Chirchiq davlat pedagogika instituti "ijtimoiy fanlar" kafedrasi "tasdiqlayman"


Xo`jalik jamiyatlari yuridik shaxs sifatida



Download 5,06 Kb.
Pdf ko'rish
bet26/109
Sana17.05.2023
Hajmi5,06 Kb.
#940203
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   109
Bog'liq
KURS ISHI

Xo`jalik jamiyatlari yuridik shaxs sifatida. 
Xo`jalik jamiyatlari – bu bir yoki 
bir necha shaxslar tomonidan jamiyat nomidan tadbirkorlik faoliyatini birga amalga 
oshirish uchun o`z mulklari(asosan mablag`lari)ni qo`shish yo`li bilan tuzgan 
tashkilotidir. Amaldagi qonunchilikka muvofiq, xo`jalik jamiyatlarining mas'uliyati 
cheklangan jamiyat, qo`shimcha mas'uliyatli jamiyat va aksiyadorlik jamiyatlari kabi 
turlari mavjud. 
Mas'uliyati cheklangan hamda qo`shimcha mas'uliyatli jamiyatlar FK va 
“Mas'uliyati cheklangan hamda qo`shimcha mas'uliyatli jamiyatlar to`g`risida”gi 
qonun va boshqa qonun hujjatlari huquqiy tartibga soladi. 


55 
Bir yoki bir necha shaxs tomonidan ta'sis etilgan, ustav fondi (ustav kapitali) 
ta'sis hujjatlari bilan belgilangan miqdorlarda ulushlarga bo`lingan xo`jalik jamiyati 
mas'uliyati cheklangan jamiyat deb hisoblanadi. Mas'uliyati cheklangan jamiyatning 
ishtirokchilari uning majburiyatlari bo`yicha javobgar bo`lmaydilar va jamiyat 
faoliyati bilan bog`liq zararlar uchun o`zlari qo`shgan hissalar qiymati doirasida 
javobgar bo`ladilar. Mas'uliyati cheklangan jamiyatning o`z hissasini to`la 
qo`shmagan ishtirokchilari jamiyat majburiyatlari bo`yicha har bir ishtirokchi 
hissasining to`lanmagan qismining qiymati doirasida solidar javobgar bo`ladilar. Bir 
yoki bir necha shaxs tomonidan ta'sis etilgan, ustav fondi (ustav kapitali) ta'sis 
hujjatlari bilan belgilangan miqdorlardagi ulushlarga bo`lingan xo`jalik jamiyati 
qo`shimcha mas'uliyatli jamiyat deb hisoblanadi. Bunday jamiyatning ishtirokchilari 
jamiyat majburiyatlari bo`yicha o`ziga tegishli mol-mulklari bilan hamma uchun bir 
xil bo`lgan va qo`shgan hissalari qiymatiga nisbatan jamiyatning ta'sis hujjatlarida 
belgilanadigan karrali miqdorda solidar tarzda subsidiar javobgar bo`ladilar. 
Qo`shimcha mas'uliyatli jamiyat ishtirokchilari javobgarligining eng yuqori miqdori 
qo`shimcha mas'uliyatli jamiyatning ustavida nazarda tutiladi. Ishtirokchilardan biri 
bankrot bo`lib qolganida uning qo`shimcha mas'uliyatli jamiyat majburiyatlari 
bo`yicha 
javobgarligi, 
agar 
jamiyatning 
ta'sis 
hujjatlarida 
javobgarlikni 
taqsimlashning boshqacha tartibi nazarda tutilgan bo`lmasa, boshqa ishtirokchilar 
o`rtasida ularning qo`shgan hissalariga mutanosib ravishda taqsimlanadi. 
Mas'uliyati cheklangan hamda qo`shimcha mas'uliyatli jamiyatlar qonun 
hujjatlarida ta'qiqlanmagan har qanday faoliyat turlarini amalga oshirishi mumkin. 
Jamiyat o`z majburiyatlari yuzasidan o`ziga qarashli barcha mol-mulk bilan javobgar 
bo`ladi. Jamiyat o`z ishtirokchilarining majburiyatlari yuzasidan javob bermaydi. 
Jamiyatning bankrotligi ishtirokchi sifatidagi shaxsning aybi tufayli vujudga kelgan 
bo`lsa, jamiyatning mol-mulki yetarli bo`lmagan taqdirda bunday shaxs zimmasiga 
uning majburiyatlari bo`yicha subsidiar javobgarlik yuklatilishi mumkin. Davlat va 
uning organlari jamiyatning majburiyatlari yuzasidan javobgar bo`lmaydi, xuddi 
shuningdek jamiyat ham davlat va uning organlari majburiyatlari yuzasidan javobgar 
bo`lmaydi. 
Yuridik va jismoniy shaxslar jamiyatning ishtirokchilari bo`ladilar. Qonunda 
ayrim toifadagi jismoniy shaxslarning jamiyatda ishtirok etishi ta'qiqlanishi yoki 
cheklanishi mumkin. Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, agar qonun 
hujjatlarida boshqacha qoida belgilangan bo`lmasa, jamiyatning ishtirokchilari 
bo`lishga haqli emaslar. Jamiyat bir shaxs tomonidan ta'sis etilishi mumkin bo`lib, u 
jamiyatning yagona ishtirokchisiga aylanadi. Jamiyat keyinchalik bir ishtirokchisi 
bo`lgan jamiyatga aylanishi mumkin. Jamiyat yagona ishtirokchi sifatida bir 
shaxsdan iborat boshqa xo`jalik jamiyatiga ega bo`lishi mumkin emas. Jamiyat 
ishtirokchilarining 
soni 
ellik 
kishidan 
oshmasligi 
lozim. 
Agar 
jamiyat 


56 
ishtirokchilarining soni ushbu belgilangan me'yordan oshib ketsa, jamiyat bir yil 
ichida ochiq aksiyadorlik jamiyati yoki ishlab chiqarish kooperativi etib qayta 
tuzilishi kerak. Agar ko`rsatilgan muddat davomida jamiyat qayta tuzilmasa va 
jamiyat ishtirokchilarining soni belgilangan me'yorga qadar kamaymasa, u yuridik 
shaxslarni davlat ro`yxatidan o`tkazuvchi organning talabiga binoan sud tartibida 
tugatilishi kerak. 
Jamiyatning ta'sis shartnomasi va ustavi jamiyat ta'sis hujjatlari deb hisoblanadi. 
Agar jamiyat bir shaxs tomonidan ta'sis etilsa, shu shaxs tasdiqlagan ustav 
jamiyatning ta'sis hujjati hisoblanadi. Jamiyat ishtirokchilarining soni ikki va undan 
ortiq kishiga ko`paysa, ular o`rtasida ta'sis shartnomasi tuzilishi kerak. Jamiyat ustav 
fondi (ustav kapitali) uning ishtirokchilari ulushlarining nominal qiymatlaridan tarkib 
topadi. Jamiyat ustav fondining (ustav kapitalining) miqdori jamiyatni davlat 
ro`yxatidan o`tkazish uchun hujjatlarni taqdim etish sanasidagi holatga ko`ra qonun 
hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish haqining ellik baravaridan kam bo`lmasligi 
lozim. Jamiyat davlat ro`yxatidan o`tkaziladigan paytga qadar uning har bir 
ishtirokchisi ta'sis hujjatlarida ko`rsatilgan jamiyatning ustav fondidagi (ustav 
kapitalidagi) o`z hissasining kamida o`ttiz foizini kiritishi shart. Jamiyatning har bir 
ishtirokchisi ta'sis hujjatlarida belgilangan va jamiyat davlat ro`yxatidan o`tkazilgan 
paytdan boshlab bir yildan oshmaydigan muddat mobaynida jamiyatning ustav 
fondiga (ustav kapitaliga) o`z hissasini to`liq kiritishi kerak. Jamiyatning ishtirokchisi 
tomonidan hissaning to`liq kiritilganligi jamiyat ishtirokchisiga beriladigan 
guvohnoma bilan tasdiqlanadi. Jamiyat ishtirokchilarining umumiy yig`ilishi jamiyat 
boshqaruvining oliy organi hisoblanadi. 
Jamiyatning ustavida jamiyatning kuzatuv kengashini tuzish nazarda tutilishi 
mumkin. Jamiyatning joriy faoliyatiga rahbarlik qilish jamiyatning yakkaboshchilik 
asosidagi ijro etuvchi organi tomonidan yoki jamiyatning kollegial ijro etuvchi organi 
tomonidan 
amalga 
oshiriladi. 
Jamiyatning 
ijro 
etuvchi 
organi 
jamiyat 
ishtirokchilarining umumiy yig`ilishiga va, agar tuzilishi jamiyatning ustavida 
nazarda tutilgan bo`lsa, jamiyatning kuzatuv kengashiga hisobdordir. 
Xo`jalik jamiyatlari turlaridan yana biri aksiyadorlik jamiyatidir. Ustav fondi 
muayyan miqdordagi aksiyalarga bo`lingan jamiyat aksiyadorlik jamiyat hisoblanadi. 
Ishtirokchilar (aksiyadorlar) jamiyat majburiyatlari bo`yicha javob bermaydilar, 
jamiyat faoliyati bilan bog`liq zararlar uchun o`zlariga qarashli aksiyalar qiymati 
doirasida javobgar bo`ladilar (FKning 64-moddasi). J.I.Yuldashev xo`jalik 
jamiyatlari va shirkatlari ichida aksiyadorlik jamiyatlari yirik va o`rta biznesga, 
qolgan xo`jalik shirkatlari va jamiyatlari mayda va o`rta biznesga xos xo`jalik 
yurituvchi subyektlar deb hisoblaydi48. Aksiyadorlik jamiyatlarining huquqiy 
maqomi FK, 1996 yil 26 aprelda qabul qilingan “Aksiyadorlik jamiyatlari va 
aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to`g`risida”gi qonun va boshqa qonun 


57 
hujjatlari bilan tartibga solinadi. AJ o`z majburiyatlari yuzasidan o`ziga tegishli 
barcha mol-mulki bilan javobgar bo`ladi. Aksiyadorlar jamiyatning majburiyatlari 
yuzasidan javobgar bo`lmaydilar va uning faoliyati bilan bogliq ziyonlarni o`zlariga 
tegishli aksiyalar qiymati doirasida to`laydilar. Aksiyalar haqining hammasini 
to`lamagan aksiyadorlar jamiyat majburiyatlari yuzasidan o`zlariga tegishli aksiyalar 
qiymatining to`lanmagan qismi doirasida solidar javobgar bo`ladilar. Jamiyat o`z 
aksiyadorlarining majburiyatlari yuzasidan javobgar bo`lmaydi. Agar jamiyatning 
nochorligi (bankrotligi) jamiyat uchun majburiy ko`rsatmalarni berish huquqiga ega 
bo`lgan aksiyador sifatidagi shaxsning gayriqonuniy xatti-harakatlari tufayli vujudga 
keltirilgan bo`lsa, mazkur aksiyador zimmasiga jamiyatning mol-mulki yetarli 
bo`lmagan taqdirda uning majburiyatlari bo`yicha subsidiar javobgarlik yuklatilishi 
mumkin. Aksiyadorlik jamiyatining ustavida tegishli huquq nazarda tutilgan 
taqdirdagina, aksiyador majburiy ko`rsatma berish huquqiga ega bo`ladi. Jamiyat 
uchun majburiy ko`rsatmalar berish huquqiga ega bo`lgan aksiyador jamiyatning 
muayyan harakatni amalga oshirishi oqibatida nochor (bankrot) bo`lib qolishini 
oldindan bilib, o`z huquqidan uning ana shunday harakatni amalga oshirishini ko`zlab 
foydalangan holdagina jamiyatning nochorligi (bankrotligi) aksiyadorning harakatlari 
tufayli vujudga keltirilgan deb hisoblanadi. 
Aksiyadorlik jamiyati ochiq yoki yopiq bo`lishi mumkin. Ochiq aksiyadorlik 
jamiyatining muassislari tarkibiga kiruvchilarning eng kam soni cheklanmaydi. 
Yopiq aksiyadorlik jamiyatlarining muassislari esa kamida uch shaxsdan iborat qilib 
belgilanadi. Aynan muassislarining belgilangan miqdori turli davlatlarda turlicha 
belgilangan. Masalan, Italiyada – 2, Shveysariyada – 3, Germaniyada – 5, Angliya, 
Fransiya, Yaponiyada – 7, Estoniya, Rossiya, Niderlandiya, Shveysiya, Finlandiya va 
AQShning ko`pgina shtatlarida – 1 kishi v.x.k49. Qatnashchilari o`zlariga tegishli 
aksiyalarini o`zga aksiyadorlarning roziligisiz boshqa shaxslarga berishi mumkin 
bo`lgan aksiyadorlik jamiyati ochiq aksiyadorlik jamiyati deb hisoblanadi. OAJ o`zi 
chiqarayotgan aksiyalarga ochiq obuna o`tkazishga va qonun hujjatlarining talablarini 
hisobga olgan holda ularni erkin sotishga haqlidir. OAJ aksiyadorlarining soni 
chegaralanmaydi. Ochiq aksiyadorlik jamiyati ustav fondining eng kam miqdori 
jamiyat davlat ro`yxatidan o`tkazilgan sanada O`zbekiston Respublikasi Markaziy 
bankining kursi bo`yicha ellik ming AQSH dollariga teng bo`lgan summadan kam 
bo`lmasligi kerak. 
Aksiyalari faqat o`z muassislari yoki oldindan belgilangan doiradagi shaxslar 
orasida taqsimlanadigan aksiyadorlik jamiyati yopiq aksiyadorlik jamiyati deb 
hisoblanadi. Bunday jamiyat o`zi chiqarayotgan aksiyalarga ochiq obuna o`tkazishga 
yoxud ularni cheklanmagan doiradagi shaxslarga sotib olish uchun boshqacha tarzda 
taklif etishga haqli emas. YOAJ aksiyadorlarining soni ellik nafardan ziyod bo`lishi 
mumkin emas. Belgilangan chegaradan ortib ketgan taqdirda, u yopiq aksiyadorlik 


58 
jamiyatlari uchun miqdori aksiyadorlarning chegaralangan limitidan ortib ketgan 
shaxslar aksiyadorlar reyestrida ro`yxatga olingan kundan e'tiboran olti oy ichida 
ochiq aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilishi, ushbu muddat tugagach, sud tartibida 
tugatilishi lozim. 
Yopiq aksiyadorlik jamiyati ustav fondining eng kam miqdori esa, jamiyat 
davlat ro`yxatidan o`tkazilgan sanada qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik 
ish haqining ikki yuz baravari miqdoridan kam bo`lmasligi kerak. Jamiyat filiallar 
tashkil etishi hamda vakolatxonalar ochishi mumkin. Ular o`zlarini tashkil etgan 
jamiyat tomonidan mol-mulk bilan ta'minlanadi va shu jamiyat tasdiqlagan nizomlar 
asosida ish ko`radi. Filial yoki vakolatxonaning rahbari jamiyat tomonidan 
tayinlanadi va jamiyat bergan ishonchnoma asosida ish ko`radi. Filial hamda 
vakolatxona faoliyati uchun javobgarlik ularni tuzgan jamiyat zimmasida bo`ladi. 
Ta'sis yig`ilishi (muassis) tasdiqlagan ustav jamiyatning ta'sis hujjati 
hisoblanadi. 
Davlat korxonasi aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilayotganda davlat mulkini 
tasarruf etishga vakolatli organ tasdiqlaydigan emissiya ma'lumotnomasi ham ta'sis 
hujjati hisoblanadi. 
Jamiyatning ustav fondi aksiyadorlar sotib olgan jamiyat aksiyalarining nominal 
qiymatidan tashkil topadi. Jamiyat chiqaradigan barcha aksiyalarning nominal 
qiymati bir xil bo`lishi lozim. 
Jamiyatning ustav fondi uning mol-mulkining o`z kreditorlari manfaatlarini 
kafolatlaydigan darajadagi eng kam miqdorini belgilaydi. Jamiyat davlat mulki 
negizida tuzilganda korxonaning (mol-mulkning) qonun hujjatlarida belgilangan 
tartibda aniqlangan bozor bahosi jamiyat ustav fondining summasini tashkil etadi. 
Aksiyadorlik jamiyatini aksiyadorlarning umumiy yig`ilishi, kuzatuv kengashi va 
ijroiya organi boshqaradi. 
Aksiyadorlarning umumiy yig`ilishi jamiyatni boshqarishning oliy organidir. 
Jamiyatning kuzatuv kengashi jamiyat faoliyatiga umumiy rahbarlik qiladi, ushbu 
Qonun bilan aksiyadorlar umumiy yigilishining mutlaq vakolatlariga kiritilgan 
masalalarni hal etish bundan mustasno. Ovoz beruvchi aksiyalarning egasi bo`lgan 
aksiyadorlar soni o`ttiz kishidan kam bo`lgan jamiyatda kuzatuv kengashi vazifasi 
jamiyat ustavi bilan aksiyadorlarning umumiy yigilishi zimmasiga yuklanishi 
mumkin. Bunday hollarda aksiyadorlar umumiy yigilishini o`tkazish masalasini hal 
etishga vakolati bo`lgan muayyan shaxs yoki jamiyat organi jamiyat ustavida o`z 
aksini topishi kerak. 
Jamiyatning kundalik faoliyatiga rahbarlik yakkaboshchilik asosidagi ijroiya 
organi (direktor) yoki kollegial ijroiya organ (boshqaruv, direksiya) tomonidan 
amalga oshirilishi mumkin. Bir paytning o`zida ham yakkaboshchilik asosidagi, ham 
kollegial ijroiya organlari bo`lishi nazarda tutilgan jamiyat ustavida ulardan har 


59 
birining vakolatlari belgilab qo`yilishi kerak. Bunday hollarda jamiyatning 
yakkaboshchilik asosidagi ijroiya organi (direktor) vazifasini bajaruvchi shaxs 
kollegial ijroiya organi (boshqaruv, direksiya) raisi vazifasini ham amalga oshiradi. 
Aksiyadorlar umumiy yig`ilishining qaroriga binoan jamiyat ijroiya organining 
vakolatlari shartnoma bo`yicha tijorat tashkilotiga (boshqaruvchi tashkilotga) yoki 
yakka tartibdagi tadbirkorga (boshqaruvchiga) berilishi mumkin. Tuziladigan 
shartnomaning shartlari, basharti ustavda o`zgacha qoida nazarda tutilmagan bo`lsa, 
jamiyat kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlanadi. Jamiyat ijroiya organining 
vakolatlariga jamiyatning kundalik faoliyatiga rahbarlik qilishga doir barcha 
masalalar kiradi, aksiyadorlar umumiy yig`ilishining mutlaq vakolatlariga yoki 
kuzatuv kengashining vakolatlariga kiritilgan masalalar bundan mustasno. 
Xo`jalik shirkati va jamiyatlari yuridik shaxs huquqini olgan shu'ba va tobe 
xo`jalik jamiyatlarga ega bo`lishi mumkin. 
FKning 67-moddasiga muvofiq, bir (asosiy) xo`jalik jamiyati yoki shirkati 
ikkinchi xo`jalik jamiyatining ustav fondida undan ustunlik mavqeiga ega bo`lgan 
holda ishtirok etishi tufayli yoxud ular o`rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq yo 
bo`lmasa boshqacha tarzda ikkinchi xo`jalik jamiyati tomonidan qabul qilinadigan 
qarorlarni belgilab berish imkoniga ega bo`lsa, ushbu ikkinchi xo`jalik jamiyati 
sho`ba xo`jalik jamiyati hisoblanadi. 
Sho`ba xo`jalik jamiyati o`zining asosiy jamiyati (shirkati)ning qarzlari bo`yicha 
javob bermaydi. 
Shu'ba xo`jalik jamiyatiga bajarilishi shart bo`lgan ko`rsatmalarni berishga 
huquqli asosiy jamiyat ana shunday ko`rsatmalarni bajarish uchun shu'ba jamiyat 
tomonidan tuzilgan bitimlar yuzasidan shu'ba jamiyat bilan solidar javobgar bo`ladi. 
Asosiy jamiyatning shu'ba xo`jalik jamiyatga bajarilishi shart bo`lgan ko`rsatmalarni 
berish huquqi shu'ba xo`jalik jamiyat bilan tuzilgan shartnomada yoki shu'ba xo`jalik 
jamiyatning ustavida ko`zda tutilgan taqdirdagina asosiy jamiyat bunday huquqqa ega 
deb hisoblanadi. 
Shu'ba xo`jalik jamiyati asosiy jamiyatning aybi bilan nochor (bankrot) bo`lib 
qolgan hollarda asosiy jamiyat shu'ba xo`jalik jamiyatning qarzlari yuzasidan 
subsidiar javobgar bo`ladi. Asosiy jamiyat shu'ba xo`jalik jamiyatning muayyan 
harakatlarni amalga oshirish oqibatida nochor (bankrot) bo`lib qolishini oldindan 
bilib, yuqorida aytilgan o`z huquqlari va (yoki) imkoniyatidan shu'ba xo`jalik 
jamiyatning shunday harakatlarni amalga oshirishini ko`zlab foydalangan 
hollardagina shu'ba xo`jalik jamiyatning nochorligi (bankrotligi) asosiy jamiyatning 
aybi bilan yuz bergan deb hisoblanadi. 
Shu'ba xo`jalik jamiyat aksiyadorlari asosiy jamiyatdan uning aybi bilan shu'ba 
xo`jalik jamiyatga keltirilgan ziyonni to`lashni talab qilishga haqlidir. Asosiy jamiyat 
shu'ba xo`jalik jamiyatning muayyan harakatlarni amalga oshirish oqibatida ziyon 


60 
ko`rishini oldindan bilib, o`z huquqlari va (yoki) imkoniyatidan shu'ba xo`jalik 
jamiyatning shunday harakatlarni amalga oshirishini ko`zlab foydalangan holdagina 
ziyon asosiy jamiyatning aybi bilan keltirilgan deb hisoblanadi. 
Xo`jalik jamiyatida ishtirok etuvchi boshqa jamiyat xo`jalik jamiyatiga qarashli 
ovoz beradigan aksiyalarning yigirma foizidan ko`prog`iga ega bo`lsa, bunday 
xo`jalik jamiyati qaram jamiyat deb hisoblanadi. Qaram xo`jalik jamiyati yuridik 
shaxs hisoblanadi. Xo`jalik jamiyatida ishtirok etuvchi boshqa jamiyat qaram jamiyat 
ustav fondining tegishli qismini qo`lga kiritib olganligi haqidagi ma'lumotlarni 
qonunda nazarda tutilgan tartibda darhol e'lon qilishi shart. 
Xo`jalik jamiyatlari bir-birlarining ustav fondlarida o`zaro qatnashishining 
chegarasi va bunday jamiyatlardan biri boshqa jamiyat ishtirokchilari yoki 
aksiyadorlarining umumiy yig`ilishida foydalanishi mumkin bo`lgan ovozlar soni 
qonunda belgilab qo`yiladi. Ishtirok etuvchi va tobe xo`jalik jamiyatlari o`rtasidagi 
o`zaro munosabatlar qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi. 

Download 5,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish