Chirchiq davlat pedagogika instituti "ijtimoiy fanlar" kafedrasi "tasdiqlayman"


Yuridik shaxslarning vujudga kelish va bekor bo`lish tartibi



Download 5,06 Kb.
Pdf ko'rish
bet22/109
Sana17.05.2023
Hajmi5,06 Kb.
#940203
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   109
Bog'liq
KURS ISHI

3. Yuridik shaxslarning vujudga kelish va bekor bo`lish tartibi 
Yuridik 
shaxslar quyidagi usullarda vujudga kelishi mumkin: 
1. 
Buyruq (farmoyish) orqali. 
Masalan, O`zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining ToshDYUIni tashkil etish to`g`risidagi qarori bunga misol bo`la 
oladi. Odatda, bunday usul bilan davlat tashkilotlari hisoblangan yuridik shaxslar 
tashkil topadi. 
Qolgan ikki usulda esa yuridik shaxslarning ta'sischisi bo`lib, mulkdorlar yoki 
ular vakil qilgan shaxslar qonunda nazarda tutilgan hollarda esa boshqa tashkilotlar 
va fuqarolar hisoblanadi. 
2. 
Murojaat qilish usuli. 
Bunda muassislar tomonidan tuziladigan yuridik 
shaxslarning vujudga kelishi imkoniyati qonun tomonidan oldindan belgilab 
qo`yilmagan bo`ladi. Binobarin, bunday hollarda davlat organi xuddi shunday yuridik 
shaxsning bo`lish-bo`lmasligi maqsadga muvofiqligini tekshiradi. 
3. 
Ruxsat olish usuli. 
Bunday usulda tashkil topadigan yuridik shaxslarning 
vujudga kelish imkoniyatlari qonunlarda oldindan belgilab qo`yiladi va binobarin, 
ularning tashkil bo`lish-bo`lmasligi maqsadga muvofiqligi tekshirilmaydi, balki ta'sis 
hujjatlarining (yuridik shaxslarni tashkil etish haqidagi ta'sis shartnomasi va ularning 
ustavi) qonunga muvofiqligi tekshiriladi, xolos. Yuridik shaxs ta'sis shartnomasi 
ishtirokchilar tomonidan tuziladi, ustavi esa ro`yxatga olinadi (nizomi tasdiqlanadi). 


46 
Ta'sis hujjatlarida yuridik shaxslarning tarkibi va vakolatlari, boshqa zaruriy 
ma'lumotlar bo`lmog`i kerak. Ta'sis shartnomasida ishtirokchilar yuridik shaxs 
faoliyatini amalga oshirishda vujudga kelgan foyda va zararni taqsimlash, yuridik 
shaxsni boshqarish tartibini belgilaydilar. 
Yuridik shaxs murojaat qilish va ruxsat olish usullari orqali tashkil topganda, 
albatta, uni tashkil qiluvchilar tashabbuskor guruh bo`ladi. Bu guruh fuqarolar 
(jismoniy shaxslar) dan ham, yuridik shaxslardan ham iborat bo`lishi mumkin. Ular 
muassislar yoki ta'sischilar deb ataladi. Ta'sischilar orasida davlat ham uning 
organlari bo`lishi mumkin. Muassislar ko`p hollarda yuridik shaxsning molmulkini 
vujudga keltirishga o`z ulushini qo`shadi. Bu ulushlar asosida ustav fondi tashkil 
topadi. 
Fuqarolik qonun hujjatlari “ta'sischi” va “muassis” atamalarining tushunchasi 
hamda ular o`rtasidagi farqli jihatlarni belgilamaydi. Ko`pchilik hollarda (ayniqsa, 
keyingi paytda “ta'sischi” atamasi huquq normalarida deyarli qo`llanilmayapti. 
Yuridik shaxsni tashkil etayotgan shaxs (yoki shaxslar) huquq normalarida muassis 
(yoki muassislar) atamasi bilan nomlanmoqda. Bu holat esa o`z o`zidan kundalik 
hayotda ishlatilayotgan “ta'sischi” va “muassis” atamalarining bir xildagi ma'noga 
egaligini ifodalaydi. 
Yuridik shaxs o`z faoliyatida ko`zlangan maqsad bo`yicha tijoratchi va tijoratchi 
bo`lmagan turlarga bo`linadi (FKning 40-moddasi). Yuridik shaxslarning tijoratchi 
turlari muassislarning foyda olish maqsadini ko`zlab tuziladi. Notijorat turlarida 
muassislar foyda olish maqsadini ko`zlamaydilar. 
Qonun hujjatlariga muvofiq tijoratchi yuridik shaxslar ham va notijorat yuridik 
shaxslar ham tadbirkorlik (foyda olishga qaratilgan faoliyat) faoliyati bilan 
shug`ullanishlari mumkin, lekin bunda, tijoratchi yuridik shaxslardan farq qilib 
notijorat yuridik shaxslar o`z tadbirkorlik faoliyatlaridan olgan foydani faqat 
a'zolarining ehtiyojini qondirish yoki o`zga mushtarak maqsadni amalga oshirish 
uchun ishlatadilar. Olingan foydani boshqa maqsadlarda ishlatilishiga yo`l 
qo`yilmaydi. Shu munosabat bilan notijorat yuridik shaxslarga nisbatan FKda “foyda 
olishni maqsad qilib qo`ymagan” degan ibora emas, balki “foyda olishni o`z 
faoliyatining asosiy maqsadi qilib qo`ymagan” iborasi belgilangan. Bu esa, notijorat 
tashkiloti tadbirkorlik bilan shug`ullanishi muayyan foyda ko`rishi mumkinligini 
belgilaydi. Faqatgina notijorat yuridik shaxslarning asosiy maqsadi (yordamchi yoki 
boshqa maqsadlar bundan mustasno) foyda olish bo`lmaydi, xolos. 
Yuridik shaxs bekor bo`lganida ularning tijorat turlarida yuridik shaxs hamma 
kreditorlar bilan hisob-kitob qilgandan keyin mol-mulki muassislar o`rtasida 
taqsimlab olinadi. Notijorat xarakterdagi yuridik shaxslarda esa qolgan mol-mulkka 
nisbatan muassislar haq-huquqqa ega bo`lmaydilar. Yuridik shaxslarning davlat 


47 
ro`yxatidan o`tish ma'lumotlari, shuningdek o`ziga xos nomi davlat reyestriga 
kiritiladi. 
Yuridik shaxslarni ro`yxatdan o`tkazishni tashkil etishning maqsadga muvofiq 
emasligi haqidagi asos bilan uni ro`yxatdan o`tkazishni rad etish faqat yuridik 
shaxslarni murojaat etish usuli bilan tashkil qilish tartibida qo`llaniladi. Davlat 
ro`yxatidan o`tkazish rad etilganda sudga shikoyat bilan murojaat qilish mumkin 
bo`ladi. Yuridik shaxslar davlat ro`yxatidan o`tgan paytidan boshlab tuzilgan 
hisoblanadi. Yuridik shaxsni qayta tuzish bu haq-dagi tegishli qaror bilan amalga 
oshiriladi. Qarorda muassislarni shartnomaga qo`shilish va shartnomadan chiqish 
tartibi kabilar ko`rsatiladi. Odatda, tijoratchi yuridik shaxslarning ustavlari qonunda 
belgilangan tartibda tuman hokimliklarida davlat ro`yxatiga olinadi. 
Jamoat birlashmalari maqomiga ega bo`lgan yuridik shaxslar, shuningdek yirik 
qo`shma korxonalar, davlat tomonidan tashkil etilgan yuridik shaxslar nizomlari 
maxsus vakolatli davlat organlari tomonidan (Vazirlar Mahkamasi, Adliya vazirligi 
kabi) tasdiqlanadi. Respublikamiz hozirgi bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich 
o`tish davrida yuridik shaxslar ko`pincha qayta tashkil etish yo`li bilan bekor bo`ladi. 
Qayta tashkil etish turli shakllarda jumladan, qo`shib yuborish, qo`shib olish, bo`lish, 
ajratib chiqarish, o`zgartirish shakllarida amalga oshirilishi mumkin (FKning 49-
moddasi). 
Yuridik shaxs birlashganida ikki yoki bir necha tashkilot o`zining mustaqil 
ravishda ish olib borishini bekor qiladi va yagona tashkilotga birlashadi, ularning 
huquq va majburiyatlari yangidan vujudga kelgan yuridik shaxsga o`tadi. Yuridik 
shaxs bo`linganda o`z faoliyatini bekor qiladi va uning negizida ikki yoki bir necha 
yuridik shaxs paydo bo`ladi hamda avvalgisining huquq va majburiyatlari yangidan 
vujudga kelgan yuridik shaxslarga o`tadi. 
Yuridik shaxsning qo`shilishida uning huquq va majburiyatlari uni qo`shib 
olayotgan yuridik shaxsga o`tadi hamda qo`shilgan yuridik shaxs o`zining mustaqil 
ravishda faoliyat yuritishini to`xtatadi. Ajralish shaklida esa faoliyat yuritayotgan 
yuridik shaxs tarkibidan mustaqil tashkilot ajralib chiqadi va o`z holicha yuridik 
shaxs huquqini oladi. 
Kooperativ jamoat tashkilotlarining birlashishiga, bo`linishiga a'zolarning 
umumiy majlislari (yig`ilishlari) va vakillari majlisi (yig`ilish) ning qarori 
asosidagina yo`l qo`yiladi. 
Yuridik shaxslarni qayta tashkil qilish tartibi O`zbekiston Respublikasi 
qonunlari yoki o`zlarining ustavlari bilan belgilanadi. Yuridik shaxslar qayta tashkil 
etilganida universal huquqiy vorislik vujudga keladi. 
Yuridik shaxsni tugatish uning huquq va burchlari huquqiy vorislik tartibida 
boshqa shaxsga o`tmasdan bekor qilinishiga olib keladi. 


48 
FKning 53-moddasida yuridik shaxslarni tugatish asoslari quyidagicha 
belgilangan: 
1. Yuridik shaxs muassislari (ishtirokchilari) ning yoki ta'sis hujjatlari bilan 
tugatishga vakolat berilgan yuridik shaxs organining qaroriga muvofiq, shu jumladan, 
yuridik shaxs organining qaroriga muvofiq, yuridik shaxsning amal qilish muddati 
tugashi, uni tashkil etishdan ko`zlangan maqsadga erishilganligi munosabati bilan 
yoki yuridik shaxsni tashkil qilish chog`ida qonun hujjatlari buzilishiga yo`l 
qo`yilganligi sababli, agar bu buzilishlarni bartaraf etib bo`lmasa, sud yuridik shaxsni 
ro`yxatdan o`tkazishni haqiqiy emas deb topganida; 
2. Yuridik shaxs faoliyati ruxsatnomasiz (litsenziyasiz) amalga oshirilgan yoki 
qonun bilan ta'qiqlab qo`yilgan faoliyat amalga oshirilgan taqdirda, shuningdek FKda 
nazarda tutilgan boshqa hollarda sudning qaroriga muvofiq tugatiladi; 
3. FKning 57-moddasida aytilganidek, yuridik shaxsning bankrot deb 
hisoblanishi uning tugatilishiga olib keladi. 
Yuridik shaxs tugatilayotganda, tugatish komissiyasi tayinlanadi. Tugatish 
komissiyasi yuridik shaxsni davlat ro`yxatidan o`tkazish haqidagi ma'lumotlar bosib 
chiqarilgan matbuot organlarida yuridik shaxsning tugatilishi hamda uning kreditorlar 
tomonidan talablarni bayon etish tartibi va muddati haqida xabar e'lon qiladi (FKning 
55-moddasi). Bu muddat tugatish haqida xabar e'lon qilingan paytdan boshlab ikki 
oydan kam bo`lishi mumkin emas. 

Download 5,06 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish