ellik yil
davomida amal qiladi.
Taxallus ostida yoki imzosiz qonuniy oshkor qilingan asarga bo'lgan mualliflik
huquqi asar oshkor qilinganidan keyin ellik yil davomida amal qiladi. Agar
ko'rsatilgan muddat ichida taxallus ostidagi yoki imzosiz asar muallifi o'z shaxsini
ma'lum qilsa yoki bundan buyon uning shaxsi shubhaga o'rin qoldirmasa, ushbu
moddaning birinchi qismida ko'rsatilgan muddatlar qo'llaniladi.
Muallifning vafotidan keyin birinchi marta e'lon qilingan asarga bo'lgan
mualliflik huquqi asar e'lon qilinganidan keyin ellik yil davomida amal qiladi.
Mualliflik huquqi, mualliflik ismiga bo'lgan huquq va muallif obro'sini himoya qilish
huquqi muddatsiz muhofaza qilinadi.
Asarga O'zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalariga muvofiq
muhofaza berilgan taqdirda, O'zbekiston Respublikasi hududida mualliflik
huquqining amal qilish muddati ushbu moddaga binoan belgilanadi. Lekin bu muddat
asar kelib chiqqan mamlakatda belgilangan mualliflik huquqining amal qilish
muddatidan oshib ketmasligi kerak.
Ushbu moddada nazarda tutilgan muddatlarni hisoblash muddatning o'ta
boshlashi uchun asos bo'ladigan yuridik fakt yuz bergan yildan keyingi yilning
birinchi yanvaridan e'tiboran boshlanadi.
4.Turdosh huquqlar.
FK ning 1074-moddasida Turdosh huquqlar ob'ektlari belgilab berilgan bo`lib,
bularga ijrolar, fonogrammalar, efir yoki kabel` orqali ko'rsatuv yoxud eshittirish
beruvchi tashkilotning ko'rsatuvlari yoki eshittirishlari kiradi.
173
1. Turdosh huquqlar tushunchasi «Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar
to'g'risida»gi Qonunning 43-moddasida mustahkamlangan. Unga muvofiq, turdosh
huquqlar deyilganida: xususan, birinchidan – agar ijro fonogrammaga yozilgan bo'lsa,
quyidagi shartlardan biriga rioya etilgan taqdirda:
fonogramma tayyorlovchi O'zbekiston Respublikasi fuqarosi yoki O'zbekiston
Respublikasi hududida manzilga ega yuridik shaxs bo'lsa; tayyorlovchining fuqaroligi
yoki manzilidan qat'i nazar, fonogramma birinchi marta O'zbekiston Respublikasi
hududida e'lon qilingan bo'lsa.
Ikkinchidan – fonogrammaga yozilmagan ijro efir yoki kabel` orqali ko'rsatuv
yoxud eshittirish beruvchi tashkilotning ko'rsatuvi yoki eshittirishiga kiritilgan bo'lsa,
agar tashkilot O'zbekiston Respublikasi hududida manzilga ega bo'lib, efir yoki
kabel` orqali ko'rsatuv yoxud eshittirishni O'zbekiston Respublikasi hududida
joylashgan uzatuvchi apparatlar yordamida amalga oshirayotgan bo'lsa, ijrochining,
dasturlar tayyorlovchining efir yoki kabel` orqali ko'rsatuv yoxud eshittirish beruvchi
tashkilotning mulkiy huquqlari va ijrochining shaxsiy nomulkiy huquqlari
tushuniladi.
Turdosh huquqlar ob'ektlari — ijrolar, fonogrammalar, efir yoki kabel` orqali
ko'rsatuv yoxud eshittirish beruvchi tashkilotlarning ko'rsatuvlari yoki eshittirishlari
intellektual ijodiy faoliyat natijalari jumlasiga kiradi (FK 1031-moddasi birinchi
bandining uchinchi xatboshisi).
Sharhlanayotgan moddada turdosh huquqlar ob'ektlarining quyidagi turlari
sanab o'tilgan:
ijrolar;
fonogrammalar;
efir yoki kabel` orqali ko'rsatuv yoxud eshittirish beruvchi tashkilotlarning
ko'rsatuvlari yoki eshittirishlari.
2. Mazkur ob'ektlarning legal ta'riflari «Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar
to'g'risida»gi Qonunda berilgan.
Ijro asarni (shu jumladan xalq ijodiyoti asarini), fonogrammani, ijroni, sahna
asarini o'yin, ifodali o'qish, kuylash, raqsga tushish orqali jonli ijro yoki texnika
vositalari yordamida taqdim etish («Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar
to'g'risida»gi Qonun 3-moddasining o'ninchi xatboshisi).
Audiovizual asarni bir-biri bilan bog'langan holda ovoz jo'rligida yoki ovoz
jo'rligisiz namoyish etish (Qonun 3-moddasining beshinchi xatboshisi).
Fonogramma – biron-bir ijroning, boshqa ovozlarning har qanday mutlaqo
ovozli yozuvi, audiovizual asarga kiritilgan ovozli yozuv bundan mustasno (Qonun 3-
moddasining yigirma birinchi xatboshisi).
Efir yoki kabel` orqali ko'rsatuv yoxud eshittirish beruvchi tashkilotning
ko'rsatuvi yoki eshittirishi — efir yoki kabel` orqali ko'rsatuv yoxud eshittirish
174
beruvchi tashkilotning o'zi tomonidan, shuningdek uning buyurtmasi bo'yicha va
uning mablag'lari hisobiga boshqa tashkilot tomonidan yaratilgan ko'rsatuv yoki
eshittirish (Qonun 3-moddasining yigirma sakkizinchi xatboshisi).
FKning 1075-moddasiga ko`ra Turdosh huquqlar sub'ektlari quyigilar
hisoblanadi.
Ijrochilar, fonogrammalarni tayyorlovchilar, efir yoki kabel orqali ko'rsatuv
yoxud eshittirish beruvchi tashkilotlar turdosh huquqlar sub'ektlaridir.
Turdosh huquqlarning yuzaga kelishi va amalga oshirilishi uchun turdosh
huquqlar ob'ektini ro'yxatdan o'tkazish yoki biron-bir boshqa rasmiyatchilikka rioya
etish talab qilinmaydi.
Yuridik va jismoniy shaxslar, shu jumladan ko'rsatuv yoki eshittirishni efirga
uzatish va kabel` orqali yuborishni (retranslyatsiya ham shunga kiradi) amalga
oshiruvchi yuridik va jismoniy shaxslar, ushbu Kodeksda va boshqa qonunlarda
nazarda tutilgan hollardan tashqari, asardan, ijrodan, fonogrammadan yoxud efir yoki
kabel` orqali ko'rsatuv yoxud eshittirish beruvchi tashkilotning ko'rsatuv yoki
eshittirishidan faqat huquq egasi yoki boshqa vakolatli shaxs bilan tuzilgan
shartnomaga binoan foydalanishlari mumkin. Retranslya siya mualliflar, ijrochilar,
fonogrammalarni tayyorlovchilar va boshqa huquq egalarining efirga uzatish, kabel`
orqali yuborish, barchaning e'tiboriga yetkazishga bo'lgan huquqlariga rioya qilingan
holda amalga oshirilishi kerak.
1. Sharhlanayotgan moddada turdosh huquqlar sub'ektlari sanab o'tilgan,
shuningdek turdosh huquqlarni amalga oshirish chegaralari belgilangan.
«Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to'g'risida»gi Qonunda turdosh huquqlar
sub'ektlariga ta'rif berilmagan. Bunda ijrochi deyilganida aktyor, xonanda, sozanda,
raqqos yoki rol` o'ynaydigan, kuylaydigan, o'qiydigan, ifodali o'qiydigan, raqsga
tushadigan, talqin etadigan, musiqa asbobini chaladigan yoxud adabiyot yoki san'at
asarini (shu jumladan estrada, sirk yoki qo'g'irchoqlar bilan amalga oshiriladigan
chiqishlarni) yoxud xalq ijodiyoti asarini o'zgacha tarzda ijro etadigan boshqa
jismoniy shaxs, shuningdek rejissyor tushuniladi. Turdosh huquqlarning boshqa
sub'ekti fonogrammani tayyorlovchi — ijroning yoki boshqa ovozlarning birinchi
ovozli yozuvi uchun tashabbus va mas'uliyatni o'z zimmasiga olgan yuridik yoki
jismoniy shaxsdir. Fonogrammani tayyorlovchi bo'lmaganida fonogrammada va
(yoki) fonogrammaning g'ilofida nomi ko'rsatilgan shaxs fonogrammani tayyorlovchi
deb
e'tirof
etiladi.
Ushbu
ta'riflar
Artist-ijrochilarning,
fonogrammalarni
tayyorlovchilar va ko'rsatuvlar hamda eshittirishlar tayyorlovchi tashkilotlarning
huquqlarini muhofaza qilish to'g'risidagi Rim Konventsiyasida2 ko'rsatilgan o'xshash
ta'riflarga asoslangan. Xususan, «artistijrochilar» deyilganida aktyorlar, xonandalar,
sozandalar, raqqoslar va rol` o'ynaydigan, kuylaydigan, o'qiydigan, ifodali o'qiydigan,
adabiy yoki badiiy asarlarni ijro etadigan yoki ana shu asarlarning ijrosida boshqa bir
175
tarzda ishtirok etadigan shaxslar tushuniladi (Rim Konventsiyasi, 3(a)-modda).
«Fonogramma tayyorlovchi» deyilganida ijroning yoki boshqa ovozlarning birinchi
ovozli yozuvini amalga oshiruvchi yuridik yoki jismoniy shaxs tushuniladi (Rim
Konvensiyasi, 3-modda).
2 Artist-ijrochilar, fonogrammalar tayyorlovchilar va ko'rsatuv hamda eshittirish
tayyorlovchi tashkilotlarning manfaatlarini muhofaza qilish to'g'risidagi xalqaro
konventsiya. Rim, 1961 yil 26 oktyabr`. 1964 yil 18 maydan kuchga kirgan.
2. Turdosh huquqlarning hosilaligi va mualliflik huquqlariga tobeligi ularning
o'ziga xos xususiyatlaridir. Turdosh huquqlar mualliflik huquqlariga tutash, yaqin va
bog'liqdir. Turdosh huquqlar ish qonun bilan muhofaza qilinmaydigan asarlarga yoki
ijodiy faoliyat natijasi bo'lmagan ob'ektga borib taqalgan taqdirdagina, mustaqil tusga
ega bo'ladi.
Shuning uchun FK 1078-moddasining oltinchi qismi va 1079-moddasining
beshinchi qismiga muvofiq fonogrammani tayyorlovchi, efir yoki kabel orqali
ko'rsatuv yoxud eshittirish beruvchi tashkilot o'z huquqlarini foydalanayotgan asarlar
va ijrolarning mualliflari hamda ijrochilarining huquqlariga rioya etgan holda amalga
oshiradi. Bundan tashqari efir yoki kabel` orqali ko'rsatuv yoxud eshittirish beruvchi
tashkilot, masalan, spektaklni efirda ko'rsatish uchun nafaqat sahnalashtiruvchi
rejissyordan, balki ijrochilardan, shuningdek ijro etilayotgan asar muallifidan ham
ruxsat olishi kerak. Turdosh huquqlar yuzaga kelishi va amalga oshirilishi uchun FK
qandaydir rasmiyatchiliklarga rioya etilishini talab qilmaydi. Fonogrammani
tayyorlovchi va ijrochining huquqi tegishli ovozli yozuv yaratilganligi faktining
o'zidan kelib chiqadi.
FKning 1076-moddasida Turdosh huquqlarning muhofaza belgilari belgilab
berilgan bo`lib,
Fonogrammaga va (yoki) bunday fonogrammaga yozilgan ijroga bo'lgan mutlaq
huquqlar egalari o'z huquqlaridan xabardor qilish uchun turdosh huquqlarning
muhofaza belgisidan foydalanishlari mumkin bo'lib, bu belgi fonogrammaning har bir
nusxasida va (yoki) u saqlanadigan har bir g'ilofda aks ettiriladi hamda quyidagi uch
unsurdan iborat bo'ladi:
aylana ichidagi lotincha «R» harfi;
mutlaq turdosh huquqlar egasining ismi (nomi);
fonogramma birinchi marta chop etilgan yil.
Nomi yoki ismi ushbu fonogrammada va (yoki) u saqlanadigan g'ilofda odatiy
tarzda ko'rsatilgan yuridik yoki jismoniy shaxs, agar boshqacha hol isbotlanmagan
bo'lsa, fonogrammani tayyorlovchi deb e'tirof etiladi.
176
Do'stlaringiz bilan baham: |