning ma'nosi shundaki mutlaq 
huquq egasi intellektual faoliyat natijalari va individuallashtirish vositalaridan 
foydalanish va tasarruf etishda faqat o`zigagina tegishli bo`lgan huquq egasidir. U 
uchinchi shaxslarga bu obyektlardan foydalanishga ruxsat berishi va ta'qiqlab 
qo`yishga o`zigina haqli (yuridik shaxsning firma nomi bundan mustasno bo`lib, 
uchinchi shaxslarga foydalanish uchun berilishi mumkin emas). Intellektual faoliyat 
natijalarini yaratish, ulardan foydalanish, ularni tasarruf etish va huquqiy muhofaza 
qilishda vujudga keladigan munosabatlar FKning tegishli normalari, shuningdek 
O`zbekiston Respublikasining 1994 yil 6 mayda qabul qilingan Ixtirolar, foydali 
modellar va sanoat namunalari to`g`risida81 gi, Elektron hisoblash mashinalari uchun 
yaratilgan dasturlar va ma'lumotlar bazalarining huquqiy himoyasi to`g`risida 82 gi 
qonun, 1996 yil 30 avgustda qabul qilingan "Mualliflik va turdosh huquqlari 
to`g`risida"gi qonun bilan tartibga solinadi. Subyektlarni individuallashtirish 
vositalaridan foydalanish masalalari O`zbekiston Respublikasining 2001 yil 30 
avgustda qabul qilingan “Tovar belgilari, xizmat ko`rsatish belgilari va tovar kelib 
chiqqan joy nomlari to`g`risida”gi qonunda belgilab qo`yilgan. 
O`zbekiston Respublikasi FKning 98-moddasiga asosan, xizmat va tijorat sirlari 
ham nomoddiy ne'matlar tarkibiga kiradi. Oshkor etilishi O`zbekiston Respublikasi 
manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin bo`lgan fan, texnika, ishlab chiqarish va 
boshqaruv sohasiga doir ma'lumotlar xizmat sirini tashkil etadi (1993 yil 7 mayda 
qabul qilingan “Davlat sirlarini saqlash to`g`risida”83 gi qonunining 3-moddasi). 
Korxonaning tijorat siri deganda, korxonaning ishlab chiqarish, texnologiya axboroti, 
boshqaruvi, rejalashtirilishi, moliyalashtirilishi, moliyasi va boshqa faoliyati bilan 
bog`liq bo`lgan hamda e'lon qilish (topshirish, oshkor bo`lib qolishi) uning 


87 
manfaatlariga zarar yetkazishi mumkin bo`lgan, davlat siri bo`lmagan ma'lumotlar 
tushuniladi. 
Xizmat va tijorat sirlari fuqarolik huquqi obyekti sifatida himoya qilinishi 
quyidagi shartlar mavjud bo`lishi lozim: 
birinchidan, xizmat yoki tijorat siri bo`lgan ma'lumotlar uchinchi shaxslarga 
noma'lumligi sababli haqiqiy yoki nisbiy tijorat qiymatiga ega bo`lishi kerak; 
ikkinchidan, bu ma'lumotlardan uchinchi shaxslarning xabardor bo`lishga, 
bahramand bo`lishga qonuniy asoslari bo`lmasligi talab qilinadi; 
uchinchidan, sir hisoblangan axborot (ma'lumot) egasi uning maxfiyligini 
saqlashga doir choralarni ko`rgan bo`lishi zarur. 
Ushbu shartlardan birortasi mavjud bo`lmasa, xizmat yoki tijorat sirlaridan 
foydalanganlik uchun fuqarolik-huquqiy javobgarlik yuzaga kelmaydi. Korxonalar va 
boshqa subyektlarning atrof-muhitni ifloslantirayotganligi yoki jamiyatga zarar 
keltirish mumkin bo`lgan boshqa salbiy faoliyatlari haqidagi ma'lumotlar xizmat yoki 
tijorat siri hisoblanmaydi. Tijorat sirlari egasi ulardan o`z faoliyatida foydalanishi, 
shuningdek, boshqalarga foydalanish uchun litsenziya shartnomasi asosida ruxsat 
berishga, sotishga, boshqacha usullarda tasarruf etishga haqli. 

Download 5,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish