Chirchiq davlat pedagogika instituti "ijtimoiy fanlar" kafedrasi "tasdiqlayman"



Download 5,06 Kb.
Pdf ko'rish
bet47/109
Sana17.05.2023
Hajmi5,06 Kb.
#940203
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   109
Bog'liq
KURS ISHI

3.Bitim shakllari 
Bitim tuzishda erkni ifodalash usuliga bitim shakli deb aytiladi. Bitimlar va 
yozma (oddiy yoki notarial tasdiqlangan) shaklda tuziladi (FKning 105- moddasi, 1-
bandi). FKning 106-moddasiga binoan qonun hujjatlarida yoki taraflarning yozma 
tasdiqlangan shakl belgilab qo`yilmagan, jumladan, u tuzilayotgan vaqtning 
o`zidayoq bajariladigan bitim og`zaki tuzilishi mumkin. Shaxsning xattiharakatidan 
uning bitim tuzishga bo`lgan xohish-irodasi bilinib turgan holda ham bunday bitim 
tuzilgan hisoblanadi. Jeton, patta yoki odatda qabul qilingan boshqa belgi berish bilan 
bitim, agar qonun hujjatlarida boshqacha tartib belgilangan bo`lmasa, og`zaki shaklda 
tuzilgan bitim hisoblanadi. Yozma shaklda tuzilgan shartnoma bajarishga qaratilgan 


91 
bitimlar, agar hujjatlari va shartnomaga zid bo`lmasa, taraflarning kelishuviga 
muvofiq og`zaki tuzilishi mumkin. 
Qonunda indamasdan, sukut saqlash orqali ham bitim tuzilishi mumkinligi 
tutiladi. Bu holda xalqimizning qadimdan mavjud “sukut – rozilik alomati” qoidasi 
amal qiladi. Biroq bunday usulda bitim tuzishga faqat cheklangan hollardagina yo`l 
qo`yiladi. FKning 105-moddasiga asosan sukut saqlash qonun hujjatlarida yoki 
taraflarning kelishuvida nazarda tutilgan hollarda bitim tuzishga bo`lgan xohish-
irodaning ifodasini hisoblanadi. 
Yuqorida aytilganidek, shaxsning xulq-atvori, xatti-harakatlaridan bitim bo`lgan 
xohish-irodasi bilinib turgan hollarda ham bunday bitim tuzilgan hisobanadi. Bu 
usulda tuzilgan bitimlarning nomi lotincha “konklyudo” so`zidan olingan bo`lib, 
“tuzaman” degan ma'noni anglatadi. Konklyudent harakatlar shunday harakatlarki, 
ular og`zaki shaklda ham, yozma shaklda ham ifoda etilmagan bo`lsada, shaxsning 
niyati, maqsadi haqida o`z o`zidan guvohlik berib turadi. Yozma shaklda tuziladigan 
bitimlar ikki turga: 
a)
oddiy yozma; 
b)
notarial idoralarda, shuningdek, qonun bilan nazarda tutilgan hollarda, 
organlarda tasdiqlanadigan bitimlarga bo`linadi. 
Oddiy yozma bitim bitimning shartlarini o`z ichiga olgan va taraflar (yoki 
tomonidan imzolangan hujjatga aytiladi. Bitimlar quyidagi hollarda oddiy yozma 
shaklda tuziladi: 
1) yuridik shaxslarning o`zaro va fuqarolar bilan tuziladigan bitimlari yuridik 
shaxslar mavzusida aytganimizdek, yuridik shaxslarning mulki va mablag`lari uning 
balansida aks ettirilishi kerak. Binobarin, yuridik shaxsning turli bitimlar tuzish orqali 
ko`rgan daromadi yoxud zarari ham buxgalteriya balanslarida rasmiylashtirilishi 
kerak); 
2) fuqarolar o`rtasidagi belgilangan eng kam oylik ish haqining o`n ortiq 
summadagi bitimlar, qonunda belgilangan hollarda esa – bitim summasidan qat'i 
nazar boshqa bitimlar. 
Yozma bitim uni tuzuvchilar yoki ularning vakillari tomonidan imzolanishi 
Agar fuqaro jismoniy kamchiligi, kasalligi yoki boshqa biron sabablar tufayli bitimni 
imzolay olmasa, bu holda uning topshirig`iga binoan boshqa fuqaro imzolashi 
mumkin. Bu fuqaroning imzosi bitim tuzuvchi ishlab yoki o`qib turgan tashkiloti va 
yashash joyidagi uy boshqarmasi yoki u davolanayotgan muassasaning ma'muriyat 
yoxud notarial idora tomonidan tasdiqlanishi lozim. Bunday hollarda bitim tuzgan 
shaxsning o`zi qanday sabab bilan bitimni imzolay olmaganligi albatta ko`rsatilishi 
kerak. 
Tashkilotlar tomonidan tuziladigan yozma bitimlarda mazkur tashkilot imzosi va 
muhri bo`lishi lozim. Ba'zi yuridik shaxslar tomonidan tuziladigan bitimlarda ikkita 


92 
imzo: tashkilot rahbari va boshqa mansabdor shaxs, odatda, bosh buxgalter yoki 
buxgalterning imzosi bo`ladi. 
Xatlar, telegrammalar, telefonogrammalar, teletaypogrammalar, fakslar yoki 
subyektlarni va ular xohish-irodasi mazmunini belgilaydigan boshqa hujjatlarni 
o`zaro ayirboshlash, agar qonunda yoki taraflarning kelishuvida boshqacha hol 
belgilanmagan bo`lsa, yozma shaklda tuzilgan bitimga tenglashtiriladi. Ba'zi hollarda 
yozma tuzilgan bitim qo`shimcha talabga ham javob berishi (muayyan shakldagi 
tuzilishi, muhr bilan tasdiqlanishi va h.k.). Yozma shaklda tuzilgan bitimni bajargan 
taraf ikkinchi tarafdan ijroni hujjat talab qilishga haqli. Bu qoida og`zaki tadbirkorlik 
bitimiga nisbatan ham joriy qilinadi. 
Qonun bilan talab etilgan bitimning oddiy yozma shakliga rioya qilmaslik 
haqiqiy emasligiga olib kelmaydi, biroq nizo kelib chiqqan taqdirda, taraflarni 
bitimning tuzilganligini, mazmunini yoki bajarilganligini guvohlarning ko`rsatuvlari 
bilan tasdiqlash huquqidan mahrum qiladi (FKning 109-moddasi). Oddiy yozma 
shaklga rioya qilmasdan tuzilgan bitim qonun yoki kelishuviga bevosita zid bo`lmasa, 
o`z o`zicha haqiqiy bo`lib sanalsa ham, nizo chiqqan taqdirda bitimning tuzilganligini 
va uning mazmunini guvohlarning ko`rsatmalari bilan isbotlab bo`lmaydi. 
Notarial guvohlantirilgan bitim deb belgilangan shaklda notariat xati notarius 
tomonidan imzolangan va gerbli muhr bosilgan yozma hujjatga aytiladi. Notarial 
shakldagi bitim uni tuzuvchilar yoki vakillari tomonidan notarius huzurida 
imzolanadi. Bitimlarni notarial tartibda tasdiqlash faqat qonun93da ko`rsatilgan yoki 
biri talab qilgan hollardagina majburiydir. Jumladan, uy-joylarni oldi-sotdisi, garovga 
qo`yish shartnomalari va boshqa ba'zi shartnomalar, shuningdek mulkni vasiyat qilish 
to`g`risidagi bitim (vasiyatnoma) notarial tartibda tasdiqlanishini talab qiladi. 
Bitimlarning oddiy yozma va notarial tasdiqlangan shaklda tuzilishi ba'zi asoslar 
bo`yicha belgilangan, chunonchi: 
birinchidan, bitimning yozma shakli bitim tuzilganligi faktini bir tomonning 
bayonotiga yoki guvohlarning ko`rsatmalariga qaraganda asosliroq isbotlaydigan 
dalil bo`la oladi; 
ikkinchidan, yozma shakl og`zaki shakldan ko`ra bitimning haqiqiy aniqlashga 
yaxshiroq yordam beradi va zarur hollarda uni tegishli davlat organlari tomonidan 
tekshirilishini yengillashtiradi. Shu nuqtai nazardan bitimning insofsiz ishtirokchilari 
tomonidan ba'zi hollarda yo`l qo`yiladigan suiiste'molchiliklarga qarshi ma'lum 
darajada garov bo`lib xizmat qiladi; 
uchinchidan, bitimning yozma shakli taraflar uchun majburiy bo`lishi – faktlarni 
hujjatlashtirish va taraflarning faoliyatlari ustidan nazorat olib borish imkoniyatini 
beradi; 


93 
to`rtinchidan, bitimlarning yozma shaklda rasmiylashtirilishi fuqarolik 
ishtirokchilarini muayyan tartibga, o`z erklarini aniq ifoda etishga va bitim bilan 
nazarda tutilgan shartlarni puxta bajarishga o`rgatadi. 
Qonun 
ba'zi 
hollarda 
bitimlarning 
yozma 
yoki 
notarial 
shaklda 
rasmiylashtirilishidan tashqari tegishli davlat muassasalarida qayd etilishini 
(ro`yxatdan o`tkazilishini) talab qiladi. Masalan, yer uchastkalari va boshqa ko`mas 
mol-mulk bilan bog`liq bitimlar (boshqa shaxsga berish, ipoteka, uzoq muddatli ijara, 
merosni qabul qilib olish va boshqalar) davlat ro`yxatidan o`tkazilishi kerak (FKning 
111-moddasi). 
Qonun bo`yicha talab qilinadigan shaklga rioya qilmaslik oqibatida qonunda 
to`g`ridan-to`g`ri ko`rsatilgan taqdirdagina bitimning haqiqiy sanalmasligiga sabab 
bo`ladi. Jumladan, bitimning notarial shakliga yoki uni davlat ro`yxatidan o`tkazish 
talabiga rioya qilmaslik, bitimning haqiqiy emasligini keltirib chiqaradi. Bunday 
bitim o`z o`zidan haqiqiy bo`lmaydi (FKning 112-moddasi, 1-qismi). Bunday 
hollarda bitim tuzgan taraflar har bir bitimga binoan olingan hamma narsani 
qaytarishga, buning imkoniyati bo`lmaganda, agar haqiqiy bo`lmagan bitimning 
boshqa oqibatlari qonunda nazarda tutilmagan bo`lsa, uning qiymatini pul bilan 
to`lashga majbur bo`ladi. 
Agar taraflardan biri notarial tasdiqlash talab qilinadigan bitimni to`la yoki 
bajargan bo`lsa, ikkinchi taraf esa – bitimni notarial rasmiylashtirishdan bosh tortsa, 
sud bitimni bajargan tarafning talabi bo`yicha uni haqiqiy hisoblashga haqlidir. Bu 
holda bitimni keyinchalik notarial rasmiylashtirish talab qilinmaydi (FKning 112-
moddasi, 2-qismi). 
Agar davlat ro`yxatidan o`tkazish talab qilinadigan bitim kerakli shaklda bo`lib, 
ammo taraflardan biri uni ro`yxatdan o`tkazishdan bosh tortsa, sud boshqa tarafning 
talabi bilan bitimni ro`yxatdan o`tkazish to`g`risida qaror chiqarishga haqli. Bunday 
hollarda bitim sud qaroriga muvofiq ro`yxatdan o`tkaziladi (FKning 112-moddasi, 3-
bandi). 

Download 5,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish