Ijaraga berilgan uy-joyni ta'mirlash
agar uy-
joyni ijaraga berish shartnomasida boshqacha tartib belgilangan bo'lmasa, ijaraga
oluvchining zimmasidadir.
Ijaraga berilgan uy-joyni kapital ta'mirlash, agar uy-joyni ijaraga berish
shartnomasida boshqacha tartib nazarda tutilgan bo'lmasa, ijaraga beruvchining
zimmasidadir.
Ijaraga berilgan uy-joy joylashgan uyni qayta jihozlashga, agar bunday qayta
jihozlash uy-joydan foydalanish shart-sharoitlarini jiddiy ravishda o'zgartirsa, ijaraga
oluvchining roziligisiz yo'l qo'yilmaydi.
Uy-joyni ijaraga berish shartnomasi
besh yildan
ortiq bo'lmagan muddatga
tuziladi. Agar shartnomada muddat ko'rsatilgan bo'lmasa, u besh yilga tuzilgan
hisoblanadi.
Patent
(lotincha:
patens –
ochiq, aniq, ravshan) – texnik yechim yoki ixtironing
davlat tomonidan eʼtirof etilganligini va ixtirochining oʻz ixtirosiga olgan mutlaq
huquqini tasdiqlovchi hujjat. Patent olish jarayoni, patent oluvchining maʼsuliyatlari
va eksklusiv huquqlari turli mamlakatlarda turlichadir. Shunday boʻlsa ham, har bir
patent olish uchun yozilgan arizada ixtironing biror-bir yangilik kiritayotgani haqida
maʼlumot boʻlishi kerak. Koʻp mamlalakatlarda berilgan eksklusiv huquqlar
boshqalar patentlangan ixtironi ruxsatsiz yasashi, qoʻllanishi, sotishi yoki tarqatishi
oldini oladi.
Xalaqaro Savdo Tashkilotining mualliflik huquqlari boʻyicha shartnomasiga
koʻra, bu tashkilotga aʼzo mamlakatlarda har qanday sohadagi ixtiro uchun patentlar
mavjud boʻlishi zarur.
Patentni odatda davlat beradi. Davlat patent idorasi tomonidan ixtiro muallifiga
yoki ariza boʻyicha huquqiy vorisiga beriladi. Koʻp mamlakatlardagi qonunlariga
koʻra, patent 15—20 yil muddatga beriladi. Baʼzi mamlakatlarda ixtorolarni
himoyalash vaqti odatda kamida 20 yil boʻlishi kerak. Patent odatda shu patent
chiqarilgan mamlakat hududida amal qiladi. Xalqaro amal qiluvchi patentlar ham
mavjud. Baʼzi mamlakatlarda maʼlum bir sohalardagi ixtirolar uchun patent
berilmaydi.
Oʻzbekistonda ixtirolar, foydali model, sanoat namunasiga nisbatan qoʻyiladigan
patent olish huquqini vujudga keltiradigan talablar hamda patent idorasining bunday
hujjatni berish tartibi mamlakatning „Ixtirolar, foydali modellar va sanoat namunalari
toʻgʻrisida“gi qonuni (1994-yil 6-may) da belgilab berilgan.
Bir qancha mamlakatlarda tadbirkorlik faoliyatining muayyan turlari bilan
shugʻullanish uchun berilgan maxsus ruxsatnoma ham „patent“ deb ataladi.
Davlatdan bunday patentni sotib olish tadbirkorlarni (odatda, yakka tartibdagi
tadbirkorni) bundan keyingi (bir yilga yoki boshqa davrga) soliqlar toʻlashdan ozod
etadi.
183
Do'stlaringiz bilan baham: |