II bob. Chet el sudlarining qarorlarini tan olish va ijro etish modellarining qiyosiy huquqiy halili.
2.1§ Anglo sakson va roman german huquqiy tizimlarida chet el sudlarining qarorlarini tan olish va ijro etish mexanizmining o‘zaro nisbati. Anglo sakson va roman german huquq tizimida chet el sudlarining qarorlarini tan olish va ijro etilish mexanizmlari bir qator huquqiy manbalar va normati huquqiy hujjatlar orqali tartibga solinadi. Arbitraj sudining qarorlari arbitraj muhokamasiga kirishgan tomonlar uchun majburiydir. Majburiy arbitrajda sudyaning qarori yakuniy va ijro etilishi shart deb hisoblanadi. Majburiy bo'lmagan arbitrajda esa, arbitr nizolashayotgan tomonlarning huquqlarini hal qilsa-da, bunday qaror ular uchun majburiy emas. Bitta davlatda chiqarilgan arbitraj qarorlari boshqa davlatda ijro etilishi mumkin. Biroq, arbitraj sudining qarorlarini har qanday boshqa davlatda ijro etilishi mumkin qachonki, bunday qaror davlat siyosatiga zid bo'lmasa.
Birlashgan Millatlar Tashkiloti 1956-yil 10-iyunda Xorijiy arbitraj qarorlarini tan olish va ijro etish toʻgʻrisidagi konventsiyani qabul qildi. Ushbu konventsiyaga koʻra, Davlatlarning barcha sudlari arbitrajlar tomonidan chiqarilgan qarorlarni ijrosini amalga oshirish majburiyatini oladi. Nizolarni hal qilish jarayoniga rioya qilgan holda, barcha Davlatlar boshqa Davlatlarning arbitraj qarorlarini bajarishlari majburiydir.
Xususan, 1958-yil 10-iyunda Birlashgan Millatlar Tashkilotining diplomatik konferensiyasi tomonidan qabul qilingan va 1959-yil 7-iyunda kuchga kirgan ‘’Xorijiy arbitraj qarorlarini tan olish va ijro etish to‘g‘risida’’gi30 konventsiyasi (odatda Nyu-York konventsiyasi deb nomlanadi) asosiy huquqiy hujjat hisoblanadi.
Nyu-York konventsiyasi bugungi kunda amalda bo'lgan eng ko‘p davlatlar tomonidan ratifikatsiya qilingan shartnomalardan biri hisoblanadi. Nyu-York konventsiyasi asosan, arbitraj qarorlari chiqarilgan davlatdan boshqa davlatlarda tan olinishi va ijro etilishini ta'minlash maqsadida qo‘llaniladi. Nyu-York konventsiyasi xalqaro arbitrajning barcha sohalarda akademik yoki professional bo'lsin muhim o'rin tutadi. Va ushbu hujjat bugungi kunda barcha munozaralarda markaziy o'rin tutadi. NyuYork konvensiyasining 5-moddasi eng muhim modda hisoblanib unda tan olish va ijro etilish asoslari yoki rad etish bo‘yicha qoidalar mustahkamlangan.
Xususan, quyidagi holatlarda Sud qarorini tan olish va ijro etishni rad etilishi mumkin; Agarda tomonlar tuzgan shartnoma ma’lum davlatning qonunlariga zid bo‘lsa, yoki tomonlardan ko‘rsatgan javobgar ushbu davlat fuqarosi bo‘lmasa ushbu Sudning qarorini tan olish va ijro etishni rad etilishi mumkin. Ushbu moddaning ‘’b’’ bandiga ko‘ra agarda arbitr tanlash va arbitraj jarayonlarini o‘tkazish vaqti va joyi to‘g‘risida tegishli tartibda ikkinchi bir tomon xabardor qilinmasdan arbitraj qarori chiqarilgan bo‘lsa, ushbu sud qarorini tan olish va ijro etishni rad etilishi mumkin.
Bundan tashqari, Arbitrlarning tarkibi taraflarning kelishuviga muvofiq bo‘lmasa yoki bunday kelishuv bo‘lmasa, yoki hakamlik muhokamasi o‘tkazilgan mamlakat qonunchiligiga muvofiq bo‘lmasa, ushbu sudning qarorini tan olish va ijro etishni rad etilishi mumkin. Rad etishga Sud qarori taraflar uchun hali majburiy kuchga ega bo‘lmasa, yoki ushbu qaror qabul qilingan vakolatli organ tomonidan bekor qilingan yoki to'xtatilgan bo‘lsa, rad etilishga asos bo‘ladi. Bundan tashqari quyidagi holatlarning mavjudligi qarorlarni tan olish va ijro etilishini rad etilishiga asos bo‘lishi mumkin, Qarorning tan olinishi yoki ijro etilishi bu davlatning davlat siyosatiga zid bo‘lsa, mamlakat qonunchiligiga muvofiq ushbu masala arbitraj tomonidan hal qilinishi mumkin bo‘lmasa tan olinishi yoki ijro etilishi rad etilishi mumkin.
Shu o‘rinda qarorlarni tan olish ijro etishda muhim omil hisoblanuvchi quyidagi ikki tushuncha “arbitraj qarori” (arbitral award) va “xorijiy arbitraj qarori” (foreign arbitral award) tushunchalariga aniqlik kiritib o‘tishni joiz deb hisoblaymiz. Nyu-York konventsiyasida “arbitraj qarori” va “xorijiy arbitraj qarori”31 atamalariga va ular o‘rtasidagi farqlarga tegishli ta’riflar berilmagan. Faqat konventsiyasining I-moddasida “arbitraj qarorlariga (arbitral award) faqat har bir ish bo‘yicha tayinlangan arbitrlar tomonidan qabul qilingan qarorlar emas, balki tomonlar taqdim etgan doimiy faoliyat yurituvchi hakamlik sudlari tomonidan chiqarilgan qarorlar ham o‘z ichiga olishi belgilangan. Ma’lum bo‘lishicha, ko'plab davlatlarning yurisdiktsiyalarida na qonunchilikda, na sud amaliyotida “arbitraj qarori”ga mazmunli ta'rif berilmagan32.
Garchi, Nyu York konvensiyasi asl ma’nosiga ko‘ra xorijiy davlat sudlari va arbitraj qarorlarini tan olishga qaratilgan bo‘lsada, II moddada arbitraj kelishuvlari bajarilishini talab qiladi. II (3) moddani nazarda tutadi.
Qayd etish joizk, xorijiy arbitraj qarorlarini tan olish va ijro etish masalalari Nyu-York konvensiyasining markazida joylashgan. Haqiqatan ham Konventsiyaning asosiy sharti shundan iboratki, milliy davlat sudlari xorijiy sud qarorlarini tan olish va ijro etish huquqiga egadir.
Nyu York konvensiyasini imzolash, ratifikatsiya qilish yoki unga qo'shilish masalalariga to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak, ushbu Konventsiyaning 10-moddasida nazarda tutilgan normaga ko‘ra har qanday davlat o'zaro kelishuv asosida ushbu Konvensiyani faqat boshqa radifikatsiya qilgan davlat hududida chiqarilgan arbitraj mukofotlarini tan olish va ijro etishga nisbatan qo'llashi mumkin. Shuningdek, ushbu Konventsiyani faqat bunday bayonotni amalga oshiruvchi davlatning milliy qonuniga muvofiq deb hisoblanadigan shartnoma yoki boshqa huquqiy munosabatlar bo'yicha yuzaga keladigan nizolarga nisbatan qo'llanilishi mumkin. 2021-yil dekabr holatiga koʻra, konventsiyani 169 ta davlat ratifikatsiya qilgan, ushbu davlatlarga Birlashgan Millatlar Tashkilotiga aʼzo 193 ta davlatdan 166 tasi, hamda:
Kuk orollari;
Muqaddas Taxt;
Falastin Davlatini oʻz ichiga oladi. Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a'zo 30 ta davlat konventsiyani hali qabul qilmagan. Bundan tashqari, Tayvanga konventsiyani ratifikatsiya qilishga ruxsat berilmagan (lekin Tayvanda ushbu konvensiya va boshqa xalqaro hujjatlar asosida xorijiy sud qarorlari va arbitraj qarorlarini tan olinadi ijro etadi). Bundan tashqari bir qator chet el hududlarida Nyu York konvensuyasi Kengashi buyrug‘i bilan Konventsiya ushbu davlatlarga nisbatan ham tatbiq etilmaydi. Nyu-York konventsiyasi Kengash qarori bilan hali tatbiq etilmagan chet el hududlari quyidagilardir kiradi:
Anguilla,
Folklend orollari,
Turks
Kaykos orollari,
Montserrat,
Sent-Yelena (shu jumladan Ascension va Tristan da Kunha) mansub33.
Nyu York konvensiyasining matni bilan to‘liq xabardor bo‘lmasdan turib, uning anglo-sakson va roman german davlatlarida chet el sud qarorlari va ijro etish masalalariga aniqlik kiritib bo‘lmaydi. Xususan, Nyu York konvensiyasi chet el sudlarini qarorlari va arbitrajlar qarorlarini tan olish va ularning ijrosiga nisbatan qo'llaniladi. Bunda nizolashuvchi tomonlar jismoniy yoki yuridik shaxslar ham bo'lishi mumkin. Bundan tashqari, ularning tan olinishi va ijro etilishi talab qilinadigan davlatda ichki qarorlar qabul qilinmaydigan arbitraj qarorlari uchun ham qo'llaniladi. Har bir ratifikatsiya qiluvchi davlat tomonlar hakamlik muhokamasining mavzusi bo'lishi mumkin bo'lgan har qanday shartnoma yoki boshqa huquqiy munosabatlar munosabati bilan ular o'rtasida yuzaga kelgan yoki yuzaga kelishi mumkin bo'lgan barcha yoki har qanday nizoni arbitrajga o'tkazish majburiyatini olgan yozma bitimni tan oladi
V(1)(a)-moddasiga to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak, ushbu moddada qarorning qonuniyliligini aniqlashning o'ziga xos ketma-ketligini belgilangan, unga ko'ra xorijiy davlat sud qarorlari va arbitraj to'g‘risidagi bitimning haqiqiyligi yoki uning amal qilish muddati chet el qarorini tan olish yoki ijro etish bo'yicha sud ish yurituvida ko'rib chiqilishi kerak. Arbitraj to'g‘risidagi bitimning haqiqiyligi, Shartnomaning amal qilish muddati, ushbu qoidaga ko'ra, "tomonlar uni bo'ysundirgan qonunga muvofiq yoki agar biron bir ko'rsatma bo'lmasa, qaror qabul qilingan mamlakat qonunlariga muvofiq" belgilanadi.
Xitoy xalq Respublikasida xorijiy davlat sudlarining qarorlarini va arbitraj qarorlarini tan olish tartibini tushuntiradigan bo‘lsak, tomonlardan biri Xitoydagi mahalliy sudga xorijiy sud qarori yoki arbitraj qarorini tan olish va/yoki ijro etish uchun murojaat qiladi. Tan olish va ijro etish to'g‘risidagi arizalar odatda Xitoy mahalliy sudiga bir vaqtning o'zida yozma va elektron beriladi.
Ushubu Ariza yoki iltimosnoma sud qarori yoki qaroriga qarshi qaror chiqarilgan tarafning yashash joyi yoki bunday tarafning mol-mulki joylashgan joydagi mahalliy sudga beriladi. Bilamizki, Xitoy anglo-sakson huquq modelidan foydalanmaydi, shuning uchun "sud pretsedentlari" qo'llanilmaydi. Xitoy qonunchiligi belgilangan qonunlarga asoslanadi. Shunga qaramay, Oliy xalq sudi yoki yuqori sudlar tomonidan qabul qilingan sud qarorlari amalda quyi sudlar tomonidan havola sifatida qabul qilinishi mumkin.
Xitoy sudlari xorijiy sud qarori yoki arbitraj hal qiluv qarorini tan olish va ijro etish jarayonida asosiy nizoning mohiyatini qayta ko'rib chiqmaydi. agar bunday ko'rib chiqish tegishli shartnomalarda yoki tan olish va ijro etishni rad etish uchun asos mavjudligini aniqlash uchun talab qilinmasa. (masalan, davlat suvereniteti, xavfsizligi yoki jamoat manfaatlarini yoki XXR Fuqarolik protsessual qonunining 274-moddasida nazarda tutilgan holatlarni buzish). Xitoy qonunchiligida chet elning hal qiluv qarorini yoki arbitrajning hal qiluv qarorini tan olish yoki ijro etish to'g‘risida qaror qabul qilishi kerak bo'lgan umumiy muddat yo'q. Bu ko'p jihatdan masalaning shartlariga bog‘liq. XXR Fuqarolik protsessual qonunini qo‘llash bo‘yicha Oliy xalq sudining sharhining 548-moddasiga muvofiq, xalq sudining chet elning hal qiluv qarorini yoki arbitrajning hal qiluv qarorini tan olish va ijro etish to‘g‘risidagi ajrimi tegishli shaxslarga topshirilgandan keyin kuchga kiradi. Ushbu ajrim yakuniy bosqich hisoblanadi. Va bu ajrim ustidan shikoyat qilinishi mumkin emas.
Xitoy hududidagi xorijiy sud qarorlarini tan olish va ijro etish Fuqarolik protsessual qonuni va Oliy xalq sudi tomonidan qabul qilingan Fuqarolik protsessual qonunining alohida talqini bilan tartibga solinadi. Xulosa qilib aytganda, chet el sudlarining qarori tan olinishi va ijro etilishini aniqlashda Xitoy sudlari quyidagi oltita standartga tayanadi:
1. Qo'llash bo'yicha xorijiy sud qarori yakuniy va qonuniy bo'lishi kerak;
2. Amaldagi xorijiy qonunlarga muvofiq, ish bo'yicha sud hukmini chiqargan sud shu vakolatga ega bo'lishi kerak;
3. Amaldagi xorijiy qonunlarga muvofiq, chet el sudida o'tkaziladigan sud jarayoni adolatli va qonuniy bo'lishi kerak, masalan, javobgarga tegishli ravishda taqdim etilgan va tinglash imkoniyati berilgan va hokazo;
4. Bu bo‘yicha amalda qarama-qarshi mazmundagi qarorlarning mavjud emasligi;
Xitoy sudi bir xil mavzu bo'yicha bir xil mazmunli ishni ko'rmaydi yoki qonuniy kuchga kirgan hukm chiqarmaydi. u xuddi shu ish bo'yicha uchinchi davlat qarorini ham tan olmaydi;
5. Xitoy va boshqa davlat o'rtasida fuqarolik va tijorat qarorlarini o'zaro tan olish va ijro etish uchun xalqaro shartnomalar yoki o'zaro kelishuv mavjudligi;
6. Bunday hukmni tan olish va ijro etish XXR qonunchiligining asosiy tamoyillariga zid kelmasligi yoki suverenitet, xavfsizlik yoki jamoat manfaatlarini buzmasligi kabi talablarga javob bersagina sud qarorlarini tan oladi yoki ijro etadi.
Quyi bo‘g‘indagi sud Xitoy va xorijiy davlat ishtirokchilari bo'lgan xalqaro shartnomalarga muvofiq yoki o'zarolik tamoyiliga muvofiq hukm yoki qarorni tan olish va/yoki ijro etish to'g‘risida qaror qabul qiladi. Tan olish va ijro protseduralari haqida ma’lumot beradigan bo‘lsak, qarorning mohiyatidan qat'i nazar, protsedura bir xil. Jarayon quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
Ariza beruvchilardan sud qarorini ijro etish to'g‘risida ariza berish uchun advokat tayinlash talab qilinmaydi va ijro protsessida xarajatlarni ta'minlash talab qilinmaydi.
Mahalliy sud qarorlari birinchi instantsiya sudi yoki sud qarori bilan qarzdorning mol-mulki joylashgan yerdagi unga tenglashtirilgan sud tomonidan ijro etiladi (FPK 231-modda).
Ijro etuvchi sud sud qarori bo'yicha qarzdorni ijro ishi yuritilishi to'g‘risida xabardor qilishi shart. Zarur deb topilgan taqdirda, sud xabardor qilishdan oldin sud qarori bilan qarzdorga nisbatan ijro choralarini qo'llashi mumkin. Qarzdor sud tomonidan qabul qilingan har qanday noqonuniy ijro chorasiga e'tiroz bildirishi mumkin.
Sud qarorlarini ijro etish jadvali har bir holatda farq qiladi. Qonunda belgilangan muddat ichida sud qaror qabul qilishi shart emas, lekin agar sud yozma ariza olgan kundan boshlab olti oy ichida ijro choralarini ko‘rmasa, arizachi ijroni ta’minlash uchun yuqori turuvchi sudga murojaat qilishi mumkin (FPK 233-moddasi). Ko'rib chiqish natijasida yuqori sud birinchi sudga ma'lum vaqt ichida ijroni amalga oshirishni buyurishi yoki hukmni o'zi ijro etish to'g‘risida qaror qabul qilishi yoki boshqa sudga topshirilishi mumkin.
Ijro etish uchun ariza berish muddati sud qarori chiqarilgan kundan boshlab ikki yil.
Mahalliy sud qarorlarini ijro etish uchun sud tomonidan ariza berish uchun yig‘im (qo'llanilayotgan progressiv yig‘imlar jadvaliga muvofiq sud qarori summasiga mutanosib ravishda hisoblanadi) undiriladi. Yig‘im arizachi tomonidan oldindan to'lanishi shart emas va sud qarori ijrosi amalga oshirilgandan so'ng qarzdordan ijro tushumidan undiriladi (10, 14, 20 va 38-moddalar, Davlat kengashi tomonidan e'lon qilingan sud xarajatlarini to'lash bo'yicha chora-tadbirlar). (2007 yil 1 apreldan boshlab kuchga kirgan).
To'lovlar. Xalqaro sud qarorlarini ijro etish uchun sud tomonidan talabnoma bo‘yicha yig‘im (qo‘llanilayotgan progressiv yig‘imlar jadvaliga muvofiq sud qarori summasiga mutanosib ravishda hisoblanadi) undiriladi. To'lov arizachi tomonidan oldindan to'lanishi kerak va oxir-oqibat sud qarori bo'yicha qarzdor tomonidan to'lanadi (10, 14, 20 va 38-moddalar, Davlat kengashi tomonidan e'lon qilingan, 2007 yil 1 apreldan kuchga kirgan sud xarajatlarini to'lash bo'yicha chora-tadbirlar).
Sud amaliyotida xorijiy sud qarorlarini tan olish va ijro etish Xitoy sudlari tomonidan ehtiyotkorlik bilan amalga oshiriladi. Tartibga ko'ra, quyi bo‘g‘indagi sudlar amalda Xitoy va mamlakat o'rtasida sud qarorlarini o'zaro tan olish va ijro etish bo‘yicha kelishuvlar mavjudligini tekshiradi. Xususan, bunday kelishuvlar mavjud emasligi aniqlanganligi sababli, 1995, 2001, 2004, 2006, 2009 va 2011 yillarda Yaponiya, Germaniya, Buyuk Britaniya, Avstraliya, Germaniya va Koreya Respublikasining hukmlarini tan olish rad etilgan . Biroq, so'nggi bir necha yil ichida sodir bo'lgan voqealar Xitoyning boshqa davlatlar bilan o'zaro iliq munosabatlarni o'rnatishda tobora faollashdi. Xuddi shu o‘zgarishlar zamirida Xitoy sudlarining potentsial o'zgarishini ham ko‘rishimiz mumkin. 2015-yil 16-iyundagi “Sud xizmati ko‘rsatish va xalq sudlari tomonidan “Bir makon, bir yo‘l” qurilishi uchun kafolatlar to‘g‘risidagi bir qancha fikrlar”da , Oliy xalq sudi Xitoy va boshqa mamlakatalar bilan qarorlarni tan olish to‘g‘risidagi shartnoma tuzilmagan taqdirda ham Xitoy sudlari tomonidan tan olinishi va ijro etilishi mumkinligi to‘g‘risdagi normani qabul qildi. Bu hamma davlatlarga ham qo‘llanmay faqat bir makon bir yo‘l mamlakatlari o'rtasida qo‘llaniladi.
Xitoy sudlari o'zaro munosabatlarni shakllantirishga yordam berish uchun tegishli mamlakatlardan kelgan tomonlarga sud yordamini ko'rsatishi mumkin. Misol uchun 2016-yil 9-dekabrda Tszyansu provinsiyasi Nankin shahrining O‘rta xalq sudi (“Nankin o‘rta sudi”) “Kolmar Group AG va Jiangsu Textile Industry (Group) Import & Export Co., Ltd. Fuqarolik qarorini chet el sudi tomonidan tan olinishi va ijrosi”
Yaponiya sudlari tomonidan chet el sudlarining qarorlarini tan olish va ijro etish mexanizmini tahlil qiladigan bo‘lsak, Roman german huquqiga asoslangan Yaponiyada huquqning asosiy manbai normative huquqiy hujjatlar hisoblnadi. Xususan, xorijiy sud qarorlarini ijro etish Yaponiya Fuqarolik protsessual kodeksining (FP) 118-moddasi va Fuqarolik ijrosi toʻgʻrisidagi qonunning (CEA) 24-moddasi bilan tartibga solinadi.
Yaponiya Fuqarolik protsessual kodeksining 118-moddasi Yaponiyada qonuniy kuchga ega bo'lgan yakuniy va majburiy xorijiy sud qarorlariga qo'yiladigan talablarni belgilaydi, ular:
xorijiy sudning yurisdiktsiyasi qonunlar, qoidalar, konventsiyalar yoki shartnomalar asosida tan olinishi;
Tomonlar da'voni qo'zg‘atish uchun zarur bo'lgan arizani sudga taqdim etgan bo'lsa (yozma yoki elektron)
Qarorning mazmuni va sud muhokamasi Yaponiyadagi davlat siyosatiga zid emasligi;
Bundan tashqari qarorlarni tan olish va ijro etishda quyidagi beshta shart bo‘lishi talab etiladi.
Birinchisi. Yakuniylik. Ijro etishni talab qilayotgan da'vogar xorijiy sud qarori yakuniy va qat'iy ekanligini tasdiqlashi kerak. Bu shuni anglatadiki, o'zaro vaqtinchalik xarakterdagi qaror Yaponiya Oliy sudning 1917-yil 20-maydagi 2 qaror bilan tan olinmaydi. Misol uchun Yaponiya sudi tomonidan Massachusets shtati probatsiya sudi qarorini tan olishni rad etgan, chunki farmon o'z tabiatiga ko'ra vaqtinchalik chora-tadbir bo‘lgan. Yakuniylikning ushbu koeffitsientini vakolatli organ tomonidan berilgan sertifikat orqali osongina aniqlash mumkin.
Sud qarorini ijro etish to‘g‘risidagi da’vo tuman sudining yurisdiktsiyasiga tegishli bo‘lib, sud qarori qarzdorning umumiy joylashgan joyi (masalan, qarzdor kompaniyaning ro‘yxatdan o‘tgan manzili) bo‘yicha chiqariladi. Umumiy joy bo'lmagan taqdirda, u da'vo predmeti joylashgan joy yoki qarzdorning olib qo'yiladigan mol-mulki bo'yicha yurisdiktsiyaga ega bo'lgan tuman sudining yurisdiktsiyasiga kiradi (Fuqarolik ijrosi to'g‘risidagi qonunning 24-moddasi 1-qismi 1979 yil 4). Majburiy ijro protsesslari faqat bir necha kun davom etadigan ichki qarorlar ko‘rinishida bo‘ladi.
Fuqarolik ijrosi toʻgʻrisidagi qonunning (CEA) 24-moddasida sud qarorining ijrosi qarorning maqsadga muvofiqligi yoki yo'qligi tekshirilmasdan amalga oshirilishi kerak, ammo chet el sud qarori quyidagi hollarda ijro etilmasligi kerak:
sud qarorining qat'iy va majburiy ekanligi isbotlanmagan;
yoki u FPKning 118-moddasida nazarda tutilgan talablarga javob bermasa.
Ijro qaroriga va ijro protsessiga arizalar bildirishnoma bilan amalga oshiriladi va odatda 6 oydan bir yilgacha davom etadi.
Chet el qarorini ijro etish uchun da'vo muddati xorijiy sud qarori qonuniy kuchga kirgan va majburiy kuchga kirgan kundan boshlab 10 yilni tashkil etadi (Fuqarolik Kodeksining 169-moddasi ("FK").
To‘lanadigan sud xarajatlariga to‘xtaladigan bo‘lsak,
Ularning ikki turi bor. 1 Sud boji va boshqa chiqimlar.
Sud qarorini ijro etish to‘g‘risidagi ariza uchun sud yig‘imi da’vo qiymatiga bog‘liq (masalan, da’vo qiymati 100 000 000 yen bo‘lsa, 160 000 yen). Ijro protsesslarini qo'llash uchun sud yig‘imi har bir da'vo uchun 4000 yenni tashkil qiladi.
(2) Pochta to'lovi
5000 yen yoki undan kam.
(3) Boshqa to'lovlar
Majburiy ijro qo'llanilishi amalga oshirilayotgan majburiyatlar yoki aktivlarning xususiyatiga qarab, ro'yxatga olish uchun yig‘imlar (masalan, agar mulk ko'chmas mulk bo'lsa) yoki sud ijrochilari (masalan, mol-mulk ko'char bo'lsa) to'lanishi mumkin. Advokat to'lovlari ham kerak bo'ladi.
Korea Respublikasida chet el sudlarining qarorlarini va arbitraj qarorlarini tan olish va ijro etish tartibini yoritadigan bo‘lsak, Ijro etilishi mumkin bo'lgan xorijiy sud qarori yakuniy qaror bo‘lishi yoki sudning unga tenglashtirilgan ajrimi bo'lishi kerak. Shuningdek, u xususiy shaxslar ishtirokidagi fuqarolik ishlari bilan cheklanadi. Sud qarori faqat kelajakda shikoyat qilish imkoniyati mavjud bo'lmagan taqdirdagina yakuniy hisoblanadi. Bu birinchi shart.
Korea Fuqarolik protsessual qonuni (CPA) 217-moddasiga muvofiq Sud quyidagi to'rtta talabga javob bersa, xorijiy sud qarorini ham ijro etishi mumkin;
Xalqaro yurisdiksiya. Xorijiy sudning xalqaro yurisdiktsiyasi qonun hujjatlari yoki shartnomalar bo'yicha xalqaro yurisdiktsiya tamoyillariga muvofiq tan olinishi kerak. Majburiy sud odatda partiya yoki ish va forum o'rtasida "moddiy munosabatlar" mavjudligini tekshiradi.
Tegishli xizmat. Tomonlar qonuniy usulda javob berish uchun etarli vaqtga ega bo'lishi kerak (ommaviy xabarnoma yoki shunga o'xshash xizmat shakllari bundan mustasno).
Davlat siyosati. Xorijiy qaror davlat siyosatini buzmasligi kerak. Bu shuni anglatadiki, xorijiy hukm Koreyaning "yaxshi axloq va boshqa ijtimoiy tartib" ni buzmasligi kerak. Bu talab AQShda xorijiy davlatlarning ba’zi turdagi sud qarorlarini tan olish to'g‘risidagi yagona qonundagi davlat siyosati talabiga mos keladi. Biroq, qonunda "yaxshi axloq va boshqa ijtimoiy tartiblar" ta'rifi mavjud emasligi sababli, sud uni qonunning turli manbalarini hisobga olgan holda yaxlit yondashuvni qo'llaydi. Shuningdek, agar xorijiy sud qarori bo‘yicha tovon to‘lash Koreya qonunchiligiga yoki Koreya ishtirokchi bo‘lgan xalqaro shartnomalarga jiddiy zid bo‘lsa, zarar qisman yoki to‘liq ijro etilishi mumkin emas (CPA 217-2-modda).
O'zaro munosabat. Koreya va xorijiy yurisdiktsiya o'rtasida o'zaro munosabat o‘rnatilgan bo'lishi kerak. Bu shuni anglatadiki, o'zaro kafolat bo'lishi kerak yoki xorijiy sud qarorini xorijiy davlatda tan olish talablari muhim jihatlari bo'yicha Koreyadagilardan sezilarli darajada farq qilmasligi kerak.
Xorijiy sud qarori uchun ijro qarori olingandan so'ng, ijro etish tartibi mahalliy sud qarorlari bilan bir xil bo'ladi. Sudlar, odatda, yuqorida ko'rsatilgan talablar qondirilsa, xorijiy sud qarorini tan olishga moyildirlar. Biroq, sudlar har bir talabning bajarilishini aniqlash uchun sinchkovlik bilan tahlil qiladilar.
Agar apellyatsiya ko'rib chiqilayotgan bo'lsa, xorijiy sud qarorlari ijro etilishi mumkin emas. Faqat yakuniy va yakuniy hukmlar yoki ularga teng kuchga ega ajrimlar tan olinadi va ijro etilishi mumkin (Koreya Fuqarolik protsessual qonunining 217-moddasi 1-qismi). Xorijiy sud qarorining yakuniy va qat'iy ekanligi isbotlanmagan bo'lsa, uni ijro etish to'g‘risidagi ariza rad etiladi (2-qism, 27-modda, Koreya fuqarolik ijrosi to'g‘risidagi qonun).
Braziliyada xorijiy sud qarorlari va arbitraj qarorlarini tan olish va ijro etish tartibini yoritadigan bo‘lsak, avvalo Braziliyada arbitraj qarorlari va xorijiy sud qarorlari sudga taqdim etilishida ularga nisbatan ma’lum bir talablar o‘rnatilgan bu talablar 1996-yil 23-sentabrda qabul qilingan “Braziliya arbitraj qonuni”da o‘z ifodasini topgan. Xorijiy arbitrajning hal qiluv qarori Braziliyaning huquq tizimida amal qiluvchi xalqaro shartnomalarga muvofiq, yoki u mavjud boʻlmaganda, yuqoridagi qonunning shartlariga qatʼiy muvofiq ravishda tan olinadi yoki ijro etiladi. Shu o‘rinda ushbu qonunda xorijiy arbitraj qarorlariga ta’rif berilgan bo‘lib, unga ko‘ra, mamlakat hududidan tashqarida qabul qilingan qaror xorijiy arbitraj qarori hisoblanadi. Xorijiy arbitraj qarori Braziliyada tan olinishi yoki ijro etilishi uchun faqat Oliy sud haqli.
Ushbu qonunning 9 band 24-moddasida xorijiy sudning qarori yoki arbitraj qarori sudga ijro etish va tan olish uchun taqdim etilayotganda yozma shaklda taqdim etilishi kerak. Bundan tashqari manfaatdor shaxs chet el arbitrajining hal qiluv qarorini tan olish to‘g‘risidagi arizasi Braziliya Fuqarolik protsessual kodeksining 282-moddasida belgilangan talablarga javob berishi va unda quyidagilar bo‘lishi shart::
a) Arbitraj qarorining asl nusxasi yoki tegishli tarzda tasdiqlangan nusxasi, Braziliya konsulligi tomonidan tasdiqlangan tarjimasi bilan birga;
b) Arbitraj kelishuvining asl nusxasi yoki tegishli tarzda tasdiqlangan nusxasi, Braziliya konsulligi tomonidan tasdiqlangan tarjimasi bilan birga.
c) Tomonlar o‘rtasidagi nizolarni umumlashtirgan yozma ariza;
d) Arbitraj qarorining asoslari, tomonlarning huquqiy va faktik dalillariga asoslanib, qaror adolatli qabul qilingan yoki yo'qligini ko'rsatgan hollar;
e) agar mavjud bo'lsa, nizo bo'yicha berilgan yengilliklar va ularning muddati ko'rsatilgan holda;
f) Qaror chiqarilgan sana va joyni ko'rsatish talab etiladi.
“Braziliya arbitraj qonunining 38-moddasida agar qarshi tomon quyidagi holatlarni sudda isbotlab bersa, xorijiy arbitrajning hal qiluv qarorini tan olish yoki ijro etish rad etilishi mumkin. Bu talablar qatoriga;
Arbitraj bitimi taraflari biri muomalaga layoqatsiz deb topilsa;
Arbitrni tayinlash yoki arbitraj muhokamasi to'g‘risida tomonlardan biriga tegishli tartibda xabar berilmagan yoki boshqa sabablarga ko'ra o'z ishini taqdim eta olmagan holatlarda;
Arbitraj qarori Arbitraj kelishuvida belgilangan qonun bo'yicha qabul qilinmagan bo'lsa, va shu holatlarni tomonlardan biri isbotlab bersa, xorijiy arbitrajning hal qiluv qarorini tan olish yoki ijro etish rad etilishi mumkin. Chet el arbitraj qarorini tan olish yoki ijro etish, agar Oliy sud tomonidan ushbu qaror davlat siyosatiga qarshi ekanligi aniqlangan taqdirda rad etiladi.
Xorijiy arbitraj hal qiluv qarorini tan olish yoki ijro etish to‘g‘risidagi arizani rasmiy kamchiliklarga ko‘ra rad etish manfaatdor shaxsga bunday kamchiliklar tegishli tarzda bartaraf etilgandan so‘ng arizani qayta ko‘rib chiqishga to‘sqinlik qilmaydi.
Kanadada arbitraj qarorlarini ijro etish mexanizmlari viloyat va hududiy qonunlar bilan belgilanadi va shunga mos ravishda ijro talab qilinadigan yurisdiktsiyaga qarab o'zgaradi. Kanada o'nta viloyat va uchta hududni o'z ichiga olgan federatsiyadir. Har bir viloyat va hudud umumiy huquq yurisdiktsiyasidir, Kvebek bundan mustasno. Federal darajada va har bir viloyat va hududda arbitraj qarorlarini ijro etishni tartibga soluvchi maxsus qonunlar mavjud.
Masalan, Ontarioda 1991 yildagi Arbitraj qonuni hakamlik sudlari qarorlarini sudlar orqali ijro etishni nazarda tutadi. 50(1)-modda qarorni ijro etish huquqiga ega bo'lgan shaxsga yuqori sudga bu haqda ariza bilan murojaat qilish imkonini beradi.
50(3) va (4) ga muvofiq, sud bir nechta istisnolardan tashqari Ontario yoki Kanadaning qolgan qismida chiqarilgan arbitraj qarorini ijro etish to'g‘risidagi qarorni qabul qilishi kerak. Sud arbitraj hal qiluv qarorini ijro etilishi mumkin deb qaror qilgandan so'ng, u sudning har qanday hal qiluv qarori bilan bir xil tarzda ijro etiladi. Agar qarorda zararini qoplash nazarda tutilgan bo‘lsa,sud qarori bo'yicha har qanday foizlar sudning amaldagi qoidalariga muvofiq deklaratsiya qilingan kundan boshlab amalga oshiriladi.
Kanadaning Kvebek provisiyasi misolida xorijiy sud va arbitraj qarorlarini tan olish va ijro etish masalalarini ko‘rib chiqadigan bo‘lsak, vakolatli organ tomonidan ratifikatsiya qilingan yoki ratifikatsiya qilinmaganligidan qat'i nazar, Kvebekdan tashqarida chiqarilgan arbitraj qaroriga nisbatan qo'llaniladi.
Kvebek provisiyasi qonunchiligiga ko‘ra, xorijiy sud va arbitraj qarorlarini tan olish va ijro etish masalalari 1958 yil 10 iyunda Nyu-Yorkda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Xalqaro tijorat arbitraji bo'yicha konferentsiyasi tomonidan qabul qilingan Xorijiy arbitraj qarorlarini tan olish va ijro etish to'g‘risidagi konventsiya asosida amalga oshiriladi.
Arbitraj qarori, agar bahsli masala Kvebekdagi arbitraj tomonidan hal qilinishi mumkin bo'lgan masala bo'lsa va uning tan olinishi va ijro etilishi jamoat tartibiga zid bo'lmasa, tan olinadi va ijro etiladi.
Tan olish va ijro etish to'g‘risidagi ariza arbitrlarga taqdim etilgan masalani hal qilish vakolatiga ega bo'lgan sudga ariza berish yo'li bilan amalga oshiriladi. Arizaga arbitraj sudining hal qiluv qarori va arbitraj kelishuvining asl nusxasi yoki ko‘chirma nusxasi ilova qilinishi kerak.
Yuqoridagi asl nusxalar yoki ko‘chirma nusxalar Kanada Hukumatining rasmiy vakili, Kvebek bosh delegati, yoki Kvebekdan tashqarida o'z vazifalarini bajarayotgan delegatsiya rahbari yoki hukumat yoki davlat xodimi tomonidan tasdiqlangan bo'lishi kerak.
Quyidagi holatlarda arbitraj sudining hal qiluv qarori mahalliy sudlar tomonidan tan olish va ijro etishi rad etilishi mumkin. Xususan;
tomonlardan biri arbitraj bitimini tuzish huquqiga ega bo‘lmasa,
hakamlik kelishuvi taraflar tomonidan belgilangan qonunga muvofiq bo‘lmasa, , arbitraj sudining qarori qabul qilingan joyning qonunlariga muvofiq haqiqiy hisoblanmasa, mahalliy sudlar tomonidan tan olish va ijro etishi rad etilishi mumkin.
Kanadaning arbitraj qarorlarini tan olish va ijro etish to‘g‘risidagi Nyu-York konventsiyasini qabul qilishi butun mamlakat bo'ylab xorijiy sud va arbitraj qarorlarini tan olish va ijro etish qonunchiligini modernizatsiya qilish bo'yicha muvofiqlashtirilgan harakatlarining bir qismi edi. Ma'lum bo'lishicha, Kanada sudlari Konventsiyaning ijro etuvchi tamoyillariga amal qiladi. Sudlar, xususan, davlat siyosati nuqtai nazaridan, ijroni rad etish uchun asoslarni qat'iy tartibga soldi. Bundan tashqari, hatto rad etish uchun belgilangan asoslar mavjud bo'lganda ham, qarorlarni tan olish va ijro etish bo'yicha qaror qabul qilish sudlarning ixtiyoriga qoldirildi. Konventsiyani amalga oshirish bilan bog‘liq asosiy muammolar murojaat bosqichida ko'rib chiqishning tegishli standartini aniqlash, chet el qarorini ijro etishni talab qilish muddatini belgilash va mavzuni aniqlash uchun tegishli sharhlash standartini aniqlash edi. Biroq, quyida batafsil aytib o'tilganidek, Kanada Oliy sudi bu qiyinchiliklarni qisman hal qildi.