Chirchiq davlat pedagogika instituti "ijtimoiy fanlar" kafedrasi "tasdiqlayman"


Xo`jalik shirkatlari – yuridik shaxs sifatida



Download 5,06 Kb.
Pdf ko'rish
bet25/109
Sana17.05.2023
Hajmi5,06 Kb.
#940203
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   109
Bog'liq
KURS ISHI

Xo`jalik shirkatlari – yuridik shaxs sifatida. 
Xo`jalik shirkati – bu shirkat 
nomidan harakat qiluvchi ikki yoki undan ortiq shaxsning tadbirkorlik faoliyatini 
amalga oshirish uchun tuzgan shartnomaviy yuridik shaxs maqomiga ega bo`lgan 
birlashmasidir. 
Xo`jalik shirkatlari va jamiyatlari bozor munosabatlari sharoitida tadbirkorlik 
faoliyatining eng faol ishtirokchilari hisoblanadi. Ular tijoratchi tashkilotlar jumlasiga 
kirib, ustav kapitallari, odatda, muassislarning qo`shgan umumiy (hissa) mol-mulk va 
mablag`lari yoki ishtirokchilarning aksiyalaridan iborat bo`ladi. 
Xo`jalik sharkatlarining uning majburiyatlari uchun ishtirokchilar o`z mulklari 
bilan solidar va subsidiar tarzda javobgar bo`lishlari, uning tadbirkorlik faoliyatida 
ishtirokchilar shaxsiy ishtiroki xarakterli (kommanditchilardan tashqari), ta'sis hujjati 
ta'sis shartnomasi hisoblanishi, xo`jalik sharkatlaridan ishtirokchilar chiqib ketadigan 
bo`lsa, tegishlicha uning ta'sis hujjatiga o`zgartirish kiritilishi uning o`ziga xos 
xususiyatlarini tashkil etadi. 
O`zbekiston Respublikasining “Xo`jalik sharkatlari to`g`risida”gi 2001 yil 6 
dekabrda 
qabul 
qilingan 
qonuni 
3-moddasiga 
muvofiq 
muassislarning 
(ishtirokchilarning) ulushlariga (hissalariga) bo`lingan ustav fondiga (ustav 
kapitaliga) ega bo`lgan tijorat tashkiloti xo`jalik shirkati hisoblanadi, bunday 
shirkatda muassislar (ishtirokchilar) yoki ulardan ayrimlari shirkat nomidan 
tadbirkorlik faoliyati yuritishda shaxsan ishtirok etadilar. Xo`jalik shirkati, agar uning 
ta'sis shartnomasida boshqacha qoida belgilangan bo`lmasa, nomuayyan muddatga 
tuziladi va qonun hujjatlarida ta'qiqlanmagan har qanday turdagi faoliyatni amalga 
oshirishi mumkin. 
Xo`jalik shirkati qonun hujjatlarida belgilangan tartibda boshqa yuridik 
shaxslarning muassisi (ishtirokchisi) bo`lishi, vakolatxonalar va filiallar tashkil etishi 
mumkin. 
Ta'sis shartnomasi xo`jalik shirkatining ta'sis etish hujjati hisoblanadi. Unda 
xo`jalik 
shirkatining 
turi, 
faoliyat 
sohasi, 
maqsadlari 
va 
muddatlari, 
muassislarning(ishtirokchilarning) tarkibi, firma nomi va pochta manzili, ustav 
fondining miqdori va uni hosil qilish tartibi, har bir ishtirokchi ulushining miqdori va 
nominal qiymati, hissalarining tarkibi, ularni kiritish muddatlari va tartibi, ustav 
fondini ko`paytirish va kamaytirish tartibi; boshqaruv organlari, shirkatni qayta 
tashkil etish va tugatish tartibi, shuningdek qonun hujjatlariga zid bo`lmagan boshqa 
shartlar o`z ifodasini topadi. Bundan tashqari ta'sis shartnomada, vakolatxona va 
filiallari to`g`risidagi ma'lumotlar bo`lishi kerak. 
Yakka tadbirkorlar va tijoratchi tashkilotlar to`liq shirkatning ishtirokchilari 
hamda kommandit shirkatda to`liq sheriklar bo`lishlari mumkin. Yuridik va jismoniy 
shaxslar kommandit shirkatda hissa qo`shuvchilar bo`lishlari mumkin. Davlat 
hokimiyati va boshqaruvi organlari, agar qonun hujjatlarida boshqacha qoida 


53 
belgilangan bo`lmasa, to`liq shirkatning ishtirokchilari va kommandit shirkatning 
to`liq sheriklari, shuningdek kommandit shirkatda hissa qo`shuvchilar bo`lishga haqli 
emaslar. 
Xo`jalik sharkatlarining ikki to`liq va kommandit sharkat kabi turlari mavjud. 
FKning 60-moddasi va “Xo`jalik sharkatlari to`g`risidagi qonunning” 8- moddasiga 
muvofiq ishtirokchilari (to`liq sheriklari) o`z o`rtalarida tuzilgan shartnomaga 
muvofiq shirkat nomidan tadbirkorlik faoliyati bilan shug`ullanadigan hamda uning 
majburiyatlari bo`yicha o`zlariga qarashli butun mol-mulk bilan javob beradigan 
shirkat to`liq shirkat deb hisoblanadi. 
Shaxs faqat bitta to`liq shirkatning ishtirokchisi bo`lishi mumkin. To`liq 
shirkatning firma nomi yo uning barcha ishtirokchilari nomini (nomlanishini), 
shuningdek “to`liq shirkat” degan so`zlarni yoxud bir yoki bir necha ishtirokchining 
“va kompaniya” degan so`zlar qo`shilgan nomini (nomlanishini), shuningdek “to`liq 
shirkat” degan so`zlarni o`z ichiga olishi kerak. To`liq shirkatning ustav fondi (ustav 
kapitali) uning ishtirokchilari ulushlarining nominal qiymatidan tarkib topadi. Va 
uning miqdori to`liq shirkatni davlat ro`yxatidan o`tkazish uchun hujjatlarni taqdim 
etish sanasidagi holatga ko`ra qonun hujjatlarida belgilangan eng kam oylik ish 
haqining ellik baravaridan kam bo`lmasligi kerak. To`liq shirkat ishtirokchisining 
shirkat ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushining miqdori foizlarda yoki kasr 
ko`rinishida belgilanadi. 
To`liq shirkat ishtirokchisi ulushining miqdori uning ulushining nominal qiymati 
bilan shirkat ustav fondining (ustav kapitalining) o`zaro nisbatiga muvofiq bo`lishi 
kerak. Ishtirokchi ulushining haqiqiy qiymati shirkat sof aktivlari qiymatining uning 
shirkat ustav fondidagi (ustav kapitalidagi) ulushi miqdoriga mutanosib bo`lgan bir 
qismiga mos bo`ladi. To`liq shirkat davlat ro`yxatidan o`tkaziladigan paytga qadar 
uning har bir ishtirokchisi o`z hissasining kamida o`ttiz foizini shirkatning ustav 
fondiga kiritishi shart. Qolgan qismi ta'sis shartnomasida ko`rsatilgan muddatda 
kiritilishi lozim bo`lib, bu muddat shirkat davlat ro`yxatidan o`tkazilgan paytdan 
e'tiboran bir yildan oshmasligi kerak. 
Pul, qimmatli qog`ozlar, boshqa ashyolar yoki mulkiy huquqlar yoxud pul 
bahosiga 
ega 
bo`lgan 
boshqa 
shaxsga 
o`tkaziladigan 
o`zga 
huquqlar 
ishtirokchilarning to`liq shirkat ustav fondiga (ustav kapitaliga) qo`shadigan hamda 
shirkatga qabul qilinadigan uchinchi shaxslarning hissalari bo`lishi mumkin. 
Ishtirokchilarning umumiy yig`ilishi shirkatning oliy boshqaruv organi 
hisoblanadi. To`liq shirkatning joriy faoliyatini boshqarish maqsadida ta'sis 
shartnomasida shirkatning ijro etuvchi organini tuzish nazarda tutilishi mumkin. Ijro 
etuvchi organni tuzish va uning vakolatlari, uning a'zolariga haq to`lash tartibi 
shirkatning ta'sis shartnomasi hamda boshqa hujjatlari bilan belgilanadi. To`liq 


54 
shirkat ishtirokchilari shirkatning majburiyatlari yuzasidan o`z molmulklari bilan 
solidar tarzda subsidiar javobgar bo`ladilar. 
FKning 61-moddasi va “Xo`jalik sharkatlari to`g`risida”gi qonunning 28- 
moddasiga muvofiq, shirkat nomidan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshiradigan 
hamda shirkatning majburiyatlari bo`yicha o`zlarining butun mol-mulklari bilan 
javob beradi gan ishtirokchilar (to`liq sheriklar) bilan bir qatorda shirkat faoliyati 
bilan bog`liq zararlar uchun o`zlari qo`shgan hissalar doirasida javobgar bo`ladigan 
hamda shirkat tomonidan tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirishda ishtirok 
etmaydigan bir yoki bir necha ishtirokchi (hissa qo`shuvchi, kommanditchi) mavjud 
bo`lsa, bunday shirkat kommandit shirkat deb hisoblanadi. 
Kommandit shirkatda ishtirok etayotgan to`liq sheriklarning huquqlari va 
ularning shirkat majburiyatlari bo`yicha javobgarligi to`liq shirkat ishtirokchilari 
javobgarligi kabi bo`ladi. Shaxs faqat bitta kommandit shirkatda to`liq sherik bo`lishi 
mumkin. To`liq shirkat ishtirokchisi kommandit shirkatda to`liq sherik bo`la olmaydi. 
Kommandit shirkatdagi to`liq sherik o`sha shirkatning o`zida hissa qo`shuvchi va 
boshqa to`liq shirkatda ishtirokchi bo`lishi mumkin emas. Kommandit shirkatning 
firma nomi yo barcha to`liq sheriklarning nomlarini (nomlanishini) va “kommandit 
shirkat” degan so`zlarni yoxud kamida bitta to`liq sherikning “va kompaniya” degan 
so`zlar qo`shilgan holdagi nomini (nomlanishini), shuningdek “kommandit shirkat” 
degan so`zlarni o`z ichiga olishi kerak. 
Agar kommandit shirkatning firma nomiga hissa qo`shuvchining nomi kiritilgan 
bo`lsa, bunday hissa qo`shuvchi to`liq sherikka aylanadi. Kommandit shirkat 
faoliyatini boshqarish to`liq sheriklar tomonidan amalga oshiriladi. Bunday shirkatni 
uning to`liq sheriklari tomonidan boshqarish va uning ishlarini yuritish tartibi qonun 
hujjatlari bilan belgilanadi. Hissa qo`shuvchilar kommandit shirkatni boshqarishda va 
uning ishlarini yuritishda ishtirok etishga ishonchnomasiz boshqa har qanday tarzda 
uning nomidan ish ko`rishga haqli emaslar. Hissa qo`shuvchilar shirkatni boshqarish 
va uning ishlarini yuritish bo`yicha to`liq sheriklarning xatti-harakatlari xususida 
bahslashishga haqli emaslar. 

Download 5,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish