2.Uy-joyni ijaraga berish shartnomasining shakli.
FKning 603-moddasida Uy-joyni ijaraga berish shartnomasining shakli belgilab
berrilgan bo`lib,
Uy-joyni ijaraga berish shartnomasi yozma shaklda tuziladi.
Fuqarolar
o'rtasidagi
uy-joyni
ijaraga
berish
shartnomasi
notarial
guvohlantirilishi kerak. Uy-joyni ijaraga berish shartnomasi uchun qonun hujjatlarida
majburiy yozma shakl va notarial guvohlantirish belgilangan. Sharhlanayotgan
modda yozma shaklning aynan qaysi biri qo'llanilishi masalasida aniqlik kiritmasa-
da, undan ikkala taraf tomonidan imzolanadigan yagona hujjat haqida so'z
borayotganligi anglanadi.
Mazkur moddaga kiritilgan o'zgartirish va qo'shimchalarga asosan fuqarolar
o'rtasidagi uy-joyni ijaraga berish shartnomasi notarial guvohlantirilishi kerak.
O'zbekiston Respublikasi Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi Kodeksining 159–1-
moddasiga kiritilgan o'zgartirish va qo'shimchalarga asosan mazkur qoidaga amal
qilmaganlik, ya'ni uy-joy fuqarolar o'rtasida ijaraga berilganda notarial
guvohlantirilgan shartnomaning mavjud emasligi, 2012 yil 1 fevraldan boshlab eng
kam oylik ish haqining besh baravaridan o'n baravarigacha miqdorda jarima solishga
asos bo'ladi.
O'zbekiston Respublikasi Uy-joy Kodeksining 25-moddasi ko'ra, turar joy ijarasi
yoki arendasi shartnomasi yozma shaklda tuziladi hamda qonun hujjatlarida
179
belgilangan tartibda hisobga olinishi (ro'yxatdan o'tkazilishi) lozim. Mazkur
moddaning 4-qismiga asosan turar joy ijarasi yoki arendasi shartnomasiga nisbatan
O'zbekiston Respublikasi Uy-joy Kodeksining qoidalari qo'llaniladi. Turar joy ijarasi
yoki arendasi shartnomasining O'zbekiston Respublikasi Uy-joy Kodeksi bilan
tartibga solinmagan munosabatlari fuqarolik qonun hujjatlari bilan tartibga solinadi.
Turar joyni ijaraga berish shartnomasi mahalliy davlat hokimiyati organlari,
davlat korxonalari, muassasalari, tashkilotlari yoki ular vakolat bergan organlar bilan
turar joyni olayotgan fuqarolar o'rtasida yozma shaklda, qonun hujjatlarida
belgilangan tartibda tuziladi.
Uy-joy Kodeksining 35-moddasiga asosan turar joyni ijaraga berish
shartnomasining yozma shaklda bo'lishiga rioya etmaslik shartnomaning haqiqiy
emasligiga sabab bo'ladi.
Ijaraga beruvchi (munitsipal uy-joy tashkiloti yoki turar-joy mulkdori) va ijaraga
oluvchi o'rtasida turar joyni ijaraga berish shartnomasining yozma shaklda tuzilishi
taraflarning turar-joydan foydalanish bo'yicha huquq va majburiyatlarini
aniqlashtiradi.
Vazirlar Mahkamasining 1994 yil 28 iyundagi 325-sonli qarori bilan
tasdiqlangan «O'zbekiston Respublikasi kommunal uy-joy fondi to'g'risida»gi
Nizomning 14-bandiga asosan kommunal uy-joy fondining uylaridagi turar joydan
foydalanish uy-joy egasidan vakolat olgan uy-joy fondiga xizmat ko'rsatish va uni
tuzatish bo'yicha tegishli korxona bilan turar joyni egallash huquqini beruvchi order
berilgan fuqaro o'rtasida turar joyni ijaraga olish shartnomasini tuzish orqali
rasmiylashtiriladi.
Mazkur nizomga ko'ra turar joyni ijaraga berish shartnomasi mahalliy davlat
hokimiyati organlari, davlat korxonalari, muassasalari, tashkilotlari yoki ular vakolat
bergan organlar bilan turar joyni olayotgan fuqarolar o'rtasida yozma shaklda, qonun
hujjatlarida belgilangan tartibda tuziladi.
Turar joyni ijaraga berish shartnomasining yozma shaklda bo'lishiga rioya
etmaslik shartnomaning haqiqiy emasligiga sabab bo'ladi.
Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining
uylarining mulkdorlari, arendatorlari va ijarachilari ta'mirlash korxonalari bilan
namunaviy shakli O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan
tasdiqlanadigan turar joylarga texnik xizmat ko'rsatish shartnomasini tuzadilar.
Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining
uylaridagi turar joyni ijaraga berishning namunaviy shartnomasi to'g'risidagi nizomlar
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
O'zbekiston Respublikasi Uy-joy Kodeksining 86-moddasiga muvofiq,turar joy
arendasi shartnomasi yozma shaklda tuzilishi hamda qonun hujjatlarida belgilangan
tartibda hisobga olinishi (ro'yxatdano'tkazilishi) lozim.
180
Binolar va inshootlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish tuman, shahar kadastr
daftarida, turar-joy binolari va inshootlari tuman reestr daftarida amalga oshiriladi.
Davlat ro'yxatidan o'tkazishda kadastr yoki reestr daftariga binolar va
inshootlarga egalik huquqini yoxud boshqa ashyoviy huquqlar (ularning paydo
bo'lishi, boshqa shaxsga o'tishi, cheklanishi va to'xtatilishi) haqidagi, shuningdek
ob'ektni tavsiflovchi boshqa ma'lumotlar to'g'risidagi ma'lumotlar yozib qo'yiladi.
Adliya vazirligi tomonidan 1998 yil 7 yanvarda 387-son bilan ro'yxatga olingan
«Bino va inshootlarni (ijara, garov, servitut yoki egalik huquqining cheklanishi)
davlat ro'yxatidan o'tkazish tartibi to'g'risida»gi Yo'riqnomaning 55-moddasiga ko'ra,
bino va inshootlarni bundan keyin ro'yxatga olish xuquqiy rejimi (ijara, garov,
servitut yoki mulk yoki boshqa xuquqlarning chegaralanishlari) xujjatlarni taqdim
etilishi bilan barobar olib boriladi (shartnomalarni, sud va xo'jalik sudining
qarorlarini va boshqalar).
Ko'chmas mol-mulkka bo'lgan huquqlarni va u haqda tuziladigan bitimlarni
davlat ro'yxatidan o'tkazuvchi organ huquq egasining iltimosiga ko'ra amalga
oshirilgan ro'yxatdan o'tkazishni ro'yxatdan o'tkazilgan huquq yoki bitim to'g'risida
hujjat berish yoxud ro'yxatdan o'tkazish uchun taqdim etilgan hujjatga ustxat yozish
yo'li bilan tasdiqlashi shart (O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik Kodeksining 84-
moddaning 3-qismi).
O'zbekiston Respublikasi Uy-joy Kodeksining 86-moddasiga muvofiq turar joy
arendasi shartnomasi quyidagilarni o'z ichiga olishi kerak:
turar-joyni arendaga berish tartibi va uning qiymati;
turar joy arendasining muddatlari;
turar joyni arendaga berish shartlari va arenda haqi miqdori, uni to'lash
muddatlari;
arendaga
beruvchi
arendaga
berayotgan
turar
joyning,
muhandislik
qurilmalarining holati to'g'risidagi ma'lumotlar;
shartnoma muddati o'tishi bilan turar joyni arendaga beruvchiga qaytarish
tartibi;
arendaga berilgan turar joyga qarash, xizmat ko'rsatish va uni ta'mirlash bo'yicha
taraflarning majburiyatlari;
arendaga berilgan turar joyni ijaraga berish yoki ikkilamchi arendaga berish
imkoniyatlari, shartlari va tartibi;
taraflarning javobgarligi.
Turar joy arendasi shartnomasiga taraflarning kelishuvi bo'yicha qonun
hujjatlariga muvofiq boshqa shartlar ham kiritilishi mumkin.
Munitsipal, idoraviy uy-joy fondi va aniq maqsadli kommunal uy-joy fondining
uylaridagi turar joyni ijaraga berishning namunaviy shartnomasi to'g'risidagi nizomlar
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
181
O'zbekiston Respublikasi Uy-joy Kodeksining 76-moddasi ham xizmat turar
joyi ijara shartnomasining yozma shaklda tuzilishini nazarda tutadi. Xizmat turar joyi
ijara shartnomasi shu turar joy mulkdori yoki u vakil qilgan organ bilan ish, xizmat
vaqtida undan foydalanish uchun topshirilayotgan shaxs o'rtasida tuziladi. Vazirlar
Mahkamasining 2000 yil 27 yanvardagi 24-son qarori bilan «Xizmat turar joyini
ijaraga olish namunaviy shartnomasi» tasdiqlangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |